Todavía no hay reseñas. ¡Sea el primero en compartir su experiencia!
Últimas publicaciones
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
🎥 Video
Norasmiy bandlik va “konvert” usulidagi maosh: kim uchun "foyda"-yu, kim uchun zarar❓
✔️ Norasmiy bandlik sizni qaysi muhim ijtimoiy imtiyozlardan mahrum qiladi?
✔️ Bu holat aslida kimga ko‘proq zarar keltirishi mumkin?
Batafsil javob ushbu lavhada.
https://www.threads.net/@soliqpressa
742
0
0
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
📷 Photo
#savol_javob
❔Savol:
Sug‘urta stajim va to‘lovlar miqdori qanday belgilanadi?
✅Javob:
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lov olish huquqi faqat sug‘urta badallari to‘langan davrlar uchun yuzaga keladi. Shunga ko‘ra, sug‘urta staji – bu siz uchun sug‘urta badallari amalga oshirilgan oy va yillar yig‘indisi.
Agar siz oldin rasmiy ishda ishlagan bo‘lsangiz va ish beruvchi tomonidan 2026 yilgacha Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq to‘langan bo‘lsa, bu yillar yo‘qolmaydi va umumiy stajingizga qo‘shiladi.
Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lovlarni tayinlash uchun quyidagi sug‘urta staj talablariga rioya etish shart:
- Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun kamida 10 oy;
- Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi uchun kamida 6 oy.
- Nafaqa miqdorini hisoblashda sug‘urta stajingiz qancha va o‘rtacha oylik ish haqingiz inobatga olinadi.
Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun sug‘urta staji bo‘yicha miqdor:
10–24 oy — o‘rtacha oylik ish haqining 75 %
25–60 oy — o‘rtacha oylik ish haqining 85 %
61 oy va undan ortiq — o‘rtacha oylik ish haqining 100 %
O‘rtacha oylik ish haqi quyidagi tartibda aniqlanadi:
a) Oldingi sug‘urta staji sifatida inobatga olinadigan 12 oylik davrdagi ish haqi miqdorini 12 ga bo‘lish orqali;
b) 12 oydan kam bo‘lsa — mavjud sug‘urta staji oylar soniga bo‘lish orqali.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
📷 Photo
#savol_javob
❔Savol:
Ijtimoiy sug‘urta tizimi doirasida qanday kafolatlar va to‘lovlarni olaman?
✅Javob:
Fuqarolar majburiy va ixtiyoriy asoslarda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinadi.
❔Savol:
Kimlar majburiy sug‘urtalanuvchilar?
✅Javob:
- Mehnat shartnomasi asosida band bo‘lgan xodimlar;
- Fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomalar asosida ishlovchilar;
- Yuridik shaxslarning rahbarlari sifatida faoliyat yuritadigan fuqarolar;
❔Savol:
Kimlar ixtiyoriy sug‘urtalanuvchilar?
✅Javob:
- O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar;
- Yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandlik sub’ektlari;
- Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan oila a’zolari;
- O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan chet davlatlarda tashkil etilgan savdo uylarida, vakolatxonalar va tashkilotlarda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- Chet elda yollanib ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
- Ishlamaydigan fuqarolar, agar ular uchun sug‘urta badali eri (xotini) tomonidan to‘lansa;
- Yuridik shaxs muassislar (ishtirokchilar) sifatida daromad oladigan fuqarolar;
- Qonunchilikka muvofiq soliqlarni hisoblash va ushlab qolish majburiyati ish beruvchiga yuklatilmagan manbalardan daromad oladigan fuqarolar;
- O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolari;
- O‘zbekiston hududida daromad keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
📷 Photo
😮 Sug‘urta hodisalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) Kasallik sababli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
b) Homiladorlik va tug‘ish
c) Ishni yoki daromadni yo‘qotish
Mazkur holatlar yuzaga kelganda sug‘urta shaxsga Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan quyidagi to‘lovlar tayinlanadi:
✅ Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (2026 yil 1 iyuldan)*
✅ Homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (2026 yil 1 yanvardan)
✅ Ishdan bo‘shatish nafaqasi (2030 yil 1 yanvardan)
🔮*Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasining mehnatga layoqatsizlik davrining 5-kunigacha bo‘lgan qismi ish beruvchi tomonidan (agar ish beruvchi mavjud bo‘lmasa, sug‘urta shaxsning o‘z hisobidan), 6-kundan boshlab esa Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lab beriladi.
