#Ramazon
Saudiya Arabistonida Ramazon oyining birinchi kuni, 18-fevralga to‘g‘ri kelishi e’lon qilindi. 🇺🇿O‘zbekistonda esa Ramazon oyi, 19-fevraldan boshlanadi. Chunki bizning mintaqamizda yangi hilol ko‘rinmadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bu haqida izoh berar ekan, dunyodagi ko‘plab davlatlarda ham xuddi biz kabi Ramazon oyi 19-fevraldan boshlanishi belgilanganini eslatdi. Jumladan, Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar, Misr, Iordaniya, Suriya, Liviya, Iroq, Eron, Turkiya, Ozarbayjon, Indoneziya, Bruney, Ummon, Singapur, Avstraliya, Yaponiya, Pokiston, Hindiston, Malayziya, Janubiy Koreya shular jumlasidan. Shuningdek, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengashi tomonidan 19-fevral kuni Ramazon oyining birinchi kuni, deb e’lon qilindi.