#обуначиларимиздан #таҳрирсиз
Assalomu alaykum hurmatli kanal a'zolri, sizlar orqali muhim shikoyatimiz bor edi, shuni iltimos rahbariyatka yetib borishida yordam bersalaring.
O'zbekiston respublikasi Administratsiyasi rahbari
Saida Mirziyoyevaga,
O'zbekiston respublikasi DXX raisi
Bahodir Qurbonovga.
O'zbekiston respublikasi bosh prokurori
Nig'matilla Yo'ldoshevga.
O'zbekiston respublikasi IIV vaziri
Aziz Toshpo'latovga.
O'zbekiston respublikasi raqobatni rivojlantirish va istemolchilarni xuquqlarini ximoya qilish qo'mitasi raisi Elmurod Hayitmetovga.
O'zbekistonrespublikasi
Korupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonovga.
O'zbekiston respublikasi,, Hududgaz'' AJ boshqaruv raisi M. Hodjayevga.
M U R O J A T
Bizni shikoyatli murojatimiz Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Oltinko‘l tumangaz Suyiltirilgan gaz hodimlari ustidan. Men 15 kun kuzatdim orada 4 kun gaz bo'lmadi. Kuzatishim natijasida shunga guvoh bo'ldimki, bu suyuq gaz hodimlari isuzi mashinalarida gazni olip to'g'ri raygaz idorasiga kelar ekan, mashinalar idoraga kirishi bilan orqasidan damas avtomabillari kirip har bir damas 20 tadan gazli balon yuklap ketar ekan. Bu isuzi mashinalar kelishi bn boshlig'i Sanjarbek ko'chani boshiga yordamchhisi Dostonbek bu boshiga mashinasida borib o'tirip qo'riqlap turar ekan isuzida kelgan shafyorlar darvoza tagida hechkimni kirgizmay qulflap turar ekan. Bundan ko'rinip turiptiki bundan rahbarlar manfaatdor. Tashuvchi mashinalar. N421PA damas van, E285YA labo, D164TA labo, J954JB damas, U629RA damas, V296HB labo, 01/J888VB koblt, M864GB damas, O634AB damas, W461QA, B925HB damas, M970JA damas, E454EB labo, D700NB jentra, T300RA jentra. Shu avtomobillar kunlik gaz balon tashidigan mashinalar. Yengil mashinar 5 tagacha olarkan bularni mashinasi propan. Bularni men orqsidan kuzatdim, labo mashinalar shaharga oshhona gril samovorlarga oborip tarqatarkan damaslar izboskan poytuq chinabod ga tashirkan propan mashinalarga sotarkan. Agar tekshiruvga kelsalaring meni habarim boladi o'zim sizlarni o'sha tarqatiladigan joylariga oboraman. To'g'risi menham tadbirkorman biz ham Shoxrux omborchidan olardik bu bo'shapti ishtan, dostonlar bn gaplshsak berilmayapti dedi, biz 100 minvdan olardik. Bizga bermay qo'yganini sababi bular 130 mingdan tashqariga sotarkan shunga bizga bermay qo'yipti. Bu har bitta isuzi kelganda 2 ta damas kirip yuklap chiqip ketyapti. Bitta isuziga 100 ta sig'sa 40 tani bervorsa 60 tani aholiga oborip sotyapti.? Meni vazirlikka murojat qilishimdan maqsadim bularga o'zimizda chora ko'rmaydi))) chunki iib bodimlari gaiar prokrafura hokimyat balon olip pulini bermay chiqip ketishadi shunga bularni tili qisiq, ko'p guvohi bo'lganman, yaqindayam kirsam Dostonbek hodimiga dxx hizmat uyini gazini almashtirip chiq deb hodimiga topshiriq berdi pulini olma dedi, yana bir kun prokraturani oshhonasini gazini almashtirip chiq deb hodimiga topshiriq berdi pulini olma dedi. Agar pul olsa tekshir tekshir boshlanadi, shunga bular qo‘rqmay pullap yotipti. Agar meni tuhmat qilip yozipti desalaring, ana ko'chhani boshlarida kameralar bor elektrosetda ko'chaga qaragan kamerasi bor. Honadonlarda kamera bor, raygazni o'zini kamerasi, isuzi mashinalarni tom qismidayam kamera bor ekan. Ana o'shalarni tekshirilar))) toshiyatkan mashinalar ko'rinadi, men yozgan mashinalarni ushlap gapirtirilar o'zlari kimdan nechpuldan olyatkanini aytadi. Bizni achchig'imiz kelgani bizni o'zimizni tuman tadbirkorlariga sotmay shaharga sotkani jahlimizni chiqaryapti, aholini gazi deydi naga unda to'liq aholiga oborip sotmayapti, iltimos Vazirlikdagi huquqni himoya qiladigan mansabdorlar iltimos shunga chora ko'rip yordam qo'linglarni cho'zinglar.