👥 Xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
Davlat ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida olish
O‘z huquqlarini shaxsan yoki vakil orqali himoya qilish
Jamg‘armadan:
a) Jamg‘arma va ish beruvchi to‘g‘risida axborot olish
b) Normativ-huquqiy hujjatlar va to‘lovlar miqdori haqida ma’lumotni bepul olish
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
📷 Photo
#Hisobot
2026-yil boshidan 33,3 ming nafar ayolga 378,6 mlrd so‘m nafaqa berildi
2026-yil 1-yanvardan boshlab homiladorlik va tugʻish nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan proaktiv shaklda tayinlanishi yoʻlga qoʻyldi.
Davlat va nodavlat sektorlardagi ish beruvchilar ushbu homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlashdan toʻliq ozod etilib, Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan nafaqalar toʻlanmoqda.
2026-yilning oʻtgan 1-choragi davomida homiladorlik va tugʻish boʻyicha 33,3 mingta kasallik varaqalari uchun 378,6 mlrd.soʻm nafaqa toʻlab berildi.
2025-yilning 1-choragida xususiy sektorda ishlovchi 2,8 ming nafar ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlangan boʻlsa, 2026-yil 1 choragida ushbu koʻrsatkich 2,0 baravarga oshib, 5,6 ming nafarni tashkil qildi.
Bundan tashqari, 2025-yilda bir nafar ayolga oʻrtacha 2,6 mln. soʻmdan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlangan boʻlsa, joriy yilning mos davrida 6,1 baravarga oshib har bir ayolga oʻrtacha 14,6 mln. soʻmdan nafaqa toʻlandi.
Buning natijasida xusuiy sektorda ishlovchi ayollarga 2025-yilda jami 7,2 mlrd. soʻm nafaqa toʻlangan, 2026-yilda esa 11,3 baravarga oshib, 81,7 mlrd. soʻm nafaqalar toʻlab berildi.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
📷 Photo
#nafaqa
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 - yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalangan shaxslarga yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan toʻlanishi belgilangan.
📆 2026-yilninig 1—15-aprel sanalari oraligʻida sugʻurtalangan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Homiladorlik va tugʻish" bo’yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar fuqarolarning bank kartalariga o’tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
📷 Photo
#nafaqa
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 - yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalangan shaxslarga yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan toʻlanishi belgilangan.
📆 2026-yilninig 16—31-mart sanalari oraligʻida sugʻurtalangan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Homiladorlik va tugʻish" bo’yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar fuqarolarning bank kartalariga o’tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
🎥 Video
Буни кадр билиши шарт!
➖Ягона миллий меҳнат тизимига ходимнинг аввалги иш жойини киртиш бўйича видеоқўлланма.
👉 https://t.me/yuristkadr
1,520
0
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
🎥 Video
#Real_keys
Yangi imkoniyat — yangi ishonch!
Yurtimizda davlat ijtimoiy sug‘urta tizimi yangi bosqichga chiqmoqda. Endi nafaqat davlat, balki xususiy sektorda ishlayotgan fuqarolar ham homiladorlik va tug‘ish nafaqasini olish imkoniyatiga ega.
Oddiy ishchi — Nilufar Beknazarova homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘liq davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali oldi.
Shu bilan birga, yangi tizim tadbirkorlar uchun ham katta yengillik yaratmoqda — ortiqcha moliyaviy yuklamalar qisqarmoqda, eng muhimi esa rasmiy mehnat munosabatlari rag‘batlantirilmoqda.
Bu o‘zgarishlar:
✅ aholini ijtimoiy himoya qiladi
✅ rasmiy bandlikni oshiradi
✅ “konvert” usulida ish haqi to‘lashni kamaytiradi
✅ iqtisodiyotda shaffoflikni taʼminlaydi
🎬 Batafsil videoda...
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
805
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
13 may 2026, 18:58
📷 Photo
Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish yo‘lida muhim qadam!
