🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi rasmiy sahifasi ✅
📲 (77)-040-1007
👉 facebook.com/harbiyprokuratura
🌐 harbiy.prokuratura.uz
⏯️ youtube.com/@harbiyprokuratura
Join @rhp_uz for exclusive 770401007 and youtubecomharbiyprokuratura content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
HARBIY PROKURATURA
May 14, 2026, 10:36 AM
[poll]
237
0
0
HARBIY PROKURATURA
May 14, 2026, 10:36 AM
📷 Photo
🔴
🏢 Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik sohasida yagona huquqiy asos yaratiladi
💬 Majlisda “Safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlik to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
❗️ Qonun loyihasida safarbarlik tayyorgarligi va safarbarlikning asosiy maqsadlari, prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlari belgilanmoqda. Shuningdek, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari va majburiyatlari aniq nazarda tutilmoqda. Loyihada “safarbarlik tayyorgarligi” va “safarbarlik” tushunchalari ilk bor aniq va kompleks huquqiy mazmunda ifodalanmoqda.
✏️ Shu bilan birga, loyihada umumiy yoki qisman safarbarlikni e’lon qilishning aniq huquqiy mexanizmlari, davlat organlari va tashkilotlarning vazifalari, iqtisodiyot tarmoqlarini urush davri sharoitida ishlashga o‘tkazish tartibi ham belgilab berilmoqda. Xususan, davlat va aholining ehtiyojlarini uzluksiz ta’minlash maqsadida oziq-ovqat, yoqilg‘i, tibbiy xizmat, transport, aloqa kabi muhim tizimlarning barqaror faoliyatini ta’minlash choralari nazarda tutilgan.
🚨 Bundan tashqari, safarbarlik davrida chaqirilgan fuqarolar uchun ish joyini saqlab qolish, kredit to‘lovlarini kechiktirish, yetkazilgan zararlarni kompensatsiya qilish kabi ijtimoiy kafolatlar ham mustahkamlanmoqda.
🚨 Muhokamalarda deputatlar qonun loyihasi mamlakat mudofaa salohiyatini yanada oshirish, Qurolli Kuchlarning jangovar va safarbarlik shayligini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va tinchligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.
🚨 Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
🏢 https://parliament.gov.uz/ | 📱 https://t.me/qonunchilikpalatasi | 📱 https://www.facebook.com/oliymajlisqonunchilik 📱 https://www.youtube.com/channel/UCUpPi6_52QzOs4gLUJ-o7hw?view_as=subscriber | 📱 https://www.instagram.com/oliy_majlis_qonunchilikpalata/ 📱 https://twitter.com/OliyMajlis | 🔄 https://t.me/qonunchilik_TV_RADIO | ◽ https://t.me/yoshlar_parlamenti_qp
587
0
0
HARBIY PROKURATURA
May 14, 2026, 10:36 AM
📷 Photo
🔴
🏢 Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish kafolatlari mustahkamlanmoqda
🗣️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
✅ Mazkur qonun loyihasi harbiy xizmatchilarning huquqlari, imtiyozlari, kafolatlari hamda ularning majburiyatlari bilan bog‘liq munosabatlarni kompleks tartibga solishni nazarda tutadi.
✅ Xususan, qonun loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy xizmatchilarining huquqiy maqomi, huquq va majburiyatlari, javobgarligi, shuningdek ular va oila a’zolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilishning aniq mexanizmlari belgilab berilmoqda.
✅ Loyihaga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun davlat tomonidan kafolatlangan huquqlar, erkinliklar, qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar, cheklovlar, majburiyatlar va javobgarlik majmui harbiy xizmatchilar maqomi deb belgilanmoqda. Hujjatda harbiy xizmatchi maqomiga ega bo‘lish va uni bekor qilish tartibi, xizmatni o‘tashning o‘ziga xos xususiyatlari, xizmat intizomi va xizmat majburiyatlariga doir talablar aniqlashtirilmoqda.
✅ Qonun loyihasida harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlari alohida o‘rin olgan. Jumladan, ularni moddiy ta’minlash, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, uy-joy bilan ta’minlash, majburiy davlat sug‘urtasi, pensiya ta’minoti, xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jarohat olgan yoki halok bo‘lgan taqdirda kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish kabi muhim kafolatlar qonun darajasida mustahkamlanmoqda.
