Todavía no hay reseñas. ¡Sea el primero en compartir su experiencia!
Últimas publicaciones
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
📷 Photo
Yaxshi narsalar haqida gapiramiz.
YouTube menga premium obuna sotib olishni taklif qilyapti. Bu nima degani? Yaqin orada MONETIZATSIYA yonishi mumkin degani.
Lekin baribir hursand bo'lishga hali juda erta. Katta pul kelishidan umidvor bo'lmaylik. Chunki baribir dunyo nazdida biz "arzon" tomoshabinmiz.
Millon prosmotr uchun 500$ tushsa kerak. Yana bilmadim. 🤷🏻♂️
7,540
380
0
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
📷 Photo
Lekin narxi qimmat!
Hali narx-navoni o'zbek segmenti uchun moslashmagan shekil. Har oy 12$ to'lashga hammaning ham qurbi yetmaydi. Chunki u hayotiy muhim ehtiyojlar toifasiga kirmaydi.
Uzog'i 5$ norm bo'lsa kerak.
7,590
407
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
🎥 Video
Ha azizlar...
Shunaqa paytlari asl yuzimiz ko'rinadi. Muammo - siz va biz o'ylagandan ancha chuqurroq.
Uning sababini boshqa joydan qidiryabmiz deb o'ylayman. Shuni hisobiga ham noto'g'ri kurashyapmiz.
Chunki necha yillardan beri harakat qilmaylik, vaziyat deyarli o'zgarmadi. O'zgarmasa ham kerak deb qo'rqaman...
8,600
683
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
Hakam futbolni reelsdan ko'rib o'rganganmi?
11,100
866
0
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
Menimcha bu yerda qanaqadur tafqi-la'nat bor.
Aynan men ko'ra olmay qolgan o'yinlar juda qiziqarli bo'ladi. "Bugun bir mazza qilib futbol ko'ramiz" degan ishtiyoq bilan tomosha qilsam - juda zerikarli bo'ladi 🥱.
Shuning uchun hamma yig'ilib menga pul tashlab bersin. Finalni ham, jahon chemionatini ham tomosha qilmayman. Siz mazza qilib haqiqiy futboldan bahramand bo'lishishingiz uchun 😉
9,840
722
0
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
Agar men futbol sharxlovchisi, pop artist, aktyor, sportchi yoki vayner bo'lganimda - balki buncha ko'p gapirmagan bo'lardim. Balki umuman gapirmasdim 🤷🏻♂️.
Lekin men aynan shunaqa mavzularni yoritadigan blogerman. O'zim chegaralardan tashqariga chiqib fikrlashni hoxlaydigan va boshqalarga ham shunday hayotni ravo ko'radigan insonman.
Ko'plab obunachilarim aynan mendan yangicha fikr olish uchun kuzatishadi.
Gapirish, tushuntirish, qaysidur masalaga oydinlik kiritish meni vazifam. Eng asosiysi - o'zim shundan kayf qilaman🌝.
13,900
506
0
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
🎥 Video
Mabodo tushunmovchilik yuzaga kelgan bo'lishi mumkin🥲.
Gap shunda-ki, yuqoridagi havola orqali kirib, kanalga obuna sotib olmoqchi bo'lsangiz u sizga umumiy 40$ ko'rsatgan. Bilmadim qaysi mantiq bilan, lekin u obunachiga birinchi bo'lib eng qimmat tarifni taklif qilgan.
Tabiiyki bu foydalanuvchini cho'chitib yuboradi. Aslida unaqa qimmat emas 😁. Birinchi oy uchun 3.59$ keyin esa 4$ dan. O'zingizga qulay tarifni bemalol tanlashingiz mumkin.
Ba'zida shunaqa texnik nosozliklar bo'lib turadi. Noto'g'ri tushunmaysiz 🧌.
13,500
452
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
🎥 Video
Hullas o'sha gap. Uyog'ini o'zingiz bilasiz. ✨
To'liq video yopiq kanalda: https://t.me/tribute
16,400
629
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
🎤 Voice
Umid qilaman-ki, bu mavzuga boshqa qaytmaymiz!
13,400
467
KUNDUZIY
11 may 2026, 09:15
📷 Photo
To'y kunidan fotogallereya.