💻 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar o‘rtasida davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi haqida keng targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
🖋 Jumladan, hududlarda aholi bilan bevosita muloqotlar tashkil etilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi, uning afzalliklari hamda fuqarolarga beriladigan kafolatlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Fuqarolarga:
✅ vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi,
✅ homiladorlik va tug‘ish nafaqasi,
✅ sug‘urta staji va to‘lovlar tartibi,
✅ majburiy va ixtiyoriy sug‘urta imkoniyatlari bo‘yicha sodda va tushunarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan maxsus flayerlar tarqatildi.
👥 Targ‘ibot davomida fuqarolarning savollariga mutaxassislar tomonidan aniq va huquqiy asoslangan javoblar berilib, ijtimoiy sug‘urtaning har bir inson hayotidagi ahamiyati alohida ta’kidlanmoqda.
🔮Eng muhimi, bu kabi targ‘ibotlar aholining ishonchini oshirib, imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga yordam bermoqda.
🤝 Eslatib o‘tamiz, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bu fuqarolarni turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlovchi muhim ijtimoiy kafolat tizimidir.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
3 abr 2026, 14:19
🎥 Video
Avvallari homiladorlik va tug‘ish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik kabi nafaqalar ish beruvchilar zimmasida bo‘lgan. Endilikda esa bu to‘lovlar Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan nafaqa to‘lovlari qoplab berilmoqda.
Toshkent shahri misolida qaraydigan bo‘lsak, bugungi kunga qadar 3786 nafar fuqaroga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi proaktiv shaklda Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lab berildi.
Mazkur tizimning asosiy maqsadlari:
✅ xususiy sektorda ishlovchi fuqarolarni og‘ir hayotiy vaziyatlarda daromadsiz qolishdan himoya qilish;
✅ norasmiy bandlikni qisqartirib, qonuniy mehnat faoliyatini rag‘batlantirish;
✅ tadbirkorlarni ortiqcha moliyaviy yuklamalardan ozod etish.
Ijtimoiy himoya tizimidagi bu yangilik — fuqarolar farovonligi yo‘lida muhim qadamdir.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
3 abr 2026, 14:19
🎥 Video
🖋 Oldin homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi yoki boshqa to‘lovlar ayrim hollarda ish beruvchilar tomonidan qoplab kelinar edi.
✅ Endilikda ushbu nafaqalar to‘liq Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan to‘lanadi.
🖋 Qashqadaryo misolida olib qaraydigan bo'lsak, shu kunga qadar homiladorlik va tug‘ish nafaqasi bo'yicha jami 3 566 ta ariza kelib tushgan bo'lib, shundan 2 072 nafar fuqarolarga nafaqalar to'lab berilgan.
Xo'sh bu tizimni yo'lga qo'yishdan maqsad nima?
1️⃣ xususiy sektorda ishlovchi xodimlarni og‘ir hayotiy vaziyatlarda daromadsiz qolishi va kambag‘allikka tushishini oldini olish;
2️⃣ norasmiy bandlikni legalizatsiya qilishni rag‘batlantirish;
3️⃣ tadbirkorlarni homiladorlik va tug‘ish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda ishdan bo‘shatish nafaqalari to‘lovlari bo‘yicha ortiqcha yuklamadan ozod etish.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
3 abr 2026, 14:19
📷 Photo
🗣 Hurmatli fuqarolar!!!
📱 Mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish jarayonida Sizning shaxsiy tibbiyot kartangizda qayd etilgan mobil telefon raqami toʻgʻriligiga ishonch hosil qiling!
“Ijtimoiy sugʻurta” axborot moduli orqali homiladorlik va tugʻish nafaqasi boʻyicha quyidagi maʼlumotlar mobil telefon raqamiga SMS-xabarnoma shaklida yuboriladi:
✅ Nafaqa tayinlanganligi
✅ Nafaqa miqdori
✅ Nafaqa oʻtkazilgan bank karta raqami
✅ Nafaqa tayinlash rad etilganligi (agar rad etilsa)
⚠️ Eslatma!
Agar Mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirish jarayonida tibbiyot kartangizdagi telefon raqamingiz:
❌ notoʻgʻri boʻlsa,
❌ nofaol boʻlsa,
❌ yoki siz foydalanmaydigan raqam boʻlsa,
Siz muhim SMS-xabarnomalarni qabul qila olmaysiz!
Shuning uchun, mehnatga layoqatsizlik varaqasini rasmiylashtirayotganda, tibbiyot xodimiga mobil telefon raqamingizni tekshirib oling!
