26-iyun.
Go’zal hayot uchun yuzlab to’g’ri qarorlar kerak.
Ammo uni ostin-ustun qilish uchun 1ta noto’g’risi kifoya va shulardan biri - giyohvandlik.
Yaqingacha Yevropadagi 90%, dunyo bo’ylab esa 70% ger*in ulushini Afg’oniston yetishtirib berardi.
2021-yil Tolibon hokimiyatga kelgach giyohvand moddalarni yetishtirishga chek qo’ydi.
Bu bilan sintetik moddalar bozori avj oldi. Xitoy mashinalari kabi dorilari ham kirib kela boshladi.
Bugun giyohvand so’zidagi “giyoh” - “sintetik tabletka”ga aylandi.
https://youtu.be/euePG4NgpUo
Ozuqalar
Qalb:
• Namoz
• Quron
• Alloh zikri
Tana:
• Uyqu
• Taom
• Harakat
Ong:
• Ustoz
• Kitob
• Tafakkur
Cho’ntak:
• Mehnat
• Ehson
• Sarmoya
Munosabatlar:
• Xabar olish
• Shirin so’z
• Yaxshiliklar
57,700
2,083
0
Azimjon's Fikrlog
26 ago 2026, 07:08
📷 Photo
1 dona tarvuz qadrini…
O’tgan yoz Londonda 1/6 tarvuz £5 edi, bu 1 donasi 450 ming so’m degani.
Toshkentda 16 mingga kaatta tarvuz beradi ~30x arzonroq.
London 0 : 1 Toshkent
28,900
1,750
Azimjon's Fikrlog
26 ago 2026, 07:08
Issiqdan chanqadim.
Suv olgani do’konga kirdim.
Sovutgichda faqat rangli shakar suvlar qo’yilgan. Nok hidi keladigan montelladan olgim keldi.
Qadoqqa qaradim:
> Har 100 ml da 11 gram shakar.
Bu o’sha 450 ml ichimlikda 50 gram - ya’ni 12 qoshiq shakar degani.
1 safar hech narsa qilmas deb qo’limga oldim.
Oldim-u, yonimdan qo’lida Fanta ko’tarib olgan og’ir vaznli ayol o’tib ketdi.
Balki u ayol mendan baxtliroqdir.
Lekin men undan sog’lomroq bo’lishni tanladim.
Shakar suvni joyiga qo’ydim.
Oddiy suv olib chiqib ketdim.
33,600
1,946
0
Azimjon's Fikrlog
26 ago 2026, 07:08
O’zgartirmoqchimisiz?
> Unda o’lchang.
Varshavada biz bilan bir yigit turardi. U tamaki chekardi.
Bir kuni undan kuniga nechta tamaki chekishini so’radim.
Ma’ruza o’rniga shunchaki har kuni menga kun oxirida nechta chekkanini yozib turishni aytdim.
2 oyda ~10tadan ~2taga tushdi.
Shunchaki o’lchashni o’zi uni ongli yashashga undadi.
O’lchang, o’zgaradi.
33,600
1,158
0
Azimjon's Fikrlog
26 ago 2026, 07:08
iPhone
2022-yil Londonda Facebook’da amaliyotni tugatib, Varshavada Amazonda ishlashni boshladim.
O’sha paytlar Facebook oyiga ~$7 ming, Amazon oyiga $10 mingdan ko’proq to’lardi.
O’shanda iPhone 14 sotuvga chiqqandi.
Ishlatilgan iPhone 13 oldim, arzonroqqa.
U bilan dasturchi hikoyasi-yu 42 express backend videolarini yozdim. Va hozir shu maqolani ham.
2023-yil Google’da ishlashni boshladim.
Hamkasbim iPhone 11 ishlatarkan.
21 yosh, millioner. Yevropada yerlari bor, uyini rasmini ko’rsatganda qasrda yashar ekansanku degandim.
