No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
TerDU rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:14 PM
🎥 Video
#jarayon
Ayni damda TerDUda Payshanba yoshlar kuni munosabati bilan salohiyatli yirik tadbirkor, “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi boshqaruv raisi B. Qodirov hamda universitet rektori A. Toshqulov bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Dastlab, kompaniya mas’ullari ko‘p tarmoqli kompaniyaning faoliyat yo‘nalishlari hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishdi.
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
2,610
24
0
TerDU rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:14 PM
📷 Photo
#yoshlar_kuni
Payshanba yoshlar kuni: TerDUda bitiruvchi talabalar va ish beruvchilar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
“Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi boshqaruv raisi
B. Qodirov hamda universitet rektori A. Toshqulov ishtirokida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Dastlab kompaniya vakillari ko‘p tarmoqli tuzilmaning faoliyat yo‘nalishlari, amalga oshirilayotgan loyihalar hamda mavjud vakant ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi tarkibida 50 ga yaqin qurilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi subyektlar faoliyat yuritadi. Korxonalarda xorijiy mutaxassislar bilan bir qatorda 5000 nafarga yaqin fuqaroning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, kompaniya Yevropa davlatlari uchun malakali kadrlarni tayyorlash va ularni ishga yo‘naltirish borasida ham amaliy ishlarni olib bormoqda.
Samimiy ruhda kechgan tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.
Universitet rektori A. Toshqulov ta’kidlaganidek, mazkur uchrashuv har ikki tomon uchun manfaatli bo‘ldi. Bildirilgan taklif va tashabbuslar TerDU hamda “Surxon Sanoat Qurilish” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:14 PM
📷 Photo
🏛TerDU jamoasi — viloyat chempioni!
🟢“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” kompleks sport musobaqalarining Surxondaryo viloyati bosqichida futbol sport turi bo‘yicha bahslar yakunlandi.
🟢Murosasiz va qizg‘in uchrashuvlarga boy o‘tgan musobaqalarda Termiz davlat universiteti jamoasi barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
🥈 2-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
🥉 3-o‘rin — Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali hamda Termiz davlat pedagogika instituti jamoalariga nasib etdi.
🟢 Mazkur g‘alaba orqali Termiz davlat universiteti jamoasi Surxondaryo viloyati sha’nini respublika bosqichida himoya qiladigan bo‘ldi.
TerDU futbolchilariga keyingi bosqichda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:26 PM
🎥 Video
👍👍👍👍👍👍
⭐ “Ilhom” mukofoti sovrindori bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va hamkor tashkilotlar tomonidan https://lex.uz/docs/-4966474 tanlovi e’lon qilinadi.
✍️“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti va ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
👉Tanlovda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar (bakalavr, magistr, doktorantlar hamda yosh mutaxassislar) ishtirok etishlari mumkin.
📜 Tanlov oliy ta’lim muassasasi miqyosida test savollari asosidagi dastlabki dastlabki saralash bosqichi hamda respublika bosqichi (ilmiy-ijodiy natijalar va yutuqlar)lardan iborat.
‼️ Muhim eslatma: Shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodi asosida kino yoki sahna asarlari yaratgan, shuningdek, adiblar ijodiga oid ilmiy tadqiqotlar olib borgan yoshlar rektorning taqdimnomasi bilan test sinovlarisiz tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
✅ Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan maxsus diplom, statuetka va quyidagicha pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇-o‘rin — BHMning 100 barobari;
🥈-o‘rin — BHMning 80 barobari;
🥉-o‘rin — BHMning 40 barobari.
➡️ https://lex.uz/docs/-4966474
📝 Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasiga qadar oliy ta’lim tashkilotidagi yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ullarga ariza bilan murojaat qilishlari lozim.
