Hech U haqida oʻylab koʻrganmisiz? U kim oʻzi? U menga yoqadimi? Men unga yoqamanmi? Meni baxtli qila oladimi? Meni seva oladimi? Meni borimcha qabul qila oladimi? Meni xarakterimni koʻtara oladimi? Hammadan qizgʻongan qalbimga ozor bermaydimi? U qayerda oʻzi? U ham men uchun oʻzini asrayaptimi? U ham meni kutyaptimi? U qanday odam oʻzi? Men pishirgan ovqatlar unga yoqadimi? Dengizni, bulutlarni, yomgʻirni, osmonni, doramalarni, shirinliklarni .... men sevgan jamiiyki narsalar unga ham yoqadimi? U ham kunda hech boʻlmaganda 1 marta men haqimda oʻylaydimi? Men esa uni uygʻonsam, ovqatlansam, dars qilsam, qoʻshiq eshitsam, kino koʻrsam, xursand boʻlsam, xafa boʻlsam, yolgʻiz qolsam, ish qilsam, boʻsh boʻlsam, koʻchada, uyda, institutda, bogʻchada, doʻkonda, mashinada, toʻyda, azada, kafeda, uxlashdan oldin, kimga qaramay, nimani koʻrmay uni eslayman. Xoʻsh U-chi? Bugun meni esladimi? Bugun meni esladingizmi?
Meni taqdirimdagi inson 👆