Jizzaxda Haj safari uchun Prezident sovg‘asi va yo‘llanma topshirildi
Yurtimizda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda. Shu asosda 100 nafar yurtdoshimiz “Prezident hojisi” maqomiga munosib topilib, muqaddas Haj safariga yo‘l olmoqda.
Zafarobod tumanidan O‘rozov Abduxoshimga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Haj safari uchun yo‘llanmasi va sovg‘asi topshirildi. Uni Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev xonadoniga borib, tantanali ravishda topshirdi.
“Prezident hojilari” tashabbusi davlatimiz rahbarining xalqimizga bo‘lgan yuksak e’tibori va g‘amxo‘rligini yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
2,180
11
0
Jizzax viloyati hokimi
14 may 2026, 02:04
🎥 Video
Videoreportaj: Jizzaxda Haj safari uchun Prezident sovg‘asi va yo‘llanma topshirildi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholini, ayniqsa ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu ishlar izchil davom etmoqda.
Shu asosda yurtdoshlarimizdan 100 nafar fuqaro “Prezident hojisi” maqomiga munosib topilib, muqaddas Haj safariga yo‘l olmoqda.
Zafarobod tumanidan O‘rozov Abduxoshimga ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Haj safari uchun yo‘llanmasi va sovg‘asi topshirildi. Uni Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ziyoratchining xonadoniga borib, tantanali ravishda topshirdi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
🇺🇿Kanalga ulanish:
2,070
16
Jizzax viloyati hokimi
14 may 2026, 02:04
📷 Photo
Jizzaxda Haj safari uchun yo‘llanma va Prezident sovg‘asi topshirildi
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularga alohida e’tibor ko‘rsatish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.
Ayniqsa, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasidagi amaliy ishlar keng e’tirof etilmoqda.
Yaqin kunlarda Ramazon oyi davomida ehtiyojmand aholi qatlami uchun katta miqdorda mablag‘lar yo‘naltirilib, bepul jarrohlik amaliyotlari, iftorlik tadbirlari, ramazon hadyalari, arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etish hamda uy-joylarni ta’mirlash kabi bir qator xayrli ishlar amalga oshirilgan edi.
Bugun esa ana shu ezgu ishlar davomi sifatida yurtdoshlarimizdan 100 nafari “Prezident hojisi” degan ulug‘ maqomga munosib topilib, muqaddas Haj amallarini ado etish baxtiga sazovor bo‘lmoqda.
Bu holat insonparvar siyosatning, xalqimizga, ayniqsa ehtiyojmand qatlamlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.
Shu munosabat bilan Zafarobod tumanidan O‘rozov Abduxoshimga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Haj safari uchun yo‘llanmasi va sovg‘asi topshirildi. Yo‘llanma va sovg‘ani Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev ziyoratchining xonadoniga borib, tantanali tarzda topshirdi.
“Prezident hojilari” tashabbusi davlatimiz rahbarining xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibori, nuroniylar va ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan insoniy yondashuvining yorqin namunasidir.
Haj ziyoratiga yo‘l olayotgan fuqarolar davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlikni chuqur his etgan holda safarga otlanmoqda. Bu esa nafaqat ziyoratchilar, balki ularning oilalari, mahallalari va butun viloyat ahli uchun ham katta quvonch va sharafli voqeadir.
Haj safari inson qalbini poklaydigan, sabr-toqat, shukronalik va birdamlikka chorlaydigan ulug‘ ibodatdir. Muqaddas zaminlarda bo‘lish, Ka’batullohni ziyorat qilish har bir mo‘min-musulmon uchun katta baxt va ulkan mas’uliyat hisoblanadi.
Shu bois, ziyoratchilardan ushbu muborak safar davomida yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, oilalarimiz osoyishtaligi hamda Vatanimiz ravnaqi uchun xayrli duolar qilish so‘raladi.
Ayni kunlarda Haj amallarini oson va qulay ado etish uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, mas’ul ishchi guruhlar ziyoratchilar xizmatida bo‘ladi.
Safarni munosib ado etgan ziyoratchilar yurtimizga ezgu duolar, ulug‘ taassurotlar va ma’naviy poklik bilan qaytishiga ishonch bildirilmoqda.
🇺🇿Kanalga ulanish:
Jizzax viloyati hokimi
14 may 2026, 02:04
🎥 Video
Videoreportaj: Jizzaxda Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi
Jizzaxda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbirlar o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, jamoatchilik va yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar “Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yib, urush qatnashchilari xotirasini yod etdilar.
