http://t.me/pmqarshi
https://www.instagram.com/pmarshi_official/
https://youtube.com/@pmqarshi_official1?si=bFywTwTX6RpYDwBB
Shiorimiz: Biz o'quvchilarimizni nafaqat oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.
Follow @pmqarshi to stay updated with the latest muassasalariga and httpswwwinstagramcompmarshi_official trends and news
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Prezident maktabi | Qarshi shahri
May 15, 2026, 01:12 AM
📷 Photo
#Prezident_maktabi
#Xalqaro_hamshiralar_kuni
👍 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni
➕ Hayotning eng masʼuliyatli va sharafli kasblaridan biri — hamshiralikdir. Inson salomatligi yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan, tun-u kun bemorlar dardiga malham boʻlayotgan barcha hamshiralarni bugungi kasb bayrami bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!
💊 Hamshira — bu nafaqat kasb egasi, balki mehr, sabr, insonparvarlik va sadoqat timsolidir. Ularning shirin muomalasi, bemorlarga boʻlgan eʼtibori va masʼuliyati minglab insonlarga kuch va umid bagʻishlaydi. Shifokor va bemor oʻrtasidagi eng yaqin koʻmakchi boʻlgan hamshiralar jamiyatimizda alohida oʻrin tutadi.
💊Ayniqsa, murakkab vaziyatlarda ham oʻz burchiga sodiq qolib, inson hayoti uchun kurashayotgan siz kabi fidoyi insonlarning mehnati har qanday eʼtirofga loyiqdir. Sizlarning zahmatli va sharafli faoliyatingiz tufayli koʻplab insonlar sogʻligʻiga qaytmoqda, oilalar quvonch topmoqda.
📚 Fursatdan foydalanib, barcha hamshiralarga mustahkam sogʻlik, oilaviy baxt, kasbiy muvaffaqiyat va cheksiz kuch-gʻayrat tilaymiz. Qalbingizdagi mehr hech qachon soʻnmasin, ezgu faoliyatingiz davomida doimo xalq ardogʻida boʻling!
✨ Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz va fidoyi hamshiralar!
Hurmat bilan Qarshi shahridagi Prezident maktabi jamoasi
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ
881
21
0
Prezident maktabi | Qarshi shahri
May 15, 2026, 01:12 AM
📷 Photo
🤩 Karshi Presidential School Hosts Second Annual Chemistry Intra Quiz Bee 2026 🧪
📍 On April 22, Karshi Presidential School successfully organized the Second Annual Chemistry Intra Quiz Bee 2026, bringing together talented and enthusiastic students from Grades 9, 10, and 11 who are passionate about chemistry and science. 🔬
👩🔬 The competition challenged students with questions ranging from IGCSE Edexcel to CIE AS & A Level Chemistry, testing their knowledge, critical thinking, teamwork, and problem-solving skills through easy, average, and difficult rounds. ⚗️
📖 The event was organized by the Chemistry Department led by:
🔸 Ms. Anna Patricia Algordo
🔸 Mr. Shahzod Ulashov
🔸 Ms. Sevara Vohidova
🎤 The program was smoothly hosted by Ms. Haydee Hernandez, while Ms. Anna Patricia Algordo served as the Quiz Master. Mr. Shahzod Ulashov and Ms. Sevara Vohidova managed the checking and recording of answers and scores, with Ms. Sevara also overseeing the event.
🎙️ The event officially opened with inspiring remarks from school principal Anvar Turayev Jamolovich, who emphasized the importance of academic excellence and scientific curiosity.
💡 Vice Principal Ulug'bek Sharipovich motivated students to continue pursuing their passion for science and innovation.
👏 Closing remarks were delivered by Academic Director Literato Mashiloane, who congratulated both participants and organizers for their dedication and hard work.
🏆 After several exciting and competitive rounds, Team 2 — “Tumtaraqay Nemesis” — emerged as the champions!
🥇 Winning Team Members:
🔸 Quvonchbek — Grade 11
🔸Nurmukhammad - Grade 11
🔸 Barno — Grade 10
🔸 Gulasal — Grade 9
🔸 Asila — Grade 9
🎁 The winners received certificates of recognition, gift tokens, and a special dinner treat sponsored by the Chemistry teachers. 🍽️🎖️
✨ The Chemistry Intra Quiz Bee continues to be a valuable platform for students to showcase their academic abilities, build confidence, and deepen their interest in science. The school community looks forward to even more engaging and competitive editions in the future! 🧪
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ
Prezident maktabi | Qarshi shahri
May 15, 2026, 01:12 AM
📷 Photo
#SAT
#Qarshi_shahridagi_Prezident_maktabi
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.
