#fatvo
⏺️“Erkak kishining ayol kishiga onlayn tarzda ta’lim berishi joizmi?”
Savol berildi: Erkak kishi ayol kishiga onlayn xos tarzda dars o'tishi, unga ta'lim berishi joizmi?
Javob: Bu masalada hukm online bo'lmagan holatdagi bilan bir xil — ya’ni, joiz. Erkak ayolga yuzma-yuz dars berishi mumkin, xuddi shuningdek onlayn tarzda dars berishi ham joiz.
Lekin bu bir necha shartlar bilan chegaralanadi:
- Fitna bo‘lmasligi kerak
- Bu darsda ayol uchun haqiqiy foyda (maslahat, ilm) bo‘lishi kerak.
- Shuningdek, bu ish uning ahli (ota-onasi yoki mas’ul kishilar) tomonidan nazorat ostida bo‘lishi lozim, ya’ni ular bilib turishi, kuzatib borishi kerak, shunda muammo kelib chiqmaydi.
Xulosa: bu ish aslida muboh, lekin u tajriba, odob, nazorat va kuzatuv bilan bo'lishi zarur. Vallohu a'lam...
🪶Shayx Saloh Abul Hojj hafizahulloh
⏺️Bugun ayollarni online ta'limdan ham: "Erkak kishidan ta'lim olmaysan", - deb to'sayotgan oila boshilar ba'zi masalalarni yaxshi hisobga olsinlar:
- Man qilishni bilgan odam berishni ham bilishi kerak
- Boshqalardan olishni man qilsangiz o'zingiz bering, o'rgating
- O'rgata olmasangiz boshqalarga qo'yib bering
- Ayollarga ilk ta'lim erkaklardan yetib kelgan, bundan keyin ham shu tarzda davom etadi
- Erkak olimlardan ta'lim olmagan, faqat ayollardan o'rgangan ayolning ilmi garchi u faqiha darajasiga yetib ketgan bo'lsa ham zaif bo'ladi, chunki ayollarning dini zaif ekanligi hadis bilan vorid
- Ayollar erkaklar kabi jamiyatga ko'p aralasha olmaganliklari sabab ularning ilmi o'zlari o'qigan holatida keng qamrovli bo'lmaydi
- Siz bugun ularni o'qitmasangiz, yordam bermasangiz ular orasidagi ilmsizlik davom etib kelaveradi
- Tog'ri, ona madrasa. Lekin o'sha madrasada undan olinadigan ilm bo'lmasa uning madrasaligi qolmaydi
- Onalarga ta'lim bermasak, farzandlarimizdagi axloqsizlik, yengiltaklik va odobsizlik illatlarini ko'tara olmaymiz
- Ularni ha deb ro'zg'or ishiga ko'mmang, ko'p narsa talab qilavermang, sal soddaroq yashang, ularda ham ilm uchun imkon qolsin
- Ayollarning ta'limi masalasida jiddiyroq, kengroq, mulohazaliroq o'ylab ko'ring, ularga bu masalada ko'mak bering, bu ularning haqqi.
😎