TADBIRKOR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI — E’TIBOR MARKAZIDA
Narpay tumanida aholi va tadbirkorlar murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda hududdagi ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash maqsadida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda viloyat hokimining vazifasini bajaruvchi Sh. Buranov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i F. Boboyev, Markaziy bank viloyat boshqarmasi boshlig‘i X. Pardayev hamda viloyat boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlar va fuqarolar tomonidan kredit, soliq, infratuzilma, bandlik hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga oid qator murojaat va takliflar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni tegishliligi bo‘yicha hal etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq vazifa va topshiriqlar belgilab berildi.
57
Narpay.uz press
16 may 2026, 19:22
📷 Photo
3 nafar shaxs ish bilan taʼminlandi
Narpay tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya bo‘limi tomonidan nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga moslashtirish hamda bandligini taʼminlash maqsadida navbatdagi “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida Probatsiya bo‘limi binosida tashkil etilgan mavjud kasblar va bo‘sh ish o‘rinlari burchagidagi maʼlumotlar bilan nazoratdagi shaxslar yaqindan tanishtirildi. Ularga hududdagi korxona va tashkilotlardagi mavjud vakant ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda ishga joylashish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
O‘tkazilgan yarmarka yakuniga ko‘ra, 3 nafar nazoratdagi shaxs “Narpay Ideal Eksport” hamda “Anvarjon Biznes Invest” korxonalariga doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi.
Mazkur amaliy ishlar nazoratdagi shaxslarning ijtimoiy hayotga qayta moslashuvi, qonunbuzarliklarning oldini olish hamda ularning barqaror bandligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
227
Narpay.uz press
16 may 2026, 19:22
📷 Photo
166
0
0
Narpay.uz press
16 may 2026, 19:22
📷 Photo
#Payshanba_yoshlar_kuni
#Rahbar_va _yoshlar
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Narpay tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan probatsiya nazoratidagi yoshlar bilan probatsiya binosida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni jamiyatga moslashtirish, bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishga yo‘naltirish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, ularning kelajagini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida yoshlarning murojaatlari o‘rganilib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!
✅| https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi| ✅| https://www.facebook.com/profile.php?id=100063684024672| 🌐| https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/| ✅|| 🌐| https://narpay.uz/|
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
📣#Tarqating
✅Fuqarolar diqqatiga!
🔴Hurmatli tumanimiz ahli!
🔴Ertaga, 5-may kuni Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkaziladi.
🎤Ushbu qabulda ishtirok etishni istagan fuqarolar soat 11:00 da Xalq qabulxonasi binosiga tashrif buyurishlari mumkin.
📌Lokatsiya: 👉 https://maps.google.com/maps?q=39.920167,65.929797&ll=39.920167,65.929797&z=16
_
📣#Тарқатинг
✅Фуқаролар диққатига!
🔴Ҳурматли туманимиз аҳли!
🔴 Эртага, 5 май куни Халқ қабулхонасида навбатдаги фуқаролар қабули ўтказилади.
🎤Ушбу қабулда иштирок этишни истаган фуқаролар соат 11:00 да Халқ қабулхонаси биносига ташриф буюришлари мумкин.
📌Локация: 👉 https://maps.google.com/maps?q=39.920167,65.929797&ll=39.920167,65.929797&z=16
Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!
✅| https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi| ✅| https://www.facebook.com/profile.php?id=100063684024672| 🌐| https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/| ✅|| 🌐| https://narpay.uz/|
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
“Yuqorida aytib oʻtilgan barcha taklif va tashabbuslarni biz Osiyo taraqqiyot banki bilan faqat suveren kreditlar doirasida emas, balki davlat-xususiy sheriklik, kafolat instrumentlari, aralash moliyalashtirish va xususiy kapitalni jalb etish orqali faol hamkorlikda amalga oshirishga tayyormiz.
Shu munosabat bilan mintaqaviy loyihalar uchun Innovatsion moliyalashtirish platformasini shakllantirishni taklif etamiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida roʻy berayotgan keskin oʻzgarishlar Osiyo taraqqiyot bankining keng mintaqamiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligini taʼminlashdagi muhim oʻrnini yanada oshirayotgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston bank prezidenti, xalqaro moliya va iqtisodiy munosabatlar sohasida katta bilim va tajribaga ega boʻlgan Masato Kandaning olib borayotgan samarali islohotlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlashi bildirildi.