Shu yigit yaqinda, 2026-yil to’yimga keldi.
Qo’lida hali ham o’sha iPhone 11.
70,100
2,624
0
Azimjon's Fikrlog
26 ago 2026, 07:08
90% × 30 yosh
48,100
1,222
0
Azimjon's Fikrlog
26 ago 2026, 07:08
Qirikki’dagi Git darsidan
42,600
1,281
0
Azimjon's Fikrlog
26 ago 2026, 07:08
Domino.
Kunlarimiz bir biriga ulangan. Kecha bugunni, bugun ertani boshlab beradi.
Yangi kun eskisi tugaganda boshlanadi. Aslida kun qachon tugaydi?
Avvaliga telefonim aytganidek 00:00da tugaydi deb “bugun ulguray” vasvasasi bilan har kuni kunimni samaraliroq qilishga harakat qildim.
Sport, o’qish, yozish va qancha ishlar surilib tunga o’tib ketib ertangi kundan o’g’irladi. Uyqu uxladi.
Domino kabi kunlarim bir-birini yiqitishni boshladi. Bu kichik o’zgartirish esa kunimga halovat olib keldi.
Quyosh botganda kun tugaydi =
Demak yangi kun boshlanadi.
Kunni qanday boshlamoqchisiz?
- Azon yutishga chaqiryapti.
47,800
1,041
0
Azimjon's Fikrlog
22 jul 2026, 11:41
Boshqarishdan avval.
Uyquni tartibga keltirmoqchimisiz?
> Kamaytiring.
To'g'ri ovqatlanmoqchimisiz?
> Kamaytiring.
Saviyali gapirmoqchimisiz?
> Kamaytiring.
Boshqarishdan avval,
Kamaytiring.
42,600
1,226
0
Azimjon's Fikrlog
22 jul 2026, 11:41
Hojatxona.
Eshik oldida o’tirgan bolakay e'tiborimni tortdi.
Bu ishda rozi bo'lib ishlab o'tirish oson emas. Ammo u norozi ko’rinmaydi.
Olgan puliga ham qaramadi.
Qog'oz berishni ham unutdi.
Ikki ko'zi ko'rayotgan qisqa videolarida. Shu qadar berilib u yerning hidini ham, qayoqdaligini ham unutgan ko'rinadi.
Biz ham ba'zida "hojatxona"da bo'lsak ham, chiqmay o'tiraveramiz. Ovunish uchun doim nimadir topiladi.
Zo’rg’a yetayotgan oylik.
Bir joyda qotib qolgan yoqimsiz ish.
Atrofga boqing.
Turkiya osmonidan uchib o'tib, uydagi chiroqlar hali hamon sariq rangda tovlanishiga ko'zim tushdi.
Rastalarida ham oq LED chiroqlar o'rniga sarig'i sotilarkan. Oq chiroq zamonaviy deganlar uchun, zamonaviylik noqulaylik bilan kelmasligi kerak.
Toshkentda oq chiroqlar ko'zga tushib uyquni yaxshigina qochirib yuboradi.
Turkiyaga kelib uyquga ketishim osonlashgani sababini topdim deb o'ylayman.
Qaytishda cho'ntagimga 1-2ta solib olaman.
47,000
1,073
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
Toshkentni tark ettim...
To’yga taklif-tashriflar tugab,
Tomoqdagi tumov to’xtadi.
Tirbantlikda tentaklik,
Tiqilinchda terlashlar tamom.
Toqat tugab turganda,
Turkiyada tinim topvoldim.
Tog’ tomonda turib,
Toza tabiatga to’yvoldim.
Tanam tetiklashdi,
Telefonim tarmoq tutyapti.
Trabzon,
To’rtinchi tun.
23,400
1,206
0
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
Sokin bo’l.
Sekin yoz, ko’p o’ylaysan.
Sekin o’qi, ko’p tushunasan.
Sekin yeb, ko’p chaynaysan.
