No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Qarshi davlat universiteti
May 14, 2026, 11:50 PM
📷 Photo
⚡️Yoshlar o‘rtasida ingliz tilida muloqot va debat madaniyati rivojlanmoqda
Iqtisodiyot fakulteti qoshidagi Intellectual Students Council hamda IDP IELTS hamkorligida tashkil etilgan debat sessiyasi yuqori kayfiyat, faol ishtirok va qizg‘in muhokamalar ostida muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Sessiya davomida talabalar o‘z fikrlarini to‘liq ingliz tilida erkin bayon qilib, turli nuqtai nazarlarni himoya qildilar hamda real discussion muhitida speaking ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdilar.
Bahs-munozaralar jarayonida ishtirokchilarning tanqidiy fikrlashi, jamoa bilan ishlash va omma oldida nutq so‘zlash mahorati ham namoyon bo‘ldi.
Tadbir yakunida session qatnashchilari uchun Intellectual Students Council hamkori IDP IELTS tomonidan IELTS imtihonini topshirish uchun umumiy qiymati 2 million 665 ming so‘mlik 3 ta vaucher hamda maxsus sovg‘alar taqdim etildi.
Mazkur debat sessiyasi yoshlarning ingliz tilida erkin muloqot qilishi, zamonaviy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi hamda muhim soft skill kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
693
4
0
Qarshi davlat universiteti
May 14, 2026, 11:50 PM
📷 Photo
#kinonamoyish
Qarshi davlat universiteti talabalari uchun buyuk sarkarda va davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur davri bilan bog‘liq voqealarni yorituvchi “Amir Temur” (Rise of the Conqueror) filmi namoyish etildi.
Film davomida talabalar buyuk ajdodimiz Amir Temurning jasorati, strategik tafakkuri hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur film yoshlar qalbida tariximizga hurmat, milliy g‘urur va yuksak maqsadlar sari intilish tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
542
Qarshi davlat universiteti
May 14, 2026, 11:50 PM
📷 Photo
🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Qarshi davlat universiteti
May 14, 2026, 11:50 PM
📷 Photo
⚡️Respublika fan olimpiadasida munosib ishtirok
13–14-may kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan Respublika fan olimpiadasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur olimpiadada Qarshi davlat universitetining Amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi iqtidorli 4-kurs talabalari — Jasur Jovliyev, Dilshod Narzullayev hamda Mahmud Odilov muvaffaqiyatli иштирок etdi.
Talabalarga Amaliy matematika kafedrasi o‘qituvchisi Shahzod Shanbiyev rahbarlik qildi.
Ikki bosqichda tashkil etilgan olimpiada davomida universitetimiz talabalari yuqori bilim va salohiyat namoyish etib, ikkinchi bosqichga yo‘llanma oldi hamda yakunda sertifikat bilan taqdirlandi.
Talabalarimizning ushbu yutug‘i universitetda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasi bo‘ldi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
May 14, 2026, 11:50 PM
📷 Photo
⚡️Ilm va muvaffaqiyat sari ilhom baxsh etgan uchrashuv
Matematika va kompyuter ilmlari fakultetida “Yil ayoli – 2025” milliy tanlovi g‘olibi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori Dildora Muhamediyeva ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Amaliy matematika kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda amaliy matematika va dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-qizlar qatnashdilar. Suhbat davomida professor tomonidan sun’iy intellekt asosida ko‘krak bezi saratonini erta aniqlashga mo‘ljallangan innovatsion dasturiy loyiha haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur ishlanma bugungi kunda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, yuqori samaradorlikni namoyon etmoqda. Shuningdek, loyiha xalqaro miqyosda ham e’tirof etilib, GovInsider platformasining “Meet the Women in GovTech 2025” loyihasida alohida taqdim etilgan.
Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv samimiy va mazmunli ruhda o‘tdi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Apr 4, 2026, 08:41 PM
🎥 Video
#Podkast #OrzudanHaqiqatgacha
✨ Bu safargi qahramonlar — Prezident stipendiyasi sovrindorlari Sitora Sharipova va Gulzoda Samadova.
🎧 Orzudan maqsad sari yo‘l, mehnat va muvaffaqiyat siri — barchasi bir suhbatda.
