Todavía no hay reseñas. ¡Sea el primero en compartir su experiencia!
Últimas publicaciones
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
22 may 2026, 19:09
📷 Photo
📶 Samarqand viloyatidan Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkalarini 🅰➖🅰🅰🅰🅰🅰🅰🅰 platformasidan sotib oling!
😐 Oqdaryo tumanidan 9 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=38&address=&q=&hashtag=)
😐 Bulung`ur tumanidan 7 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=®ion=3&area=32)
😐 Jomboy tumanidan 31 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=33&address=&q=&hashtag=)
😐 Ishtixon tumanidan 86 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=35&address=&q=&hashtag=)
😐 Kattaqo'rg'on tumanidan 206 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=41&address=&q=&hashtag=)
😐 Qo'shrabot tumanidan 206 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=45&address=&q=&hashtag=)
😐 Narpay tumanidan 30 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=39&address=&q=&hashtag=)
😐 Payariq tumanidan 99 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=40&address=&q=&hashtag=)
😐 Paxtachi tumanidan 5 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=42&address=&q=&hashtag=)
😐 Samarqand tumanidan 270 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=31&address=&q=&hashtag=)
😐 Nurobod tumanidan 82 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=37&address=&q=&hashtag=)
😐 Urgut tumanidan 42 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=44&address=&q=&hashtag=)
😐 Toyloq tumanidan 9 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&area=43&address=&q=&hashtag=)
😐 Samarqand shahridan 1 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1&address=<=0&at=0&order=0&q=&hashtag=®ion=3&area=30)
😐 Kattaqo'rg'on shahridan 89 ta ( https://e-auksion.uz/lots?group=6&category=46&index=1&page=1<=0&at=0&order=0®ion=3&address=&q=&hashtag=&area=36)
🌐 https://www.youtube.com/channel/UCkC4TYEeg6WSRI011HGS23Ahttps://t.me/auksionvideo
👨💻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️
👨💻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
👨💻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
943
2
0
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
22 may 2026, 19:09
🎥 Video
📌 Jomboy delegatsiyasi Tongchuanda: eksport va investitsiya masalalari muhokama qilindi
Avval xabar qilganimizdek, viloyatimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, ishbilarmon doira vakillari bilan ko‘p qirrali muzokaralar o‘tkazmoqda.
Tuman hokimi Xurshid Nazarov boshchiligidagi tadbirkor va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya Xitoyning Tongchuan shahrida joylashgan yirik qishloq xo‘jaligi hamda bog‘dorchilik markazlaridan biri — “Yi Chuang Industrial” korxonasi va Potou ko‘chasidagi “Uchta sohani integratsiya qilish” namunaviy demonstratsiya parki faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, zamonaviy bog‘dorchilik texnologiyalarini amaliyotga joriy etish hamda eksport-import aloqalarini kengaytirish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Xitoy tomonining qishloq xo‘jaligini sanoatlashtirish borasidagi tajribasi delegatsiya a’zolarida katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va logistika tizimini yagona zanjir asosida tashkil etish modeli samaradorligi bilan alohida e’tibor tortdi. Mazkur tizim mahsulot sifatini oshirish, eksport hajmini kengaytirish va ichki bozorda barqaror ta’minotni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Uchrashuvlarda intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, zamonaviy issiqxona majmualarini barpo etish, yuqori hosildor olma va gilos navlarini yetishtirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar ham o‘rganildi.
Shuningdek, tumanimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini Xitoy bozoriga eksport qilish, xalqaro logistika tizimini rivojlantirish hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
📌 Sian shahrida o‘tayotgan “Uchinchi O‘zbekiston–Xitoy biznes forumi” qizg‘in davom etmoqda
Forum doirasida tumanimiz hokimi Xurshid Nazarov boshchiligidagi jomboylik tadbirkorlar tomonidan qator istiqbolli memorandumlar imzolanmoqda.
Mazkur kelishuvlar hududda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
22 may 2026, 19:09
📷 Photo
#ayni_vaqtda
📌 Turizm yo‘nalishida memorandum imzolandi
Ayni paytda viloyatimiz ishbilarmon doiralari Sian shahrida o‘tayotgan “Uchinchi O‘zbekiston-Xitoy biznes forumi”da ishtirok etmoqda.