🔔 Eslatib oʻtamiz: 2026-yil 1-yanvardan keyin ochilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari boʻyicha nafaqalar Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadi.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
🗣 Hurmatli fuqarolar!!!
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 - yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalangan shaxslarga yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan toʻlanishi belgilangan.
👉 “Ijtimoiy sugʻurta” axborot modulida davlat ijtimoiy sugʼurtasi boʼyicha toʻlovni tayinlash rad etilganligi yoki toʻlov tayinlangan homiladorlik va tugʼish nafaqasi toʼgʼrisidagi (aniqlangan sugʼurta staji, oʼrtacha oylik ish haqi va unga qoʼllanilgan staj koeffitsientlari, toʼlov miqdori, toʼlov shakli hamda sanasi va boshqa) maʼlumotlar Yagona davlat interaktiv xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinet orqali ( https://my.gov.uz/uz/service/1386) toʼliq tanishish imkoniyati yaratilganligi maʼlum qilinadi.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
3 abr 2026, 14:19
📎 File
Nafaqa qanday to'lanadi?
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 - yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalangan shaxslarga yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan toʻlanishi jarayoni.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
547
3
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
3 abr 2026, 14:19
📱 Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasining rasmiy Telegram kanali orqali yangiliklardan xabardor boʻling!
Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimi yangiliklari uchun maxsus Telegram kanali faoliyat yuritadi. Ushbu kanal orqali:
✅ Davlat ijtimoiy sugʻurta tizimidagi soʻnggi oʻzgarishlar
✅ Nafaqalar va toʻlovlar tartibi boʻyicha tushuntirishlar
✅ Muhim qaror va yangiliklar
✅ Eslatma va bildirishnomalar
bilan muntazam tanishib borishingiz mumkin.
💬 Savollaringiz bormi? Chatda muhokama qiling!
Eng muhimi, Telegram kanal chatlarida siz:
- Oʻzingizni qiziqtirgan savollarni bevosita mutaxassislarga berishingiz,
- Boshqa fuqarolar bilan fikr almashishingiz,
- Hududingizdagi vakillar bilan tezkor bogʻlanishingiz mumkin!
🔔 Obuna boʻling, xabardor boʻling!
Telegram kanallarga ulanish va chatda a'zo bo'lish orqali barcha yangiliklardan birinchi boʻlib xabardor boʻling va savollaringizga tezkor javob oling!
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi
650
1
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
3 abr 2026, 14:19
Тадбиркорлар билан навбатдаги очиқ мулоқот
⏺️Айни дамда Савдо-саноат палатаси биносида тадбиркорлар билан янги ижтимоий суғурта тизимига бағишланган очиқ мулоқот бўлиб ўтмоқда.
Мулоқот Ўзбекистон Республикасининг «Давлат ижтимоий суғуртаси тўғрисида»ги Қонуни ҳамда Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 3 ноябрдаги ПФ–206-сон Фармони талабларига мувофиқ ташкил этилди.
Учрашув Давлат ижтимоий суғуртаси тизимини жорий этишда юзага келаётган масалаларни муҳокама қилиш, тадбиркорларнинг фикр ва таклифларини эшитиш ҳамда амалий муаммоларга ечим топишга қаратилган.
Учрашувни онлайн тарзда YouTube орқали жонли эфирда томоша қилинг:
▶️ https://youtube.com/live/nCaNyDwx7eg?feature=share
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
621
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
3 abr 2026, 14:19
📎 File
❗️ Ish beruvchilar va HR mutaxassislari uchun muhim vebinar yozuvi!
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtirish tizimi joriy etilgandan so‘ng, xodimlarning kasallik varaqalari bo‘yicha to‘lovlarni to‘g‘ri hisoblash va rasmiylashtirish masalasi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Amaliyotda tartiblarni yetarli darajada bilmaslik yoki noto‘g‘ri qo‘llash quyidagi holatlarga olib kelishi mumkin:
✅ to‘lovlarning noto‘g‘ri hisoblanishi;
✅ hujjatlarni rasmiylashtirishda xatolarga yo‘l qo‘yilishi;
✅ korxona uchun ortiqcha moliyaviy yoki tashkiliy masalalarning yuzaga kelishi.
Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida maxsus vebinar tashkil etildi. Unda Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi ekspertlari Vazirlar Mahkamasining 796-sonli qarori mazmuni, to‘lovlarni hisoblash tartibi hamda amaliy jihatlari bo‘yicha batafsil tushuntirish berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🖋 Sana: 2026-yil 25-mart
😲 Ovozli chat
🤝 Vebinar Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Yurist va kadr” nodavlat ta’lim muassasasi hamkorligida tashkil etildi.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasihttps://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi_chat
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
31 mar 2026, 12:43
📷 Photo
🍀 Navro‘z – yangilanish, ezgulik va insoniy qadriyatlar tantanasi
Navro‘z ayyomi – xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy an’analari, mehr-oqibat va birdamlik kabi ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ulug‘ bayramdir.
Mazkur qutlug‘ kunda barchangizga mustahkam sog‘liq, xonadonlaringizga tinchlik va farovonlik, qalblaringizga esa quvonch va umid tilaymiz. Yurtimizda doimo totuvlik, barqaror taraqqiyot hamda ezgu tashabbuslar bardavom bo‘lsin.
🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug’urta jamg’armasi jamoasi sizlarni Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi hamda barchangizga farovon hayot va ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat tilaydi.
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 - yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalangan shaxslarga yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan toʻlanishi belgilangan.
📆 Joriy yilninig 1—15-mart sanalari oraligʻida sugʻurtalangan shaxslarga rasmiylashtirilgan "Homiladorlik va tugʻish" bo’yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi asosida tayinlangan davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlar fuqarolarning bank kartalariga o’tkazib berish jarayonlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi
661
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
31 mar 2026, 12:43
📷 Photo
🧠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Davlat ijtimoiy sug’urta jamg’armasi jamoasi Sizni va oila a’zolaringizni ulug‘ ayyom Ramazon Hayiti bilan muborakbod etadi!
💚 Ushbu qutlug‘ va fayzli kunda Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, fayz-u-baraka va tinchlik tilab qolamiz.
Ezgu, muqaddas bayram qalbingizga va xonadoningizga tuganmas baxt va quvonch olib kelsin.
1,150
0
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
31 mar 2026, 12:43
📷 Photo
📌 Vazirlar Mahkamasining 17.12.2025 - yildagi 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan tartibga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab sugʻurtalangan shaxslarga yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi DAVLAT IJTIMOIY SUG'URTA JAMG'ARMASI hisobidan toʻlanadi.
👉 Tibbiyot muassasalari tomonidan "Homiladorlik va tugʻish" bo’yicha mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan sana yoki unda belgilangan ishdan ozod etilgan kunlarning boshlanish sanasi 2026-yil 1-yanvarga qadar bo'lgan taqdirda (yani, sug'urta hodisasi 2026-yil 1-yanvarga qadar yuzaga kelganida) nafaqa to'lovlari ISH BERUVCHI tomonidan toʻlanishi lozim.
❗️Sizga rasmiylashtirilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasida sug'urta hodisasi 2026-yil 1-yanvarga qadar yuzaga kelgan bo'lsa, homiladorlik va tugʻish nafaqasini olish uchun ish beruvchiga murojaat qilishingiz zarur.
⚠️ Eslatib o'tamiz!!! Davlat ijtimoiy sug'urta jamg'armasi hisobidan nafaqa toʻlovlari faqatgina 2026-yil 1-yanvardan boshlab vujudga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan amalga oshiriladi.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi
SUGʻURTA STAJI VA MEHNAT STAJINING FARQI NIMADA?
📌 Vazirlar Mahkamasining 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan yangi tartibga muvofiq, ish staji va sugʻurta staji oʻrtasida nafaqa tayinlashda muhim huquqiy va iqtisodiy farqlar belgilangan.
➖Sugʻurta staji — bu sugʻurtalangan shaxs uchun Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasiga sugʻurta badallari amalda toʻlangan davr hisoblanadi.
➖Ish staji (mehnat staji) — esa umumiy bandlik davrini ifodalasa-da, ijtimoiy nafaqa olishda faqat sugʻurta badali toʻlangan va belgilangan ish haqi miqdoriga mos kelgan davrlargina inobatga olinadi.