✅ Shuningdek, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlash maqsadida qonun loyihasida qator yangi imtiyozlar ham nazarda tutilmoqda. Xususan, harbiy xizmatdan bo‘shatilgan va xizmat yillari 20 yildan kam bo‘lmagan harbiy xizmatchilarga yiliga bir marotaba sanatoriy-kurortlarga 75 foizlik imtiyoz asosida yo‘llanma olish imkoniyati yaratilmoqda. Bunda yo‘llanma narxining 25 foizi harbiy xizmatchi hisobidan, 75 foizi esa tegishli vazirlik va idoralarning budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Shu bilan birga, mazkur qonun loyihasi bilan harbiy xizmatchilarga yiliga bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan miqdorda moddiy yordam to‘lash imkoniyati yaratilmoqda.
✅ Deputatlar muhokamalar davomida ushbu qonun loyihasi harbiy xizmatchilarning huquqiy maqomini aniq belgilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish, Vatan himoyachilari va ularning oila a’zolari uchun mustahkam kafolatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladilar.
✅ Muhokamalar yakunida qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
🏢 https://parliament.gov.uz/ | 📱 https://t.me/qonunchilikpalatasi | 📱 https://www.facebook.com/oliymajlisqonunchilik 📱 https://www.youtube.com/channel/UCUpPi6_52QzOs4gLUJ-o7hw?view_as=subscriber | 📱 https://www.instagram.com/oliy_majlis_qonunchilikpalata/ 📱 https://twitter.com/OliyMajlis | 🔄 https://t.me/qonunchilik_TV_RADIO | ◽ https://t.me/yoshlar_parlamenti_qp
HARBIY PROKURATURA
May 14, 2026, 10:36 AM
📷 Photo
#profilaktika
Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan harbiy qismlarning birida o‘rganishlar olib borildi.
Jarayonda ta’minot turlari, shu jumladan, oziq-ovqat sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va faoliyatga doir boshqa masalalarga e’tibor qaratildi.
Yakunda mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
449
HARBIY PROKURATURA
May 14, 2026, 10:36 AM
📷 Photo
E'lon #qabul #bandlik
2026-yil 15-may kuni Guliston harbiy prokuraturasi tomonidan Toshkent viloyati Bekobod tumanida ommaviy sayyor qabul va mehnat yarmarkasi o‘tkaziladi.
Tadbirlar tumandagi “Madaniyat va ma’rifat markazi”da bo‘lib o‘tadi va soat 12:00 da boshlanadi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
378
HARBIY PROKURATURA
May 14, 2026, 10:36 AM
2026 йил 12 май куни фуқаро А.А. Бош прокурор номига ариза билан мурожаат қилиб, ўзини гуёки Бош прокуратура ходими сифатида таништирган “Жасур” исмли шахс укасига нисбатан эълон қилинган қидирувни бекор қилиш эвазига 5 минг доллар талаб қилаётганлигини маълум қилган.
Шу куни Бош прокуратура Комплаенс хизмати ва Шахсий хавфсизлик бошқармаси ташаббуси билан ўтказилган тезкор тадбирда фуқаро Ж.Н. гўёки прокуратура тизимида ишлашини билдириб, айбланувчи Х.А. нисбатан қўлланилган “қамоққа олиш” эҳтиёт чорасини ўзгартириб, қидирувни бекор қилиш эвазига унинг акаси А.А.дан Бош прокуратура биноси яқинида шериги А.Х. билан бирга 5 минг доллар олган вақтда ашёвий далил билан ушланган.
Мазкур ҳолат юзасидан Департаментнинг Яшнобод тумани бўлими томонидан фуқаро Ж.Н. ва бошқаларга нисбатан Жиноят кодексининг 168-моддаси 2-қисми “а, б” бандлари ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилди.
Тергов ҳаракатлари ҳар томонлама, тўлиқ ва холисона ўтказилиши ҳамда айбдор шахсларга нисбатан жазо муқаррарлиги қатъий таъминланади.
Ҳурматли фуқаролар!
Ўзини турли давлат органлари ходими сифатида таништириб хизматлар эвазига пул талаб қилувчи шахсларга ишонманг.
Кундалик ҳаётда шу каби қонунбузилиш ҳолатларига дуч келсангиз Бош прокуратуранинг “1161” рақамли “Ишонч телефони”га қўнғироқ қилиб, хабар беринг.
Шахсингизнинг сир сақланиши кафолатланади.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
https://www.prokuratura.uz/#/ https://t.me/uzbprokuratura | https://www.instagram.com/boshprokuratura | https://www.youtube.com/@uzbprokuratura | https://www.facebook.com/profile.php?id=100092602076596
HARBIY PROKURATURA
May 14, 2026, 10:36 AM
📷 Photo
#Узб35 #Мустақиллик35 #ёшлар #мактаб #маҳалла
Namangan harbiy prokuraturasi va viloyat kuch tuzilmalari hamkorligida Yangiqo‘rg‘on tumanining chegaraoldi hududidagi 35-sonli umumta’lim maktabida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Unda “Ko‘kyor”, “Sohibkor”, “Mo‘g‘ol”, “Oqtom”, “Olmazor” va “Mamay” mahallalari yoshlari ishtirok etdi.