Kamroq yeb, ko’p yashaysan.
Sekin top, kam sarflaysan.
Sekin erish, qadriga yetasan.
Tezdan ko’ra to’g’ri yaxshi.
Shoshilib ko’p xato qilamiz.
Tezlik qadrlanadigan davrdamiz.
Sekinlik uchun maqtalmaysan.
Sekin bo’l, o’zing uchun.
25,500
1,363
0
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
G’azablanma.
Payg‘ambarimiz s.a.v.:
“Qachonki birortangiz g‘azablansa, sukut qilsin”
deya uch bora takrorladilar.
"Hammani yiqitadigan pahlavon kuchli emas, balki, g'azab kelganda o'zini qo'lga oladigan kishi kuchlidir"
Imom Buxoriy va Muslim rivoyati
“Sizlarning birortangiz tik turgan holda g‘azablansa, o‘tirib olsin. Agar undan g‘azab ketsa, ketdi. Bo‘lmasa, yonboshlab olsin”
Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati
“Albatta, g‘azab shaytondandir. Shayton esa olovdan yaratilgan. Bas, vaqtiki birortangiz g‘azablansa, tahorat olsin”
Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati https://muslim.uz/uz/e/post/32126-odob-axloq-fazilati
26,000
887
0
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
📷 Photo
Oyni chang bosipti…
Toshkent, 2026
24,600
3,023
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
Tetiklik ichimligi
Tarixdan g’arb ko’proq kofe, sharq ko’proq choyni tanlagan.
Bugun ikkisi ham rastalarimizda bor. Afsuski ular qolib “energetik ichimliklar”ni tanlayotganlar ham talaygina. Ularga achinaman.
Kofein (kofe, energetik ichimliklar) men uchun to’g’ri kelmaydi. Oshqozonim ozgina injiqroq, uyqu rejimini ham buzadi.
Shaxsiy tanlovim - zanjabil (imbir). Kofeinsiz, bosh og’riqsiz tabiiy tetiklik beradi.
Uni choyga to’g’rashdan ko’ra, qirg’ichdan o’tkazish o’tkirroq qiladi. Undanam yaxshisi zanjabilni siqib, suviga apelsin suvini qo’shib yuborsak bormi, ana kuch!
42uz ni qurishda kofe emas, zanjabil ichganman.
Tetik quring.
23,200
1,309
0
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
Energiya sarmoyasi
Turgan narsa kamayadi. To’g’ri yo’lda sarflangan resurs esa ko’payib qaytadi.
Pul uchun ishlaydigan bu qoida, energiya uchun ham ishlaydi.
Kundan-kunga kamayib ketayotgan kuchingiz ko’payishi uchun uni har kuni tugating. Oxirigacha.
Krossfit, yugurish, tosh ko’tarish, turnikka tortilish - qay biri bo’lsa ham.
Terlang.
Yog’laringiz yig’lasin.
24,600
1,080
0
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
Bismillah
Keyingi 100 kun davomida “kunni yutish” yo’llarini izlaymiz. Din va dunyo uchun.
Bugun tong ottirishning savobli yo’li haqida.
“Kim bomdodni jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqqunicha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajri to‘liq, to‘liq, to‘liq beriladi” dedilar
Imom Termiziy rivoyati, https://muslim.uz/uz/e/post/31165-haj-va-umra-savobiga-teng-ibodat
22,900
1,532
0
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
Non, 3ta
Ertalabgi non-ushta:
- Qaymoq bilan non.
- Saryog’ bilan non..
- Tuxum bilan non...
Kunimiz non bilan boshlanadi.
Bir likopcha ovqatga to’yamiz, non qo’shib ortiqcha yeymiz. To’ygan inson fikrlashga qiynaladi, tafakkur qilish buyoqda tursin.
To’yib ovqatlanmaslik dinimizda sunnat amal. Oshqozonning 1/3 ovqat, 1/3 suv va qolgan 1/3 havo uchun.
