Toshkent viloyati kadastr boshqarmasi rasmiy kanali
🏛Kadastr sohasidagi eng tezkor va ishonchli malumotlar
📌 Uy-joy, yer hujjatlari, xatlov natijalari
📲 Savollaringizga javoblar
👨💻Murojaat uchun:
@Tosh_vil_kadastr_murojaat_bot
@tvkad is a dedicated channel for kanali and tezkor with regular updates in Viral Videos
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati
May 14, 2026, 02:35 PM
📷 Photo
160 gektardan ortiq yerda maqsadsiz foydalanish aniqlandi
Kadastr agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida 25 ta holatda jami 160,2 gektar yer maydonidan Yer kodeksi talablariga zid ravishda maqsadsiz foydalanilgani aniqlandi.
Mazkur yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish hamda yerlarni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi.
#yernazorati
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
Olmaliq shahrida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A. Abdullayev boshchiligida Olmaliq shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan yer munosabatlari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkiy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda xatlov jarayonlariga oid murojaatlar tinglandi.
Har bir murojaat yuzasidan batafsil o‘rganish olib borilib, fuqarolarga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Shuningdek, ayrim masalalarni joyida hal etish yuzasidan mas‘ullarga tegishli topshiriqlar yuklatildi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni taʼminlash, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda fuqarolarga qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda.
#sayyor_qabul
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati
May 14, 2026, 02:35 PM
📷 Photo
Yerlardan maqsadsiz foydalanishning salbiy oqibatlar qanday?
Yerdan maqsadsiz foydalanish — yer uchastkasining belgilangan maqsadidan boshqa yo‘nalishda foydalanishidir. Bu holat O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi talablariga zid hisoblanadi va quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
⚖️Huquqiy oqibatlar:
🔹Yer uchastkasi bekor qilinishi yoki davlat zaxirasiga qaytarilishi
🔹Sud qarori asosida yerdan foydalanish huquqi bekor qilinishi
🔹Yer egasiga nisbatan ma’muriy yoki fuqarolik javobgarligi qo‘llanilishi
💰Moliyaviy oqibatlar:
🔹Maqsadsiz foydalanish natijasida sanksiyalar, jarimalar yoki kompensatsiyalar belgilanishi
🔹Loyiha uchun kiritilgan investitsiyalar yo‘qqa chiqishi yoki to‘xtab qolishi
⚠️Qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan yerda noqonuniy turar joy qurilishi — bu maqsadsiz foydalanish bo‘lib, ushbu obyektlar buzilish xavfi ostida qoladi.
Yer — davlat mulki, undan foydalanish qat’iy huquqiy asosda va belgilangan maqsadda bo‘lishi shart.
#yernazorati #huquq
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
Chinoz tumani aholisi diqqatiga!
Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Toshkent viloyati Chinoz tumani fuqaro hamda tadbirkorlari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
📝 Kadastr sohasiga oid muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 14-may kuni soat 15-00 da sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmalarining rahbarlari boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
📍Manzil: Chinoz tumani, Sohibkor mahalla fuqarolari yig‘ini https://maps.app.goo.gl/vzHKGQEJhry2bHNz5
📞 Murojaat uchun: (71) 502-02-07
#eʼlon #sayyor_qabul
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati
May 14, 2026, 02:35 PM
🎥 Video
Yangiyo‘l shahrida xatlov jarayonlari faol bosqichda
📍Ayni paytda muhandislar shaharning “Mezon” mahallasida xatlov ishlarini olib bormoqdalar.
❗️Xatlov sifati va samaradorligini oshirish maqsadida mazkur mahalla xonadon egalarini xatlov vaqtida uyda bo‘lib turishlarini so‘rab qolamiz!
#OʼRQ_937 #xatlov
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
RASMIY MUNOSABAT
Bekobod shahridagi holat yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi quyidagilarni ma‘lum qiladi.
Aniqlanishicha, Kadastr agentligi Bekobod shahar bo‘limi tomonidan “Nurli yo‘l” MFY, Turon ko‘chasi 5-uyga tutash bo‘lgan yer maydonida (sokol) beton bilan yer maydonini chegara qilib o‘rash holati aniqlangan.
O‘rganish davomida ushbu manzildagi qurilmani fuqaro A. Nurmatov tomonidan yer uchastkasiga nisbatan qonuniy huquqqiy xujjatlari mavjud bo‘lmay turib o‘zboshimchalik bilan yer egallab o‘rab olganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan 17.02.2026 yil kuni dalolatnoma hamda ma‘muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishlik uchun 20.02.2026 yil kuniga xabarnoma gibrit pochta orqali (KAD525054-raqamli jo‘natma) Bekobod shahar, Nurli Yo‘l, MFY Turon ko‘chasi, 5-uyga yuborilgan.
Biroq, fuqaro A. Nurmatov ko‘rsatilgan manzilga belgilangan muddatda xech bir sababsiz kelmaganligi sababli, pasport ma‘lumotlari bo‘yicha yashash manziliga borilgan. Fuqaro yashash manzilidan ham topilmagach, qo‘shnilari orqali xabar qoldirdirilgan.
