“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi rasmiy kanali
Aloqa bot: @Piftuzbot
Instagram: https://www.instagram.com/pift.uz
Facebook: https://www.facebook.com/piftuz
Join @piftuz for exclusive aloqa and httpswwwinstagramcompiftuz content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
May 15, 2026, 02:27 PM
📷 Photo
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” TASHABBUSINI QOʻLLAB-QUVVATLASH BOʻYICHA MILLIY DASTURNING VAZIFASI NIMA VA UNGA KIMLAR QABUL QILINADI?
✅ JAVOB: Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan 2025-yilda “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur tashkil etildi.
Milliy dasturni tashkil etishdan maqsad:
➡️ iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash, ularni saralash va yetakchi xalqaro oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tizimli tayyorlash;
➡️ tajribali xorijiy ustozlar jalb etgan holda intensiv taʼlim berish;
➡️ iqtidorli yoshlarni yagona platformaga birlashtirish orqali ularning oʻzaro hamkorligi, tajriba almashinuvi va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun samarali muhit yaratish;
➡️ yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlgan mutaxassislar tayyorlash;
➡️ shuningdek, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratishdan iborat.
⚫️ Milliy dasturga har yili respublika boʻylab xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqishga salohiyati mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari orasidan 1 500 nafargacha nomzod imtihonlar asosida saralab olinadi.
⚫️ Milliy dastur doirasida saralab olingan oʻquvchilar Agentlik tizimidagi maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10-11-sinflarda taʼlim olish davrida ular uchun xalqaro top darajadagi oliygohlarga kirish boʻyicha qoʻshimcha oʻqish tashkil etiladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz yoki savolingizni https://t.me/piftuzbot botiga yo'llashingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
1,360
14
0
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
May 15, 2026, 02:27 PM
📷 Photo
🧠 “Renessans” oromgohida Milliy dasturning 6-mavsum ishtirokchilari o‘rtasida Zakovat bellashuvi bo‘lib o‘tdi
📍 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 6-mavsum ishtirokchilari uchun “Renessans” oromgohida navbatdagi Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlar o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlashi va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
✨ Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqada jamoalar turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berib, o‘zaro kuchli raqobat muhitini yaratdilar. Ishtirokchilar nafaqat bilim, balki jamoaviy hamkorlik va strategik fikrlash borasida ham faol ishtirok etdilar.
🎯 Bunday intellektual o‘yinlar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularni izlanuvchanlikka undash hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun muhim tajriba vazifasini o‘tamoqda.
Bizni kuzatib boring
https://t.me/renessans_oromgohhttps://www.instagram.com/renesssans.oromgoh?igsh=MTI2Zzg0NTZwMG9veg==https://www.instagram.com/renessans.oromgoh?igsh=MTI2Zzg0NTZwMG9veg== | https://www.facebook.com/profile.php?id=61562837830987&mibextid=LQQJ4dhttps://www.youtube.com/@renessans.oromgoh-m8u
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
May 15, 2026, 02:27 PM
📷 Photo
#PrezidentIqtidorliFarzandlari #MilliyDastur #Qabul2026
🇺🇿 "Prezident iqtidorli farzandlari" milliy dasturiga 2026–2027-o'quv yili uchun qabul kvotasi va imtihon sanasi rasman tasdiqlandi.
🇺🇿 14 hudud bo'yicha jami — 1500 ta o'rin:
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi — 140
➡️ Andijon viloyati — 120
➡️ Buxoro viloyati — 110
➡️ Farg'ona viloyati — 150
➡️ Jizzax viloyati — 100
➡️ Namangan viloyati — 98
➡️ Navoiy viloyati — 60
➡️ Qashqadaryo viloyati — 120
➡️ Samarqand viloyati — 140
➡️ Sirdaryo viloyati — 80
➡️ Surxondaryo viloyati — 106
➡️ Toshkent viloyati — 120
➡️ Xorazm viloyati — 100
➡️ Toshkent shahri — 56
🖌 Ariza qabul qilish muddati: 2026-yil 15-maydan 4-iyungacha. Ariza onlayn shaklda http://my.gov.uz/ hamda http://ariza.piima.uz/ saytlari orqali qabul qilinadi.
🔴 Eslatib o'tamiz: dasturga qabul imtihonlari bo'yicha avvalroq e'lon qilingan edi.
