#ogoh_boʻling
#Ona_tabiatni_asrang
📹OGOH BOʻLING, KUZATUV KAMERASI NAZORATIDASIZ!
♻️ Atrof-muhit tozaligi — barchamizning mas’uliyatimiz!
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Zangiota tumani bo‘limi tomonidan hududlarda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash holatlari doimiy nazoratga olingan. Kuzatuv kameralari orqali aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan qat’iy choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan:
📌 14.01.2026 yil soat 21:43 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Turkiston MFY hududida davlat raqami 70 P 454 PA bo‘lgan transport vositasi tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlanganligi aniqlandi.
📌 05.01.2026 yil soat 13:07 da Namuna MFY hududida davlat raqami 01 G 309 QB bo‘lgan transport vositasi tomonidan chiqindi tashlash holati qayd etildi va mazkur holat yuzasidan ma’muriy huquqbuzarlik bo‘yicha tegishli chora ko‘rildi.
📌 16.01.2026 yil soat 13:23 da Namuna MFY hududida davlat raqami 10 H 150 VA bo‘lgan transport vositasi tomonidan ham belgilanmagan joyga chiqindi tashlanganligi aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz: chiqindining kattasi-kichigi bo‘lmaydi. Bugun ko‘z ilg‘amas tashlangan mayda chiqindi ertaga katta uyumga, noqonuniy chiqindixonaga aylanadi. Bu esa atrof-muhitga, inson salomatligiga va kelajak avlod hayotiga jiddiy zarar yetkazadi.
❗️Agar fuqarolar ekologik talablarga rioya qilmasa, qoidabuzarliklar kuzatuv kameralari orqali aniqlanadi va qonun doirasida javobgarlik muqarrar bo‘ladi.
🌱 Atrof-muhit tozaligi — farzandlaringiz, oilangiz va kelajagingiz uchun zarur. Tabiatni asrash esa har birimizning fuqarolik burchimizdir.
✅ https://www.instagram.com/zangiota_tumani_hokimligi?igsh=MXFvYjFrY2Fzendsbw==📹https://www.instagram.com/zangiota_tumani_hokimligi?igsh=MXFvYjFrY2Fzendsbw==💬https://www.instagram.com/zangiota_tumani_hokimligi?igsh=MXFvYjFrY2Fzendsbw==|🌐 https://gov.uz/oz/zangiota https://www.instagram.com/zangiota_tumani_hokimligi?igsh=MXFvYjFrY2Fzendsbw==📸https://www.instagram.com/zangiota_tumani_hokimligi?igsh=MXFvYjFrY2Fzendsbw==
Kanalga ulanish:👉
Zangiota tumani hokimligi
16 de mai. de 2026, 14:20
📷 Photo
#Zangiota_tuman
#Marifat_ulashib
📚 Buyuk mutaffakkir, so’z mulkining sultoni, davlat arbobi, faylasuf Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan 14-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Navoiy yodi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tadbirda buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiyning boy adabiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti va milliy ma’naviyatimiz taraqqiyotidagi beqiyos o‘rni keng yoritildi. O’quvchilar tomonidan Navoiy ijodidan mamunalar yod olindi, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
📚 Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Asrlarga asrdosh-avlodlarga zamondosh” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil etildi hamda ko’rgazmadan joy olgan adabiyotlarning targ’iboti oʻtkazildi.
"Hosil" xalq maqom ansambli honandalari tomonidan Navoiy gʻazallar bilan kuylaylangan maqom qoʻshiqlari tadbirga yanada ko'tarinki ruh bagʻishladi.
⬇️ Bizdan uzoqlashmang
https://t.me/zangiotamanaviyatbolimi