Balki oshirib yuborayotgandirman, xuddi hozirgi nonlar xamiriga o’xshab. U nonlar lanj qiladi.
Tetik bo’ling.
23,600
1,444
0
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
100 kun.
100 maqola.
20,700
1,022
0
Azimjon's Fikrlog
11 may 2026, 10:50
Bu tun —
Butun tun.
30 ming kundan ustun.
Oylar ichra eng fazilatlisi Ramazon bo’lsa, kechalar ichida eng fazilatli kecha - Laylatul Qodr.
Laylatul Qodr kechasidagi ibodat 1000 oylik ibodatdan ustun. Bu tunda mag’firat izlaganlar topadi, insha’Alloh.
Ayniqsa Laylatul Qodr kechasida, hech bo’lmasa umrda bir bor o’qish kerak bo’lgan https://islom.uz/maqola/214 bor.
Alloh ibodatlaringizni qabul qilsin 🤲
Iqro = O’qing
39,900
1,292
0
Azimjon's Fikrlog
25 abr 2026, 01:49
Shamollash sovuqdan deb o’ylardim.
2019-yil yanvarda Estoniyaga bordim, -20 ºC sovuq. 5 kun shu sovuqda sayohat qildim, bo’ronda chiqib yaqinlarga suviner oldim. Ammo negadir kasal bo’lmadim.
So’ng sal kam 6 yil Polshada yashadim - Toshkentdan ancha sovuqroq. Shu 6 yil ichida 2 marta shamollaganimni eslayman.
Qishning sovuq kunida muzlagan ko’lga tushib ham kasal bo’lmagandim.
Keyin esa Toshkentga qaytdim, 5 oy bo’ldi. Tomog’im og’rimagan 12 kunni eslayman - Toshkentda emasdim o’sha kunlar.
Sovuq kasallangan inson uchun vaziyatni rostan yomonlashtiradi. Ammo kasallik o'chog'ida sovuq emas, virus yotibdi.
Toshkentda "shamolladim" deyish o'rniga, "viruslandim" desa to'g'riroq.
Virusdan kuchliroq bo’ling.
26,000
1,075
Azimjon's Fikrlog
25 abr 2026, 01:49
Maslahat so'rasangiz.
Ehtiyotkor - o'ylab ko'r deydi.
Tadbirkor - qilib ko'r deydi.
Vaqti ko'p - pul yo'qotma deydi.
Puli ko'p - vaqt yo'qotma deydi.
Quruvchi qur, sotuvchi sot deydi.
Hamma o'zidan maslahat beradi.
Kimdan maslahat so'rashingiz -
Nima qilishni tanlaganingizdir.
Hech narsa qilishni tanlaganingiz -
Hammadan maslahat olishingizdir.
33,100
1,351
0
Azimjon's Fikrlog
25 abr 2026, 01:49
Yolg’izlik epidemiyasi
O’zbekistonda o’rtacha uylanish yoshi yildan yilga oshib boryapti.
2010-yillarda erkaklarda 24 yosh bo’lgan ekan. 2024-yilga kelib 26 va 2025-yilda esa 27 yoshga chiqibdi.
Ajrimlar ham ko'payib, farzand ko'rish ko'rsatgichi https://www.macrotrends.net/global-metrics/countries/uzb/uzbekistan/birth-rate darajada kamaydi.
Bir vaqtlar “g’arb muammosi” deb atalgandi, endi bizni ham chetlab o’tmaydi.
43,700
1,097
0
Azimjon's Fikrlog
25 abr 2026, 01:49
Dorixona.
Kasal ko’pligi uchun dori ko’pmi?
Yo dori ko’pligi uchun kasal ko’pmi?
Javob: Ha.
34,400
1,178
0
Showing 28 of 28 posts
No more posts
0
0
0
0
Todavía no hay reseñas. ¡Sea el primero en compartir su experiencia!