RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.
Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV
Sayt: zakovatklubi.uz
@zakovat offers specialized information about savollar and rasmiy for subscribers interested in Viral Videos
Intellektual haftalik respublika bosqichi uchun hududlarga beriladigan kvotalar
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Intellektual haftalikni o‘tkazish Tashkiliy guruhi har bir hududga OTMlardan kelib tushgan arizalar soniga mos nisbatda respublika bosqichiga kvota ajratdi.
I https://www.facebook.com/zakovat/ I https://www.instagram.com/zakovatharakati I https://www.youtube.com/c/ZAKOVATTV I https://www.tiktok.com/@zakovatharakati
4,270
Zakovat intellektual klubi
May 12, 2026, 05:16 PM
🎥 Video
🥰 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo‘yini bahorgi mavsumning final o‘yini efirga uzatiladi!
🤵🏻♂️ Ushbu o‘yinda Saidkamol Abdurazzoqov sardorligidagi terma jamoa ishtirok etadi!
Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.
Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.
I https://www.facebook.com/zakovat/ I https://www.instagram.com/zakovatharakati I https://www.youtube.com/c/ZAKOVATTV I https://www.tiktok.com/@zakovatharakati
8,090
Zakovat intellektual klubi
May 12, 2026, 05:16 PM
🥰 Bugun, soat 22:22 da “Milliy” telekanalida “Zakovat” teleo‘yini bahorgi mavsumning final o‘yini efirga uzatiladi! 🤵🏻♂️ Ushbu o‘yinda Saidkamol Abdurazzoqov sardorligidagi terma jamoa ishtirok etadi! Ko‘rsatuv homiysi - 🏦 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat…
🏆 “Global Money Week” moliyaviy kampaniyasi doirasida “Zakovat” o‘yini o‘tkazildi
✅ Toshkent shahrida moliyaviy savodxonlik elchilari hamda iqtisodiy yo‘nalishga ixtisoslashmagan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tadbir Markaziy bank, “UzCard” milliy to‘lov tizimi hamda “Zakovat” klubi hamkorligida, yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan xalqaro ma’rifiy kampaniya — Global Money Week doirasida tashkil etildi.
ℹ️ Mazkur musobaqa “Iqtisodiy bo‘lmagan universitetlarda moliyaviy savodxonlik elchilari” ta’lim dasturining intellektual qismi sifatida tashkil etildi va moliyaviy bo‘lmagan yo‘nalishlar talabalarining moliyaviy savodxonligini oshirishga xizmat qildi.
🧠 Asosan moliyaviy sohaga oid qiziqarli savollar asosida o‘tkazilgan o‘yin ishtirokchilarga nafaqat o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish, balki tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va noodatiy vaziyatlarda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini yaratdi.
🎁 Tadbir yakunida yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan ajratilgan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
I https://www.facebook.com/zakovat/ I https://www.instagram.com/zakovatharakati I https://www.youtube.com/c/ZAKOVATTV I https://www.tiktok.com/@zakovatharakati
🏆 G'OLIBLAR MUNOSIB KUTIB OLINDI!
🚂 5 - may kuni Urganch shahridagi temiryo'l vokzalida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” musobaqasining respublika bosqichi sovrindori bo'lgan Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-sonli AFCHO‘SMUO‘TMI jamoasi munosib kutib olindi.
➡️G‘olib jamoani viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari, "Zakovat intellektual klubi" NNT xodimlari, ustozlar, ota-onalar hamda yoshlar iliq va ko‘tarinki kayfiyatda kutib oldilar.
🎵 Karnay-surnay sadolari ostida boshlangan kutib olish marosimidan keyin, mas'ullar va ota-onalar g'oliblarga o'z minnardorchiliklarini bildirishdi va kelgusidagi o'qish va ishlariga omadlar tilashdi.
➡️ Kutib olish tadbiri maktab-internatida davom ettirilib, unda g‘oliblar sharafiga samimiy tabriklar, ezgu tilaklar bildirildi.
