Rasmiy munosabat
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda "QQS masalasida sudlar YATTlar foydasiga qaror chiqarib, soliq organining qarorlarini qonunga zid deb topmoqda!" mavzusida xabarlar tarqaldi.
Soliq qo‘mitasi mazkur xabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
Keltirilgan holatlarda mavjud qonunchilik hujjatlari meyorlariga amal qilingan.
Ya'ni, Soliq kodeksining https://lex.uz/docs/4674902#4688959:~:text=қаранг.-,Агарянги,ўтади talablariga koʻra, agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsning jami daromad summasi, yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorda yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxsda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi bir milliard soʻm uch yuz oltmish beshga boʻlingan va soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilgandagi summadan oshsa, u holda bunday shaxslar roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻini va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi belgilangan bo‘lib, o‘rnatilgan tartib asosida ish yuritilgan.
👉 https://www.lex.uz/uz/docs/-7944527
Mazkur Qonun kuchga kirgunga qadar amaldagi qonunchilikka muvofiq, xususan, Soliq kodeksining https://lex.uz/docs/4674902?ONDATE=01.01.202000#4688985:~:text=қаранг.-,Агарянги,ўтади. asosan agar yangi tashkil etilgan yuridik shaxsda yoki yangi roʻyxatdan oʻtgan yakka tartibdagi tadbirkorda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad summasi roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar, 365 ga boʻlingan va roʻyxatdan oʻtilgan sanadan to kalendar yil tugaguniga qadar boʻlgan kunlar soniga koʻpaytirilganda bir milliard soʻmga teng summadan oshsa, u holda bunday shaxslar roʻyxatdan oʻtilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran qoʻshilgan qiymat soligʻi va foyda soligʻini toʻlashga oʻtishi belgilanganligi inobatga olinib, soliq qonunchiligi ijrosi ta'minlangan.
https://lex.uz/docs/-4674011
Ko‘rsatib o‘tilgan normalarning qoʻllanilishi boʻyicha
https://t.me/soliqnews hamda
https://t.me/soliqnews kunlari Soliq qoʻmitasining rasmiy sahifasida eʼlon berilgan.
Soliq toʻlovchilarga yuborilgan xabarnomalarda ham Soliq kodeksining https://lex.uz/docs/4674902?ONDATE=01.01.202000#4688985:~:text=қаранг.-,Агарянги,ўтади. talablari bilan QQS toʻlashga oʻtkazilganligi asos sifatida keltirilgan.
Maʼlumot uchun. Soliq kodeksining 27-moddasida soliq organlarining majburiyatlari belgilangan boʻlib, mazkur moddaga asosan soliq organlari soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart ekanligi belgilangan.
Shu bois, soliq organlarining bekor qilingan qarorlari ustidan yuqori turuvchi sudlarga apellyasiya shikoyatlari kiritilgan.
Soliq tizimi oʻz faoliyatida qonuniylik, oshkoralik va hisobdorlik tamoyillariga qatʼiy amal qiladi.
https://t.me/soliqnews https://www.fb.com/Soliqpressa/ https://www.youtube.com/c/Davlatsoliqqomitasi https://www.instagram.com/soliqpressa/ https://twitter.com/soliqnews?t=BwIfWybViFrXAtzhWc91bw&s=09 https://www.threads.net/@soliqpressa