📽 Suhbatni tomosha qiling — orzularingiz sari yangi ishonch topasiz!
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
1,570
Qarshi davlat universiteti
Apr 4, 2026, 08:41 PM
📷 Photo
#uchrashuv
Bugun “Nasaf” futbol klubi bosh murabbiyi, universitet faxriy professori Ro‘ziqul Berdiyev Qarshi davlat universitetida “Lochin” futbol jamoasi murabbiylari va jamoa a’zolari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Ro‘ziqul Berdiyev “Lochin” jamoasini joriy mavsumdan boshlab ilk bor Proligada ishtirok etayotgani bilan samimiy qutladi. Shuningdek, oliygoh rektori D. Nabiyev tomonidan jamoa infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarni alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda joriy yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan, Proliga talablari asosida qayta ta’mirlangan stadion, jamoalar uchun mo‘ljallangan kiyinish xonalari, matbuot anjumanlari zali hamda boshqa zaruriy xonalar joylashgan klub ma’muriy binosida yaratilgan sharoitlar ham alohida e’tirof etildi.
Ro‘ziqul Berdiyev jamoa a’zolari bilan samimiy suhbatlashib, o‘zining qimmatli maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, Proliga bahslari doirasidagi ilk uchrashuv — 6-aprel kuni safarda TerDU jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinda jamoaga omad tiladi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Apr 4, 2026, 08:41 PM
📷 Photo
#ShaxmatMusobaqasi
Qarshi davlat universitetida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi doirasida sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Jumladan, Iqtisodiyot fakulteti 1-kurs talabalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha “Sohibqiron vorislari – kuch va matonat sinovi” mavzusida musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa yakunida g‘oliblar darajali diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
2,070
Qarshi davlat universiteti
Apr 4, 2026, 08:41 PM
📷 Photo
⚡️Germaniyada ishlash sari muhim qadam
Qarshi davlat universitetida Germaniyada qonuniy ishlashni maqsad qilgan bitiruvchi talabalar uchun yo‘lga qo‘yilgan intensiv nemis tili kurslari qizg'in davom etmoqda.
Dars jarayonlari 4 ta muhim kompetensiya — o‘qib tushunish, eshitib tushunish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Bugun belgilangan reja asosida kurs koordinatori D. Atamurodova boshchiligida A1 darajadagi mock test sinovlari tashkil etildi. Test jarayonlari xalqaro Goethe Zertifikat talablari asosida o‘tkazilib, unda talabalar egallagan bilim va ko‘nikmalar har tomonlama sinovdan o‘tkazildi.
Ushbu kurslar yoshlarning xorijda ishlash va o‘z kasbiy salohiyatini xalqaro miqyosda namoyon etishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Apr 4, 2026, 08:41 PM
📷 Photo
📣“Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026”ga start berildi!
24–25–26-aprel kunlari “Sarbon” universitetida “Aksilkorrupsiya xakatoni – 2026” https://t.me/antikor_uzb.
Ushbu tadbir Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Sarbon universiteti, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oʻzmetkombinat AJ, IT Park hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Xakaton davomida ishtirokchilar ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
☑️Yo‘nalishlar:
• davlat xaridlari, sog‘liqni saqlash, sport, qurilish, ta’lim kabi sohalarda korrupsiyaning oldini olish;
• korrupsiyaga qarshi kurashishga aholi va yoshlarni jalb etish;
• ochiq ma’lumotlar asosida korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan boshqa innovatsion yondashuvlar.
Xakatonda 18–35 yoshdagi turli soha vakillari 2 yoki 3 kishilik jamoalar shaklida ishtirok etishlari mumkin.
👆Xakaton qoidalari bilan batafsil https://docs.google.com/document/d/1W6imgRbfZf5Dk-NRD8pWw9XtaaWZDAfx8yFczbaHL2M/edit?usp=sharing tanishing.
📆Muhim sanalar:
• Tayyorlov vebinari: 10-aprel
• Xakatonda ishtirok etish uchun 20-aprelga qadar https://forms.gle/SqywpvjRgywyWJR77 orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🧑💻Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilgi xakatonning mutlaq g‘olibi — Uzinfocom kompaniyasining yosh dasturchilar jamoasi Coding4Integrity Osiyo xakatonida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, xalqaro maydonda ham munosib qatnashgan.