Bizni kuzating:
📱 https://www.instagram.com/yoshlar.edu.uz/profilecard | 📺 https://youtube.com/@yoshlareduuz/?sub_confirmation=1 | 🕊Telegram
TerDU rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:26 PM
📷 Photo
✅TerDUda xalqaro trening muvaffaqiyatli yakunlandi
🟢Termiz davlat universitetida 2026-yil 23-mart kuni boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan va texnologiyalar hamda madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro trening kursi” o‘z yakuniga yetdi.
🟢Bugun trening so‘ngida xorijiy va mahalliy olimlar, arxeologlar ishtirokida yakuniy yig‘ilish tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi hamda samimiy ezgu tilaklar bildirildi.
🟢Mazkur trening davomida qatnashchilar arxeologiya sohasidagi zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar va amaliy tajribalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🟢Ushbu xalqaro platforma ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va kelgusida yangi ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:26 PM
📷 Photo
TALABALAR UCHUN XALQARO OLIMPIADA!
Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti hamda Korkyt Ata nomidagi Qizilo‘rda universiteti tomonidan pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun IV Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasi e’lon qilindi.
Olimpiada yo‘nalishlari:
🟢Biologiya
🟢Geografiya
🟢Kimyo
Kimlar qatnashishi mumkin?
* Pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan Biologiya, Geografiya va Kimyo mutaxassisligi talabalari.
* Ishtirok 3 nafar talabadan iborat jamoa shaklida amalga oshiriladi.
Olimpiada bosqichlari:
1️⃣Jamoa taqdimoti
2️⃣Analitik esse
3️⃣Kasbiy tahlili
🌐 Ishtirokchilar Rus, Qozoq yoki Ingliz tilini bilishi talab etiladi.
📅 Muddatlar:
🗓 Olimpiada sanasi: 27–28 aprel 2026-yil
📍 Manzil: Qizilo‘rda shahri, Qozog‘iston
⏳ Ariza topshirish muddati: 2026-yil 6-aprel
👨💻Ishtirokchilar uchun:
🟢yashash joyi ta’minlanadi
🟢tushlik va kechki ovqat tashkil etiladi
✅ Agar siz pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lsangiz va tabiiy fanlarga qiziqsangiz ushbu xalqaro olimpiada siz uchun ajoyib imkoniyat!
🔹 Qo‘shimcha ma’lumot:
Sardor Raxmonov - Xalqaro aloqalar bosh mutaxassisi
https://t.me/SardorRakhmonov_TerSU
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:26 PM
🎥 Video
#OAV_biz_haqimizda
TerDUda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tashabbusi bilan vohamizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Siyosatdagi yoshlar” intellektual musobaqasi tashkil etildi.
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
2,260
TerDU rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:26 PM
📷 Photo
#Himoya_2026
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti “Arxeologiya" kafedrasi o‘qituvchisi Shapulatov Ulug‘bek Xoltojiyevich Y. Gʻulomov nomidagi Samarqand arxeologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Sopolli madaniyatining irrigatsiya tizimi” mavzusidagi “Arxeologiya” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan dissertant Ulug‘bek Xoltojiyevichni ushbu yutug‘i bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:26 PM
📷 Photo
Termiz davlat universiteti talabalari – “National AI Hackathon” g‘oliblari safida!
Joriy yilning 31-mart – 3-aprel kunlari Termiz shahrida O‘zbekistonning raqamli rivojlanish sohasidagi yirik loyihalardan biri – “National AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu nufuzli musobaqada 500 dan ortiq ishtirokchi va 50 dan ziyod jamoalar quyidagi yo‘nalishlarda o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi: 🟢Suv xo‘jaligi – aqlli sug‘orish tizimlari
🟢 Tibbiy texnologiyalar
🟢 Ta’lim texnologiyalari
🟢 Tadbirkorlik
🔸 Eng quvonarlisi, Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakultetidan 10 ga yaqin jamoalar faol ishtirok etib, 4 ta jamoa faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!