Yana ko'p suratlar bor. Agar qiziq bo'lsa joylab boraman.
Yopiq kanalni esa allaqachon eksklyuziv kontentlar bosib ketgan. 1-2 kunda to'liq versiyasi joylanadi. Yana 3-4 kun o'tib qisqartirilgan ko'rinishda YouTube ga joylayman.
Yopiq kanalga havola: https://t.me/tribute
17,800
829
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
Shohruhxon bunga bardosh bera olarmikin? 🤯 Hammasi roast - bu shunchaki shou emas, bu yumor inqilobi. Bu yerda har bir so'z , har bir hazil - rostdan aytilgan, yurakdan chiqqan. Hech qanday chegara, hech qanday qoida yo'q, faqat haqiqat va kulgu! Agar…
9,100
295
0
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
📷 Photo
🕺🏻🎶
9,760
1,318
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
O'zbekistonning qaysidur joyidagi ota/ona o'z farzandiga aytadigan gaplari:
- Qara bolam, kastyum shim kiyib, madaniyat vaziridan ko'krak nishoni olipti. Seni ham shunday kunlaringni ko'rgim keladi.
9,910
959
0
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
Nuuuuu daaaaa...
9,080
1,055
0
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
Nuuuuu daaaaa...
10,400
1,189
0
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
📷 Photo
Aynan men uxlab qolgan kun qanaqa o'yin bo'ladi...
8,540
606
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
📷 Photo
Lekin boshqa tomondan, yaxshiyam uxlavoribman 😁.
8,180
547
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
📷 Photo
Nuuuuu daaaaa...
11,000
1,339
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
📷 Photo
Biz endi Mono emas Stereomiz!
Oxirgi marotaba butun dunyo katta qiziqish bildirgan kinofilm yoki madaniy voqealar sodir bo'lganiga deyarli ikki yil bo'ladi. So'nggi marta Kendrick va Drake o'rtasidagi "Beef", Barbenheimer dan keyin hali hammaning og'ziga tushgan voqeani eslay olmayman.
Lekin shunda ham bu ikki voqea "Avengers: End Game" kabi deyarli hamma tomonidan gapirilmagan. End Game ni hattoki sizni uyida faqat Yoshlar telekanalini ko'radigan jiyaningizning xabari bor edi.
Bunday holat faqat kino, musiqalardan tashqari sport da ham uchrab turibdi. Endi hamma bitta El Clasico ni jiddiy qabul qilmasdan, balki boshqa o'yinlarga ham qiziqish bildirishmoqda. 10 yil oldin siz futbol ko'radigan do'stingizga Manchester City - Real Madrid o'yini El Classico dan ko'p odamni o'ziga jalb qiladi desangiz umuman ishonmasdi.
O'sha aytgan gapimdek hozirgi yoshlar bir xil narsalarni yaxshi ko'rishmaydi, balki bir xil narsalarni yomon ko'rishadi.
8,270
KUNDUZIY
24 abr 2026, 19:24
O'zbekistonda kim YouTube'ni rivojlantirmoqda?
Kimni hozir yoshlar kuzatadi, kim kelajak avlodni uzun videolar orqali tarbiyalayapti?
http://SHOWQIN.COM/ sayti o'z faoliyatini boshladi va ilk tahririy maqolasini taqdim etadi!
https://showqin.com/blog/ozbekistonda-youtubeni-rivojlantirayotgan-ijodkorl
7,490
242
0
KUNDUZIY
1 abr 2026, 06:18
🎥 Video
Qo'llab quvvatlayotgan hammaga rahmat.
Har bir insonga alohida minatdorchilik bildirib chiqishga ko'p vaqt ketadi. Aksariyat insonlar anonim holatda to'yona qilishyapti. «Chap qo'ling berganini o'ng qo'ling bermasin» degan naqlga tayanib shunday qilishayotgandur 🌝.
Hozircha ishlar bilan yugurib yuribman. Telefonni qo'lga olishga ham kam imkon bo'lyapti.
7,690
443
KUNDUZIY
1 abr 2026, 06:18
📷 Photo
To'yona faqat o'zbek madaniyatiga hos odat deb o'ylashar ekan...