Tumanimiz hokimi Xurshid Nazarov boshchiligidagi jomboylik tadbirkorlar ham Samarqand delegatsiyasi tarkibiga kiritilgan bo‘lib, ayni paytda ushbu mamlakatda bo‘lib turibdi.
Forum doirasida Xitoyning nufuzli va yirik loyihalash markazlaridan biri — “China Light Industry Xi’an Design Engineering Co., Ltd.” (Xitoy yengil sanoat Sian loyiha-muhandislik kompaniyasi) instituti hamda tumanimizdagi “BSM” korxonasi o‘rtasida turizm yo‘nalishida memorandum imzolandi.
Mazkur hujjat kelgusida hududda zamonaviy turizm infratuzilmasini shakllantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
🇺🇿🇨🇳 Ayni damda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshidbek Samiyev boshchiligidagi viloyatimiz delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilayotgan “Uchinchi O‘zbekiston–Xitoy hududlararo hamkorlik forumi”da ishtirok etmoqda.
Xian shahrida bo‘lib o‘tayotgan mazkur nufuzli tadbirda tumanimiz hokimi Xurshid Nazarov ham qatnashmoqda.
Forum doirasida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Samiyev ishtirok etib, viloyatning investitsiyaviy salohiyati, turizm imkoniyatlari hamda hududlararo hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumotlar berdi.
Shuningdek, taqdimot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
22 may 2026, 19:09
📷 Photo
📌 Xayrli tong, azizlar!
Rohat-farog‘at nima?
Shaharga yilda bir marta keladigan, uzlatda — xilvatda yashaydigan darvesh so‘radi:
— Rohat-farog‘at nima?
Donishmand javob berdi:
— Rohat-farog‘at — hurriyat qo‘shig‘idir, ammo hurriyatning o‘zi emas.
Bu — tilaklaringiz gulidir. Ammo mevasi emas.
Bu — Arshi a’loga chorlovchi teranlikdir.
Bu — qafasdagi asira qush, u endi qanot qoqib uchmoqqa intiladi.
Ha, bu hurriyat qo‘shig‘idir, uni siz chin dildan kuylaysiz, ammo kuylash lazzatiga berilib, dilingizni yo‘qotmang.
Orangizda rohat-farog‘atda yashashni istaydigan yoshlar bor, siz ularga ta’na, dashnom bermang, rohat-farog‘atni izlayverishsin. Ammo uni topish uchun boshqa yaxshi ishlarni qiladilar. Ildiz qidirayotgan odam xazina topib olganini eshitganmisiz?
Jubron XALIL.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
8 may 2026, 08:07
📷 Photo
📌 Farzandingiz harbiy bo‘lishini istaysizmi?
Tumanimizdagi 31-umumta’lim maktabida “Jasorat maktabi” harbiy-sport sinfi tashkil qilindi. Mudofaa vazirligi, ichki ishlar va milliy gvardiya tuzilmalari hamkorligida tashkil qilingan tizimga 4-sinfni bitirgan o‘quvchilar qabul qilinadi.
Saboqlar matematika, fizika va sport yo‘nalishida malakali o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.
Qabul uchun zarur hujjatlar:
😄1. O‘quvchinining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;
😄2. Ota-onasini pasporti (ID-karta);
😄3. Tabel (direktor tomonidan tasdiqlangan);
😄4. 086-U shakl;
😄5. 3×4 hajmda 4 dona fotosurat;
😄6. Ota-onasining telefon raqamlari (Kamida 2 ta).
Arizalar http://my.gov.uz/ yoki http://ariza.piima.uz/ saytlari orqali, 15-maydan 4-iyunga qadar onlayn qabul qilinadi.
Manzil: Jomboy tumani, Nazar mahallasi, Yunusobod koʻchasi 14-uy.
😎Murojat uchun telefonlar:
📞+998933308212
📞+998957732121
📞+998998201982
➡️Qisqa raqam: 1206
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
📌 “BOXIN”dagi muammo bartaraf etildi
Tumanda investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarni tezkor bartaraf etish hamda investorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Xususan, Kattaqishloq mahallasida faoliyat yuritayotgan “BOXIN” mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasida elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo yuzaga kelgan edi. Mazkur masalani joyida o‘rganish maqsadida tuman hokimi o‘rinbosari Jonibek Qodirov korxonada bo‘lib, vaziyat bilan yaqindan tanishdi.
Mas’ul idora vakillari ishtirokida muammo tahlil qilinib, qisqa muddatda amaliy choralar ko‘rildi. Natijada korxona faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo ijobiy hal etildi.
