Osiyo xotin-qizlari II forumi | Buxoro | 14.05.2026
—
II Азиатский форум женщин | Бухара | 14.05.2026
—
II Asian Women’s Forum | Bukhara | 14.05.2026
525
0
0
Oliy Majlis Senati
May 16, 2026, 12:28 AM
📷 Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #ASIAN_WOMENS_FORUM_2026
Maryam Majid bin Teneyya,
BAA Federal Milliy Kengashi Raisining ikkinchi o‘rinbosari, O‘rta Yer dengizi Parlament assambleyasi Xotin-qiz parlamentariylar forumi prezidenti:
“Ushbu forum jahon iqtisodiyoti va rivojlanish jarayonlari tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan bir davrda o‘tkazilmoqda. Bu o‘zgarishlar kuch, raqobatbardoshlik va barqarorlik haqidagi tasavvurlarni qayta shakllantirmoqda. Endilikda davlatlarning salohiyati faqat an’anaviy resurslari hajmi bilan emas, balki inson kapitaliga qanchalik sarmoya kiritayotgani, institutlar samaradorligini oshirayotgani va qarorlar qabul qilish jarayonida keng ishtirokni ta’minlay olayotgani bilan ham baholanmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, ayollarga investitsiya kiritish strategik ustuvor yo‘nalishga aylandi. Chunki bu jamiyat taraqqiyoti va barqaror o‘sishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.”
http://Senat.uz/ | https://www.facebook.com/senatuzb | https://www.instagram.com/senatuzb/ | https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ | https://x.com/senatuzb?s=21| http://murojaat.senat.uz/uz | https://t.me/YP_Senat
🇺🇿🇺🇿🇺🇿#ASIAN_WOMENS_FORUM_2026
Tatyana Valovaya
BMTning Jenevadagi bo‘limi Bosh direktori:
Ushbu forum juda muhim tashabbusdir. Men avval Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo xotin-qizlari I forumida ham ishtirok etganman. Bu yil ham mazkur anjumanda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda mamnunman.
Eng muhim natija shundaki, turli mamlakatlardan kelgan nufuzli ayollar — davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, rahbarlik qilayotgan, o‘z jamoalariga yetakchilik qilayotgan xotin-qizlar bir joyga to‘planib, mavjud muammolarni muhokama qiladilar va o‘zaro tajriba almashadilar.
Bunday muloqotlar orqali biz bir-birimizdan o‘rganamiz, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtiramiz va gender tenglik g‘oyalarini yanada ilgari surishga xizmat qilamiz. Bu juda muhim.
http://Senat.uz/ | https://www.facebook.com/senatuzb | https://www.instagram.com/senatuzb/ | https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ | https://x.com/senatuzb?s=21 http://murojaat.senat.uz/uz | https://t.me/YP_Senat
Oliy Majlis Senati
May 16, 2026, 12:28 AM
📷 Photo
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #ASIAN_WOMENS_FORUM_2026
Zahro Zumrut Saljuq,
Islom hamkorlik tashkiloti huzuridagi Statistik, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi (SESRIC) bosh direktori:
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning gender tengligi borasidagi tashabbuslari uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu faqat bir sohaning masalasi emas- bu oilalar va kelajak avlodga qilingan investitsiyadir. Menimcha, ayollarning barcha sohalardagi ishtiroki nafaqat son jihatdan, balki sifat jihatdan ham kuchayishi muhim. Ularning tashabbuslari va qarorlari yangi yo‘llarni ochishi mumkin, bizning vazifamiz esa ularga imkoniyat yaratishdir. Ayollar ham o‘z mamlakatining kelajagi va taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha olishi kerak.”
http://Senat.uz/ | https://www.facebook.com/senatuzb | https://www.instagram.com/senatuzb/ | https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ | https://x.com/senatuzb?s=21| http://murojaat.senat.uz/uz | https://t.me/YP_Senat
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #ASIAN_WOMENS_FORUM_2026
Naxla Haydar
BMTning Xotin-qizlarni kamsitishga barham berish qo‘mitasi (CEDAW) raisi:
Osiyo xotin-qizlarining II forumi ikki yil avval o‘tkazilgan I forumdan buyon erishilgan yutuqlarimizni sarhisob qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, mintaqamizda tobora dolzarb tus olayotgan muammolarni — iqlim o‘zgarishi, mojarolar, shuningdek, xotin-qizlar uchun iqtisodiy imkoniyatlarning teng taqsimlanishi bilan bog‘liq masalalarni atroflicha muhokama qilamiz.
Forum eng ilg‘or tajribalarni o‘rtoqlashish, o‘zaro fikr almashish va xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish yo‘lida ortga chekinishlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun birgalikda qat’iy qadam tashlashda muhim maydon sifatida xizmat qiladi.
http://Senat.uz/ | https://www.facebook.com/senatuzb | https://www.instagram.com/senatuzb/ | https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ | https://x.com/senatuzb?s=21 http://murojaat.senat.uz/uz | https://t.me/YP_Senat
🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi A. Eshmuratov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.
Tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etildi. Unda fuqarolarning mavjud muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning asosiy qismini sud-huquq masalalari, uy-joy bilan taʼminlash, sud qarorlari ijrosi hamda rahbarlar qabuliga oid masalalar va sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar tashkil etdi.
Fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida Qo‘mita raisi tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar masʼullari, shuningdek, joylardagi rahbarlarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
http://senat.uz/uz | https://www.facebook.com/senatuzb | https://www.instagram.com/senatuzb/ | https://www.youtube.com/channel/UC_DyodxEctuQjNJ81TWNtHQ | http://murojaat.senat.uz/uz | https://t.me/senat_OAV | https://t.me/YP_Senat
Oliy Majlis Senati
Mar 24, 2026, 05:21 PM
🎥 Video
🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Navro‘zi olam muborak, azizlar!
Bu yil Navro‘z ayyomi muborak Ramazon Hayiti bilan uyg‘un kelib, qalblarimizdagi eng nozik va samimiy tuyg‘ularni yanada teranroq his etishga chorlamoqda.
Navro‘z — yangilanish va uyg‘onish ma’nosini o‘zida mujassam etgan, insonni o‘tgan yo‘liga bir lahza nazar tashlab, yangi maqsadlar sari ishonch bilan qadam qo‘yishga undaydigan ayyomdir.
Shu go‘zal kunlarda xonadonlaringizga fayz va baraka, qalblaringizga xotirjamlik va nur, yaqin insonlaringizga sog‘lik-salomatlik va baxt tilayman.
Har bir yangi kun Sizga omad va yangi imkoniyatlar olib kelsin!
#navruz2026
https://t.me/tanzilanarbaeva