Assalomu -alaykum. Ismim Viloyat. Yoshim 48 da. Kurs boshida vaznim 94 kg, BA 112 cm edi. Kurs oxirida vaznim 86 kg, BA 100 cm boʻldi. - 8 kg.
Kursga qatnashaganimdan judayam xursandman.
Yillar davomida ortiqcha vazn bilan kurashganman, lekin bu uchun ham ilm kerakligini bilmaganman. Aslida bu shunchalik oson va uddalash mumkin boʻlgan jarayon ekanku! Meni hafa qilgan narsa, hamma shifokorlar kasalim uchun qoʻsha-qoʻsha dori yozgan, doimiy davolanish kursiga chaqiravergan, uyda ham umrbodga deb dorilar yozib bergan, lekin shu kasallik kelib chiqish sababini tushuntirmagan. Ozish kerak degan shifokor ham boʻldi, ular ham faqat non yema, shirinlik yema deydi xolos. Doktor Feruzning telegramm, instagram kanallariga aʼzoman. U kishining ,, Agar ovqatdan oldin shu suvni ichmasang oʻlasan, deyish kerak"ga oʻxshash gaplari menga jiddiy taʼsir qildi. Kursdan oldin qancha reklama qilingan dorilar, detokslar, damlamalar ichganim, natija koʻrmaganim, ozib qayta semirganim oʻzimga ayon. Menda harakat bor edi, yoʻlboshchi boʻlmadi.
Doktor Feruz semizlik natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni aytganlarida hayratdan lol qoldim. Mendagi barcha kasalliklar shunday asoslab tushuntirib berildiki... Agar bu darajada tushuntirilmasa, bogʻliqlik yoʻq deb oʻylagan boʻlardim. Meni maqsadim goʻzallik emas edi, sogʻlik edi. Bu kurs aynan men uchun ekan. Chunki, marafonda ozdim, toʻgʻri, lekin nimani nima uchunligini tushunmadim. Mohiyatini bilmadim. Doktor Feruz esa har bir narsani foyda, zararini shunday mukammal darajada tushuntirdilarki, endi tanlov oʻz qoʻlingda. Seni birov majbur qilmaydi. Darslar eng oddiy, eng tushunarli tarzda bayon qilindiki, tushunmaslikni iloji yoʻq. Aholi qatlami har xil, qabul qilish har xil. Lekin, barcha darslar eng sodda tilda, hayotiy misollar bilan qayta-qayta asoslab tushuntirib berildi.
Men eng taʼsirlangan vaqtim Doktor Feruzning uyqu uchun tavsiya qilgan tabiiy mahsulotlari, saraton, qon bosimi, qandli diabetni davo choralari tabiiy mahsulotlar bilan. Rahmate, dedimda. Shunchalik ham birovni oʻylab, shunchalik yaxshilik qilish mumkinmi, bor bilimni beminnat ulashish, qancha izlanib topgan bilimlarini biz bilan baham koʻrish uchun qanday inson boʻlish kerak? Doktordan juda minnatdorman, bergan bilimlaringizga rozi boʻling! Sizday ilmli, sofdil, samimiy insonlar koʻpaysin, juda havas qildim. Bolalarim, nabiralarim sizday inson boʻlishini orzu qildim. Men hozirda umuman dori vositalarini ichmayapman, sogʻligim, kayfiyatim aʼlo darajada. Doim xush kayfiyatda, energiyaga toʻlib yuribman. Vaholanki, kurs davomida hech qanday ortiqcha qiynalganim yoʻq, parhezlar, qattiq mashqlar bajarganim yoʻq. Ovqatlanish tartibi va tarkibiga eʼtibor qaratdim xolos. Mendagi oʻzgarishlarni koʻrib hamma havas qilyapti, nima qilyapsiz deb qiziqishyapti. Doktor Feruzning kurslarida oʻqiyapman, sizlar ham qoʻshilinglar, eng muhimi sogʻligingiz uchun shu kursni tavsiya qilaman deyapman. Koʻpchilik qiziqish bildiryapti. Bundan oʻzim ham xursandman. Chunki, atrofimdagilarning kursda qatnashib ham oʻzib, ham sogʻlom boʻlishini istayman.
Intizorxon sizga ham alohida rahmat. Bizga doimiy eʼtibor bilan qaradingiz, birorta savolimiz javobsiz qolmadi. Doim bizga motivatsiya berib, qiziqishimizni kuchaytirib turdingiz. Har bir savolimizga, holatimizga javobingiz tayyor ekanligiga qoyil qoldim. Samimiy munosabatingiz uchun katta rahmat!