Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.
👉 Shikoyat va takliflar: @grantlarsupportbot
👉 Reklama va hamkorlik: @hamidziyo
👉 Hamkor kanal: @grantlar_namuna
Facebook: fb.com/grantlar.uz
Follow @grantlar to stay updated with the latest haqida and butun trends and news
Nessuna recensione ancora. Sii il primo a condividere la tua opinione!
Ultimi post
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
Global Leadership Scholarship: Britaniyada magistraturani o’qish uchun 10 000 funt sterling grant; joylar soni – 281 ta
Ushbu grant Glasgow universiteti tomonidan shu universitetdagi 200 ga yaqin magistrlik yoʻnalishlarida tahsil olish uchun taqdim etiladi. Bu yil jami 281 nafar talabaga ushbu grantni taqdim qilish rejalashtirilgan.
Grant miqdori: grantni qoʻlga kiritgan 300 nafar talabaning har biriga 10 000 funt sterling miqdorida mablagʻ taqdim etiladi
Arizalar 2026-yil iyul oyi oʻrtalarigacha qabul qilinadi (magistrlik dasturiga qarab biroz farq qiladi).
Batafsil👇
https://grantlar.uz/global-leadership-scholarship-glasgow/
12,900
35
0
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
Writers of the Future: Fantastik va ilmiy fantastik hikoyalar (asarlar) tanlovi; bosh mukofot – 5000 AQSH dollari!
Tanlovga 17 000 soʻzgacha boʻlgan, ingliz tilidagi hikoyalar (asarlar) qabul qilinadi.
Tanlov har chorakda (3 oyda) bir marta oʻtkaziladi.
Mukofotlar
Har bir chorak gʻoliblari quyidagicha mukofotlanadi:
– 1-oʻrin: 1000 dollar
– 2-oʻrin: 750 dollar
– 3-oʻrin: 500 dollar
Yil yakunida yilning bosh sovrini gʻolibi aniqlanadi va u 5000 dollar bilan mukofotlanadi.
Hozirgi qabul 2026-yil 30-iyungacha davom etadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/writers-of-the-future-fantastik-va-ilmiy-fantastik-hikoyalar-asarlar-tanlovi/
12,300
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
“World Handwriting Contest” tanlovi: berilgan matnni qoʻlda koʻchirib yozing va mukofotlar yutib oling
Ushbu tanlovda yoshidan va fuqaroligidan qatʼi nazar, barcha qatnashishi mumkin. Ishtirokchilardan berilgan inglizcha matnni oq qogʻozga qoʻlda koʻchirib yozish va uning rasmini ariza bilan birga yuborish talab etiladi.
Ishlar turli yosh guruhlari asosida baholanadi va mukofotlanadi.
Mukofotlar:
– Har bir yo’nalish va kategoriya bo’yicha g’oliblarga maxsus sertifikatlar beriladi
– Gʻoliblar esdalik sovg’alar (yozish uchun turli ish qurollari, husnixat to’plamlari va va h.k.) bilan taqdirlanadi
Arizalar 2026-yil 30-iyungacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-handwriting-contest/
18,300
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
Kanada: dunyoning 27-raqamli universitetida toʻliq grant va oylik stipendiya asosida oʻqish imkoniyati
McCall MacBain Scholarships dasturi Kanadada joylashgan McGill universitetining magistratura va 2-kasbiy bakalavriat dasturlarida oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qiladi.
Grantlar universitetdagi turli sohalarda, jumladan, huquq, musiqa, informatika, moliya, biznes boshqaruvi, taʼlim va oʻqitish hamda boshqa koʻplab sohalarda oʻqish uchun ajratiladi.
Moddiy imtiyozlari:
– Kontrakt summasi toʻliq qoplanadi
– 1600 dollar oylik stipendiya
– Monrealga borib, joylashish uchun mablagʻ
– Yozgi tajriba uchun 3600 dollargacha grant
Arizalar 2026-yil iyun oyidan 19-avgustgacha qabul qilinadi (oʻqish 2027-yil yozgi yoki kuzgi semestrdan boshlanadi).