🔴 Saralash imtihoni — 2026-yil 2-iyul.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz yoki savolingizni https://t.me/piftuzbot botiga yo'llashingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
May 15, 2026, 02:27 PM
📷 Photo
#diqqat_eʼlon
#QABUL2026
✅ “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” MILLIY DASTURIGA 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILINADI!
🇺🇿 https://milliydastur.uz/uz 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha ONLAYN shaklda http://my.gov.uz/ hamda http://ariza.piima.uz/ saytlari orqali amalga oshiriladi.
❓“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga qanday hujjatlar talab etiladi?
⚫️oxirgi 2 oy davomida tushirilgan fotosurat;
⚫️tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika);
⚫️ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) ma’lumotlari;
⚫️bog‘lanish uchun telefon raqamlari.
❓“Prezident iqtidorli farzandlari” Milliy dasturiga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
⚫️9-sinfni tamomlab, 10-sinfga o‘tgan iqtidorli o‘quvchilar.
☎️ Call-markaz: 1206
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
May 15, 2026, 02:27 PM
📷 Photo
#diqqat_eʼlon
#QABUL2026
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul-2026: Imtihon materiallari https://gov.uz/oz/ima/news/view/159907
📣 2026/2027-o‘quv yili uchun "Prezident iqtidorli farzandlari" Milliy dasturiga saralash imtihoni materiallari spetsifikatsiyasi rasman e’lon qilinmoqda.
Hujjatda har bir fan bo‘yicha mazmun sohasi, ta’limiy maqsadlar, talab qilinadigan ko‘nikmalar, ularning kognitiv darajasi va savollar soni belgilangan.
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/05/cb1f8c0b-3454-00e3-87d6-62b9672d8ae4_media_.pdf
https://api-portal.gov.uz/uploads/152/2026/05/05/2e919f7b-a91f-8daf-f8bd-d6e7b043637d_media_.pdf
🔴 Dastur bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, quyidagi bot orqali murojaat qilishingiz mumkin: https://t.me/Piftuzbot
25,100
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
May 15, 2026, 02:27 PM
📷 Photo
🌿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 6-mavsumi boshlandi
✅ “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 6-mavsumi tantanali ravishda o‘z ishini boshladi. Dastur doirasida navbatdagi – 6-smena ham faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
🇺🇿 Respublikamizning turli hududlaridan saralangan iqtidorli o‘quvchilar yana bir bor yagona maydonda jam bo‘lishdi va yangi bilim hamda tajribalar sari ilk qadamlarini tashladilar.
6-mavsum davomida ishtirokchilar uchun zamonaviy yondashuvlarga asoslangan ta’limiy darslar, amaliy mashg‘ulotlar, liderlik va psixologik treninglar, shuningdek, sport va jamoaviy faoliyatlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Dastur yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelajak liderlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
⚫️ “Renessans” oromgohi esa an’anaviy tarzda ishtirokchilar uchun qulay, xavfsiz va ilhomlantiruvchi muhit yaratib, ularning har tomonlama rivojlanishiga zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Apr 1, 2026, 03:15 PM
📷 Photo
#Results
📈Joriy yilning 14–15-mart kunlari o‘tkazilgan SAT imtihonida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari 1440 ball natijani qayd etgani namunali natijalardan biri. Bu natija ularning yuqori darajadagi tayyorgarligi va bilimini ko‘rsatadi.
➕Ushbu quvonarli natijalarni Navoiy viloyati dastur ishtirokchisi Jafar Bobojonov va Andijon viloyatidan Ozodbek Tursunboyevlar qayd etdi.
✨1440 ball - SAT tizimida namunali natija hisoblanadi va bu bilan ular dunyoning nufuzli universitetlariga kirish imkoniyatini sezilarli darajada oshirishadi.
1,450
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Apr 1, 2026, 03:15 PM
📷 Photo
Iqtidorli yoshlar — porloq kelajak bunyodkorlari!
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari bugun nafaqat akademik yutuqlari, balki ijtimoiy faolliklari bilan ham ajralib turishmoqda. Ular bir jamoa bo‘lib, dunyoning top universitetlariga kirish yo‘lida puxta tayyorgarlik ko‘rib, xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishib kelishmoqda.
🍃Shu bilan birga, ishtirokchilar portfoliolarini boyitish maqsadida volontyorlik faoliyatlarida muntazam qatnashib, nufuzli universitetlarning yozgi dasturlariga muvaffaqiyatli qabul qilinmoqdalar.
