University of Management and Future Technologies
☎️ +998555208888
🌐 umft.uz/?ref=2TIBQu
▫️instagram.com/umft.uz/
▫️youtube.com/@umftuz
📍 https://yandex.uz/maps/-/CLEXMDlp
Join @umftuz for exclusive instagramcomumftuz and university content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
📷 Photo
💻 REKTORGA MUROJAAT BOTI
📔 Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti rektori Muxammadismoil Muxiddinovich tomonidan talabalar bilan ochiq muloqotni yanada samarali tashkil etish maqsadida yangi “Rektorga murojaat” boti ishga tushirildi.
✅ Ushbu bot orqali talabalar:
- o‘z taklif, fikr va murojaatlarini bevosita rektor nomiga yuborishlari;
- ta’lim jarayoniga oid muhim masalalar bo‘yicha savollar berishlari;
- universitetdagi sharoit va xizmatlar bo‘yicha takomillashtirish g‘oyalarini bildirishlari;
✅ Botning maqsadi:
- talabalar bilan rahbariyat o‘rtasida ochiqlik, ishonch va samarali muloqotni kuchaytirish, hamda universitetda yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilashdir.
- Talabalar faolligi — universitet rivojining eng muhim omillaridan biridir. Sizning fikringiz biz uchun qadrlidir!
🔗 Botga ulanish:
https://t.me/UMFTRektorBot
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 |🌐 https://www.instagram.com/umft.uz?igsh=cmRzeDl6aHFnam1n
🌐 http://facebook.com/umft.uz |▶️ http://www.youtube.com/@umftuz
5,800
26
0
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
📷 Photo
💻 🏐🏐🏐🏐
#besh_tashabbus
#olimpiada
“Besh tashabbus olimpiadasi” — Toshkent shahar bosqichi davom etmoqda!
✅ 12-noyabr kuni, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida sportning VOLEYBOL turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
✅ Shiddatli va yuqori ruhda kechgan bellashuvlarda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti sportchi talabalari munosib va faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Jamoamizga keyingi bosqichlarda ham muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 |🌐 https://www.instagram.com/umft.uz?igsh=cmRzeDl6aHFnam1n
🌐 http://facebook.com/umft.uz |▶️ http://www.youtube.com/@umftuz
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
📘 TANLOV!
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan UMFT Universiteti talabalari o‘rtasida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.
📄 Tanlov shartlari:
Taqdim etiladigan maqolalarga qo‘yiladigan talablar:
Maqola o‘zbek, rus yoki ingliz tilida qabul qilinadi.
Hajmi: 3–5 bet (A4 format).
Fayl turi: Word (doc/docx).
Shrift: Times New Roman, 14 o‘lcham, satr oralig‘i – 1,5.
📑 Ilmiy maqola tuzilishi:
Sarlavha
Muallif (F. I. Sh), ta’lim muassasasi, kurs/guruh, telefon raqami va elektron pochta manzili
Annotatsiya (o‘zbek, rus va ingliz tillarida)
Kalit so‘zlar
Kirish
Asosiy qism
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
⏰ Taqdim etish muddati:
Tanlov uchun tayyorlangan ilmiy maqolalar 2025-yil 20-noyabr kuni soat 17:00 gacha
👉 https://t.me/mya2706 manziliga yuborilishi lozim.
🏆 Natijalar:
Tanlov g‘oliblari 2025-yil 24-noyabr kuni e’lon qilinadi.
4,230
10
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
📷 Photo
Bugun 15-noyabr 2025-yil, shanba
✅MILLIY BAYRAMLAR:
🇰🇿 Qozog‘iston - Milliy valyuta - tenge kuni.
🇧🇪 Belgiya - Qirollik bayrami.
🇧🇪 Belgiya - Nemis hamjamiyati kuni.
🇨🇮 Kot-d'Ivuar - Milliy tinchlik kuni.
🇧🇷 Braziliya - Respublika kuni.
🇱🇰 Shri-Lanka - Daraxt ekish kuni.
🇺🇸 AQSH - Milliy baraban chalish kuni.
🇯🇵 Yaponiya - Sity-Go-San - Bolalar kuni.
✅ VOQEALAR:
- 1896 - Toshkentda "Mehnatsevarlar uyi" ochildi.
- 1899 - Uinston Cherchill burlarga asir tushdi.
- 1904 - Amerikalik King Kemp Jillette tig‘lari almashtiriladigan ustara uchun patent oldi.
- 1906 - Qo'qon shahrida Turkiston o'lkasidagi birinchi fond birjasi - Qo'qon birja qo'mitasi ochildi.
- 1920 - Jenevada Millatlar Ligasining birinchi assambleyasi ochildi
- 1932 - Leningraddagi Qozon soborida Din tarixi muzeyi ochildi.
- 1933 - Moskvada trolleybuslarning muntazam harakati boshlandi.
