APEX BANK xalqaro World-Check platformasini integratsiya qildi
APEX BANK avtomatlashtirilgan bank tizimiga dunyoning yetakchi komplayens platformalaridan biri World-Check platformasini to‘liq integratsiya qildi.
Mazkur yechimning integratsiya qilinishi Bankning komplayens nazorati tizimini yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Platformaning integratsiyasi mijozlar va operatsiyalarni tekshirish jarayonlarini avtomatlashtirish, komplayens risklarini boshqarish samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash hamda mijozlar manfaatlari va moliyaviy xavfsizligini yanada kuchaytirish imkonini beradi.
World-Check platformasi OFAC (AQSh), BMT Xavfsizlik Kengashi (UN), Yevropa Ittifoqi (EU), Buyuk Britaniya (UK) sanksiya ro‘yxatlari, shuningdek boshqa xalqaro tashkilotlar va davlat regulyatorlarining xalqaro sanksiya, nazorat hamda tartibga soluvchi ro‘yxatlarini o‘z ichiga oladi. Bu Bankka mijozlarga xizmat ko‘rsatish va operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sanksiya, reputatsion hamda boshqa komplayens xatarlarini tezkor aniqlash imkonini beradi.
Zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish bank jarayonlarining shaffofligini oshirish, ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda mijozlar va hamkorlar ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
APEX BANK ilg‘or xalqaro tajriba va innovatsion texnologiyalarni izchil tatbiq etib, mijozlari uchun zamonaviy, ishonchli va xavfsiz bank ekotizimini yaratishda davom etmoqda.
***
APEX BANK внедрил международную платформу World-Check
APEX BANK завершил полную интеграцию ведущей мировой платформы World-Check с автоматизированной банковской системой.
Внедрение данного решения стало важным этапом в развитии системы комплаенс-контроля Банка. Интеграция платформы позволяет автоматизировать процессы проверки клиентов и операций, повысить эффективность управления комплаенс-рисками, обеспечить соответствие международным стандартам, а также усилить безопасность и защиту интересов наших клиентов.
Платформа World-Check содержит международные санкционные, регуляторные и контрольные списки, включая списки OFAC (США), Совета Безопасности ООН (UN), Европейского союза (EU), Великобритании (UK), а также данные других международных организаций и государственных регуляторов. Это позволяет Банку оперативно выявлять потенциальные санкционные, репутационные и иные комплаенс-риски при обслуживании клиентов и проведении операций.
Использование современных цифровых технологий способствует повышению прозрачности банковских процессов, совершенствованию системы внутреннего контроля и укреплению доверия со стороны клиентов и партнеров.
APEX BANK последовательно внедряет лучшие мировые практики и инновационные технологии, создавая современную, надежную и безопасную банковскую экосистему для своих клиентов.