Bugungi anjumanda dunyoning 100 dan ortiq davlati, xalqaro moliya tashkilotlari, yetakchi banklar va kompaniyalarning nufuzli ekspertlaridan iborat 4 mingdan ziyod vakillar qatnashmoqda.
“Samarqand platformasida ilgari suriladigan muhim taklif va tashabbuslar kelgusida katta amaliy natijalarga, har bir kelishuv esa aniq va foydali loyihalarga aylanishiga ishonaman”,
– dedi Prezidentimiz va ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi. https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
Raqamli texnologiya va sunʼiy intellektning rivojlanishi, oʻz navbatida, energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojni keskin oshirmoqda.
Xalqaro energetika agentligi tahlillariga koʻra, 2030-yilga borib, data markazlarning elektr energiyasiga boʻlgan talabi hozirgidan 2-3 karra oshadi. Bunday sharoitda investorlarga arzon, ishonchli va “yashil” energiya taklif qilgan davlatlargina global bozorda raqobatbardosh boʻla oladi.
Oʻzbekiston bu borada dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda 5,6 ming megavattlik yirik shamol va quyosh elektr stansiyalarini ishga tushirib, generatsiyada “yashil” energiya ulushini 30 foizga yetkazdi. 2030-yilga borib, bu koʻrsatkichni 54 foizga olib chiqish reja qilingan.
“Umuman olganda, mintaqamizning qayta tiklanadigan energiya generatsiyasi boʻyicha juda katta salohiyati bor. Toza energiya eksportini kengaytirish uchun Markaziy Osiyo – Yevropa “yashil” energetika koridorini yaratishda Osiyo taraqqiyot banki koʻrsatayotgan yordamni minnatdorlik bilan taʼkidlaymiz.
Mintaqa davlatlari bank bilan hamkorlikda qisqa muddatlarda ushbu “energetik arteriya” loyihasini boshlashiga ishonamiz”,
– dedi Prezidentimiz. https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
Oʻzbekiston OTB ishtirokida xususiy sektor bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishdan manfaatdor.
“Ayniqsa, hozirgi texnologiyalar asrida kritik minerallar uchun raqobat kun sayin avj olayotganini barchamiz koʻrib turibmiz. Xalqaro ekspertlarga koʻra, 2040-yilga borib, sanoat uchun muhim minerallarga talab 6 barobar oshadi. Bu – yangi imkoniyat”,
– dedi Prezidentimiz.
Oʻzbekiston mis, volfram, molibden, magniy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxirasiga ega. Bu salohiyatni ishga solish maqsadida koreyalik hamkorlar bilan “R&D” markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Toshkent va Samarqand viloyatlarida “Kelajak metallari texnoparki” bunyod etilmoqda.
AQSh, Xitoy, Turkiya kabi davlatlarning yirik kompaniyalari bilan qiymati 1,6 milliard dollarlik 70 dan ziyod loyiha boshlangan.
“Biz nafaqat foydali minerallarni qazib olish, balki ularni chuqur qayta ishlash orqali iqtisodiyot rivojiga yangi turtki berishni maqsad qilganmiz.
Osiyo taraqqiyot bankining “Kritik mineraldan – ishlab chiqarishga” dasturiga qoʻshilish va uning doirasida yuqori qoʻshimcha qiymatga ega boʻlgan loyihalarni amalga oshirishni taklif etamiz”,
– dedi Prezidentimiz. https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
Prezidentimiz Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarda Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining oʻrnini alohida eʼtirof etdi.
Ishonchli strategik sherigimizga aylangan bank bilan hozirgi kunga qadar qariyb 16 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ayniqsa, Osiyo taraqqiyot banki mamlakatimizdagi qayta tiklanuvchi energetika, qishloqlarda uy-joy qurilishi va Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlik yoʻnalishlarida ilk kunlardan yelkadosh boʻlgan.