- 1934 - SSSRda birinchi ovozli televizion tomosha bo'lib o'tdi.
- 1935 - Filippin Federatsiyasi tashkil etilganligi e'lon qilindi.
- 1955 - Sankt-Peterburgda metropoliten ishga tushdi.
- 1960 - «Polaris» raketasi sinovi.
-1969 - K-19 va Gato suvosti kemalari to’qnashib ketdi.
- 1971 - Intel o'zining birinchi mikroprosessori - Model 4004 ni chiqazdi.
- 1975 - Bask, Katalan va Galisiya tillari Ispaniyada milliy tillar sifatida tan olindi.
- 1983 - Shimoliy Kipr Turk Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi.
✅ TAVALLUDLAR:
- 1741 - Yoxann Kaspar Lafater - Shveytsariya yozuvchisi, dinshunos va shoir
- 1793 - Mishel Chall - fransuz geometriya va matematika tarixchisi.
- 1738 - Vilyam Gershel - Ingliz astronomi va optigi.
- 1862 - Gerxart Iogann Robert Gauptman (1946) - nemis dramaturgi va romannavisi.
- 1874 - August Krog (1949) - daniyalik fiziolog, Nobel mukofoti sohibi (1920).
- 1875 - Vladimir Rusanov - rus qutb sayohatchisi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 |🌐 https://www.instagram.com/umft.uz?igsh=cmRzeDl6aHFnam1n
🌐 http://facebook.com/umft.uz |▶️ http://www.youtube.com/@umftuz
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
📷 Photo
15-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi https://president.uz/oz/lists/view/8656
—
15-16 ноября в городе Ташкенте под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева https://president.uz/ru/lists/view/8656 седьмая Консультативная встреча глав государств Центральной Азии.
#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Maslahatuchrashuvi
https://president.uz/| https://www.facebook.com/Mirziyoyev/|https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/|https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xg|https://x.com/president_uz
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
📷 Photo
#besh_tashabbus
#olimpiada
✅"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida tashkil etilayotgan musobaqalarning Toshkent shahar bosqichi davom etmoqda. Kuni kecha talaba-yoshlari oʻrtasida sportning STRITBOL turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
✅ Qizg‘in va yuqori ruhda kechgan bellashuvlarda Menejment va zamonaviy texnologiyalar universiteti sportchi talabalari ham faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Jamoamizga keyingi bosqichlarda ham muvaffaqiyat tilaymiz!
🏀 G‘alaba sari birgalikda!
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 |🌐 https://www.instagram.com/umft.uz?igsh=cmRzeDl6aHFnam1n
🌐 http://facebook.com/umft.uz |▶️ http://www.youtube.com/@umftuz
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
#OʻzbekistonYoshlarIttifoqi #YoshlarKelajakBunyodkori
🙋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi — Yoshlar kelajak bunyodkori!
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yil 30-iyun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan mamlakat yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, bugungi kunda yoshlar uchun 50 dan oshiq yirik loyihalar va 1000 dan ortiq madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etib kelmoqda.
🔎 Yoshlar ittifoqi tomonidan yoshlarga bir qator imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, fidoyi yoshlar, sardorlar va yetakchilarga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi. Harbiy xizmatni o‘tagan talabalar uchun kontrakt to‘lovining 35 foizi davlat tomonidan qoplanadi. “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni fidoyi yoshlar uchun ta’sis etilgan. Shuningdek, Oliy sud bilan hamkorlikda, adashib, birinchi marta huquqbuzarlikka qo‘l urgan yoshlar uchun jazoni yengillashtirish yuzasidan iltimosnomalar taqdim etilmoqda.
👋 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlar yaratishda davom etadi.
🇺🇿 https://t.me/yoshlarittifoqi_uz hududiy Kengashlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali hududingizdagi yoshlar hayotiga oid so‘ngi yangiliklarni biz bilan kuzatib boring!
➡️ Qoraqolpog‘iston Respublikasi - https://taplink.cc/qaraqalpaqstanjaslar
➡️ Andijon viloyati - https://andijonyoshlarittifoqi.taplink.ws/
➡️ Buxoro viloyati - https://myurls.co/yoshlarittifoqibuxoro
➡️ Jizzax viloyati - https://taplink.cc/jizzax_yoshlari_yi
➡️ Qashqadaryo viloyati - https://taplink.cc/qashqadaryoyoshlari
➡️ Navoiy viloyati - https://taplink.cc/navoiy_yoshlari
➡️ Namangan viloyati - https://taplink.cc/namanganyoshlari_yi
➡️ Samarqand viloyati - https://linktr.ee/samarqandyi
➡️ Sirdaryo viloyati - https://taplink.cc/sirdaryo_yoshlari_yi
➡️ Surxondaryo viloyati - https://myurls.co/yoshlarittifoqi_surxondaryo
➡️ Toshkent viloyati - https://myurls.co/yoshlarittifoqitoshkent
➡️ Farg‘ona viloyati - https://taplink.cc/fargonayi
➡️ Xorazm viloyati - https://myurls.co/yoshlarittifoqixorazm
➡️ Toshkent shahri - https://taplink.cc/poytaxtyoshlari
🔗 https://www.youtube.com/watch?v=ziaHlo9E7mI
Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ https://t.me/yoshlarittifoqi_uz 2️⃣ http://instagram.com/yoshlarittifoqi.uz
3️⃣ http://facebook.com/yoshlarittifoqi.uz 📺 https://www.youtube.com/@yoshlarittifoqi/
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
📷 Photo
Bugun 14-noyabr 2025-yil, juma
✅ BAYRAMLAR:
🇺🇳 BMT - Butunjahon diabetga qarshi kurash kuni.
