Official Channel of "Uztextileprom" association
Официальный канал Ассоциации "Узтекстильпром"
"O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi rasmiy axborot kanali
Aloqa uchun: +99871 202 22 44
Email: [email protected]
Join @uztsuz for exclusive rasmiy and aloqa content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
UzTextile-News
Apr 29, 2026, 12:35 PM
📷 Photo
🗣Qarshi shahrida zamonaviy to‘qimachilik texnologiyalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi
🔳 Qarshi shahrida to‘qimachilik sohasi mutaxassislari uchun amaliy mashg‘ulotlarga boy o‘quv-trening yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir Guz Partner loyihasi tomonidan Gesamtmasche ko‘magida, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Qashqadaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida o‘tkazildi.
💠Treningning asosiy yo‘nalishlari:
⏺️ Resurslarni tejash
Ishtirokchilar matolarni bo‘yash jarayonida suv, energiya va kimyoviy resurslarni samarali tejash usullari bilan tanishdilar.
⏺️ Master-klass
Amaliy mashg‘ulotlar davomida resurs tejovchi texnologiyalar asosida bo‘yash jarayonlari ko‘rsatib berildi.
⏺️ Xalqaro tajriba
Nemis to‘qimachilik korxonalarida qo‘llaniladigan ilg‘or texnologiyalar va yordamchi moddalar bilan ishlash usullari tahlil qilindi.
🌐 Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.
✅ Mazkur trening sohaga innovatsion yondashuvlarni joriy etish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda eksportbop, yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🗣 В городе Карши состоялся семинар-тренинг, посвящённый современным технологиям окрашивания и отделки текстильных материалов
🔳 В городе Карши на высоком уровне был организован учебный тренинг для специалистов текстильной отрасли, насыщенный практическими занятиями. Мероприятие проведено в рамках проекта Guz Partner при поддержке Gesamtmasche, в сотрудничестве с ассоциацией «Узтекстильпром», Торгово-промышленной палатой Кашкадарьинской области и Ташкентским институтом текстильной и лёгкой промышленности.
💠 Основные направления тренинга:
⏺️ Ресурсосбережение
Участники ознакомились с эффективными методами экономии воды, энергии и химических ресурсов в процессе окрашивания тканей.
⏺️ Мастер-класс
В ходе практических занятий были продемонстрированы процессы окрашивания на основе ресурсосберегающих технологий.
⏺️ Международный опыт
Проанализированы передовые технологии и методы работы с вспомогательными материалами, применяемые на текстильных предприятиях Германии.
🌐 По итогам мероприятия всем участникам были вручены сертификаты.
✅ Данный тренинг имеет важное значение для внедрения инновационных подходов в отрасли, повышения квалификации специалистов, а также развития производства экспортно-ориентированной и высококачественной продукции.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
367
2
0
UzTextile-News
Apr 29, 2026, 12:35 PM
📷 Photo
🗣Afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔳 Bugun Afg‘oniston biznes vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda paxtachilik, shuningdek ip-kalava ishlab chiqarish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, tomonlar o‘rtasida tajriba almashildi.
✅ Uchrashuvda 10 dan ortiq soha korxonalari vakillari ishtirok etib, afg‘onistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🗣Состоялась встреча с предпринимателями Афганистана
🔳 Сегодня состоялась встреча между представителями бизнеса Афганистана и предпринимателями Узбекистана. В ходе встречи были обсуждены перспективы сотрудничества в сферах хлопководства, а также производства пряжи, и состоялся обмен опытом между сторонами.
✅ В мероприятии приняли участие представители более 10 отраслевых предприятий, по итогам которого были достигнуты договорённости по перспективным направлениям сотрудничества с афганскими предпринимателями.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
🗣TexVET-II loyihasi doirasida seminar tashkil etildi.
💠Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati — GIZ tomonidan amalga oshirilayotgan TexVET-II loyihasi doirasida “Tarmoq kengashlari salohiyatini oshirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti, tarmoq kengashlari va manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
🔳 Seminar markazida aynan to‘qimachilik, tikuvchilik va charm sanoati bo‘lib, TexVET-I doirasida erishilgan natijalar hamda ish beruvchilarning faol ishtiroki alohida ta’kidlandi. Xalqaro ekspert Paul Comyn tomonidan tarmoq kengashlarining kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishdagi o‘rni va ilg‘or tajribalar taqdim etildi.
📱 Seminar davomida ishtirokchilar kichik guruhlarda ishlab:
— dual ta’lim tizimi uchun kasbiy standartlarni ishlab chiqish
— ta’lim dasturlarini modernizatsiya qilish
— tarmoq kengashlari faoliyatini operatsion rejalashtirish
masalalarini ko‘rib chiqdilar.