Tadbirlarda ajdodlar jasorati e’tirof etilib, yoshlarda vatanparvarlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling
🇺🇿Kanalga ulanish:
3,870
11
Jizzax viloyati hokimi
14 may 2026, 02:04
🎥 Video
9-may - “ Xotira va qadrlash kuni”
🇺🇿Kanalga ulanish:
3,680
14
0
Jizzax viloyati hokimi
14 may 2026, 02:04
🎥 Video
Jizzaxda Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi
Jizzaxda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi. Tantanali tadbirlarda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, keng jamoatchilik, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilganlar xotirasini yod etdilar.
Ta’kidlanganidek, bu sana ajdodlar jasorati va fidoyiligini yodga solib, tinchlik qadrini anglatadi.
Tadbir doirasida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar ham o‘tkazilib, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga e’tibor qaratildi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
3,240
12
Jizzax viloyati hokimi
14 may 2026, 02:04
📷 Photo
Jizzaxda Xotira va qadrlash kuni munosib nishonlandi
Jizzax shahrida 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. Ushbu muqaddas sana yurtimizda tinchlik va osoyishtalik yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasini yod etish, ularning jasorati va matonatini e’zozlashga xizmat qiladi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Marosim avvalida ishtirokchilar “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini hurmat bilan yod etdilar.
Ta’kidlanganidek, bu sana — xalqimiz tarixi uchun eng sinovli, biroq sharafli davrlarni yodga soladi. Urush yillarida ko‘rsatilgan jasorat, sabr-toqat va fidoyilik bugungi tinch va farovon hayotimizning mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, tadbirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ham ishtirok etib, yodgorlik poyiga gullar qo‘ydilar. Bu esa Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va avlodlar xotirasiga ehtiromning amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi.
Tadbir doirasida yoshlar va nuroniylar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi. Ularda yosh avlodni vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy xotiraga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bunday tadbirlar xalqimizning o‘tmishiga ehtirom, buguniga shukronalik va kelajagiga ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
🇺🇿Kanalga ulanish:
Jizzax viloyati hokimi
3 abr 2026, 21:07
🎥 Video
Jizzaxda “Yashil makon” doirasida 4200 tup ko‘chat ekildi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdilar.
Hududlarda ham mazkur ezgu ishlar izchil davom ettirildi.
Xususan, Sharof Rashidov tumani Hamid Olimjon massivi hududidagi avtomobil halqa yo‘li atrofida to‘g‘ridan-to‘g‘ri videoaloqa orqali ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida o‘tkazilgan mazkur ekologik tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, faollar, nuroniylar, yoshlar, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasi vakillari, “Jizzax Yo‘lko’kalam” davlat muassasasi, shuningdek, bir qator korxona, tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida jami 4200 tup ko‘chat, jumladan, 2000 tup qayrag‘och, 1000 tup safora, 500 tup sada qayrag‘och va 700 tup pavloniya daraxt ko‘chatlari ekildi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
2,660
Jizzax viloyati hokimi
3 abr 2026, 21:07
🎥 Video
Videoreportaj: Jizzax viloyatida “Yashil makon” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida o‘tgan yig‘ilishda mahallalarda “mahalla bog‘lari”, ta’lim muassasalarida “ota-onalar bog‘lari”ni tashkil etish va hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlari tahlil qilindi.
Yig‘ilishda Baxmal, Do‘stlik, Zarbdor, Paxtakor va Zomin tumanlarida namunaviy bog‘lar barpo etilgani qayd etildi.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda, xususan, Sharof Rashidov tumanida ishlar sust kechayotgani tanqid qilinib, mas’ullarga ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
📹 Batafsil videolavhada tomosha qiling.
🇺🇿Kanalga ulanish:
3,640
14
Jizzax viloyati hokimi
3 abr 2026, 21:07
📷 Photo
Jizzaxda “Yashil makon” doirasida 4200 tup ko‘chat ekildi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bog‘ini barpo etishga start berdilar.
Hududlarda ham mazkur ezgu ishlar izchil davom ettirildi.
Xususan, Sharof Rashidov tumani Hamid Olimjon massivi hududidagi avtomobil halqa yo‘li atrofida to‘g‘ridan-to‘g‘ri videoaloqa orqali ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor mavsumida o‘tkazilgan mazkur ekologik tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev, faollar, nuroniylar, yoshlar, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasi vakillari, “Jizzax Yo‘lko’kalam” davlat muassasasi, shuningdek, bir qator korxona, tashkilot va muassasalar vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida jami 4200 tup ko‘chat, jumladan, 2000 tup qayrag‘och, 1000 tup safora, 500 tup sada qayrag‘och va 700 tup pavloniya daraxt ko‘chatlari ekildi.
Ko‘chatlar ekiladigan maydonlardagi yerlarga agrotexnik qoidalar asosida ishlov berilib, ko‘chat ekish uchun suv, organik o‘g‘itlar va boshqa barcha zaruriy vositalar bilan ta’minlandi.