Ammo, fuqarodan MJTkNing 294-moddasiga asosan 23.02.2026 yil kunigacha xech bir sababsiz xabar bo‘lmaganligi va kelmaganligi sababli 23.02.2026 yil kuni ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, MJTKNing 60-moddasi 3-qismiga asosan ma‘muriy jazo qo‘llash to‘g‘risida QTVL-2624100495238-sonli qaror qabul qilingan.
#rasmiy_munosabat
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
Bugundan nimalar o‘zgarmoqda?
🔹Davlat shifoxonalari 5 kunlik ish haftasiga o‘tadi.
Bayram va dam olish kunlarida tibbiy xizmat uzilmasligi uchun navbatchilik tizimi joriy qilinadi.
🔹Qator to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda qabul qilinadi.
🔹 Alkogol va tamakini naqd pulga sotib olish taqiqlanadi.
🔹Chet elliklar uchun tax free tizimi ishga tushadi.
🔹Zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun “SOS” chaqiruv imkoniyati joriy etiladi.
🔹Nukus shahrining ayrim hududlarida bog‘cha to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar beriladi.
🔹Notariuslar uchun eng yuqori yosh chegarasi oshiriladi.
#1_aprel
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
⚡️Diqqat, kadastrda onlayn audio muloqot
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish, kadastr ma’lumotlarini shakllantirish va yuzaga kelayotgan muammolar bo‘yicha savollaringiz bormi?
🎙U holda bugun, 31-mart kuni ushbu rasmiy telegram sahifamizda soat 17:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn muloqotda ishtirok eting.
Jonli efir platformalari orqali o‘tkaziladi.
#diqqat #Audio_muloqot
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
Murojaatlar bilan ishlash keskin tanqid ostida
Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasida rahbariyat, boshqarma xodimlari hamda hududiy filiallar vakillari ishtirokida xizmat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Topshiriqlar ijrosini kechiktirish, murojaatlarni ko‘rib chiqishda sustkashlik va ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani alohida qayd etildi.
Muhokama davomida aniqlangan kamchiliklar keskin tanqid qilinib, ularni bartaraf etish, ijro intizomini kuchaytirish hamda har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida mas’ul xodimlarga mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, ijro intizomiga qat’iy rioya qilish va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
#ijro #murojaatlar
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
2026-yilda Ohangaron shahrining quyidagi mahallalarida xatlov ishlari amalga oshiriladi:
📍“Guliston” MFY
📍“Umid” MFY
📍“Noʻgʻoyqoʻrgʻon” MFY
📍“Shodlik” MFY
📍“Namuna” MFY
📍“Adolat” MFY
📍“Xonobod” MFY
📍“Yangilik” MFY
📍“Boʻston” MFY
📍“Doʻstlik” MFY
📍“Yoshlik” MFY
*Izoh: Mahalla va xatlov o‘tkaziladigan muddatlari MFY ma’muriy hududiy chegaralari o‘zgarishi (qisqarishi, birlashtirilishi), xatlovdan o‘tkazish jarayonida xonadonlarga kirish imkoniyatlari yaratilishi hamda noqulay ob-havo sharoitiga qarab o‘zgarishi mumkin.
#OʼRQ_937 #xatlov #reja
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
1,250
0
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati
Mar 31, 2026, 11:30 PM
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma olish xizmati 🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi; 📍Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bino va inshoot joylashgan hududga…
1,250
0
0
KADASTR XABARLARI | Toshkent viloyati
Mar 31, 2026, 11:30 PM
📷 Photo
Qanday hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi?
Javob:
✅ binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi qismlarining o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);
✅ poydevor maydonini o‘zgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.
✅Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
#savol_javob #huquqvaqti
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/
Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma olish xizmati
🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki http://my.gov.uz/ portali orqali ariza yuboradi;
📍Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bino va inshoot joylashgan hududga chiqqan holda obyektning ixtisoslashishini o‘zgartirish hamda rekonstruksiya qilish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi;
🗂️Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish hamda rekonstruksiya qilish to'g'risida ruxsatnoma rasmiylashtiradi yoki ruxsatnoma berishni asoslantirgan holda rad etadi.
❌Xizmatdan foydalanish hech qanday hujjat talab etmaydi;
Xizmat ko‘rsatish muddati - 7 ish kuni
🪙 Xizmat narxi:
🔹BHMning 0,5 baravari miqdorida (206 000 so‘m);
http://🔹my.gov.uz/ portalidan yuborganda BHMning 0,45 baravari (185 400 ming so‘m).
❗️Xizmat yarimavtomatik va ERI talab qilinadi.
Agarda talabgor http://my.gov.uz/ orqali murojaat etsa, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
#kadastr_xizmati
Kanalga ulanish:
https://www.facebook.com/profile.php?id=100070990127697https://www.instagram.com/kadastr_toshkent_viloyati/