Davlatimiz rahbari fursatdan foydalanib, Oʻzbekistonni doimo qoʻllab-quvvatlab kelayotgani uchun Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda hamda bank Boshqaruvchilariga samimiy minnatdorlik bildirdi.
Shu bilan birga, yaqin hamkorlik uchun Jahon banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Islom taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda boshqa xalqaro moliya institutlari rahbariyatiga, shuningdek, barcha xorijiy sheriklarga alohida tashakkur izhor etildi.
Kuni kecha OTB bilan 12 milliard dollarlik yangi hamkorlik dasturi imzolandi.
“Barqaror taraqqiyotni taʼminlash uchun Bank bilan hamkorlikda yangi mexanizm va taʼsirchan yondashuvlarni joriy etishni davrning oʻzi bizdan taqozo etmoqda”,
– dedi Prezidentimiz. https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
Bugun raqamli texnologiya va sunʼiy intellekt deyarli barcha sohalarni mutlaqo yangi formatga olib chiqmoqda. Jahon savdo tashkiloti prognozlariga koʻra, 2040-yilga borib, sunʼiy intellekt hisobiga xalqaro savdo aylanmasi qoʻshimcha 40 foizga oshadi.
Oʻzbekistonda ham axborot texnologiyalarini rivojlantirishga jiddiy kirishildi. Innovatsiya va bilimlarga asoslangan Sunʼiy intellekt xabini tashkil qilish boshlandi. Iqtisodiyot tarmoqlarida 200 dan ortiq sunʼiy intellekt loyihalari ustida ishlanmoqda.
Hududlarda data markazlar, super kompyuterlar va sunʼiy intellekt laboratoriyalarini koʻpaytirish, “Besh million sunʼiy intellekt yetakchilari”ni tayyorlash boʻyicha dasturlar amalga oshirilmoqda.
“Bu yoʻnalishlarda Osiyo taraqqiyot banki hamda AQSh, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Koreya va Xitoydagi hamkorlarimiz bizga yaqindan yordam berayotganini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman”,
– dedi Prezidentimiz.
Albatta, taʼlim, tibbiyot, suv xoʻjaligi, ekologiya, oziq-ovqat xavfsizligi kabi aholining birlamchi ehtiyoji uchun eng zarur boʻlgan yoʻnalishlarda ham ochiq sunʼiy intellekt modellaridan foydalanish talab etilmoqda.
Buning uchun Prezidentimiz Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt koʻlamini oshirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqishni taklif etdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston bankning “Osiyo uchun raqamli magistral” tashabbusiga qoʻshilishini maʼlum qildi hamda Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi. https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida oʻtayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining 59-yillik yigʻilishida nutq soʻzlamoqda.
Davlatimiz rahbari tadbir ishtirokchilarini samimiy qutladi:
“Bunday nufuzli anjumanning yurtimizda oʻtkazilayotgani bizga albatta gʻurur va iftixor bagʻishlaydi.
Bir necha ming yillik tarixga ega, Buyuk ipak yoʻlining chorrahasida joylashgan diyorimiz qadimdan Sharq va Gʻarbni, Shimol va Janubni bogʻlovchi markaz boʻlib kelgan. Bu yerda azaldan dunyo tamadduni, ilm-fan va savdo yoʻllari tutashgan.
Buyuk tarix va yorqin kelajakni oʻzida mujassam etgan Yangi Oʻzbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib bormoqda.
Ishonchim komilki, Samarqand anjumani ilgʻor fikr va yangi tashabbuslarni ilgari surishga, muhim qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.
Yangi Oʻzbekistonga xush kelibsiz!”.
https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
Prezidentimiz bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyoti mutlaqo yangi rivojlanish davrini boshdan kechirayotganini taʼkidladi.
“Biz 2016-yildan buyon iqtisodiyotni erkinlashtirish, investorlar uchun jozibador muhit yaratish, global qoʻshilgan qiymat zanjirida faol qatnashish, hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini tubdan yangilash, aholi turmush sharoitini yaxshilash boʻyicha katta islohotlarni olib boryapmiz.