🔺Eslatib o'tamiz ushbu musobaqada tuman bosqichidan boshlab respublikamiz bo‘ylab 60 mingga yaqin o‘quvchi hamda 8 mingdan oshiq maktablar jamoalari ishtirok etishdi. Tuman (shahar) va hududiy bosqichlardan o‘tib kelgan eng sara 42 ta maktab jamoasi respublika bosqichida g‘olib va sovrindorlarini aniqlash maqsadida o‘zaro kuch sinashdi.
🏅USHBU bahsda sovrindor bo'lgan Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-sonli AFCHO‘SMUO‘TMI jamoasi ham qiyin yo'lni bosib o'tgan edi.
Ushbu maktab jamoasi 2022-2026-yillar davomida 5 karra Qo'shko'pir tumani g'olibi, 3 karra Xorazm viloyati g'olibi bo'lib respublika bosqichida qatnashgan. Endi jamoa o'z kolleksiyasiga Respublikadagi sovrindorlikni ham qo'shib qo'ydi!
💻 Mazkur jamoaning har bir a’zosiga “Zakovat” klubi tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi!
🎓 Endilikda ushbu jamoa a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.
💵 Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi!
👏 Viloyatimiz jamoasini yana bir bora tabriklaymiz!
🏆 "Zakovat intellektual klubi" NNT Xorazm viloyati Zakovat klubi rasmiy kanal: https://t.me/Xorazm_ZakovatNNT🏆
Zakovat intellektual klubi
Mar 30, 2026, 03:49 AM
📷 Photo
🏆 Ertaga Talabalar ligasi bahorgi mavsumining 1-turi bo‘lib o‘tadi!
Ertaga, 26-mart, payshanba kuni soat 17:00da Talabalar ligasi 2025/26-o‘quv yili bahorgi mavsumining 1-tur o‘yini boshlanadi.
Ligada qatnashuvchi jamoa a’zolarining barchasi bir OTMning talabalari bo‘lishi lozim.
Talabalar ligasida jamoalar https://zakovatklubi.uz/tournaments/816 orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.
Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari https://www.google.com/maps/place/"Zakovat+intellektual+klubi"+NNT/@41.3467599,69.2078977,18.25z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38ae8d9eb731d7f5:0xd762aec71c18fb82!2s"Zakovat+intellektual+klubi"+NNT!8m2!3d41.3467101!4d69.2088061!16s/g/11jz3n7ft9!3m5!1s0x38ae8d9eb731d7f5:0xd762aec71c18fb82!8m2!3d41.3467101!4d69.2088061!16s/g/11jz3n7ft9 binosida o‘tkaziladi.
Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan talabalar qo‘shimcha ma’lumot uchun “Zakovat” klubining tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini https://docs.google.com/document/d/e/2PACX-1vSzWQ1sATCjVTto0VmoGXMuCkettY0MwhXhYrDmfj7rUN7JqQEC97ls7UC60bVEwxIQ3gAgnGHj04Bh/pub olish mumkin.
I https://www.facebook.com/zakovat/ I https://www.instagram.com/zakovatharakati I https://www.youtube.com/c/ZAKOVATTV I https://www.tiktok.com/@zakovatharakati
🤵🏻♀️ Ayollar ligasining 4-turi bo‘lib o‘tadi!
🗓 28-mart, shanba kuni soat 13:00 da Ayollar ligasining 4-tur o‘yini o‘tkaziladi.
📍Liganing Toshkent shahridagi o‘yinlari https://www.google.com/maps/place/"Zakovat+intellektual+klubi"+NNT/@41.3467599,69.2078977,18.25z/data=!4m14!1m7!3m6!1s0x38ae8d9eb731d7f5:0xd762aec71c18fb82!2s"Zakovat+intellektual+klubi"+NNT!8m2!3d41.3467101!4d69.2088061!16s/g/11jz3n7ft9!3m5!1s0x38ae8d9eb731d7f5:0xd762aec71c18fb82!8m2!3d41.3467101!4d69.2088061!16s/g/11jz3n7ft9 binosida o‘tkaziladi.