Batafsil👇
https://grantlar.uz/mccall-macbain-scholarships-kanadada-oqish-uchun-toliq-grant-va-oylik-stipendiya/
14,400
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
Fuqarolik jamiyati tashkilotlari orasida korrupsiyaga qarshi tashabbuslarni amalga oshirish uchun kichik grantlar tanlovi
Bu tanlov BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi loyihasi asosida oʻtkazilmoqda.
Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasidagi NNTlar va ilmiy muassasalar tegishli mavzularga oid tashabbuslari bilan qatnashishi mumkin.
Mukofot: Tanlov doirasida munosib topilgan tashabbuslar uchun 6000 dollargacha grant ajratiladi.
Arizalar 2026-yil 4-may, 00:00 gacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/kichik-grantlar-tanlovi/
12,700
30
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
Einstein Fellowship: Albert Eynshteynning uyida 6 oylik tadqiqot; 10 000 yevro stipendiya, yo’l xarajatlari qoplanadi!
Bu dasturda ijtimoiy, gumanitar va tabiiy fanlar sohasida kamida bakalavrlik darajasiga ega va 35 yoshdan oshmagan nomzodlar oʻz tadqiqot loyihasi bilan qatnashishi mumkin (ingliz tilida).
Qabul qilingan qatnashchilar 5-6 oy Eynshteynning yozgi uyida (Germaniya) yashab, loyihasi ustida ishlaydi.
Dastur imkoniyatlari:
– 10 000 yevro stipendiya
– Safar xarajatlari qoplanadi
Arizalar 2026-yil 15-maygacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/einstein-fellowship-albert-eynshteynning-uyida-6-oylik-tadqiqot-10-000-yevro-stipendiya-beriladi-va-yol-xarajatlari-qoplanadi/
15,800
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!
Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.
Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,33 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.
Amaliyot 3-6 oy davom etadi.
Arizalar 2026-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
https://grantlar.uz/oist/
14,200
43
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
Rassomlar va rasm chizishga qiziquvchilar uchun tanlov: 1500 dollargacha bo'lgan mukofotlar!
58th World Gallery of Cartoons – Skopje 2026 tanloviga ishlar qabul qilinmoqda. Tanlovda rasm chizishga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.
Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 1500 dollar va maxsus haykalcha;
– 1-o’rin: 1000 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 2-o’rin: 500 dollar va maxsus yorliq nishon;
– 5 nafar 3-oʻrin sohiblari va 5 nafar maxsus mukofot sohiblari maxsus yorliq nishon bilan taqdirlanadi.
Ishlar 2026-yil 31-maygacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/world-gallery-of-cartoons-skopje-tanlovi/
15,300
24
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
Avvalroq Yaponiyada bakalavriatni oʻqish uchun “MEXT Undergraduate Students” toʻliq granti post
http://Grantlar.uz/ jamoasi mazkur grantni qoʻlga kiritgan va hozirda Yaponiyada tahsil olayotgan hamyurtimiz – Azimov Sarvar bilan suhbat qilgan.
Sarvar suhbatda bu grantga qabul jarayoni va uni qo'lga kiritish borasidagi qimmatli tajribasi bilan bo'lishgan.
Suhbatni quyidagi havol orqali oʻqishingiz mumkin👇
https://grantlar.uz/blog/yaponiyada-oqish-uchun-mext-talaba-toliq-grantini-yutib-olgan-hamyurtimiz-bilan-suhbat/
15,700
30
Grantlar.uz
12 mag 2026, 18:54
📷 Photo
Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!
Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.
Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 238 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.
2027-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2026-yil 22-sentabrdan 22-oktabrgacha (oʻqish 2027-yil bahorgi semestrdan)
– 2026-yil 10-noyabrdan 2027-yil 14-yanvargacha (oʻqish 2027-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)
Batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/ https://t.me/grantlar_namuna
17,600
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
Research Accelerator Residency: Ijtimoiy sohada tadqiqot olib boruvchilar uchun rezidensiya dasturi
Bu dasturda kamida bakalavrlik diplomiga ega hamda iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat siyosati, statistika yoki shunga oʻxshash miqdoriy ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqotchilar ariza topshirishi mumkin.