Men kutgandan ham yaxshiroq natija.
Eng qiziq tomoni - biz bu loyihani birinchi o'rinda o'zimiz kayf qilishimiz uchun boshlaganmiz. Bolla bilan yig'ilib, uyda shunga o'xshash shartlar bajarib o'tirar edik.
Endi shuni yanada kuchaytirib, kattaroq shou qilish kerak.
Ohirgi martta qachon Toshkent osmonida bunaqa manzara ko'rganimni eslay olmayman.
Yetqizganiga shukur
8,460
1,099
KUNDUZIY
1 abr 2026, 06:18
🎥 Video
Uylanyapman!
Orzuimdaka to'y qilmoqchiman. Shu haqida boshqalarga aytsam - hamma "iye, meni ham to'yim shunaqa bo'lishini orzu qilganman" deb javob qaytardi.
Lekin nimagadur baribir hamma siyqasi chiqqan, eskirgan uslubda to'y qilaveradi. Bu an'anani buzish ilojsizdek go'yo. Men esa buzib ko'rmoqchiman 🥸.
Shu orqali boshqalarga yaxshi o'rnak bo'lish niyatim bor.
Uyalmasdan to'yonalarni shu yerda qabul qilaman 😁: 5614 6826 1533 9985
10,600
1,230
KUNDUZIY
1 abr 2026, 06:18
📷 Photo
Zudlik bilan Rayan Goslingga ovqat bering!
Project HAIL MARY filmi yilning eng qiziqarli loyihalaridan biri bo'ladi deb ko'pchilik kutayotgan edi. Trailerini YouTube da 46 milliondan ko'proq martta ko'rilgan, https://www.rottentomatoes.com/m/project_hail_mary yuqori reyting, kuchli ijodiy jamoa... Hullas zo'r film bo'ladi degan kutuvlar bor.
Va kutilganidek film yaxshi. O'zim borib IMAX'da ko'rdim. Sarflangan puliga 100% arziydi. Insof bilan ishlangan, sifatli kosmik sarguzasht. Juda unaqa miyani achitadigan ilmiy ma'ruza emas, yoki yosh bolachalar uchun qilingan odobnoma ham emas. O'rtacha sarguzasht kino. Men uchun 10 dan 7.5 ball.
Menga eng yoqqan tarafi - filmda o'ta intellektual yumor qilishdan cho'chishmagan. Ba'zi vaziyatlarda faqat bitta o'zim tushunib kuldim. Yana boshqalarida menga tushuntirib o'tirishdi.
Rayan Goslingga esa gap yo'q. Qadrdon, chapani, samimiy odam (kadrda). Hullas, filmni tavsiya qilaman.
7,650
KUNDUZIY
1 abr 2026, 06:18
📷 Photo
Ohirgi martta qachon teatrga bordingiz?
Tan olaman, o'zim ham eslay olmayman. Chunki teatrga borish madaniyati bizda unchalik shakllanmagan. Lekin buni to'g'irlash kerak.
Masalan Millat teatri yangi spektakl tayyorlashipti. Mashhur yapon dramaturgi Kōki Mitanining "Kulgi akademiyasi" asari asosida "Julietta sotdi..." spektakli.
27-martdan sahna asarini tomoshasiga kelishingiz mumkin.
https://perfend.com/uz/events/theatre/julietta
8,140
228
KUNDUZIY
1 abr 2026, 06:18
📷 Photo
Katta futbol klublarining hayit bilan tabriklab joylagan postlari.
Meni e'tiborimni ko'proq Real Madridniki tortdi. Qanaqadur tekin generativ AI orqali bitta promt yozib qvorilganga o'xshaydi. Yoki rostdan shunaqa 🤷🏻♂️.
Bu darajadagi katta klub, o'z muhlislarini muqaddas bayram bilan shu yo'l orqali tabriklash qanchalik to'g'ri bilmadim. Shaxsan menga g'alati ko'rindi.
Boshqa tomondan - shu darajadagi katta klub o'ziga bunaqa ishlarni ep ko'raversa kerak. Balki men tupoydurman. ☹️
Barchani ramazon hayiti bilan tabrilayman. Bu matnlarning barchasi oddiy odam qo'llari bilan yozildi🌝.