👥Siz ham jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilishni istasangiz — ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Qarshi davlat universiteti
Apr 4, 2026, 08:41 PM
🎥 Video
#OchiqEshiklarKuni
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlangʻich tashkiloti tomonidan faol talaba-yoshlar uchun Qashqadaryo viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda ishtirokchilarga Milliy gvardiyada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmat sharoitlari va texnikalar bilan yaqindan tanishish imkoniyati taqdim etildi.
Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi bu kabi amaliy tashabbuslar izchil davom ettiriladi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
2,050
Qarshi davlat universiteti
Apr 4, 2026, 08:41 PM
📷 Photo
#AxloqVaYoshlar
⚡️Axloqsiz turmush tarzi – musibat ko‘chasi
Qarshi davlat universitetida “Axloqsiz turmush tarzi – musibat ko‘chasi” mavzusida tadbir tashkil etildi. Unda Хotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh. Karamova, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z. Rustamova, Qarshi shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Хotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori N. Maqsadova, Qarshi shahar “Oqila ayollar harakati” rahbari, xalqaro toifadagi psixolog M. Berdiyeva, shuningdek, Tibbiyot hamda Geografiya va Agronomiya fakultetlari Хotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbirda yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, zararli odatlar va axloqsiz turmush tarzidan asrash hamda jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirish muhimligini ta’kidlashdi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning huquqiy bilimlarini oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
⚽️ Yangi o‘yin qoidalari bo‘yicha seminar tashkil etildi
Oliy toifali FIFA hakami Nayim Qosimov Qarshi davlat universitetining “Lochin” futbol klubi futbolchilari va murabbiylari uchun seminar o‘tkazdi. Unda joriy yilgi o‘yin qoidalariga kiritilgan muhim o‘zgarishlar yuzasidan tushunchalar berildi.
Jumladan, JCH–2026 uchun tasdiqlangan asosiy yangiliklar — tezkor almashtirishlar, aut va darvozadan o‘yinni boshlash tartibi, tibbiy yordam qoidalari, VAR vakolatlarining kengayishi hamda hakam bilan muloqot madaniyati kabi yangiliklar batafsil izohlandi.
Mazkur seminar futbolchilarning o‘yin qoidalari bo‘yicha bilimini mustahkamlashga hamda maydondagi intizomini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
🏐 Sport kuni – sog‘lom turmush garovi!
Qarshi davlat universitetida har seshanba “Sport kuni” doirasida talabalar o‘rtasida voleybol musobaqasi o‘tkazildi.
Bellashuvlar qiziqarli va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar jamoaviylik va sport mahoratini namoyon etishdi.
Barchani keyingi “Sport kuni”da faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
1,430
Qarshi davlat universiteti
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
⚡️“Kelajak soati” doirasida ma’rifat darsi
Pedagogika fakultetida “Kelajak soati” loyihasi doirasida talabalarga “O‘zbek madaniyati” mavzusida ma’rifat darsi tashkil etildi. Unda Maktabgacha ta’lim va Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.
Dars mashg'ulotiga Panji baxshi Do‘stmurodov taklif etilib, u tomonidan xalq og‘zaki ijodi namunalari, ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi hamda jonli ijrolar namoyish etildi.
Bunday uchrashuvlar talaba yoshlarda milliy madaniyatimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
🏆 Erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati (Oliy liga, III-tur)
📃 31.03.2026
LOCHIN 3:1 ADTI
25:21 | 22:25 | 31:29 | 25:22
📍 JAR sport sog'lomlashtirish zali
Olg'a, Lochin!
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
1,520
Qarshi davlat universiteti
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
🔥 QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TALABALARI — YARIM FINALDA!
Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti jamoasi nufuzli New Uzbekistan Business Case Competition V xalqaro tanlovida munosib ishtirok etib, yarim final bosqichiga yo‘l oldi.
Mazkur tanlov Yangi O‘zbekiston universitetida yuqori raqobat muhitida tashkil etildi. Unda:
— 230 ta jamoa ro‘yxatdan o‘tdi,
— 120 ta jamoa saralash bosqichidan o‘tdi,
— 45 ta jamoa chorak finalga yetib keldi va faqat 10 ta eng kuchli jamoa yarim finalga chiqdi.