Dastur mashgʻulotlari asosan onlayn shaklda (ingliz tilida) olib boriladi.
Ushbu dastur Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi va JPAL hamkorligida tashkil etilmoqda.
Manfaatli jihatlari:
– Ishtirok etish bepul
– Tajribali tadqiqorchilardan mentorlik
– Tegishli MIT MicroMaster kurslarida bepul oʻqish
– Mahalliy va xalqaro olimlar bilan tanishish va hamkorlik aloqalarini oʻrnatish
– Kelajakdagi tadqiqotlarni moliyalashtirish imkoniyatlari boʻyicha yoʻl-yoʻriq olish imkoniyati
Arizalar 2026-yil 14-aprelgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/research-accelerator-residency/
16,900
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
Charles University: Matematika yoʻnalishida magistratura kurslarini bepul oʻqish imkoniyati!
Dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Chalrz universiteti (TOP 265) matematika sohasiga oid magistratura dasturlarida (ingliz tilida) o'qishni xohlovchilarga PMTFS grantini taklif etadi.
Grant imkoniyatlari:
- Butun oʻqish davomida kontrakt summasini toʻlashdan ozod qiladi.
Arizalar 2026-yil 30-aprelgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/prague-mathematics-tuition-fee-scholarship/
17,300
39
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
Peace Pals International Art Exhibition: 5-16 yoshlilar uchun xalqaro rasmlar tanlovi
Tanlovga 5-16 yoshli nomzodlar qoʻlda qalamlar yoki boʻyoq orqali chizgan ishlari bilan qatnashishi mumkin.
Ishlarni onlayn yoki oflayn (pochta orqali yuborish orqali) topshirish mumkin.
Mukofotlar:
– Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritganlar maxsus statuetka, sertifikat va tasdiq xatlari bilan taqdirlanadi
– Tanlovda ishtirok etgan barchaga ishtirok sertifikati taqdim etiladi
Ishlar 2026-yil 31-avgustgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/peace-pals-international-art-exhibition-5-16-yoshlilar-uchun-xalqaro-rasmlar-tanlovi/
17,800
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
ServiceScape Short Story Award hikoyalar tanlovi; mukofot – 1000 AQSH dollari
Tanlovda hikoya yozishga qiziquvchi va kamida 18 yosh boʻlgan barcha qatnashishi mumkin. Hikoyalar 5000 soʻzdan oshmasligi va ingliz tilida boʻlishi kerak.
Mukofot: Gʻolib 1000 AQSH dollari bilan taqdirlanadi.
Hikoyalar 2026-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-short-story-award-hikoyalar-tanlovi-mukofot-1000-aqsh-dollari/
17,200
25
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
Biopage Storytelling Writing Contest: ingliz tilida insho yozib, 300 dollargacha mukofot yutib oling!
Navbatdagi Storytelling Writing Contest qisqa insholar tanloviga ishlar qabul qilinmoqda.
Insholar ingliz tilida yozlishi va 1000 soʻzdan oshib ketmasligi kerak.
Tanlovda yoshi va davlatidan qatʼi nazar, barcha ishtirok etishi mumkin.
Mukofotlar:
– Asosi gʻolib – 300 dollar;
– Yana 5 nafar eng yaxshi insho mualliflariga 100 dollardan.
Insholar 2026-yil 31-iyulgacha qabul qilinadi.
Batafsil
https://grantlar.uz/insholar-tanlovi-karantindagi-hayot-haqida-insho-yozib-pul-mukofoti-yutib-oling/
15,300
25
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
Slovakiya: 1 oydan 10 oygacha almashinuv hamda tadqiqot olib borish uchun grantlar!
Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura, PhD bosqichi talabalari, universitet oʻqituvchilari, tadqiqotchilar va sanʼatkorlar qatnashishi mumkin.
Qanday imkoniyat beradi?
