Faol muhokamalar — uyg‘oq fuqarolik jamiyatining asosiy belgilaridan. Bu jarayon bugungi kunda yoshlarning jinoyatchilikka aralashib qolishi kabi og‘riqli nuqtalarda ham o‘z aksini topmoqda. Jamiyatimizdagi ayrim ilg‘or fikrlovchilar bu holatda faqat ota-ona javobgar bo‘lmasligini e’tirof etayotgan bir paytda, boshqalar esa bunga nafaqat farzandlar, balki ularning ota-onalari ham jiddiy javob berishlari kerakligini ta’kidlashmoqda. Aslida yuqoridagi qarashlarning qay biri to‘g‘ri?
Mazkur masala yuzasidan birinchi fikr tarafdorlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning ham fikri yetarlicha asosli dalillarga ega. Avvalo, bolada shaxsiy mas’uliyat hissini shakllantirish mumkin. Agar bola o‘z qilmishi uchun o‘zi javob berishni bilsa, u o'z harakatlariga yoki qilayotgan ishlariga jiddiyroq qaray boshlaydi. Natijada, yoshlarni tezroq ulg'ayishiga va qonunlarni hurmat qilishga undaydi. Shu bilan birha, Jinoyat kodeksining 17-moddasida keltirilishicha, jinoyat sodir etgan har bir shaxs faqat o‘z qilmishi uchun o‘zi javobgar bo‘ladi degan qoidaga asoslangan. Bundan tashqari, jazo adolatli bo‘lishi hamda barcha uchun teng muvozanatda bo‘lishi kerak. Chunki jinoyatni ota-onalar emas, balki bola sodir etgan. Ota-ona yaxshi tarbiya bergan bo‘lishi mumkin, lekin bola tashqi muhit ta’siri ostida jinoyatga qo‘l uradi. Bunday vaqtda ota-onani jazolash mantiqsiz va adolatsiz bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, insonlarning xulq-atvori shakllanishida oilaning o‘rni 30-40% ni, qolgan qismi esa tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi.
"Haqiqat — bahs-munozaralarda o‘z aksini topadi" deganlaridek, ikkinchi tomon fikrlarini ham inkor etib bo‘lmaydi. Birinchidan, oila boshliqlari tomonidan nazorat kuchayishi muhim. Ota-ona o‘z hamyonidan pul berayotgan ekan, bolaning u pullarni qayerga va qanday sarflashiga befarq bo‘lmaydi. Albatta, bolaning ko‘chada qanday yurishi va jinoyatga qo‘l urishi bunga bog‘liq. Misol uchun, "Curfew laws"da keltirilishicha, AQShda ota-onalarga bolasi tungi vaqtda ko‘chada yursa jarima solish tartibi joriy etilgan hududlarda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir bo‘ladigan jinoyatlar soni 10-15% gacha kamayganini ko‘rishimiz mumkin. Bu esa ota-ona mas’uliyatini oshiradi. Demak, qattiqroq jazo choralari jinoyatchilikning oldini olishda sezilarli natija berishi mumkin. Bu esa davlat mablag‘ini saqlab qolishga yordam berishi bilan muhimdir.
Mening fikrimcha, yuqoridagi jarayonlarda ota-ona javobgarligi muhimroq. Chunki ota-onani jazolashni- jamiyatni tartibga solish va bolani nazorat ostida ushlashni eng samarali belgisi deb bilaman.
Xulosa qilib aytganda, kattalarni jazolash bu shunchaki jazo emas, balki kelajakdagi jinoyatlarni oldini olishdir. Ota-ona mas'uliyatni his qilgan oilada jinoyatchilikka o'rin qolmaydi. Zero, "Qush uyasida ko'rganini qiladi".