Uchrashuv davomida korxona faoliyatini kengaytirish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi. Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va mahalliy aholi bandligini ta’minlash yuzasidan fikr almashildi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
8 may 2026, 08:07
📷 Photo
📌 Inklyuziv ta’limning ilg‘or pedagogi
Har bir bolaning qalbiga yo‘l topish, uning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish katta sabr, bilim va mehr talab qiladi. Ayniqsa, alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlayotgan maxsus pedagoglarning fidokorona mehnati alohida qadrlanadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” kasbiy ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Inklyuziv ta’lim sinflari joriy etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan maxsus pedagoglar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘z bilim va tajribalarini namoyish etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 23-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining maxsus pedagogi G. Muhammadiyeva faxrli 1-o‘rinni egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
8 may 2026, 08:07
📷 Photo
📌 Holvoyilik yoshlar 189 ballni qo‘lga kiritdi
Yurtimizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘zining amaliy natijasini bermoqda. Ayniqsa, chekka hududlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarning tashabbuslari ko‘plab tengdoshlariga bo‘lmoqda.
Holvoyi mahallasida faoliyat yuritayotgan “Renessans LC” o‘quv markazi bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Markaz asoschisi Abbos Axrorov joriy yilda yoshlar ishlari agentligining “Ko‘mak” jamg‘armasi orqali ssuda olib, o‘quv markazi faoliyatini yanada kengaytirdi. Yaratilgan sharoitlar esa qisqa fursatda o‘z samarasini ko‘rsatdi.
Markazda tahsil olayotgan yoshlar turli fan va til yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishmoqda. Xususan, ulardan Fotima Mamatqulova hamda Nafisa Erkinova 4 ta milliy va xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritib, oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida maksimal 189 ball natijani qayd etdi va muddatidan oldin talaba bo‘ldi.
Bu kabi yutuqlar yoshlarning intilishi, ustozlarning mehnati hamda davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir. Eng muhimi, bunday muvaffaqiyatlar boshqa yoshlarga ham ilm olish va o‘z ustida ishlash yo‘lida kuchli rag‘bat bo‘lishi shubhasiz.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
8 may 2026, 08:07
📷 Photo
📌 Qahramon askarning do‘stlari yo‘qlab keldi
Yurt tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi yo‘lida jonini fido qilgan qahramonlar xotirasi xalqimiz qalbida mangu yashaydi.
Ana shunday jasur o‘g‘lonlardan biri — Sirdaryo viloyatining Havos tumanidagi janglarda qahramonlarcha halok bo‘lgan tumanimiz farzandi, serjant Murod Tojiyevdir.
9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida Murod Tojiyev ta’lim olgan 17-umumta’lim maktabida xotira tadbiri tashkil etildi.
Unda Murod Tojiyevning quroldosh do‘stlari, oila a’zolari hamda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar ishtirok etib, qahramonning porloq xotirasiga hurmat bajo keltirishdi.
Tadbir davomida qahramon byusti poyiga gullar qo‘yilib, uning jasorati, Vatan oldidagi beqiyos xizmatlari yodga olindi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
1 may 2026, 20:25
📷 Photo
📌 Inspeksiya tekshiruvi: Maktab qurilishida kamchiliklar aniqlandi
👮♀️ Samarqand viloyati hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi nazorati inspeksiyasi tomonidan olib borilgan navbatdagi monitoring ishlari davomida Jomboy tumanidagi 9-umumta’lim maktabiga qo‘shimcha bino qurilishida qator https://t.me/samgasn.
🔍 Aniqlangan kamchiliklar:
➡️ Binoning 2-qavatida (A va B harfiy, 1 va 2 sonli o‘qlar oralig‘ida) g‘isht terish ishlarida SG-1 setkalar o‘rnatilmagan;
➡️ Vertikal va gorizontal choklarda beton qorishma talab darajasida bajarilmagan;
➡️ Poydevor qismida gidroizolyatsiya ishlari sifatsiz amalga oshirilgan;
➡️ ShNQ 3.01.01-22 talablari buzilgan holda yopiq ishlar dalolatnomalari rasmiylashtirilmagan;
➡️ Obyektda yuritilishi shart bo‘lgan ijro hujjatlari mavjud emas.
➡️Orayopma plitalar oralig'i qorishma bilan to'ldirilmagan.