🏅 G‘olib jamoalarimiz:
🩺 Tibbiy texnologiyalar yo‘nalishi
🥈 “AI STORM” jamoasi – 20 000 000 so‘m
👥 Omonov Feruzbek, Xabibullayev Mahmudjon, Ko‘charov Anvar, Norxidirov Arslonbek
💧 Suv xo‘jaligi – aqlli sug‘orish tizimlari
🥈 “RECORD MIR” jamoasi – 20 000 000 so‘m
👥 Qulsoatov O‘ktam, Xudayqulov Ravshanbek, Axmedov Xusniddin
🥉 “GREEN OPS” jamoasi – 10 000 000 so‘m
👥 Safarov Muhammadjon, Qarshiyeva Dildora, Musurmonov Sardorbek
💼 Tadbirkorlik yo‘nalishi
🥉 “DEEP FINANCE” jamoasi – 10 000 000 so‘m
👥 Tursunov Azizbek, Temirov Sunnatillo, Rajabaliyeva Sabrina
👏 Shuningdek, fakultetimizning 20 dan ortiq talabalari ham ushbu hackathonda faol ishtirok etishdi.
Ushbu natijalar talabalarimizning yuqori bilim va salohiyati, ustozlarimizning fidokorona mehnati samarasidir.
Barcha g‘oliblarimizni chin qalbdan muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
🇺🇿🇰🇬XALQARO HAMKORLIK — ILM-FAN VA TAJRIBA ALMASHINUVI
🟢Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Termiz davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetiga tashrif buyurishdi.
🟢Tashrif doirasida ular talabalar uchun “Qirg‘iz va o‘zbek adabiy aloqalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazishdi.
➡️Seminar davomida ishtirokchilar:
• nazariy bilimlarini mustahkamlab,
• amaliy imkoniyatlar yuzasidan foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi:
🟢 grant va moliyaviy dasturlar
🟢 ilmiy maqolalar tayyorlash va nashr etish
🟢 xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish
🟢 xorijiy universitetlar bilan almashinuv dasturlari
🟢 chet el amaliyotlari
✔️Ma’lumot uchun: O‘sh davlat universiteti zamonaviy tillar yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro reytingda 316-o‘rinni egallagan.
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
🎥 Video
Prezidentimizning yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar
1. Payshanba – vazirlik, idora va hokimliklarda "Yoshlar kuni" bo‘ladi.
2. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ ajratiladi.
3. O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi.
4. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun kredit ajratish miqdori 10 mlrd so‘mgacha ko‘paytiriladi.
5. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
6. "Kelajak tadbirkori" dasturi doirasida yosh tadbirkorlarga 7 yilga 15 foizli kreditlar ajratiladi.
7. Dastur asosida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 mln so‘mgacha, o‘z biznesini boshlayotganlarga 300 mln so‘mgacha kredit ajratiladi.
8. Faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga 2 mlrd so‘mgacha, 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 mlrd so‘mgacha kredit beriladi.
9. "Mening birinchi kasbim" dasturi orqali oliygoh bitiruvchilariga stajirovka uchun oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lanadi.
10. Har bir hududda yoshlarga biznes xizmatlarini ko‘rsatuvchi "Yoshlar biznes inkubatori" ishga tushiriladi.
11. "Yangi avlod tadbirkorlari" dasturida Garvard, Stenford kabi xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming yosh biznesga o‘qitiladi.
12. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1000 nafar yoshga 3 yilga 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi.
13. "Yosh tadbirkorlar" tanlovidagi eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ beriladi.
14. Banklar 50 ming yoshga bepul biznes-reja tayyorlab beradi va 20 ming yoshni tadbirkorlikka o‘qitadi.
15. 1-martdan yangi ish boshlayotgan yoshlarning infratuzilmaga ulanish xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
16. Samarqand shahrida eng yaxshi loyiha egalari ishtirokida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohi tashkil qilinadi.
17. "O‘sish va rivojlanish" startap loyihasidagi eng yaxshi 40 ta loyihaga 2 milliard so‘m ajratiladi.
18. Texnikumlarda ham startaplar yaratishga ruxsat etilib, ularga 1 milliard so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi.