🗓Imtihon sanasi: 2026-yil 6-iyun
📃Imtihon turi: Digital
😀Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 https://mysat.collegeboard.org/login
📍Manzil: https://maps.app.goo.gl/UEPh1pdu7f9ywH8AA
📝Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 22-may bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz.
⬆️Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ
Prezident maktabi | Qarshi shahri
May 15, 2026, 01:12 AM
📷 Photo
🤩 Karshi Presidential School Holds Spelling Bee Competition
🔸 On February 27, students of Karshi Presidential School showcased their knowledge and teamwork during the school’s Spelling Bee competition. The event was organized and hosted by Ms. Haydee Hernandez and Mr. James Jordan Dionzon with the support of Mr. Kamoliddin Amirov.
Students competed in several challenging rounds that tested their vocabulary, grammar, comprehension, and critical thinking skills.
The winners were:
🥇 1st Place – Javohir (6 Blue)
🥈 2nd Place – Lochin (6 Green)
🥉 3rd Place – Shaxzodbek (7 Green)
🔸 Karshi Presidential School continues to provide meaningful opportunities for students to grow intellectually and creatively through engaging academic activities such as the Quiz Bee. Congratulations to all participants and winners for their outstanding performance. Special credit goes to Ms. Haydee Hernandez for her dedication and effort in creating a fun and engaging academic activity for students.
--------------------------------------------------------
🤩 Karshi Presidential School Holds Reading Contest
🔸On March 4, 2026, Karshi Presidential School held an engaging Reading Contest that celebrated students’ reading skills, confidence, and love for literature. The event was organized by Haydee Hernandez with the support of fellow English teachers Mr. Kamoliddin Amirov, Mr. Asadbek Bakhtiyorov and Ms. Gulnoza Ubaydullayeva
🔸Students impressed the audience with their reading fluency, pronunciation, expression, and confidence throughout the competition. Special credit goes to Ms. Haydee Hernandez for her dedication and effort in organizing the activity and encouraging students to strengthen their reading and communication skills.
The winners of the contest were:
🥇 1st Place – Muxlisa (7 Green)
🥈 2nd Place – Bobur (7 Blue)
🥉 3rd Place – Ibrohim (6 Green)
🔸The Reading Contest created a positive and encouraging atmosphere that inspired students to further develop their passion for reading and learning. Congratulations to all participants and winners for their excellent performance.
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ
Prezident maktabi | Qarshi shahri
Apr 4, 2026, 10:08 PM
📷 Photo
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
📤Qashqadaryo viloyati "Kelajak" markazi tashabbusi bilan Qarshi shahrida “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi doirasida muhim o‘quv seminar tashkil etildi
Qashqadaryo viloyatida “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha milliy dastur doirasida navbatdagi amaliy seminar Qarshi shahrida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar Qashqadaryo viloyat “Kelajak” markazlari direktori Xolmurodova Gulrux, Qarshi Prezident maktabi direktori To‘rayev Anvar, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Qashqadaryo viloyati bosh maslahatchisi Xo‘jaqulov O‘ktam hamda Qarshi shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tashkil etildi.
📈 Seminar davomida “Maktab maslahatchilari” uchun amaliy va nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, asosiy e’tibor Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasini umumta’lim maktablariga joriy etish masalalariga qaratildi.
⌛ Ishtirokchilar bilan ilg‘or pedagogik yondashuvlar, zamonaviy o‘qitish metodlari hamda samarali boshqaruv tizimlari yuzasidan chuqur tajriba almashildi.
➡️ Ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
⌛ Hududlarda Prezident maktablari tajribasini keng joriy etish orqali ta’lim tizimida yangi bosqichga erishish zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur seminar Qarshi shahrida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirishga xizmat qiladi
#Qarshi #Qashqadaryo #KelajakMarkazlari #PrezidentMaktablari #Ta’lim #IqtidorliYoshlar
Qashqadaryo viloyat "Kelajak" markazi
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
📱 https://t.me/qashqadaryokelajak 📱 https://www.facebook.com/qashqadaryokelajak
📱 https://www.instagram.com/qashqadaryo.kelajak.markazi?igsh=MW9wbTI3b2lrbHdiaw==
Prezident maktabi | Qarshi shahri
Apr 4, 2026, 10:08 PM
📷 Photo
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabi 6-sinf o‘quvchisi Abdimajitov Bobur yana bir bor o‘z bilim va salohiyatini namoyon etdi!
🔷 U 2025–2026 o‘quv yili uchun IMAS (International Mathematics Assessments for Schools) xalqaro matematika baholash dasturining final bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medali hamda sertifikat bilan taqdirlandi.
🔷 Shuningdek, umumta’lim fanlari bo‘yicha bilim darajasini baholash natijalariga ko‘ra:
Matematika fanidan: 63.11 ball
Natija: 97.09%
Daraja: B+
👏 Ushbu natijalar o‘quvchimizning tirishqoqligi, bilimga bo‘lgan qiziqishi va izlanishlari samarasidir.