Mazkur tadbir hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil hududlar maydonini kengaytirish hamda aholi uchun yanada musaffo atrof-muhit yaratishga xizmat qiladi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
Jizzax viloyati hokimi
3 abr 2026, 21:07
📷 Photo
Jizzaxda “Yashil makon” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev rahbarligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalar ijrosi hamda hududlardagi mavjud muammolarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, mahallalarda barcha tashabbus va vazifalarni tizimli tashkil etish bo‘yicha yangi yondashuv yo‘lga qo‘yilgan. Joriy yil boshidan buyon 40 ta dolzarb masala yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, unda mahalla “yettiligi” hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar faol ishtirok etdi. Bu esa aholini qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish, tezkor hal etish va amaliy yechimlar ishlab chiqish imkonini bermoqda.
Yig‘ilishning asosiy masalalaridan biri mahallalarda “mahalla bog‘lari”ni tashkil etish ishlari bo‘ldi. Qayd etilganidek, Baxmal, Do‘stlik, Zarbdor, Paxtakor va Zomin tumanlarida bir qator mahallalarda namunaviy bog‘lar barpo etilgan. Xususan, tashlandiq yer maydonlarini o‘zlashtirish orqali yangi yashil hududlar yaratilgani alohida e’tirof etildi.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda bu yo‘nalishda ishlar sust kechayotgani tanqid qilindi. Xususan, Sharof Rashidov tumanidagi 14 ta mahallada “mahalla bog‘lari”ni tashkil etish ishlari haligacha yakuniga yetkazilmagan.
Ayrim mahallalarda yer maydonlari ajratilmagan bo‘lsa, boshqalarida ishlar boshlanganiga qaramay, tugallanmay qolgan.
Yig‘ilishda ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “ota-onalar bog‘lari” masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bugungi kunga qadar 567 ta maktab va 250 ta maktabgacha ta’lim muassasasida ushbu tashabbus amalga oshirilib, jami 89 ming tup ko‘chat ekilgani ma’lum qilindi. Ayrim maktab va bog‘chalarda bu ishlar namunaviy tashkil etilgan bo‘lsa, ba’zi muassasalarda bog‘lar faqat nomiga tashkil etilgani tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, 71 ta ichimlik suv inshooti atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, bo‘sh maydonlarda “suv inshooti bog‘lari”ni tashkil etish bo‘yicha ishlar ham muhokama qilindi. Zafarobod, Sharof Rashidov va Arnasoy tumanlaridagi ijobiy tajribalar alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda turistik zonalarga olib boruvchi avtomobil yo‘llari bo‘ylariga pavloniya ko‘chatlarini ekish, sanoat korxonalari atrofida “yashil belbog‘lar” tashkil qilish ishlari yuzasidan ham tahlillar o‘tkazildi.
Ba’zi tumanlarda rejalar ortig‘i bilan bajarilgan bo‘lsa, ayrim hududlarda ishlar qoniqarsiz holatda ekani qayd etildi.
Mazkur yig‘ilish “Yashil makon” loyihasi doirasida Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, mahallalar, ta’lim muassasalari va infratuzilma obyektlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
Jizzax viloyati hokimi
3 abr 2026, 21:07
🎥 Video
Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tomonidan oyning to‘rtinchi shanba kuni o‘tkazilgan ommaviy-shaxsiy qabul kun bo‘yi davom etib, 150 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi
Shaxsiy qabulda fuqarolarning ijtimoiy yordam, uy-joy, sog‘liqni saqlash, bandlik va kommunal sohalarga oid masalalari tinglandi.
Murojaatlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqilib, aksariyati joyida hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi masalalar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, muqobil yechimlar taklif etildi.
Bunday qabullar aholi muammolarini joyida hal etish va davlat organlariga ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🇺🇿Kanalga ulanish:
3,350
15
Jizzax viloyati hokimi
3 abr 2026, 21:07
📷 Photo
Jizzaxda viloyati hokimining qabuli kun bo‘yi davom etib, 150 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi
Ma’lumki Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning oyning to‘rtinchi shanba kuni ommaviy-shaxsiy qabul o‘tkaziladi.
Qariyb kun davomida o‘tkazilgan sayyor qabulda viloyat hududida istiqomat qilayotgan fuqarolarning muammo va takliflari, dard-u tashvishlari bevosita tinglanib, har bir murojaatga alohida e’tibor qaratildi.
Qabul jarayonida 150 nafardan ortiq murojaatchi ishtirok etib, ular asosan ijtimoiy yordam olish, uy-joy bilan ta’minlash, sog‘liqni saqlash xizmatlari, bandlik masalalari, kommunal sohadagi muammolar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdi. Har bir masala mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ko‘tarilgan muammolarning salmoqli qismi shu joyning o‘zida ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha muddat va chuqur o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa tegishli soha rahbarlariga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha viloyat hokimligi darajasida kompleks o‘rganish o‘tkazish yuzasidan alohida topshiriqlar berildi.