19. Texnikum o‘quvchilari uchun "Work and travel" dasturi orqali xorijda ishlash imkoniyati yaratiladi.
20. "O‘quv markazlari uyushmasi" tashkil etiladi. Uyushmaga a’zo bo‘lgan o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
21. Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.
22. "Ko‘mak" loyihasi doirasida biznesini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
23. Olis hududlardagi o‘quv markazlari uchun ijtimoiy soliq 1 foiz, daromad solig‘i esa 7,5 foizgacha pasaytiriladi.
24. Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda har yili 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitadi.
25. Har bir tumanga 500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil etiladi.
26. Yoshlar ishlari agentligi qoshida "Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash" jamg‘armasi ochilib, unga har yili byudjetdan 62 milliard so‘m ajratiladi.
27. Yoshlarning eng yaxshi volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi.
28. Yosh oilalar uchun uy-joy ipoteka kredit stavkasining 14 foizdan oshgan qismi davlat byudjetidan qoplab beriladi.
29. "Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish" jamg‘armasi orqali iste’dodli yozuvchilarga ijod uchun oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.
30. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot topshiriladi.
31. Kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi.
32. "Ikkinchi imkon" loyihasi orqali jazoni o‘tab bo‘lgan yoshlar zamonaviy IT-kasblar va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.
https://gov.uz/uz/surxondaryo | https://t.me/axborot_xizmati | https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz | https://www.instagram.com/surxondaryo.hokimligi/ | https://www.youtube.com/@surxondaryo_pressa | https://twitter.com/surxondaryo_ax?s=20
TerDU rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#Himoya_2026
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Rahmonov Maxammad Habibullo o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Surxon vohasi toqchi qavmining etnomadaniy jarayonlarga ta’siri” mavzusidagi “Etnografiya, etnologiya va antropologiya” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan dissertant Maxammad Habibullo o‘g‘lini ushbu yutug‘i bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
🟢Termiz davlat universitetida “Birga hayotni saqlaymiz” mavzusida donorlikka bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
🟢Mazkur tadbir yoshlar orasida donorlik madaniyatini shakllantirish, insonparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.
🟢Rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tashabbusi bilan tashkil etilgan muloqotda malakali shifokorlar va mutaxassislar ishtirok etib, donorlikning inson hayotidagi o‘rni, qon topshirishning foydali jihatlari hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdilar.
🟢Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, donorlikka bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirdilar.
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
#musobaqa
🏛TerDUda Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
🟢Talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuvlar jamoaviy tarzda bo‘lib, ishtirokchilar o‘z kuch, chaqqonlik va chidamliligini quyidagi 4 ta shart bo‘yicha sinovdan o‘tkazmoqda:
🟢 1-shart: joyidan turib uzunlikka sakrash;
🟢 2-shart: 100 metrga yugurish;
🟢 3-shart: turnikda tortilish;
🟢 4-shart: granata uloqtirish;
🟢Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 7 nafar ishtirokchi saralab olinadi va ular musobaqaning keyingi hududiy bosqichida Termiz davlat universiteti sharafini himoya qiladi.
🇺🇿Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
🇺🇿 Абдукодир Тошкулов, ректор Термезского государственного университета:ё
◽️ История свидетельствует, что сотрудничество начинается с торговли и научных обменов. Доверительные отношения между лидерами России и Узбекистана, а также взаимные договорённости обеспечивают последовательное развитие стратегического партнёрства и практического взаимодействия двух стран.
◽️ Мир переживает сложный и крайне динамичный этап. Геополититический баланс, логистические и транспортные пути меняются. В XX веке геополитику определяли морские пути и морские державы. В XXI веке на первый план выходят континентальные связи, логистические коридоры и цифровая инфраструктура.
◽️ В этом контексте Центральная Азия обладает потенциалом превращения в новый узел связи в Евразии.
◽️ В геоэкономическом контексте Термез является точкой, соединяющей Афганистан, Центральную Азию и Южную Азию. Особое значение приобретает Термез как транспортный узел и свободная экономическая зона.