Quvonarlisi, ana shu kuchli o‘nlik safidan Qarshi davlat universiteti jamoasi ham o‘rin oldi. Iqtisodiyot fakulteti o‘qituvchilari Nigora Toxirova va Mohinur Yaxshiqulova rahbarligidagi “Economists” jamoasi — Sarvinoz Rustamova, Elbek Ermuminov, Ma’rifat Eshtemirova hamda Olima Xudoyberdiyeva — yarim finalga muvaffaqiyatli yo‘l oldi.
Ushbu natija ustozlarning samarali rahbarligi va talabalarning bilim, intilish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari uyg‘unligining yorqin ifodasidir.
Yarim final — yangi imkoniyatlar eshigi. Jamoamizga keyingi bosqichlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Mar 30, 2026, 08:00 AM
🎥 Video
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!
📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro
🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
2,000
Qarshi davlat universiteti
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#xushxabar
⚡️OMOUS-2026: QarDU talabalari 4 ta kumush va 5 ta bronza medalga sazovor bo‘ldi
Turkmanistonning Ashxobod shahridagi Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlanish universitetida 23–28-mart kunlari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida VI Ochiq xalqaro matematika olimpiadasi — OMOUS-2026 bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Eron, Rossiya, Niderlandiya, Vengriya, Gretsiya va mezbon Turkmanistonning 70 dan ortiq universitetlaridan 600 nafarga yaqin talabalar ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli olimpiadada Qarshi davlat universiteti Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti talaba-yoshlari ham munosib qatnashib, yuqori natijalarga erishdi. Jumladan, jamoaviy bahslarda amaliy matematika yoʻnalishi talabalari Choʻlliyev Behruz Bahodir o‘g‘li, Bobomirzayev Asadbek Alisher o‘g‘li, Boymahmadova Sharofat Ne’matulla qizi va Rizayeva Bahoroy Jahongir qizi kumush medal sohiblariga aylandi.
Shuningdek, yakkalik bahslarida matematika yoʻnalishi talabalari Begmahmatov Mirjalol Sayfulla o‘g‘li va Halimov Shaxboz Shuxrat o‘g‘li bronza medalni qo‘lga kiritdi, qolaversa, amaliy matematika yoʻnalishi talabalari Cho‘liyev Behruz Bahodir o‘g‘li, Bobomirzayev Asadbek Alisher o‘g‘li va Boymahmadova Sharofat Ne’matulla qizi ham bronza medal bilan taqdirlandi. Umumiy hisobda universitetimiz talabalari 4 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va ularga kelgusida yanada yuksak natijalar tilaymiz!
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
⚡️ “Media haftalik”: mamlakatimizda yilning eng yirik media loyihasi start olmoqda
Global axborot makonidagi shiddatli o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va sun’iy intellektning rivojlanishi, feyk xabarlar oqimi media sohasi vakillaridan mutlaqo yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Shu maqsadda respublikamizda yilning eng yirik va muhim ta’limiy-amaliy loyihasi — jurnalistlar, blogerlar va matbuot kotiblarini yagona platformada birlashtiruvchi “Media haftalik” o‘z ishini boshladi.
https://t.me/kontentmarkazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilayotgan mazkur loyiha butun respublikadan qariyb 12,5 ming ishtirokchini qamrab oladi. Joriy yilning 30-martidan 26-iyuniga qadar har bir hududda 5 kunlik intensiv o‘quv-seminarlar va mahorat darslari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
⚙️ Dasturda nazariya va amaliyot birlashadi: asosiy urg‘u haqiqiy tajriba orttirishga qaratiladi. Mamlakatimizning eng yetakchi media-ekspertlari, muharrir va prodyuserlari ishtirokida kontent yaratish, faktcheking, raqamli gigiyena, SMM va strategik kommunikatsiyalar kabi muhim mavzular bo‘yicha treninglar olib boriladi.