🌿 Xususan, Xorazm viloyati Urganch shahridagi Yoshlar ko‘lida “Chiqindisiz dunyo uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan plogging eko-aksiyasida ham ular faol ishtirok etishdi. Tadbir davomida yoshlar tabiatni asrash, chiqindilarni yig‘ish va ekologik madaniyatni targ‘ib qilish borasida o‘z tashabbuslarini namoyon etdilar.
🏆 Musobaqa natijalariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin – “Yosh ekologlar” jamoasi (“Milliy dastur” ishtirokchilari)
🥈 2-o‘rin – “Yashil kelajak” jamoasi
🥉 3-o‘rin – “Green” jamoasi
👏 Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz! Sizlarning bilimga chanqoqligingiz va jamiyatga foydali bo‘lishga intilishingiz kelajakda yanada katta yutuqlarga yetaklaydi!
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Apr 1, 2026, 03:15 PM
📷 Photo
#Navoiy
#volontyor
🌍World Youth Festival 2025 doirasida Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida o‘tkazilgan nufuzli xalqaro festivalda o‘quvchimiz munosib ishtirok etdi.
🇺🇿 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchisi Bobojonov Jafar ushbu festivalda 100% grant (fully funded scholarship) asosida qatnashib, O‘zbekiston yoshlarini xalqaro miqyosda munosib tarzda namoyon etdi.
🧑🏫 Mazkur festival dunyoning 💯 dan ortiq davlatidan tashrif buyurgan minglab iqtidorli yoshlarni birlashtirib, quyidagi yo‘nalishlarda tajriba almashish imkonini yaratdi:
🔷innovatsiya va tadbirkorlik
🔹 yetakchilik va global hamkorlik
🔹 madaniy almashinuv va networking
🌐 Bunday yutuqlar nafaqat katta tajriba, balki volontyorlik faoliyatida ishtirok etish, xalqaro aloqalarni kengaytirish hamda TOP universitetlarga kirish jarayonida muhim ustunlik bo‘lib xizmat qiladi.
1,790
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Apr 1, 2026, 03:15 PM
📷 Photo
✅✅✅✅
#Hamkorlik
28-mart kuni Xorazm viloyati umumta’lim maktablariga yangi tayinlangan 109 nafar maslahatchi hamda “Kelajak markazlari”ning tuman (shahar) rahbarlari uchun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ularning maktab hayotidagi o‘rni, vazifalari va mas’uliyatlari yuzasidan muhim tushunchalar berildi.
📌 Uchrashuvning asosiy qismida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Dastur bosqichlari, o‘quvchilarni saralab olish jarayonlari hamda o‘quv mashg‘ulotlari haqida ma’lumot berildi.
💡 Shuningdek:
– maslahatchilarning faoliyat yo‘nalishlari,
– o‘quvchilar bilan samarali ishlash usullari,
– tarbiyaviy jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Uchrashuv davomida o‘zaro fikr almashildi va yangi maslahatchilar uchun muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.
✨ Kelgusida ham bu kabi uchrashuvlarni tizimli ravishda davom ettirish rejalashtirilmoqda.
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Apr 1, 2026, 03:15 PM
📷 Photo
📚 “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi doirasida yurtimizning barcha hududlaridan saralab olingan iqtidorli yoshlarimiz yana bir bor o‘z salohiyatini namoyon etmoqda. Navoiy va Farg‘ona hududida esa navbatdagi yuksak natijalar qayd etildi.
#Navoiy
⭐️Iqtidorli o‘g‘lonimiz Javohir Salimov xalqaro SAT imtihonidan 1510 ballni qo‘lga kiritib, o‘zining yuqori darajadagi analitik tafakkuri va mustahkam mantiqiy fikrlash qobiliyatini amalda isbotladi.
#Fargʻona
⭐️Iqtidorli qizlarimizdan Rahimova Muslima ham xalqaro IELTS imtihonidan umumiy 7.5 ballni qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, Listening va Reading bo‘limlaridan 8.5 ball natija qayd etgani uning bilim va tayyorgarligi yuksak ekanligini ko‘rsatadi.
🇺🇿 Bunday yutuqlar — yurtimiz kelajagining yorqin ekanidan dalolatdir. Yoshlarimiz bilan faxrlanamiz!
✨ Ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
1,690
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Mar 27, 2026, 06:12 AM
📷 Photo
#Toshkent
Yana bir xalqaro yutuq!🎉
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchisi Muhammadmirza Ruxutdinov Yale Young Global Scholars (Yale University) tomonidan tashkil etilgan “Innovations in Science & Technology” yozgi dasturiga qabul qilindi.