📝Ligada qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar https://zakovatklubi.uz/tournaments/835 orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.
ℹ️ Hududlardagi o‘yinlarda qatnashmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘shimcha ma'lumot uchun "Zakovat intellektual klubi" NNTning tegishli hududiy koordinatori bilan bog‘lanishlari mumkin. Hududiy koordinatorlar kontaktlarini https://docs.google.com/document/d/e/2PACX-1vSzWQ1sATCjVTto0VmoGXMuCkettY0MwhXhYrDmfj7rUN7JqQEC97ls7UC60bVEwxIQ3gAgnGHj04Bh/pub olish mumkin.
I https://www.facebook.com/zakovat/ I https://www.instagram.com/zakovatharakati I https://www.youtube.com/c/ZAKOVATTV I https://www.tiktok.com/@zakovatharakati
⚡️Mahalla yoshlari diqqatiga!
🖐Mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi “Zakovat” musobaqasi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi!
Joriy yilning 24-28-mart kunlari musobaqaning ilk (mahalla) bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada ishtirok etmoqchi bo‘lgan jamoalar musobaqa start oladigan kungacha http://zakovatklubi.uz/ hamda http://5tashabbus.uz/ saytida ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Musobaqani o‘tkazish tartibi hamda jamoalar tarkibiga qo‘yilgan talablar bilan ushbu postga ilova qilingan musobaqa nizomi orqali tanishib chiqishingiz mumkin.
Har bir hudud kesimidagi musobaqalarning aniq manzili, vaqti hamda qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyida ilova qilingan maxsus fayl orqali tanishishingiz mumkin.
1. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1Z2mudhTY8muXArndZBhSuOH1ShA_Usmx/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
2. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1my7-KXFegxqciogauBoVbkkKxqJQxtCV/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
3. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1ElYEZEl53huqkdsBM9T8XxppWDhske7J/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
4. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1-uVBWjHSiUABwD9PSdHHN9ANQqGLGzep/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
5. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1MgupaJ6ly06490RosxAHpkXkCbVvEI9D/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
6. https://docs.google.com/spreadsheets/d/19mWPROmG3eQyAXoeFtVeJkpOaBoHVMPA/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
7. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1ENEY4UDb53FMjBejQpZHpZQuHtOUQZxy/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
8. https://docs.google.com/spreadsheets/d/18N-jRaNgY1MiU7AwShjT-4lTtszLtmtu/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
9. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1QT_h9J0BPug93l3H5TzDgc-UfCvnXaZY/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
10. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1quxAmfK4bMj28xPPJi_e6ZRXtYSQwewY/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
11. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1pj2zvtMKN-qa06EqQod5FddNKWHtOiak/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
12. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1BO98lyWV9KrhhVOfd1_Bt4TONFCb9COj/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
13. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1r20xzjaJzYjpTynYXLTEnG3wUbNstfLd/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
14. https://docs.google.com/spreadsheets/d/1SmYuVqW26_xSwyst5mfdTQL2IRKYGpMw/edit?usp=drivesdk&ouid=100384137677941599444&rtpof=true&sd=true
I https://www.facebook.com/zakovat/ I https://www.instagram.com/zakovatharakati I https://www.youtube.com/c/ZAKOVATTV I https://www.tiktok.com/@zakovatharakati
📢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasi boshlanishiga oz qoldi!
📆 Joriy yilning 4-aprel kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” musobaqasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tadi.
3️⃣0️⃣ Hududiy bosqich o‘yini jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi.
👥 Musobaqada qatnashadigan jamoalar tarkibi 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat bo‘ladi.
📄 Hududiy bosqichda qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi.
🕞 Hududiy bosqich o‘yini barcha hududlarda 4-aprel, shanba kuni soat 09:00da boshlanadi.
🔝3️⃣ Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etadi. Respublika bosqichi 19-aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
I https://www.facebook.com/zakovat/ I https://www.instagram.com/zakovatharakati I https://www.youtube.com/c/ZAKOVATTV I https://www.tiktok.com/@zakovatharakati