Jarayonda harbiylarning chiqishlari va aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha bellashuvlar uyushtirildi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
428
HARBIY PROKURATURA
May 14, 2026, 10:36 AM
📷 Photo
379
0
0
HARBIY PROKURATURA
Apr 4, 2026, 06:32 AM
#Uzb35 #Mustaqillik35 #maktab #yoshlar
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida hamda “Amir Temur oyligi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan bilan birgalikda umumta’lim maktablarida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi tadbir poytaxtimizning Bektemir tumanidagi 291 va 293-sonli maktablar va mahalla yoshlari ishtirokida .
Tadbir ona Vatanimiz ramzi — davlatimiz madhiyasini jo‘r bo‘lib jonli ijro etishdan boshlandi.
Ochiq muloqotda so‘z olganlar mustaqillik ne’matlari, Yangi O‘zbekistonda “inson qadri uchun” amalga oshirilgan va jadal davom etayotgan keng qamrovli islohotlar, ulkan imkoniyat va yutuqlar, buyuk xalqimizning boy ma’naviy merosi, ulug‘ ajdodlarimiz, jumladan, Amir Temur bobomizning vatanparvarligi, yuksak aql-idroki va harbiy salohiyati, el-yurt farovonligi va ravnaqi, ilm-ma’rifat va madaniyat rivoji yo‘lidagi bemisl hissasi haqida e’tirof etib o‘tishdi.
Inson kamolotida tinchlik, oila, mahalla va maktabning o‘rni, yoshlarga yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar hamda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga doir konstitutsiyaviy kafolatlar haqida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilarning badiiy chiqishlari barchaga manzur bo‘lgan bo‘lsa, harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari va Vatanni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari, harbiy aslaha va texnikalar namoyishi yoshlardagi vatanparvarlik hissini hamda harbiy xizmatga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshirdi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
HARBIY PROKURATURA
Apr 4, 2026, 06:32 AM
📷 Photo
#Uzb35 #Mustaqillik35 #maktab #yoshlar
Davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi va Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan Bektemir tumanidagi 289-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida "Temur tuzuklari" bo‘yicha "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Jami 6 ta terma jamoa qatnashgan bilimlar bahsida g‘olib va faol qatnashchilar faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonunning rezervdagi va zaxiradagi ofitserlarni tayyorlashga oid qismi Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarida ijro etilishi holatini o‘rganish natijalari hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
https://senat.uz/ | https://www.facebook.com/senatuzb | https://www.instagram.com/senatuzb/ | https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ | http://murojaat.senat.uz/uz | https://t.me/senat_OAV | https://t.me/ypsenat
HARBIY PROKURATURA
Mar 31, 2026, 10:13 PM
📷 Photo
#antikorrupsiya #profilaktika
Korrupsiya, giyohvandlik, kiberjinoyatchilik, firibgarlik, onlayn qimor, maishiy zo‘ravonlik, diniy ekstremizm va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olishga doir turkum mavzularda huquqiy targ‘ibot-profilaktika tadbirlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Urganch, Toshkent va Samarqand harbiy prokuraturalari tomonidan o‘tkazilgan shu kabi tadbirlar jarayonidan
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
#Vatanparvar_2026
📰 "Vatanparvar" gazetasining 2026-yil 27-martdagi 13-soni nashrdan chiqdi.
📎 Unda:
💠 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining katta yordamchisi Botir Sobirovning “Uch avlod uchrashuvi”;
💠 O‘zbekiston Respublika Harbiy prokuraturasi bo‘lim katta harbiy prokurori Sirojiddin Choriyevning “Ochiq eshiklar kuni";
💠 Toshkent harbiy prokurorining o‘rinbosari Shohruh Vaxobovning “Тадбирлар давом этмоқда";
💠 Chirchiq harbiy prokurorining yordamchisi Shuhrat Zoirovning “Ko‘rik-tanlovlar” nomli maqolasi chop etildi.
🖥 https://online.anyflip.com/kxahh/hfov/mobile/index.html
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
#Vaziyat_2026
📰 "Vaziyat" gazetasining 2026-yil 26-martdagi 13-soni nashrdan chiqdi.