– 1-2 semestr (1-10 oy) Slovakiyada oʻqish, tadqiqot olib borish yoki oʻqitish.
– Oyiga 620-1470 yevro stipendiya.
– Safar xarajatlari uchun mablagʻ.
Qabul
Navbatdagi qabulning soʻnggi sanasi: 2026-yil 30-aprel, soat 19:00.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-national-scholarship-programme-of-the-slovak-republic/
Foydali: https://t.me/grantlar_namunahttps://t.me/grantlar_namuna
19,500
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
Tom Howard/John H. Reid Fiction & Essay Contest: mukofoti 3500 dollargacha boʻlgan hikoya va insholar tanlovi
Istalgan yoshdagilar qatnashishi mumkin.
Tanlovga 6000 so'zdan oshmagan insho va hikoyalar (ingliz tilida) qabul qilinadi.
Tanlovga 2 yoʻnalishda qatnashish mumkin:
1. Insho (Essay).
2. Hikoya (Story).
Mukofotlar:
– Har bir yoʻnalish gʻolibiga 3500 dollardan mukofot ba Duotrope platformasiga 2 yillik obuna
– 10 ta eʼtiborga sazovor ish mualliflariga 300 dollardan mukofot
– 12 ta sovrindor ishlar tanlov saytiga joylanadi
Ishlar 2026-yil 1-maygacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/tom-howard-john-h-reid-fiction-essay-contest/
18,400
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
Chet elda grant yutishning 11 siri
Chet elda grant asosida o'qish uchun qanday yo'l tutish kerak? Buning sirlari nimada?
http://Grantlar.uz/ jamoasi xorijda o'qish uchun grant yutish borasida real va amaliy tavsiyalardan iborat material tayyorlagan.
https://grantlar.uz/blog/chet-elda-oqish-uchun-grant-yutishning-11-siri/
https://youtu.be/W84CL8lMa1o
23,200
25
0
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʻliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!
Dasturda bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar qatnasha oladi.
Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 15,36 AQSH dollari) haq.
– Shatl avtobus chiptasi.
– Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta.
– Jihozlangan bepul turar joy.
– Viza, sugʻurta olish va mahalliy ro'yxatdan o'tish masalalarida yordam.
Amaliyot 3-6 oy davom etadi.
Arizalar 2026-yil 15-aprelgacha qabul qilinadi.
https://grantlar.uz/oist/
21,300
48
Grantlar.uz
2 apr 2026, 18:51
📷 Photo
AQSHda magistraturani o'qish Fulbright Foreign Student Program granti!
Dastur magistraturani AQSHda deyarli barcha sohalar boʻyicha toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.
Kimlar ariza topshira oladi?
Ingliz tilini yetarli darajada biluvchi, kamida bakalavrlik diplomi va 2 yillik ish tajribasiga ega nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
Dastur imkoniyatlari:
– O’qish to’lovi va boshqa barcha to’lovlar to’liq qoplanadi.
– Oylik stipendiya beriladi.
– Talabalar tibbiy sug’urtalanadi.
– J-1 vizasini olishda yordam koʻrsatiladi.
– Kitob va boshqa o’quv qurollari uchun mablag’ ajratiladi.
– AQSHga borish va qaytish uchun aviachipta taʼminlanadi.
Arizalar 2026-yil 31-maygacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/fulbright-aqshda-magistaturada-oqish-uchun-toliq-grant-oylik-stipendiya-va-borib-kelish-uchun-aviachipta/
Foydali:
https://t.me/grantlar_namunahttps://t.me/grantlar_namunahttps://t.me/grantlar_namuna
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
Schwarzman Scholars: Dunyoning 12-raqamli universitetida magistraturani toʻliq grant asosida oʻqing; joy 150 tagacha!
Mazkur grantni qoʻlga kiritganlar Xitoyning Tsinghua universitetida magistratura bosqichida oʻqiydi.
Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli va boshqa universitet badallari qoplanadi.
– Turar joy va oziq-ovqat.