◽️ Значимо сотрудничество Сурхандарьинской области и республики Татарстан в сфере пищевой продукции и создания агропромышленных кластеров.
◽️ Роль университетов в современном мире трансформируется. Сейчас университет выступает источником инноваций. Наша задача превратить Университет Термеза в центр регионального анализа и стратегических исследований. Для достижения этой цели мы ведём деятельность по следующим направлениям:
👉Евразийские транспортные коридоры
👉Водная и экологическая безопасность
👉Миграционные процессы
👉Цифровая экономика и инновации
◽️ В рамках этих направлений важнейшее значение имеет сотрудничество с вузами республики Татарстан, в том числе с Казанским государственным университетом.
🎥 https://ru.valdaiclub.com/multimedia/video/surkhandarya-tatarstan-pryamaya-translyatsiya-chetvyertoy-sessii/
#Valdai_ISRS #Валдай_ИСМИ
🗣🗣🗣
#Himoya_2026
✅ DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Termiz davlat universiteti “Jahon tarixi” kafedrasi o‘qituvchisi Raimov Mamasoat Safar o‘g‘li Termiz davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashda “Movarounnahrning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida Termiz shahrining o‘rni (IX-XV asrlar)” mavzusidagi “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligidan tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Mamasoat Safar o‘g‘lini ushbu yutugʻi bilan qutlab, olimga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:50 AM
📷 Photo
UzA | Termiz nufuzli xalqaro anjumanga mezbonlik qilmoqda
Surxondaryo viloyatidagi "Termiz xalqaro savdo markazi" erkin savdo zonasida "O‘zbekiston – Rossiya: Yevrosiyo makonida strategik sheriklik" mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya boshlandi.
Anjuman ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun muntazam muloqot va yechimlarni ishlab chiqishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Rossiya Federatsiyasining "Valday" xalqaro munozara klubi o‘rtasidagi doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar platformasi doirasida o‘tkazilmoqda.
Nufuzli anjumanning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, "Valday" xalqaro munozara klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kengashi raisi Andrey Bыstritskiy, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar barqaror, pragmatik xususiyatga ega bo‘lib, aniq loyihalar atrofida qurilgani va hamkorlikning mustahkam institutsional bazasiga tayanishini ta’kidladi.
Batafsil: https://uza.uz/uz/posts/termiz-nufuzli-xalqaro-anzhumanga-mezbonlik-qilmoqda_837535
https://gov.uz/uz/surxondaryo | https://t.me/axborot_xizmati | https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz | https://www.instagram.com/surxondaryo.hokimligi/ | https://www.youtube.com/@surxondaryo_pressa | https://twitter.com/surxondaryo_ax?s=20
Kengash yig‘ilishi qisqa tanaffusdan so‘ng davom ettirildi
Unda dastlab Kengash raisi, universitet ilmiy salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida qayd etilgan ko‘rsatkichlar xususida to‘xtalib, universitet salohiyatini yuksaltirishda o‘z hissasini qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Va 5 nafar fan doktori, 32 nafar falsafa doktori, 1 nafar professor hamda 19 nafar dotsent ilmiy unvonlariga ega bo‘lgan pedagoglarning diplom va attestatlarini topshirdi.
Ma’lumot o‘rnida ayni kunda Termiz davlat universitetning ilmiy salohiyati 52% tashkil etmoqda.
Yig‘ilishda shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini qo‘lga kiritgan 11 nafar talabalarga guvohnomalar tantanali ravishda topshirildi.
Yakunda universitet Kengashi a’zolari va ishtirokchilar uchun fayzli dasturxon yozilib osh tortildi. Bir piyola choy ustida takliflar o‘rtaga tashlandi rejalar tuzildi.
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 06:25 AM
📷 Photo
Bugun TerDUda universitet Kengashining navbatdagi 9-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Dastlab Kengash raisi A. Toshqulov yig‘ilishni o‘tkazish uchun kvorum yetarli ekanligini ta’kidlab, Kengash a’zolarining tasdig‘idan o‘tkazdi.