🌏 Butunjahon foydalanish imkoniyati kuni.
🌏 Butunjahon sifat kuni.
🌏 Xalqaro qizlar kuni.
✅ MILLIY BAYRAMLAR:
🇷🇴 Ruminiya - Dobruja kuni.
🇨🇴 Kolumbiya - Kolumbiyalik ayollar kuni.
🇮🇷 Eron - Kitoblar kuni.
🇺🇸 AQSh - Operatsiya xonasi hamshirasi kuni.
🇷🇺 Rossiya - Nutq patologi kuni.
🇮🇩 Indoneziya - Ko'chma brigada kuni.
🇬🇼 Gvineya-Bisau - Qayta qurish harakati kuni.
🇰🇭 Kambodja - Suv festivali kuni.
🇮🇳 Hindiston - Bolalar kuni.
✅ VOQEALAR:
- 1666 - Samuel Pepis bir itdan ikkinchisiga o‘tkazilgan ilk qon qo‘yish amaliyoti haqida xabar berdi.
- 1770 - J. Bruce Koʻk Nil bulogʻini topdi.
- 1860 - Rossiya va Xitoy o'rtasidagi Pekin trakti: Ussuriya mintaqasi Rossiyaga qo'shildi.
- 1888 - Parijda Paster instituti ochildi.
- 1889 - jurnalist Nelly Bly Jyul Verne qahramoni bilan musobaqalashib, dunyo bo'ylab sayohatga chiqdi.
- 1901 - Venalik shifokor Karl Landshtayner barcha qon namunalarini uchta guruhga ajratdi: A, B va 0.
- 1920 - Oq gvardiyaning so'nggi kemalari Sevastopol ko'rfazidan chiqib ketdi.
✅ TAVALLUDLAR:
- 1650 - Vilgelm III Oranskiy (1702) - 1674-yildan Niderlandiyaning shtadtgalteri (hukmdori), 1689-yildan Angliya qiroli.
- 1765 - Robert Fulton (1815) - amerikalik ixtirochi, birinchi bug'li kemani yaratuvchisi.
- 1771 - Mari Fransua Ksavye Bisha (1802) - fransuz vrachi.
- 1779 - Elenshleger Adam Gotlob - Daniya romantik yozuvchi, Estetika professori (1809).
- 1829 - Mikael Nalbandyan (1913) - Arman yozuvchisi, faylasuf, yangi arman adabiy tilining asoschilaridan biri.
- 1840 - Klod Mone (1926) - fransuz rassomi, impressionizm asoschilaridan biri.
- 1889 - Javoharlal Neru (1964) - hind siyosatchisi, Hindistonning birinchi Bosh vaziri (1947-1964).
- 1889 - Husayn Taxa (1973) - Arab yozuvchisi, adabiyotshunos va tarixchi (Misr).
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 |🌐 https://www.instagram.com/umft.uz?igsh=cmRzeDl6aHFnam1n
🌐 http://facebook.com/umft.uz |▶️ http://www.youtube.com/@umftuz
UMFT | Rasmiy kanal ®
May 25, 2026, 07:13 AM
📷 Photo
#sayyor_dars
#muzey
🎓 Talabalarimiz O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida!
✅ Joriy yilning 13-noyabr kuni “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti M. To‘xtayeva tashabbusi bilan universitetimiz talabalari uchun O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida sayyor dars tashkil etildi.
✅ Sayyor darsning maqsadi — talabalarda vatanparvarlik, ajdodlar merosiga hurmat, milliy g‘urur va tarixiy tafakkurni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
✅ Talabalar muzeydagi qadimiy artefaktlar, tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga muzey mutaxassislaridan batafsil javob olishdi.
Bizni kuzatishda davom eting!
🌐 |🌐 https://www.instagram.com/umft.uz?igsh=cmRzeDl6aHFnam1n
🌐 http://facebook.com/umft.uz |▶️ http://www.youtube.com/@umftuz