➡️Hudud qurilishda hosil bo'lgan va tez yonuvchi chiqindilaridan tozalanmagan.
⚠️ Ushbu holatlar qurilish jarayonida sifat nazorati va mas’uliyat darajasini oshirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga bajarilishi majburiy bo'lgan yozma ko‘rsatmalar berildi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
📌 Tadbirkorlar va ishbilarmonlar diqqatiga!
Barchangizni 1-may kuni soat 09:00 da “Yoshlar ishlar agentligi” bo'limida o‘tkaziladigan tadbirkorlar qabuliga taklif qilamiz. Tadbirda tuman hokimi X. Nazarov hamda respulika ishchi guruhi vakillari ishtirok etadi.
Uchrashuv davomida o‘zingizni qiynayotgan muammolar, biznes loyihalar, investitsiya takliflari, moliyaviy va kredit masalalari yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: Yoshlar ishlari agentligi binosi.
✔️ Murojaat va qabulga yozilish uchun tashkilotchi va koordinator, savdo-sanoat palatasi tumani bo‘limi boshlig‘i Nilufar Omonova bilan bog‘lanishingiz mumkin.
📞Telefon: +99899 339 58 83
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
❓Axborotni qanday yetkazish kerak?
🔵Bu savol bugun har qachongidan ham dolzarb. Chunki axborot nafaqat tez, balki to‘g‘ri, xolis va ongli tarzda yetkazilgandagina qiymat kasb etadi.
🔵Media haftalikning uchinchi kunida axborot xizmatlari xodimlari va ijtimoiy tarmoq faollari bilan aynan shu masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
🔵Ishtirokchilar axborotdan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, uni dalillar asosida taqdim etish, auditoriya tilini topish hamda axborot madaniyatini shakllantirishning samarali usullari haqida fikr almashdi.
🔵Jarayonda qonunchilik me’yorlari muhim mezon sifatida alohida ta’kidlandi.
🔵Media haftalik davom etmoqda. Oldinda esa an’anaviy media forum — faol ishtirokchilar e’tirof etiladigan yakuniy nuqta kutmoqda.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
1 may 2026, 20:25
📷 Photo
😎 https://t.me/jomboytongi gazetasining 11-sonida (25.04.2026-y.) o‘qing:
📑 Hosili tugamaydigan issiqxona;
📑Kumush tola daromad manbayi;
📑 Qiz onadan o‘rnak olsa...;
📑 Umr daftariga bitilgan saboqlar;
📑 Matonat sohiblari bellashdi.
📲 https://online.anyflip.com/jlfuk/vgxr/mobile/index.html http://online.anyflip.com/jlfuk/yjmd/
😎Ulaning va ulashing:
➡️ https://myurls.co/jomboy.uz
2,260
2
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
1 may 2026, 20:25
📷 Photo
📌 Bolalar nafaqasi va moddiy yordam qachon rad etiladi?
🗄Daromad: Oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad belgilangan me’yordan yuqori bo‘lsa.
🗄Avtomobil: 12-yildan oshmagan yengil mashina (nogironlar uchun — 7-yil).
🗄Texnika: 15-yildan oshmagan yuk mashinasi, avtobus, traktor va boshqa texnika bo‘lsa.
🗄Depozit: Depozitdagi pul MHTEKMning 5 baravaridan ko‘p bo‘lsa.
🗄Mulk: 2 tadan ortiq uy-joy yoki 1 tadan ziyod noturar joy bo‘lsa.
🗄Rasmiy ishsizlik: 6 oy davomida mehnat organlariga ish izlab murojaat qilinmagan bo‘lsa.
🗄Ishdan bosh tortish: 12 oyda 2 marta ish taklifidan bosh tortgan bo‘lsa.
🗄Alohida toifalar: Sudyalar va ularning oila a’zolari, maxsus tuzilmalarda ishlovchilar uchun alohida tartib belgilangan.
🗄Tizimda qayd yo‘q: 2024-yil 16-iyuldan — "YAMMT"da ma’lumoti yo‘q fuqarolarga yordam berilmaydi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
1 may 2026, 20:25
📷 Photo
📌 Xayrli tong, azizlar!
Iste’dod nimaligini, tarkibiy qismlarini bilmayman-u, tasavvur salohiyati uning juda muhim jihati ekaniga aminman. Biz qahramonlarimizni, ularning harakat va vaziyatlarini avval tasavvur etamiz, keyin tasvirlaymiz.