✅ Yakunda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, ayniqsa to‘qimachilik sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🗣В рамках проекта TexVET-II состоялся семинар
💠 В рамках проекта TexVET-II, реализуемого GIZ, прошёл семинар на тему «Повышение потенциала отраслевых советов». В мероприятии приняли участие представители Института развития национальной системы квалификаций, отраслевых советов и заинтересованных организаций.
🔳 В центре внимания семинара были текстильная, швейная и кожевенная отрасли. Отдельно были отмечены результаты, достигнутые в рамках проекта TexVET-I, а также активное участие работодателей. Международный эксперт Paul Comyn представил роль отраслевых советов в развитии профессиональных навыков и передовой международный опыт.
📱 В ходе семинара участники, работая в малых группах, рассмотрели следующие вопросы:
— разработка профессиональных стандартов для дуальной системы образования
— модернизация образовательных программ
— операционное планирование деятельности отраслевых советов
✅ По итогам семинара были выработаны конкретные предложения и рекомендации по развитию системы профессионального образования, особенно в части подготовки квалифицированных кадров для текстильной отрасли.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
UzTextile-News
Apr 16, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
🗣Rossiya dizayn industriyasining IV forumi o`z ishini boshladi.
🔳14–16 aprel kunlari Moskva shahrida Rossiya Sanoat va savdo vazirligi hamkorligida IV Rossiya dizayn industriyasi forumi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur forum davlat tashkilotlari, biznes vakillari, ta’lim muassasalari hamda professional hamjamiyatni bir maydonda jamlaydi.
Forum ishbilarmonlik dasturi quyidagi dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan:
✔️ to‘qimachilik sanoatini uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasi
✔️ fashion-brendlarni rivojlantirish
✔️ sanoat dizayni
✔️ ilm-fan va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.
✅ Forumda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🗣Москве стартовал IV Форум индустрии дизайна России
🔳С 14 по 16 апреля в Москве проходит IV Форум индустрии дизайна России при поддержке Министерства промышленности и торговли Российской Федерации. Форум объединяет представителей государственных организаций, бизнеса, образовательных учреждений и профессионального сообщества.
📌 Деловая программа форума охватывает следующие ключевые направления:
✔️ формирование долгосрочной стратегии развития текстильной промышленности
✔️ развитие fashion-брендов
✔️ промышленный дизайн
✔️ укрепление сотрудничества между наукой и бизнесом.
✅В работе форума также принимают активное участие представители Ассоциации «Узтекстильпром».
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
UzTextile-News
Apr 16, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
🗣O‘zbekiston Ozarbayjon to‘qimachilik bozorida o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda
🔳“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Elchixonasi hamkorligida joriy yilning 11–15 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida to‘qimachilik sohasida ishbilarmonlik missiyasi tashkil etildi.
Mazkur tashrifda O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi 15 ta yetakchi korxonasi ishtirok etdi.
💠Ushbu ishbilarmonlik missiyasining asosiy maqsadi Ozarbayjon bozorida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, eksport hajmini kengaytirish, yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashdan iborat.
Missiya doirasida quyidagi yo‘nalishlarda samarali ishlar amalga oshirildi:
✔️ B2B uchrashuvlar – Ozarbayjon to‘qimachilik korxonalari uyushmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar ko‘magida yirik importyorlar, ulgurji xaridorlar va bayyerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borildi;
✔️ Bozor tahlili – Ozarbayjondagi yirik savdo tarmoqlari faoliyati o‘rganilib, mahsulotlarning narx siyosati bo‘yicha qiyosiy tahlillar amalga oshirildi;
✔️ Sanoat obyektlariga tashriflar – mahalliy to‘qimachilik korxonalari va ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishildi.
✅Mazkur ishbilarmonlik missiyasi natijasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini xalqaro bozorlarda keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🗣Узбекистан усиливает позиции на текстильном рынке Азербайджана
🔳Ассоциация «Узтекстильпром» совместно с Ассоциацией экспортёров Узбекистана и Посольством Республики Узбекистан в Азербайджане организовали деловую миссию в сфере текстильной промышленности. Мероприятие прошло с 11 по 15 апреля в городе Баку.
В деловой миссии приняли участие 15 ведущих текстильных предприятий Узбекистана.
💠Основная цель поездки — повысить интерес к узбекской текстильной продукции на рынке Азербайджана, расширить экспорт, наладить новые деловые связи и укрепить сотрудничество между двумя странами.