Qabul davomida qonunchilik talablariga mos kelmaydigan ayrim murojaatlar ham uchradi.
Bunday holatlarda murojaatchilarga amaldagi qonun hujjatlari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, masalalarning yechimi yuzasidan muqobil yo‘llar tavsiya etildi.
Ta’kidlash joizki, bunday ommaviy va sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish hamda fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng muhimi, fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlari bilan bevosita uchrashib, aniq javob va amaliy yechim olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Bunday qabullar tizimli ravishda o‘tkazib borilishi hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni barvaqt aniqlash va ularni samarali hal etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
Jizzax viloyati hokimi
31 mar 2026, 18:16
🎥 Video
Jizzax viloyatidagi “Aydarko‘l Resort” majmuasida “O‘zbekiston – Tojikiston” ikkinchi mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tdi
Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. Forum doirasida muzokaralar, ikki tomonlama uchrashuvlar va B2B muloqotlar tashkil etildi.
Unda Tojikistonning yuqori darajadagi rasmiylari va tadbirkorlari ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchilik qildi. Shuningdek, Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham qatnashdi.
Tadbir yakunida ikki tomonlama hujjatlar imzolandi va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi. Forum hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
5,110
Jizzax viloyati hokimi
31 mar 2026, 18:16
🎥 Video
Jizzax viloyatidagi “Aydarko‘l Resort” majmuasida “O‘zbekiston – Tojikiston” ikkinchi mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tdi
Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi. Forum doirasida muzokaralar, ikki tomonlama uchrashuvlar va B2B muloqotlar tashkil etildi.
Unda Tojikistonning yuqori darajadagi rasmiylari va tadbirkorlari ishtirok etdi. O‘zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchilik qildi.
Shuningdek, Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Mustafoyev va Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ham qatnashdi.
🇺🇿Kanalga ulanish:
5,490
13
Jizzax viloyati hokimi
31 mar 2026, 18:16
🎥 Video
#Jizzax_Forum
Forum ishtirokchilari “Aydarko‘l Resort” majmuasidagi ko‘rgazmalar bilan tanishdi
Tadbir doirasida investitsiyaviy va eksport salohiyatini aks ettiruvchi maxsus pavilonlar tashkil etildi. Mehmonlar hamda rasmiy delegatsiya a’zolari majmuada yaratilgan zamonaviy qulayliklar, shuningdek, hududlarning ishlab chiqarish imkoniyatlari namoyish etilgan ko‘rgazmalarni ko‘zdan kechirdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur ko‘rgazmalar ikki mamlakat tadbirkorlari uchun o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.
🇺🇿Kanalga ulanish:
4,910
14
Jizzax viloyati hokimi
31 mar 2026, 18:16
🎥 Video
#Jizzax_Forum
Jizzaxda "O‘zbekiston – Tojikiston" ikkinchi mintaqalararo forumi o‘z ishini boshladi
Ayni daqiqalarda Jizzax viloyatining "Aydarkoʻl Resort" majmuasida boʻlib oʻtayotgan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Xoliqzoda Hakim Hikmatulloh hamda Jizzax viloyat hokimi Ulugʻbek Mustafoyevlar kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tafsilotlarni kuzatishda davom eting!
🇺🇿Kanalga ulanish:
4,050
12
Jizzax viloyati hokimi
31 mar 2026, 18:16
🎥 Video
#Jizzax_Forum
Jizzaxda "O‘zbekiston – Tojikiston" ikkinchi mintaqalararo forumi o‘z ishini boshladi
Ayni daqiqalarda Jizzax viloyatining "Aydarko‘l Resort" majmuasida ikki qardosh davlatning rasmiy doiralari va yirik tadbirkorlari ishtirokidagi yuksak darajadagi forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tafsilotlarni kuzatishda davom eting!
🇺🇿Kanalga ulanish:
3,330
7
Jizzax viloyati hokimi
31 mar 2026, 18:16
📷 Photo
Jizzaxda "O‘zbekiston – Tojikiston" ikkinchi mintaqalararo forumi o‘z ishini boshladi
Ayni daqiqalarda Jizzax viloyatining "Aydarko‘l Resort" majmuasida ikki qardosh davlatning rasmiy doiralari va yirik tadbirkorlari ishtirokidagi yuksak darajadagi forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hamda Tojikiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Xoliqzoda Hakim Hikmatulloh kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tafsilotlarni kuzatishda davom eting!
🇺🇿Kanalga ulanish:
3,440
14
Showing 19 of 19 posts
No more posts
0
2,170
10
0
0
0
2,890
11
0
15
0
0
2,420
13
0
3,070
18
0
0
3,880
18
0
19
0
0
0
0
0
0
Todavía no hay reseñas. ¡Sea el primero en compartir su experiencia!