– Pekinga borish-kelish xarajatlari qoplanadi.
– Xitoydagi tadqiqot turi va uning xarajatlari qoplanadi.
– Kerakli kitoblar va boshqa materiallar ta’minlanadi.
– Sog’liq sug’urtasi to’lab beriladi.
– Yashash xarajatlari uchun stipendiya ajratiladi.
– Har bir talabaga Lenovo noutbuki beriladi.
Bu yilgi qabulda ushbu dasturga butun dunyodan 150 tagacha talaba qabul qilinadi. Qabul qilinganlarning barchasiga avtomatik tarzda grant beriladi.
Bu yilgi qabul 2026-yil aprel oyidan 9-sentabrgacha davom etadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/schwarzman-scholars/
22,000
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
Korean Language Speaking Contest: Koreys tilida nutq soʻzlash tanlovida 1730 dollargacha yutib oling!
Tanlovda koreys tilini biluvchi koreyalik boʻlmagan barcha xorijlik nomzodlar va xorijda yashayotgan koreyslar qatnashishi mumkin.
Nomzodlardan berilgan mavzulardan biri boʻyicha koreys tilida nutq soʻzlab yoki tez aytish aytib, uni videoga olish va shu videoni tegishli platformalardan biriga joylash talab etiladi.
Mukofotlar:
Jami sovrinli oʻrinlar soni 20 ta. Gʻoliblar 200 AQSH dollaridan 1730 AQSH dollarigacha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2026-yil 7-may, 19:59 gacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/korean-language-speaking-contest/
23,100
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
Saudiya Arabistonida talabalar uchun 4 haftalik to'liq moliyalashtiriladigan yozgi tadqiqot dasturi
Bu dasturga elektrotexnika va kompyuter muhandisligi, fizika yoki aloqador sohalarda ta’lim olayotgan magistrlar, bakalavriatning oxirgi kurs talabalari va yaqinda bakalavriatni tamomlaganlar ariza topshira oladi.
Mashgʻulotlar 2026-yil 1-30-iyul kunlari KAUST universitetida boʻlib oʻtadi (ingliz tilida).
Imtiyozlar:
– Stipendiya
– Viza va logistika masalalarida yordam
– Bepul turar joy
– Dunyo darajasidagi tadqiqot resurslari va uskunalaridan foydalanish imkoniyati
– Maxsus sertifikat
Arizalar 2026-yil 31-martgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/photonics-summer-camp/
26,700
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
Latvian State Scholarships: Latviyada barcha bosqichlarda oʻqish uchun oyiga 700 yevrogacha stipendiya!
Latviya universitetlarida bakalavriat, magistratura va PhD bosqichida oʻqish uchun Latviya davlat stipendiyalar taklif etilmoqda. Latviya universitetlarida ingliz yoki latv tilida oʻqish mumkin.
Dastur imkoniyatlari:
– Bakalavrlarga 500 yevro, magistratura talabalariga 600 yevro, PhD bosqichi talabalariga 700 yevro oylik stipendiya beriladi.
– Baʼzi universitetlar stipendiya sohiblarini yotoqxona bilan taʼminlashi mumkin.
Arizalar 2026-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/latvian-state-scholarships-latviyada-barcha-bosqichlarda-oqish-uchun-stipendiyalar/
23,600
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
Allan and Nesta Ferguson Charitable Trust scholarships: Magistraturani Britaniyada o’qish uchun to’liq grant va stipendiya!
Grantlar Sheffield universitetida huquq, iqtisod, rivojlanish, jurnalistika, siyosat kabi sohalarga oid bir qancha magistrlik dasturlarida oʻqish uchun taqdim etiladi.
Grant imtiyozlari:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qiladi
– Yashash xarajatlari uchun 16 500 dollar stipendiya
Arizalar 2026-yil 8-maygacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/allan-and-nesta-ferguson-charitable-trust-scholarships-for-masters/
21,400
40
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
The Geneva Challenge 2025 tanlovi: pul mukofoti va Shveytsariyaga bepul sayohat!
