هنوز هیچ نظری وجود ندارد. اولین نفری باشید که نظر خود را به اشتراک میگذارید!
آخرین پستها
نكت | Nuktalar
۴ اردیبهشت ۱۴۰۵، ۱۲:۰۵
📷 Photo
#tafakkur
عَنِ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَبَّاسٍ 5، عَنِ النَّبِيِّ ﷺ قَالَ: «نِعْمَتَانِ مَغْبُونٌ فِيهِمَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ: الصِّحَّةُ وَالْفَرَاغُ». رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ.
Абдуллоҳ ибн Аббос розияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади:
«Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Икки неъмат борки, одамларнинг кўплари уларни бой бериб қўядилар – (улар) саломатлик ва бўш вақтдир», дедилар».
Бухорий ривоят қилган.
Manba: http://islom.uz/
Yuqoridagi rasmda shamollash tufayli organizmda uyqu buzilishi va tiklanishini past ekanligini kuzatishingiz mumkin.
Hozir aksar odamlar vaqtim yo'q, qaniydi vaqtim bo'lsa deb aytishi tabiiy holat. Chunki biz axborot asrida yashayapmiz, barcha ko'proq ishlar qilib olishga harakat qilyapti. Shu holatda yuqoridagi hadisda zikr qilingan 2 ne'matdan birning qadriga yetmaganimiz ravshan bo'ladi, u bo'lsa bo'sh vaqtdir.
Agar siz shu ne'matni yo'qotishdan oldin qadriga yetgan bo'lsangiz, tabriklayman siz nodir insonlar qatoridasiz.
Shu yerda bitta ajoyib nukta bor. To'g'ri bo'sh vaqt ne'mati shukrini ado qilishga kechikkan bo'lishingiz mumkin, chunki o'qiysiz yoki ishlaysiz. Lekin sizda hali ham sog'liq ne'matiga shukrini qilish imkoniyati bor.
Yo'qotilganda qilingan nadomatdan, borlikda qilingan shukr afzal.
762
2
0
نكت | Nuktalar
۴ اردیبهشت ۱۴۰۵، ۱۲:۰۵
📷 Photo
#tolibiilm #ulamolarhayoti #yoshlik
Ibn Javziy rohimahulloh aytadilar:
Bolalar Dajla daryosiga tushib, ko'prik ustida sayr qilishar edi.
Men esa yoshligimda kitob olib, odamlardan chetga, daryo bo'yiga o'tib, ilm bilan mashg'ul bo'lardim.
📕 حفظ العمر
210
10
نكت | Nuktalar
۴ اردیبهشت ۱۴۰۵، ۱۲:۰۵
📷 Photo
Sufyon Savriy aytadilar:
Kechaning birinchi qismidan bir nido qiluvchi aytadi: Ogoh bo'linglar, obidlar tursin!
Shunda obidlar turib, Alloh nasib qilganicha namoz o'qiydilar.
So'ng kechaning yarmida nido qiluvchi: Ogoh bo'linglar, qonitlar* tursin! deb nido qiladi. Shunda qonitlar turib sahargacha namoz o'qiydilar.
Sahar paytida bir nido qiluvchi: Ogoh bo'linglar, istig'for aytuvchilar tursin! deb nido qiladi. Shunda istig'for aytuvchilar turib, istig'for aytadilar.
Tong otganda bir nido qiluvchi: Ogoh bo'linglar, g'ofillar tursin! deb nido qiladi. Shunda g'ofillar to'shaklaridan xuddi qabridan tirilib chiqayotgan o'liklarga o'xshab uyg'ona boshlaydilar.
Nukta: Bu yerda tong otganda g'ofillar shunday katta fursatni boy berganlari uchun o'liklarga qiyos qilinyapti. Chunki tirikdan kechani tiriltirish fursati o'tib ketmaydi, imkoniyatni boy berish (فوت) o'liklardangina sodir bo'ladi. Bu holatda ular o'liklar bilar bir xildir.
Endi savol: Tong otganda (bomdodga) ham turmaydiganlarchi?
________________________________
*Qonitlar - ibodatgo'y, namozga nisbatan tazarru' qiluvchilar.
📕 أيها الولد
نكت | Nuktalar
۴ اردیبهشت ۱۴۰۵، ۱۲:۰۵
Channel created
0
0
0
نكت | Nuktalar
۴ اردیبهشت ۱۴۰۵، ۱۲:۰۵
بسم الله الرحمن الرحيم
198
0
0
نكت | Nuktalar
۴ اردیبهشت ۱۴۰۵، ۱۲:۰۵
O'tkinchidan olingan motivatsiya ham o'tkinchi bo'ladi!