Tarixan qisqa vaqt ichida mehnatkash va bunyodkor xalqimiz bilan murakkab taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtdik.
Soʻnggi yillarda iqtisodiyotimizga 150 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Birgina energetika sohasida 35 milliard dollarlik investitsiya loyihalari hisobiga elektr ishlab chiqarishni 1,5 barobar oshirib, 87 milliard kilovatt-soatga yetkazdik. Bu davrda tovar va xizmatlar eksporti 3 karra oʻsdi, iqtisodiyotimiz hajmi esa 50 milliarddan 147 milliard dollarga yetdi.
Bunday ijobiy natijalar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham eʼtirof etilmoqda. 2020-yildan buyon Oʻzbekiston suveren kredit reytinglarida oʻz oʻrnini barqaror oshirib bormoqda.
Iqtisodiy erkinlik indeksida joriy yil yurtimiz 14 pogʻona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti moʻtadil erkin” davlatlar qatoridan joy oldi”,
– dedi Prezidentimiz. https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
Global beqarorlik sharoitida ham https://www.facebook.com/PressSecretaryUZOʻzbekiston iqtisodiyoti birinchi chorak yakuni boʻyicha 8,7 foizli oʻsishga erishdi.
“Eng muhimi, islohotlarimizda har bir oila, har bir insonning kundalik hayotini yaxshilashga asosiy eʼtiborni qaratdik. Biz oʻtgan davrda 8,5 million ehtiyojmand aholi daromadini oshirib, kambagʻallik darajasini qariyb 35 foizdan bugungi kunda 5,8 foizga tushirishga erishdik.
Oʻzbekiston oxirgi oʻn yilda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda eng katta ijobiy oʻzgarish qilgan beshta davlatdan biri boʻldi.
Biz 2030-yilga qadar Oʻzbekistonda barcha sohalarni texnologik va innovatsion oʻsish modeliga oʻtkazish orqali iqtisodiyot hajmini 240 milliard dollardan oshirish niyatidamiz.
Natijada daromadi oʻrtachadan yuqori davlatlar qatoriga kirishni hamda kambagʻallikka toʻliq barham berishni maqsad qilganmiz.
Yaqin kunlarda 13 ta strategik yirik korxona aktivlarini oʻz ichiga olgan “Milliy investitsiya jamgʻarmasi”ning 30 foiz ulushini xalqaro fond bozoriga chiqaramiz.
Aminmanki, bunday muhim qadam hamkorlarimizning yurtimiz investitsiya muhitiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”,
– dedi davlatimiz rahbari. https://www.facebook.com/PressSecretaryUZhttps://www.instagram.com/press_secretary_uz/https://x.com/Sherzod_Asadov
Narpay.uz press
9 may 2026, 16:09
📷 Photo
#Jarayon
✅NARPAYDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK JARAYONI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDA!
✔️Ayni paytda Narpay tumanida aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish hamda sifatli tibbiy xizmatlarni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan BEPUL TIBBIY KO‘RIK tadbiri yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.
✔️Salovat mahallasida joylashgan “Gulshan” madaniyat markazida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tibbiy aksiyada Hindistonlik malakali shifokorlar faol ishtirok etib, fuqarolarga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
✅Aholiga travmatolog va jarrohlik onkologiyasi yo‘nalishlarida chuqurlashtirilgan ko‘riklar o‘tkazilib, zamonaviy tashxis qo‘yish, malakali maslahatlar berish hamda zarur hollarda keyingi davolanish uchun aniq tavsiyalar taqdim etilmoqda.
➕Tadbir davomida yuzlab fuqarolar o‘z salomatligini tekshirtirish imkoniyatiga ega bo‘lib, bu esa kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📣Ushbu ezgu tashabbus — aholining sog‘lig‘iga bo‘lgan e’tibor, inson qadri va salomatlikni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanganining amaliy ifodasidir.
Bizni kuzatib boring, birinchilardan bo'ling!
✅| https://t.me/Narpay_tuman_hokimligi| ✅| https://www.facebook.com/profile.php?id=100063684024672| 🌐| https://www.instagram.com/narpay_tuman_hokimligi/| ✅|| 🌐| https://narpay.uz/|