Belum ada ulasan. Jadilah yang pertama untuk membagikan pendapat Anda!
Postingan Terbaru
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
2026-yil 14-fevraldan 6-martgacha bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
🆔 Test natijalari http://my.gov.uz/ saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini http://my.gov.uz/ sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.
❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida http://my.gov.uz/ sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.
✅
25,600
0
0
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
📷 Photo
#Abituriyent2026 #JavoblarVaraqasi
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi.
💾 Javoblar varaqasini https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/03/13/16dbd7ce-2c85-01d4-5dec-f485487838e0_media_.jpg.
👉 Fanlar majmuasi
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅
29,900
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
📷 Photo
#Tayinlov
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan:
➖ Madrahimova Feruza Ro‘zimboyevna Urganch davlat universiteti rektori etib https://talimxabarlari.uz/69063/
U tayinlovga qadar Urganch davlat pedagogika instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
➖Tojiyev Rustambek Rasulovich Fargʻona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi.
U tayinlovga qadar Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅
24,900
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
📷 Photo
❗️O‘rta maxsus ma’lumotli bog’cha pedagoglarini dual ta’limda o‘qitish tartibi va oliygohlar ro‘yxati e’lon qilindi
Vazirlar Mahkamasining ‘‘Maktabgacha taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tajribalarga mos ravishda tegishli bakalavrlar tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risida’’gi qaror loyihasi muhokamalar https://talimxabarlari.uz/69011/
📌Loyihaga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab maktabgacha ta’lim yo‘nalishida davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pеdagog kadrlar uchun dual ta’limshaklida (haftada bir kun pеdagogika oliy ta’lim tashkilotida, bеsh kun maktabgacha ta’lim tashkilotida) to‘lov-shartnoma asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, dual taʼlim shaklida maktabgacha taʼlim yoʻnalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan pedagogika oliy taʼlim tashkilotlari ro‘yxati ham e'lon qilindi.
Oʻrta maxsus maʼlumotli pedagog kadrlar uchun dual taʼlim shaklida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim yoʻnalishiga roʻyxatdan oʻtadigan abituriyentlar bir bosqichda — har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda, abituriyentlar mazkur muddat davomida taʼlim yoʻnalishi, taʼlim tili va test topshirish hududini
Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/69011/
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
⚡️Pedagogika oliygohlari bitiruvchilari yakuniy attestatsiya bilan birga kasbiy sertifikatlashdan oʻtishi mumkin
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qaroriga quyidagi oʻzgartirishlarni kiritish rejalashtirilgan:
2028/2029 – oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetining, 2029/2030 – oʻquv yilidan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarining xalqaro taʼlimdasturlari joriy etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining bitiruvchi kurs talabalariga yakuniy attestatsiyasi bilan birga oʻz xohishiga koʻra kasbiy sertifikatlash sinovlarida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Bunda, kasbiy sertifikatlash sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchiga mutaxassis oʻqituvchi lavozimida ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, davlat yoki nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarini tamomlab, maktabga pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan o‘qituvchilar bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi
Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/69044/
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅
23,500
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
Qaror loyihasi: pedagoglar har yili majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi
Pedagoglarni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazish tartibi takomillashtirilmoqda. Vazirlar Mahkamasining shunga doir tegishli qarori loyihasi https://talimxabarlari.uz/68962/
Unga ko'ra:
O'zbekiston Respublikasidagi barcha davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi pedagog xodimlarning har yili davriy tibbiy ko'rikdan o'tkazilishi majburiy hisoblanadi.
Davlat ta'lim tashkilotlarining bevosita bolalarga ta'lim va tarbiya berish bilan band bo'lgan pedagoglari tibbiy ko'rikdan O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar doirasida o'tkazilishi belgilanmoqda.
Nodavlat ta'lim tashkilotlari pedagoglarining tibbiy ko'riklari esa tashkilotning mablag'lari hisobidan tegishli lisenziyaga ega davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Loyihaga ko'ra, pedagogni majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazishni tashkil etish ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy tibbiy ko'rikdan o'tish vaqtida pedagog o'z ish joyi (lavozimi) va o'rtacha ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅
23,300
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
📷 Photo
⚡️ TOP-300 talik oliygohlarga kirgan yoshlar va talabalarga 20 ming AQSH dollarigacha taʼlim krediti ajratiladi
Hukumatning tegishli (02.03.2026 yildagi 88-son) qarori bilan 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingida yuqori TOP-300 talik roʻyxatga kirgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga bir oʻquv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha boʻlgan miqdorda taʼlim krediti ajratish tizimi joriy etildi.
Bunda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan tijorat banklariga resurslar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “ http://resurs.imv.uz/” platformasi orqali ajratiladi.
Kredit oluvchi taʼlim kreditini olish uchun bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
➖ taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi ariza;
➖ ariza beruvchi (birgalikda qarz oluvchi)larning amalda boʻlgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari nusxasi;
➖ taʼlim tashkilotidan talabaning qabul qilingani toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (1-kurs talabalari uchun);
➖ har bir oʻqish davrining (semestr, trimestr, yarim yillik va yillik) yakunlari boʻyicha akademik oʻzlashtirish natijalari toʻgʻrisidagi hujjat (2-kursdan boshlab);
➖ toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma hamda oliy taʼlim tashkilotining bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami, SWIFT kodi) koʻrsatilgan invoys;
➖ birgalikda qarz oluvchilarning soʻnggi 12 oylik daromadlari yuzasidan maʼlumot;
➖ oʻttiz yoshdan oshgan pedagog xodimlar uchun Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan yuklangan mehnat daftarchasidan koʻchirma nusxasi (mazkur hujjat kredit oluvchining pedagog xodim ekanligini aniqlash uchun foydalaniladi);
➖ bankning ichki qoidalarida belgilangan boshqa hujjatlar.
👉 Eng muhim savolarga javoblar: https://talimxabarlari.uz/68974/
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
⚡️2026-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi
Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning yanvar-iyun oylarida umumtaʻlim hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
https://gov.uz/oz/uzedu/news/view/140808Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/68912/
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅
30,800
0
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
⚡️Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi
📣 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
✏️ imtihonning yozma qismi — 14-15-16-mart kunlari;
🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 16-martdan 9-aprelgacha (dam olish va bayram kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.
📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini http://my.gov.uz/ saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
⏰ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
💳 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
🗺 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/chet-tili-03-11-2
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅
25,200
0
Ta'lim nazorati
18 Mar 2026, 18.54
⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda
2026-yil 31-yanvar va 1-fevral kunlari ona (o‘zbek, qoraqalpoq va rus) tili vaadabiyot fanlaridan bo‘lib o‘tgan milliy sertifikat imtihoni natijalari https://talimxabarlari.uz/68902/
📱 Talabgorlar o‘z natijalarini http://my.gov.uz/ saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
🔹 70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball — C daraja.
✔️ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
🔸 A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
🔸B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
🔸 A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.
❗️ Akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikati mavjud o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
📌 Sertifikatini yuklab oluvchi talabgorlar uchun muhim ma’lumot:
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-son qarorining 1-ilovasiga muvofiq umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat matnida o‘zgartirish kiritilgan.
📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz ( https://t.me/uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