🔰NG harf birikmasining imlosi🔰
✅ 1. Ng harfi til orqa, portlovchi, jarangli, burun undosh tovushini ifodalaydi.
✅ 2. Ng tovushi so’z boshida kelmaydi faqat so’z o’rtasida va oxirida keladi.
✅3. Ng harf birikmasini yonma-yon kelgan n va g harflaridan farqlash kerak, ya’ni:
-tong, ong, ming, zang, jang, rang, so’ng, teng, shudring,ko’ndalang, durang kabi so’zlar oxiridagi ng bitta tovush hisoblanadi;
-ko’ngil, singil, dengiz, yangi, Ingra, yangra, tanglay, tingla kabi so’zlar o’rtasidagi ng bitta tovush hisoblanadi;
-qaratqich kelishigi, egalik qo’shimchasi, shaxs-son, qo’shimchasi, buyruq-istak, mayli tarkibidagi ng ham bitta tovushni ifoda etadi.
-n bilan tugagan so’zga g bilanboshlanuvchi qo’shimcha qo’shilganda, bu ikkita tovush hisoblanadi.
M: men-ga, vatan-ga, sin-gan, ko’n-gin, bugun-gi
-ruscha o’zlashma so’zlarda ham ikkita tovush hisobladi, shu sababli bo’g’in ko’chirishda ajratib yoziladi.
M:tan-gens, in-gliz, kon-gress
-ruscha o’zlashma so’zlarda so’z oxirida kelganda bitta tovush hisoblanadi
M: reyting, miting,
✅4. Bo’g’in ajratish va ko’chirishda ng harf birikmasining butunligi saqlanadi. Bunda:
1. agar ng ikki unli o’rtasida kelgan bo’lsa, ikkinchi unli bilan bo’g’in hosil qiladi va bir satrdan boshqasiga shunday ko’chiriladi keying n bo’g’inga ko’chadi. M: ko’-ngil, si-ngil, de-ngiz
2. agar ng unli va undosh orasiga kelsa, ya’ni ng tovushidan so’ng undosh kelgan bo’lsa bunda ng oldingi bo’g’in tarkibida qoladi
M: ko’ng-lim, sing-lim, mang-lay, teng-qur, ang-la
Davom etishimiz uchun ❤️🔥 reaksiya bosing
✅
https://t.me/+1Fzy1wqQwp82Mzli
✅
https://t.me/+1Fzy1wqQwp82Mzli