Shundan so‘ng "Termiz universiteti" gazetasining 2025-yil 29-dekabrdagi 18-19 (389-390)-sonida e’lon qilingan vakant ish o‘rinlari, jumladan, kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi va o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga ishlash uchun tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan professor-o‘qituvchilarning nomzodi elektron platforma orqali Kengash a’zolari tomonidan ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlandi.
E’tiborli jihati jarayonda tanlovga hujjat topshirgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati ko‘rsatkichlari, shuningdek KPI natijalari xususida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Mazkur tanlov asosida jami 39 nafar professor-o‘qituvchilar ish o‘rniga ega bo‘lishdi. Jarayonlarni bevosita ularning o‘zlari ham kuzatgani Kengash a’zolariga ustozlarning zimmalaridagi vazifalar yana bir bor uqtirish imkonini berdi.
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
TerDU rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
#final #taqdirlash
🏛 TerDUda “Rektor kubogi” sport musobaqasining kurash bellashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi
Sovrin jamg‘armasi 200 million so‘mni tashkil etgan musobaqalarda 400 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etib, 7 ta vazn toifasida qizlar ham, yigitlar ham o‘z mahorati va matonatini namoyon etdi. Gilamda chinakam kurash, haqiqiy iroda va yuksak sport ruhi hukm surdi.
Ayniqsa, mutlaq vazndagi final bahslari murosasizligi va keskinligi bilan barchaning e’tiborini tortib, tomoshabinlarga hayajonli onlarni tuhfa etdi.
Musobaqani nufuzli mehmonlar kuzatib bordi. Xususan, Sport vaziri maslahatchisi Sh. Mo‘minjonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi X. Eshov, Surxondaryo viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i R. Mahmudov hamda universitet rektori A. Toshqulov taqdirlash marosimida ham ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga mukofot va kubokni topshirdilar.
“Rektor kubogi” — bu nafaqat musobaqa, balki yoshlar kuchi, qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan cheksiz intilishining yorqin ifodasi bo‘ldi!
Bizni kuzating
https://www.instagram.com/terdu_rasmiy?igsh=MWh5ZGw4b2pibW1lMQ== | http://facebook.com/tersu340 | https://bit.ly/2TVYmVD | http://www.tersu.uz/
Сурхондарё вилояти прокуратураси ва Термиз давлат университети ўртасида юридик кадрларни тайёрлаш соҳасида ҳамкорлик тўғрисида имзоланган Меморандум доирасида ҳамда "Ёшлар куни" муносабати билан тантанали тадбир ташкил этилди.
Устоз ва мураббийлар, талаба ёшлар, жамоатчилик фаоллари ҳамда оммавий ахборот воситалари вакиллари иштирок этган ушбу тадбирда вилоят прокурори Б.Бабаджанов ва университет ректори А.Тошқуловлар сўзга чиқиб, ёшларга таълим олишлари, хорижий тиллар ва касб-ҳунар ўрганишлари учун яратиб берилаётган шароит ва имкониятлардан унумли фойдаланишлари таъкидланди.
Сўнгра, вилоят прокуратураси ҳамда университет ҳамкорлигида ташкил этилган "Бепул юридик маслаҳат берувчи Ёшлар Маркази"нинг очилиш маросими ўтказилди.
Тадбир иштирокчиларига Марказ фаолияти таништирилиб, юридик маслаҳат олиш истагидаги ташриф буюрувчиларга олий таълим муассасасининг юридик факультети малакали ўқитувчилари ва иқтидорли талабалари томонидан бепул юридик маслаҳат бериш хизмати кўрсатилиши йўлга қўйилди.
🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!
https://www.prokuratura.uz/#/ | https://t.me/uzbprokuratura | https://www.instagram.com/boshprokuratura | https://www.youtube.com/@uzbprokuratura | https://www.facebook.com/profile.php?id=100092602076596