В рамках миссии были проведены:
✔️B2B-встречи с крупными импортёрами, оптовыми покупателями и байерами;
✔️ Анализ рынка, включая изучение торговых сетей и ценовой политики;
✔️ Посещение предприятий, где участники ознакомились с производственными мощностями текстильной отрасли Азербайджана.
✅По итогам миссии были сделаны важные шаги для развития сотрудничества, увеличения экспорта и продвижения узбекской текстильной продукции на международном рынке.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
UzTextile-News
Apr 16, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish hamda bu sohada sud nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar https://president.uz/oz/lists/view/9100 bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился https://president.uz/ru/lists/view/9100 предложений по дальнейшей либерализации порядка применения финансовых штрафов в отношении субъектов предпринимательства и повышению эффективности судебного контроля в сфере.
#Mirziyoyev #taqdimot #tadbirkorlik #jarimalar
https://x.com/president_uz https://president.uz/ https://www.facebook.com/Mirziyoyev/https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xghttps://x.com/president_uz
UzTextile-News
Apr 16, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
🔳Hurmatli to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va mutaxassislar!
🗣Sizni Germaniyaning Gesamtmasche tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligida tashkil etilayotgan “To‘qimachilik materiallarini bo‘yash va pardozlashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusidagi amaliy o‘quv treningiga taklif etamiz.
Mazkur trening Germaniyaning ilg‘or tajribasi asosida tashkil etilib, unda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslarni tejash hamda mahsulot sifatini nazorat qilishning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha muhim bilimlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
📅 Sana: 2026-yil 24-aprel
📍 Manzil: Qarshi shahri, Savdo-sanoat palatasi binosi
🕘 Vaqt: 10:00 – 16:30
🔹 Trening dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
I texnik sessiya:
– Nemis korxonalari tajribasi asosida materiallarni tayyorlash
– Oqartirish va ohorsizlantirish jarayonlarining zamonaviy usullari
II texnik sessiya:
– Paxta matolarini bo‘yashning innovatsion texnologiyalari
– Suv va energiya resurslarini tejash bo‘yicha ilg‘or yechimlar
🎓 Ma’ruzachilar:
– Anvar Abdumajidov – xalqaro sertifikat sohibi, loyiha eksperti
– Zulayho Islamova – texnika fanlari doktori, dotsent
📜Trening yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
❗️ Ishtirok etish bepul. Joylar soni cheklangan!
📞 Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 99 790 12 55 (Kamola)
+998 97 720 68 70 (Yulduz)
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🔳 Уважаемые предприниматели и специалисты текстильной отрасли!
🗣Приглашаем вас принять участие в практическом обучающем тренинге на тему:
«Современные технологии окрашивания и отделки текстильных материалов», организованном германской организацией Gesamtmasche совместно с Торгово-промышленной палатой Республики Узбекистан и Ассоциацией «Узтекстильпром»
Данный тренинг проводится на основе передового опыта Германии и позволит вам получить актуальные знания по повышению эффективности производства, ресурсосбережению, а также современным подходам к контролю качества продукции.
📅 Дата: 24 апреля 2026 года
📍 Место проведения: г. Карши, здание Торгово-промышленной палаты
🕘 Время: 10:00 – 16:30
🔹 Программа тренинга включает:
I техническая сессия:
– Подготовка материалов на основе опыта немецких предприятий
– Современные методы отбеливания и удаления шлихты
II техническая сессия:
– Инновационные технологии окрашивания хлопчатобумажных тканей
– Эффективные решения по экономии воды и энергоресурсов
🎓 Спикеры:
– Анвар Абдумаджидов — международный сертифицированный эксперт, специалист проектов
– Зулайхо Исламова — доктор технических наук, доцент
📜 По завершении тренинга всем участникам будут вручены сертификаты.
❗️ Участие бесплатное. Количество мест ограничено!
📞 Для регистрации и получения дополнительной информации:
+998 99 790 12 55 (Камола)
+998 97 720 68 70 (Юлдуз)
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
#Uztextileprom #Uztextile #TextileNews
UzTextile-News
Apr 16, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatimizdagi yetakchi toʻqimachilik korxonalaridan birining faoliyati bilan https://president.uz/oz/lists/view/9098
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев в https://president.uz/ru/lists/view/9098 с деятельностью одного из ведущих текстильных предприятий нашей страны.
#Mirziyoyev #tashrif #Qozogiston #korxona
https://president.uz/ https://www.facebook.com/Mirziyoyev/https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xghttps://x.com/president_uz