- Jyul Vern o‘zi ko‘rmagan shaharlarni, masofalarni, o‘lkalarni tasvirlagan, uning bu tasvirlari haqiqatga yaqin;
- Jonatan Svift Marsning yo‘ldoshlarini ular kashf qilinishidan 150 yil oldin tasvirlagan;
- Beruniy Amerika qit’asining borligini Kolumbdan 450 yil avval taxminlagan.
Tasavvur salohiyati adib iste’dodini fan bilan yaqinlashtiradi.
Asqad MUXTOR.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
21 abr 2026, 18:24
📷 Photo
📌 DXX kubogi uchun mini-futbol musobaqalariga start berildi
Tumanimizda yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida mini-futbol musobaqalariga start berildi. Musobaqaning dastlabki bosqichi 3-sektor hududida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur bosqichda mahallalardagi 16-30 yoshli yigit-qizlar o‘zaro bellashib, keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib bormoqda.
Musobaqaning ochilish hamda qura tashlash marosimida tuman hokimi Xurshid Nazarov hamda davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi rahbari Umid Mardiyev ishtirok etdi.
Sport maktabida o‘tkazilayotgan bellashuvlarning ilk uchrashuvida Quduqli va Toshkent jamoalari maydonga tushdi.
G‘olib jamoa final yakunida aniqlanadi. Bizni kuzatib boring.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
21 abr 2026, 18:24
📷 Photo
📱Mobil raqamni qayta rasmiylashtirish endi onlayn!
Yurtimizda raqamli xizmatlar ko‘lami kengayib borar ekan, fuqarolar uchun yana bir muhim qulaylik joriy etildi. Endilikda mobil aloqa raqamini boshqa shaxs nomiga o‘tkazish jarayoni masofadan turib, onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Mazkur xizmat yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ( http://my.gov.uz/) orqali yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, foydalanuvchilarga ortiqcha ovora bo‘lmasdan xizmatdan foydalanish imkonini https://my.gov.uz/uz/service/1450
Ilgari mobil raqam egasini o‘zgartirish uchun har ikki tomon — sotuvchi va oluvchi — aloqa operatori ofisiga shaxsan borishi, navbat kutishi va zarur hujjatlarni rasmiylashtirishi talab etilardi. Bu esa ko‘p vaqt va kuch talab qilardi.
Yangi tizim joriy etilishi bilan ushbu jarayon to‘liq raqamlashtirildi. Endi fuqarolar mobil raqamni qayta rasmiylashtirishni uydan chiqmagan holda, bir necha bosqich orqali tez va oson bajarishlari mumkin.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
Jomboy.uz || Rasmiy kanal
21 abr 2026, 18:24
📷 Photo
📌 “PIRLS-2026” sinovlari boshlandi
23-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida “PIRLS-2026” xalqaro tadqiqotining asosiy sinov jarayonlari tashkil etildi. Mazkur jarayon yurtimizda ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida baholash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
Unda maktabning 62 nafar 4-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirok etmoqda. Ular o‘zbek hamda rus tillarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazishadi.
Ushbu tadqiqot o‘quvchilarning matn bilan ishlash darajasi, mustaqil fikrlash va xulosa chiqarish qobiliyatini aniqlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, olingan natijalar ta’lim tizimidagi mavjud yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish, dars jarayonlarini takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ulaning va ulashing:
📱 https://gov.uz/oz/jomboy/news/news?page=3 |🌐 https://www.facebook.com/jomboypress/
😎 |🌐 https://www.instagram.com/jomboy_axborot_xizmati
📱 https://www.youtube.com/live/rVeVX71M3Go?si=3ZOvOHEXZx1FAtpO
📌 Savodxonlik bellashuvida munosiblar taqdirlandi
Tumanimizda “Umummilliy diktant” savodxonlik tanlovi o‘tkazilgani haqida avval xabar bergan edik.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni yoshlar ishlari bo‘limi xodimi Nargiza G‘afforova egalladi. 2-o‘rin Kattaqishloq mahallasining xotin-qizlar faoli Aziza Mirzayevaga nasib etdi. 3-o‘rinni esa 1-son oilaviy poliklinikasining hamshirasi qo‘lga kiritdi.
G‘oliblar tuman hokimi Xurshid Nazarov tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.