🌐Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
📚Uyqusiz tunlardan $385 000 gacha: MITʼdan 100 foiz grant yutgan sirdaryolik Asilbek Sunnatov
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning faxrli bitiruvchisi Asilbek Sunnatov dunyoning birinchi raqamli texnika universiteti — Massachusetts Institute of Technology (MIT)ga 100% grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Ushbu grantning umumiy qiymati 385 000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Asilbekning MITga qabul qilinishi ortida faqat iqtidor emas, balki uzoq yillik tinimsiz mehnat, qat’iyat va katta intilish turibdi. U https://www.youtube.com/watch?v=Mv5BX-tHN4Enashriga bergan intervyusida bu yo‘lda boshidan kechirgan qiyinchiliklari, o‘qishdagi strategiyasi va uyqusiz tunlari haqida samimiy gapirib berdi.
Agentlik tizimida yaratilgan shart-sharoitlar, maktabdagi ustozlarning fidoyiligi va ota-onaning ishonchi — mana shu omillar birgalikda ushbu yuksak natijani keltirib chiqardi.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Prezident maktabi | Qarshi shahri
Apr 4, 2026, 10:08 PM
📷 Photo
#Prezident_maktabi
#Kelajak_soati
⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabida “O‘zbek madaniyati” mavzusida “Kelajak soati” darsi bo‘lib o‘tdi.
🔷 Dars davomida o‘quvchilar milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimiz haqida bilimlarini boyitildi. Turli muhokamalar va taqdimotlar orqali mavzu keng yoritildi.
🔷 Mazkur dars yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ
Prezident maktabi | Qarshi shahri
Apr 1, 2026, 02:54 AM
📷 Photo
Qarshi shahridagi Prezident maktabi jamoasi o‘z safini kengaytirmoqda!
Maktabimizga Ingliz tili o'qituvchisi lavozimiga yuqori malakali mutaxassis taklif etiladi.
💠 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🟢Oliy ma’lumot
🟢Kamida 3-5 yil ish tajribasi
🟢Xorijda bakalavr yoki magistratura bosqichini tamomlaganlik
🟢IELTS 7 va undan yuqori
🟢Bolalar va o‘smirlar bilan ishlash ko‘nikmasi
🟢Mas’uliyatli, muloqotga ochiq va jamoa bilan ishlay olishi
💠 Biz taklif etamiz:
✅Nufuzli Prezident maktabida ishlash
✅Professional va do‘stona jamoa
✅Rivojlanish imkoniyatlari
✅Barqaror ish haqi va munosib sharoitlar
📌 Manzil: Qarshi shahridagi Prezident maktabi
📞Talabgorlar quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin
+998996641646
Direktor oʻrinbosari:
Ulugʻbek Sharopov
👉 Iqtidorli yoshlar bilan ishlashni istasangiz, bu siz uchun a’lo imkoniyat!
Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ
Prezident maktabi | Qarshi shahri
Apr 1, 2026, 02:54 AM
📷 Photo
⚡️ 2026-yilning 30 - mart kuni Qashqadaryo viloyati Direktorlar Kengashi tomonidan bo'sh (vakant) maktab direktori lavozimlari uchun suhbat o'tkazildi.
🔷 Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qaroriga asosan "Menejerlik kursi"ni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar vakant bo'lgan direktorlik lavozimlari uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etdilar.
🔷 Suhbat belgilangan talablar asosida, zoom platformasining doimiy kuzatuv linki orqali qayd etilib, mas’ullar tomonidan kuzatib borildi
🔷 Suhbat jarayonida nomzodlarning jamoani boshqarish, liderlik qobiliyati, tashabbuskorlik, notiqlik san'ati va hozirgi davr ta'lim islohotlariga qarashlari baholandi hamda nomzodlarga zarur tavsiyalar berildi. Jarayon belgilangan me’yorlar asosida adolatli, shaffof va xolisona tarzda olib borilishi ta’minlandi.
Qashqadaryo viloyati Direktorlar kengashi.
🌐Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
1,460
Prezident maktabi | Qarshi shahri
Apr 1, 2026, 02:54 AM
📷 Photo
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
🎓 Qarshi shahridagi Prezident o'quvchisi Xudaykulov Shohruhmirzo dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri bo'lgan -University of Toronto ga (QS reytingda #29-o'rin) muvaffaqiyatli tarzda Lester B. Pearson mukofoti bilan qabul qilindi!
🟢 O'quvchimizga 2026/2027 o'quv yili uchun:
Department of Neuroscience B. A in Neuroscience Full-time, 4 yillik bakalavr dasturi bo'yicha rasmiy Offer taqdim etildi.