Mashg‘ulotlar telejurnalistlar, bosma nashrlar, blogerlar va davlat idoralari matbuot kotiblari uchun alohida yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Bilimlarini oshirgan ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
📌 O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanuvchi mazkur media-estafetaning ilk bosqichi 30-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanadi. Darslar davomida ishtirokchilar real keyslar asosida ishlash, xatolarni tahlil qilish, yangi yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Spikerlar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, zamonaviy media rivojining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
💬 Haftalik yakunida hududdagi soha vakillarini qamrab oluvchi yirik Media forum tashkil etiladi.
Loyihada ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarma va bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Media haftalik quyidagi sanalarda hududlar kesimida tashkil etiladi:
• 30-mart – 3-aprel: Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 6-aprel – 10-aprel: Xorazm viloyatida;
• 13-aprel – 17-aprel: Surxondaryo viloyatida;
• 20-aprel – 24-aprel: Qashqadaryo viloyatida;
• 27-aprel – 1-may: Samarqand viloyatida;
• 4-may – 8-may: Navoiy viloyatida;
• 11-may – 15-may: Buxoro viloyatida;
• 18-may – 22-may: Farg‘ona viloyatida;
• 25-may – 29-may: Namangan viloyatida;
• 1-iyun – 5-iyun: Andijon viloyatida;
• 8-iyun – 12-iyun: Jizzax viloyatida;
• 15-iyun – 19-iyun: Sirdaryo viloyatida;
• 22-iyun – 26-iyun: Toshkent viloyati va Toshkent shahrida.
🦋 https://t.me/kontentmarkazi
Qarshi davlat universiteti
Mar 30, 2026, 08:00 AM
🎥 Video
#QadriyatFestivali #Videolavha
Qarshi davlat universitetida Navro‘z bayrami munosabati bilan "Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!" bosh g‘oyasi asosida "Milliy liboslar va qadriyatlar" festivali bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida har bir fakultet o‘z pavilonlarida milliy urf-odatlar, liboslar, xalq o‘yinlari va taomlarini mahorat bilan namoyish etdi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
2,440
Qarshi davlat universiteti
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
📚 Zakovat — bilim va tafakkur maydoni!
Qarshi davlat universitetida “Zakovat” intellektual musobaqasining 11-turi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada universitet talabalar turar joylaridagi 15 ta jamoa ishtirok etmoqda.
Ishtirokchilar savollarga javob berib, mantiqiy fikrlash va tezkorliklarini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqa jami 15 turdan iborat bo‘lib, yakunda eng faol va bilimdon jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Intellektual musobaqa davom etmoqda va keyingi turlarda ham qiziqarli bahslar kutmoqda.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
2,310
Qarshi davlat universiteti
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#rezidentlik_dasturi
Yosh tadqiqotchilar diqqatiga: ISLAB va J-PAL hamkorligidagi 12 oylik Tadqiqot akseleratori dasturiga qabul ochildi
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (ISLAB) va J-PAL O‘zbekistonda ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti hamda davlat siyosati ta’sirini baholash yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish istagidagi tadqiqotchilarni rezidentlik dasturiga https://t.me/islab_uz.
2026-yilgi guruh uchun 10 dan ortiq o‘rin ajratilgan. Arizalar kelib tushish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi, shu sababli hujjatlarni tezroq topshirish tavsiya etiladi.
Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
• ISLAB va J-PAL tadqiqotchilaridan bevosita mentorlik;
• MIT MicroMasters'ning “Ma’lumotlar, iqtisodiyot va rivojlanish siyosati (DEDP)” kurslarida o‘qish imkoniyati;
• Amaliy ijtimoiy siyosat tadqiqotlarida real tajriba;
• Mahalliy va xalqaro olimlar bilan professional netvorking;
• Kelajakdagi tadqiqotlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
• Tadqiqot akseleratori rezidenti sifatidagi rasmiy maqom.
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
Iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, statistika yoki tegishli miqdoriy (kvantitativ) fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tadqiqot tajribasi va kuchli tahliliy ko‘nikmalarga ega nomzodlar.
🗓 Oxirgi muddat: 2026-yil 14-aprel.
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/03/27/08485b43-271e-7296-1e96-541253c1575b_media_.pdf.
Dasturga mos keladigan hamkasb va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Qarshi davlat universiteti
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#IchkiTurizm
Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 023-99-guruh talabalari uchun Abul Mu’in an-Nasafiy yodgorlik majmuasiga ma’rifiy ziyorat-ekskursiya tashkil etildi. Safarga pedagogika fanlari doktori, professor Shahlo Nurullayeva boshchilik qildi.