Eng asosiy farq hisoblash tamoyilida koʻrinadi: agar xodimning oylik ish haqi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM)ning yarim baravaridan bir baravarigacha boʻlsa, uning ikki oylik mehnat staji bir oylik sugʻurta stajiga tenglashtiriladi.
Agar ish haqi MHTEKMning yarim baravaridan kam boʻlsa, ushbu oy sugʻurta staji sifatida inobatga olinmaydi.
Sugʻurta stajiga nafaqat bevosita ishlagan davrlar, balki ish haqi saqlangan taʼtillar, qisman saqlanadigan, ijodiy va oʻquv taʼtillari hamda harbiy yigʻinlarda qatnashgan davrlar ham qoʻshiladi. Biroq, yiliga bir marta ijtimoiy soliq toʻlovchi shaxslarning ushbu toʻlov davri sugʻurta stajiga kiritilmaydi.
Sodda qilib aytganda, ish staji kalendar vaqtni anglatsa, sugʻurta staji toʻlangan badallar va ish haqi miqdori bilan oʻlchanadigan davrdir.
Homiladorlik nafaqasi uchun 10 oylik, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun esa 6 oylik aynan sugʻurta staji boʻlishi nafaqa olishning bosh shartidir.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
31 mar 2026, 12:43
📷 Photo
🗣 Hurmatli fuqarolar!!!
📌 Vazirlar Mahkamasining 796-sonli qarori ( https://lex.uz/uz/docs/7926684) bilan tasdiqlangan yangi tartibga muvofiq, sugʻurtalangan shaxslarga 2026-yil 1-yanvardan boshlab yuzaga kelgan sugʻurta hodisasiga nisbatan homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlanishi belgilangan.
Shuningdek, Homiladorlik va tugʻish boʻyicha nafaqalarni sugʻurtalangan shaxsga tayinlash uchun asos boʻladigan hujjat - mehnatga layoqatsizlik varaqasi ekanligi belgilangan.
👉 Homiladorlik va tugʻish nafaqasini "Ijtimoiy sugʻurta" axborot tizimida proaktiv shaklda shakllantirilishini inobatga olib, tibbiyot tashkilotlari tomonidan rasmiylashtirilayotgan Mehnatga layoqatsizlik varaqalari beshinchi qatori “Mehnatga layoqatsizlik sababi” - Homiladorlik va tugʻish deb koʻrsatilishini nazoratga olishingiz soʻraladi.
❗️Bugungi kunda, ayrim mehnatga layoqatsizlik varaqalarida “Mehnatga layoqatsizlik sababi” Homiladorlik va tugʻish emas, balkim “Kasallik” deb ko’rsatilmoqda.
⚠️ Eslatib o’tamiz, “Mehnatga layoqatsizlik sababi” – Kasallik deb ko’rsatilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari "Ijtimoiy sugʻurta" axborot moduliga kelib tushmaydi va ushbu kasallik varaqalari bo’yicha Homiladorlik va tugʻish bo’yicha nafaqa tayinlanmaydi.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
31 mar 2026, 12:43
📷 Photo
#savol_javob
❔Savol:
Homiladorlik va tug'ish bo'yicha kasallik varaqasi ochildi. Qancha nafaqa to‘lanadi?
✅Javob:
Quyida — bitta xodim (Aziza) misolida, bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz.
________________________________________
1️⃣ Boshlang‘ich ma’lumotlar (Aziza misolida)
👩💼 Aziza YTTda tarbiyachi lavozimida ishlaydi va bu http://my.mehnat.uz/ ga kiritilgan
💼 Oylik ish haqi: 2 000 000 so‘m
📅 Homiladorlik va tug‘ish bo'yicha kasallik varaqasi ochilgan: 126 kalendar kun
🧾 Sug‘urta staji: 36 oy (ya’ni 25–60 oy oralig‘ida mehnat stajiga ega, faqat shu YTTda ishlagan bo'lishi shart emas, jami ishlagan oylar soni olinadi)
📅 Xodim 15.02.2026 sanadan homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqadi.