Ma'lumot o'rnida, Lester B. Pearson mukofoti dunyo bo'yicha 37 ta xalqaro kandidatlarga beriladi. Bu mukofot bakalavr dasturining to'liq 4 yilligining hamma grantini (100%) tashkil etadi.
Shohruhmirzoning akademik yutuqlari:
➖IELTS — 8.0 ball
➖SAT — 1540 ball
➖AS Level — AAA
Shohruhmirzoni ushbu ulkan yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz va 2026-yil davomida yana ko‘plab shunday xushxabarlar bo‘lishiga ishonamiz!
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
#Turon_teatr_tanlovi
#respublika_bosqichi
🎫 "Yangi O‘zbekistoning iste'dodlari jam bo‘ladigan "Turon" teatr tanlovining Respublika bosqichi 25-26-mart kunlari bo‘lib o‘tadi"
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o’quvchilari o’rtasida — milliy qadriyatlar, san’at va ma’naviyatni ulug‘lovchi yirik madaniy loyiha davom etmoqda.
🎭 “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Turon” teatr tanlovi yosh iste’dodlarning sahnadagi mahoratini namoyon etish, ularda ijodkorlik, vatanparvarlik va badiiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
⏺Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan eng sara jamoalar endi respublika bosqichida o‘z iste’dodi, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvi bilan bellashadi.
Sahna — bu tarbiya maskani
Teatr — bu qalblarni uyg‘otuvchi san’at
Eng yorqin chiqishlar, unutilmas sahna asarlari va iste’dodlar jam bo‘ladigan “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichiga marhamat.
🗺 https://yandex.ru/navi/org/215101266939?si=jf4g6g48d2bv7xuynnfd8nenbw O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
🥲 Qarshi shahridagi Prezident maktabi jamoasi o‘z safini kengaytirmoqda!
📚 Maktabimizga Kutubxonachi lavozimiga malakali mutaxassis ishga taklif etiladi.
💠 Asosiy vazifalar:
🔸 Kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish
🔸 O‘quvchilar va pedagoglarni zarur adabiyotlar hamda axborot-resurslar bilan ta’minlash
🔸 Bibliografik va metodik ishlarni yuritish
🔸 Axborot-kutubxona jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish
🔸 Ta’lim tizimiga oid normativ-huquqiy hujjatlar asosida faoliyat yuritish
💠 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
🟢 O‘z yo‘nalishi (kutubxonachilik) bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot
🟢 Ingliz tilini bilishi
🟢 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmasi
🟢 Bibliograf (kutubxonachi) lavozimida kamida 2 yillik ish staji
💠 Biz taklif etamiz:
✅Nufuzli Prezident maktabida ishlash
✅Professional va do‘stona jamoa
✅Rivojlanish imkoniyatlari
✅Barqaror ish haqi va munosib sharoitlar
📌 Manzil: https://maps.app.goo.gl/difKNnpRF8QxYbv1A
📞Talabgorlar quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin
+998337452306
Kadrlar boʻyicha menejer:
Elyor Rahimov
👉 Kitob va bilim maskanida faoliyat yuritishni istasangiz, bu siz uchun a’lo imkoniyat!
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ
Prezident maktabi | Qarshi shahri
Apr 1, 2026, 02:54 AM
📷 Photo
🌙 Ramazon — mehr-oqibat, saxovat va insoniylik oyi.
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabi ustozlari va o‘quvchilari tashabbusi bilan muborak Ramazon oyida Qarshi shahridagi Geologlar mahallasida yashovchi ehtiyojmand oilalarga xayriya yordamlari topshirildi.
🔸Tashrif davomida oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari hamda zaruriy sovg‘alar taqdim etildi. Bu ezgu tashabbus Ramazon oyining asl mohiyati — mehr ulashish va yordamga muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash g‘oyasini yana bir bor namoyon etdi.
✨ Har bir qilingan yaxshilik — bir inson qalbiga umid, bir oila xonadoniga quvonch olib kiradi.
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ
Prezident maktabi | Qarshi shahri
Mar 30, 2026, 09:26 AM
📷 Photo
#Prezident_maktabi
#Rahbar_kubogi
🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Rahbar kubogi” sport musobaqasining Qashqadaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Musobaqada Qarshi shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ham faol ishtirok etib, sportning futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
🏀 Ushbu musobaqa yosh sportchilarning jismoniy salohiyatini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish hamda ta’lim muassasalari o‘rtasida do‘stlik va sog‘lom raqobat muhitini mustahkamlashga xizmat qildi.
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱 | 📱 https://www.instagram.com/pmarshi_official/ |
📱 https://www.facebook.com/profile.php?id=61571917701517 | 📱 https://www.youtube.com/channel/UCwF3iHwBl_xVQI94LwePAmQ