📎 Unda:
💠 O‘zbekiston Respublika Harbiy prokuraturasi bo‘lim katta harbiy prokurori Maxmud Artikovning “Harbiy prokuraturada bir kun";
💠 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining yordamchisi G‘iyosiddin Raxmonovning “Avlodlar uchrashuvi";
💠 Chirchiq harbiy prokurorining o‘rinbosari Shoilhom Shoakbarovning “G‘oliblar aniqlandi";
💠 Toshkent harbiy prokurorining yordamchisi Alisher Qurbonovning “Tadbirlar davom etmoqda” nomli maqolasi chop etildi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
HARBIY PROKURATURA
Mar 30, 2026, 01:09 AM
📷 Photo
#Huquq_2026
📰 "Huquq" gazetasining 2026-yil 26-martdagi 12-soni nashrdan chiqdi.
📎 Unda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Oybek Yulbarsovning “Kecha, bugun va kelajak” nomli maqolasi chop etildi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
707
HARBIY PROKURATURA
Mar 30, 2026, 01:09 AM
📷 Photo
#yoshlar #sport
Andijon harbiy prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligining viloyat tuzilmalari hamkorligida harbiy qismlarning birida kurash sporti bo‘yicha "Harbiy prokuror sovrini" uchun musobaqa tashkil etildi.
Bellashuvlarga yosh harbiylar, shuningdek, alohida e’tibordagi yoshlar jalb etildi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura
727
HARBIY PROKURATURA
Mar 30, 2026, 01:09 AM
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️ Чиқинди тўплаш майдончаларидан чиқиндиларни қонунга хилоф равишда олиб чиқиб кетганлик учун жавобгарлик белгиланди
Қонун (ЎРҚ–1124-сон, 25.03.2026 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди.
🔰 Киритилган қўшимчаларга кўра, айрим фаолият турлари билан шуғулланувчи юридик шахсларга атроф-муҳитни ифлослантирувчи манбаларнинг мониторингини юритиш бўйича қўшимча мажбуриятлар юклатилди.
📝 Бунда атроф-муҳит давлат мониторинги тизимининг ягона геоахборот маълумотлар базасига маълумотларни киритмаганлик, тўлиқ киритмаганлик ёки нотўғри маълумот киритганлик учун:
➖ атроф-муҳитга таъсир кўрсатишнинг I ва II тоифаларига мансуб фаолият турлари билан шуғулланувчи юридик шахсларга БҲМнинг 100 бараваридан 300 бараваригача жарима қўлланилиши кўрсатилди.
✅ Шунингдек, қонунга хилоф равишда ўрмон фонди ерларини бериш, улардан фойдаланиш, шундай қилмишлар учун маъмурий жазо қўлланилганидан кейин содир этилган бўлса, –
➖ БҲМнинг 300 бараваридан 400 бараваригача жарима ёки 2 йилдан 3 йилгача озодликни чеклаш ёхуд 3 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши белгиланди.
📝 Қуйидагилар учун маъмурий жавобгарлик белгиланди:
🔹 махсус автоматлаштирилган фото- ва видео қайд этиш дастурий-техник воситалари орқали қайд этилган экологик ҳуқуқбузарликлар учун;
🔹 чиқиндилар тўплаш майдончаларидан ва уларнинг қўриқланмайдиган иншоотларидан чиқиндиларни қонунга хилоф равишда тўплаганлик ва олиб чиқиб кетганлик учун.
Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
725
HARBIY PROKURATURA
Mar 30, 2026, 01:09 AM
📷 Photo
#yoshlar #maktab
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining o‘rinbosari O. Jo‘rayev tomonidan Xorazm viloyatining olis hududida joylashgan, xususan, Tuproqqal’a tumanidagi 13-sonli maktabda tuman mas’ullari ishtirokida o‘rganishlar olib borildi.
Jarayonda o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sinfxonalar, shu jumladan, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv xonasining belgilangan talablar doirasida jihozlanishi, sport to‘garaklari uchun qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
O‘quvchilarning fan olimpiadalari va boshqa tanlovlardagi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlariga doir tahlillar, shuningdek, o‘quvchi-yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi tadbirlar natijalariga e’tibor qaratildi.
Yakunida, vatanparvarlik ruhidagi, shu bilan birga, huquqbuzarliklarning oldini olishga oid keng qamrovli va hamkorlikdagi amaliy tadbirlarni tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.
🇺🇿 Boshqa yangiliklar:
✈️ ‖📱 https://www.facebook.com/harbiyprokuratura🌐 https://harbiy.prokuratura.uz/ ‖📹 https://youtube.com/@harbiyprokuratura