Ekskursiya davomida talabalar buyuk mutafakkir Abul Mu’in an-Nasafiyning hayoti va ilmiy merosi bilan yaqindan tanishib, kutubxonada davra suhbatida ishtirok etdilar. Unda allomaning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, talabalar majmua hududidagi muzey, tarixiy obidalar va me’moriy yodgorliklarni tomosha qilib, milliy merosimizga bo‘lgan qiziqishlarini yanada mustahkamladilar.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
⚡️“Super xotira” musobaqasi g‘oliblari aniqlandi!
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual musobaqada ishtirokchilar 50 ta turli sonlar ketma-ketligini eslab qolish ва qayta tiklash bo‘yicha o‘z aqliy salohiyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti talabasi Zarina Qoʻziboyeva 1-o‘rinni, Xorijiy tillar fakulteti talabasi Sarvara Safaraliyeva 2-o‘rinni va Pedagogika fakulteti talabasi Sabrina Namozova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘oliblarimizni tabriklaymiz! Taʼkidlash joiz, mazkur loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#RahbarVaYoshlarUchrashuvi
Xorijiy tillar fakultetida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O. Kuziyev, rektor maslahatchisi A. Jo‘rayev, fakultet rahbariyati hamda talabalar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot ruhida oʻtgan tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar. Xususan, talabalar tomonidan kitob nashri, media savodxonlik bo‘yicha treninglar tashkil etish, kutubxonalarda debatlar o‘tkazish hamda akademik mobillik masalalari yuzasidan takliflar bildirildi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
📚 “Kitobxon talaba” tanlovi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tashabbusi bilan Iqtisodiyot fakulteti talabalari o‘rtasida “Kitobxon talaba” tanlovi tashkil etildi.
Unda 10 ta jamoa ishtirok etib, kitobxonlik darajasi, bilim saviyasi va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyon etdi.
🏆 Natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Rai jamoasi
🥈 2-o‘rin — Leader Lady jamoasi
🥉 3-o‘rin — Alfa jamoasi
✨ G‘oliblar munosib taqdirlandi.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
1,730
Qarshi davlat universiteti
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
🏆 "Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi"ga start berilmoqda!
Qarshi davlat universiteti talabalari diqqatiga! "Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi" respublika musobaqasi boshlanmoqda!
Sport turlari: futbol, voleybol, basketbol, gandbol, stol tennisi, yengil atletika va suzish.
Qanday ishtirok etish mumkin? Faqat https://erp.sport.uz/ sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan talabalar qabul qilinadi.
Muddat: 30-martga qadar.
Taqvim:
Aprel — Universitet bosqichi
May — Hududiy bosqich
Iyun — Respublika finali
G‘alaba sari birinchi qadamni hoziroq tashlang!
Savollar bo‘yicha tyutorlar yoki fakultet dekan oʻrinbosarlariga murojaat qiling.
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz
Qarshi davlat universiteti
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
🏆 “AI HEALTH” Hakaton – 2026: universitet bosqichi yakunlandi
Qarshi davlat universitetida o‘tkazilgan “AI HEALTH” hakatonining universitet bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Tanlovda 13 ta jamoa sog‘liqni saqlash sohasiga sun’iy intellekt asosidagi innovatsion va amaliy loyihalari bilan ishtirok etdi. Loyihalarning yuqori saviyada bo‘lgani sababli g‘olibni aniqlash oson kechmadi.
Hakamlar hay’ati baholash natijalariga ko‘ra, “MedAlert” jamoasi g‘olib deb topildi va respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Jamoa a’zolari:
1️⃣ Navro'zbek Norboboyev
2️⃣ Shaxboz Tilloyev
3️⃣ Dilshod Narzullayev
4️⃣ Shahrizoda Shamsiddinova
5️⃣ Aziza Nasretdinova
G‘olib jamoani tabriklaymiz va keyingi bosqichda omad tilaymiz!
Bizni kuzating
| https://www.instagram.com/qarshidu/|https://www.facebook.com/qardu| https://qarshidu.uz/oz