Tanlovda istalgan soha boʻyicha oʻqiyotgan magistratura talabalari 3-5 kishilik jamoa boʻlib qatnashishi mumkin.
Tanlovda ingliz yoki fransuz tilida mehnat faoliyati kelajagi oldidagi muammolar boʻyicha loyiha (yechim) ishlab chiqiladi.
Mukofotlar:
– 1-oʻrin (1 ta jamoa): 12 880 dollar;
– 2-oʻrin (2 ta jamoa): 6440 dollardan;
– 3-oʻrin (2 ta jamoa): 3220 dollardan mukofot bilan taqdirlanadi.
– Bu 5 ta jamoa Shveytsariyaga taqdimot uchun taklif etiladi (borib kelish, turar joy va viza xarajatlari qoplanadi).
Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati: 2026-yil 25-aprel, soat 02:59.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-geneva-challenge-tanlovi-pul-mukofoti-va-shveytsariyaga-sayohat/
20,700
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
YHSA(Asia): maktab va kollej/litsey oʻquvchilari uchun tanlov; bosh mukofot – 5 ming AQSH dollari!
Tanlovda bitta maktab yoki kollej/litseydan boʻlgan oʻquvchilar 1-3 nafardan iborat jamoa boʻlib qatnashadi.
Jamoalar oʻzlari tanlagan fan boʻyicha tadqiqot ishi yozib topshirishi va uni ogʻzaki himoya qilishi kerak (ingliz tilida).
Mukofotlar:
– Gold Prize (oliy oʻrin) – 5000 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga).
– Silver Prize (2-oʻrin) – 500 dollar (har bir fan boʻyicha 1 tadan jamoaga; faqat matematika boʻyicha 2000 dollar).
– Har bir fan boʻyicha 3 tadan jamoa uchun Honourable Mention eʼtirofi.
– Ogʻzaki himoya bosqichida qatnashganlarning barchasiga sertifikat beriladi.
Qatnashish uchun 2026-yil 11-iyungacha roʻyxatdan oʻtish lozim.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/yhsaasia-maktab-va-kollej-litsey-oquvchilari-uchun-tanlov/
26,900
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
IT Park tomonidan bepul IT kurslariga qabul boshlandi
Ushbu kurslar O‘zbekistonning bir nechta hududlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:
– Samarqand: Cloud Engineering
– Namangan: 2D / 3D modellashtirish
– Toshkent: Artificial Intelligence (AI) va Machine Learning (ML)
– Farg‘ona: Game Development
Kurslar ingliz tilida olib boriladi.
18-30 yoshli barcha Oʻzbekiston fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
Manfaatli jihatlari:
– Kurslar mutlaqo bepul
– Bitiruvchilarga xalqaro sertifikat beriladi
– Qisqa vaqt ichida zamonaviy texnologiyalarni o‘rganib, xalqaro darajadagi mutaxassisga aylanish imkoniyati
– Eng yaxshi natija ko‘rsatgan bitiruvchilarga IT va ITES kompaniyalarida ishga joylashishda yordam ko‘rsatiladi
Arizalar 2026-yil 31-martgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/it-park-tomonidan-bepul-it-kurslariga-qabul-boshlandi/
32,700
Grantlar.uz
30 mar 2026, 12:05
📷 Photo
Qirgʻiziston: Ayol-qizlar uchun 10 kunlik taʼlim ekspeditsiyasi – xarajatlar qoplanadi
Bu dastur doirasida ishtirokchilar faqat ayollardan iborat professional jamoa bilan birga Qirgʻizistondagi Ala-Archa milliy bogʻidagi togʻlarga ekspeditsiyaga chiqadi, togʻ muhitini oʻrganadi va boshqa mashgʻulotlarda qatnashadi.
Dasturga ingliz yoki rus tilini biluvchi 18-25 yoshli ayol-qizlar ariza topshirishi mumkin.
Moddiy imtiyozlar:
– Qatnashish bepul
– Bishkekka borish va kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi
Arizalar 2026-yil 31-martgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/inspiring-girls-expeditions/