➡️ 126 kalendar kun (boshlanish kuni ham qo‘shib): 15.02.2026 dan 20.06.2026 gacha (jami 126 kun)
________________________________________
2️⃣ O‘rtacha oylik ish haqini hisoblaymiz
Azizaning oxirgi 12 oylik jami daromadlari:
🔹 Ish haqi (10 oy hozirgi YTTdagi ish haqi): 2 000 000 × 10 = 20 000 000
🔹 Ish haqi (2 oy avvalgi ish joyi, maktabdagi ish haqi): 5 000 000 × 2 = 10 000 000
👉 Jami: 30 000 000 so‘m
➡️ O‘rtacha oylik ish haqi: 30 000 000 ÷ 12 = 2 500 000 so‘m
________________________________________
3️⃣ Sug‘urta staji koeffitsiyenti
Nizomning 24-bandiga muvofiq:
Sug'urta stajidan kelib chiqib, o'rtacha ish haqiga qo'llaniladigan koeffitsiyent:
• 10 oydan 2 yilgacha – 75%;
• 2-yildan 5-yilgacha – 85%;
• 5-yil va undan ortiq – 100%.
Azizaning sug'urta staji 36 oy bo'lganligi sabab:
🧾 25 oydan 60 oygacha staj → 85 % koeffitsiyent ish haqiga qo'llaniladi
👉 2 500 000 × 85 % = 2 125 000 so‘m
________________________________________
4️⃣ Kunlik nafaqa miqdori
📆Hisoblangan o'rtacha ish haqidan bir kunlik ish haqi aniqlanadi (o'rtacha oydagi kunlar soni 25.3 deb olinadi):
2 125 000 ÷ 25.3 = 83 992 (yaxlitlangan) so‘m
➡️ kunlik ish haqi: 83 992 so‘m
________________________________________
5️⃣ Ta’til kunlari hisob-kitobi
Nizom 17-bandga ko‘ra, ta’til davrida:
• yakshanba kunlari
• MK 208-modda bo‘yicha ishlanmaydigan bayram kunlari nafaqa hisobida inobatga olinmaydi (ya’ni, shu kunlar uchun to‘lov bo‘lmaydi).
Davr ichidagi bayramlar:
• 8-mart 2026 — Xotin-qizlar kuni (yakshanbaga to‘g‘ri keladi)
• 20-mart 2026 — Hayit bayrami (Juma)
• 21-mart 2026 — Navro‘z (shanba)
• 9-may 2026 — Xotira va qadrlash kuni (shanba)
📌 8-mart bayrami yakshanbaga to‘g‘ri kelgani uchun dushanba chiqarib tashlanadi.
Nechta kun chiqarib tashlanadi?
15.02.2026 – 20.06.2026 oralig‘ida:
• Yakshanbalar soni: 18 ta
• Bayramlar: 4 ta
✅ Jami chiqarib tashlanadigan kunlar:
18 + 4 = 22 kun
➡️ To‘lanadigan kunlar:
126 − 22 = 104 kun
________________________________________
6️⃣ Yakuniy nafaqa summasi
12 oylik jami daromad 30 000 000 so‘m
O‘rtacha oylik: 30 000 000 ÷ 12 = 2 500 000 so‘m
Staj koeffitsiyenti (85%): 2 500 000 × 0,85 = 83 992 so‘m
Kunlik (o'rtacha oydagi kunlar soni 25.3): 2 500 000 ÷ 25.3 = 83 992 (yaxlitlangan) so‘m
Yakuniy nafaqa (104 kun uchun): 83 992 × 104 = 8 735 168 so‘m
➡️ Yakuniy: 8 735 168 so‘m
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi
📝
Jizzax - Ijtimoiy sug'urta
31 mar 2026, 12:43
📷 Photo
#seminar
👥 Jizzax viloyatida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Soliq boshqarmasi mas’ullari ishtirokida muhim seminar yig‘ilishi tashkil etildi.
💻 Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi “Aholiga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 796-son qarori mazmun-mohiyati keng tushuntirib berildi va viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlarga zudlik bilan “YaMMT” tizimidagi ma’lumotlarni xatlovdan o‘tkazish hamda homiladorlik nafaqasi olish arafasida turgan xodimalar ma’lumotlariga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
❗️ Tadbirda fuqarolarga:
• homiladorlik va tug‘ish nafaqasi,
• mehnatga layoqatsizlik nafaqasi
ni tayinlash hamda to‘lash tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
🤝 Seminar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar oldilar. Tadbir o‘zaro muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.
📝 https://t.me/Davlat_ijtimoiy_sugurtasi
📝