Dastur 2026-yil 19-iyuldan 31-iyulgacha bo‘lib o‘tadi va unda dunyoning turli mamlakatlaridan saralangan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etadi.
📚Qabul jarayonida uning akademik salohiyati, mustaqil fikrlashi hamda ta’limga bo‘lgan jiddiy yondashuvi yuqori baholandi. Shuningdek, unga 93% grant asosida o‘qish imkoniyati taqdim etildi.
💫Faoliyat yuritayotgan bosh maslahatchilarimiz va yillar davomida tajriba orttirgan maktab maslahatchilar yoshlarning xalqaro dasturlarga tayyorlanishida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ularga yangi marralarni zabt etishda muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi muvaffaqiyatlariga ishonamiz! 👨🎓
✅✅✅✅
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari uchun motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
🌐 Renessans bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda yoshlar o‘z yo‘lini topgan, xalqaro miqyosda katta yutuqlarga erishgan iqtidorli talaba — Bobirjon Baxtiyorov bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
🔵 Bugungi kunda Amerikaning nufuzli Johns Hopkins University universitetida 4-kursda tahsil olayotgan Bobirjon o‘zining muvaffaqiyatli yo‘li, bilim olishdagi yondashuvi va oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida samimiy fikrlar bildirdi. U xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarga erishib, xususan IELTS dan 9 ball va SAT dan maksimal 1600 ballni qo‘lga kiritgani bilan yoshlarga katta motivatsiya berdi.
✅ Uchrashuv davomida Bobirjon nafaqat o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi, balki xorijiy universitetlarga kirish jarayonlari, grant yutish sirlari hamda to‘g‘ri strategiya tanlash bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Shuningdek, u bugungi kunda ko‘plab yoshlarga dunyoning top universitetlariga kirishda yordam berib kelayotgani bilan ham alohida e’tiborga sazovor.
💬 Mazkur uchrashuv ishtirokchilar uchun nafaqat yangi bilim va tajriba, balki katta ilhom manbai bo‘ldi. Yoshlar o‘z oldilariga yanada katta maqsadlar qo‘yib, ularga erishish yo‘lida qat’iyat bilan harakat qilishga undaldi.
Bizni kuzatib boring
🚀 https://t.me/renessans_oromgohhttps://www.instagram.com/renesssans.oromgoh?igsh=MTI2Zzg0NTZwMG9veg==📷https://www.instagram.com/renessans.oromgoh?igsh=MTI2Zzg0NTZwMG9veg== 🔵 https://www.facebook.com/profile.php?id=61562837830987&mibextid=LQQJ4d🎬https://www.youtube.com/@renessans.oromgoh-m8u
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Mar 27, 2026, 06:12 AM
📷 Photo
#Navoiy
“Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchisi Abdiraimova Sabrina yangi yuqori ✨ natijani qayd etdi.
📚U IELTS imtihonidan umumiy 8.0 ball (Listening – 9.0, Reading – 8.0) qo‘lga kiritib, tengdoshlariga o‘rnak bo‘ldi. Uning bu yutug‘i izlanish, mehnat va qat’iyatning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu natija barcha o‘quvchilarni yanada ko‘proq harakat qilishga va o‘z ustida ishlashga undaydi.
✊O‘quvchimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va unga yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
1,850
75
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Mar 27, 2026, 06:12 AM
📷 Photo
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Assalomu alaykum!
Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz. Ushbu qutlug‘ ayyom yurtimizga tinchlik va osoyishtalik, xonadonlaringizga fayz-u baraka, barchangizga mustahkam sog‘lik va farovonlik olib kelishini tilaymiz.
Hurmat bilan,
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
2,670
83
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi
Mar 27, 2026, 06:12 AM
📷 Photo
📚Joriy yilning fevral oyida “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturi ishtirokchilari IELTS imtihonida yuqori natijalarga erishdi!
#Jizzax
➕Kamolov Jasurbek — umumiy 7.5 ball, eng yuqori natijalari: Reading 7.5 ball, Listening 8.5 ball
#Sirdaryo
➕Ibrohimova Ma'mura— umumiy 7.0 ball, eng yuqori natijalari: Listening 8.5 ball, Reading 7.5 ball
Ushbu natijalar ularning sa’y-harakatlari va iqtidorining munosib natijasidir.
🌟Yoshlarimizni tabriklaymiz va kelgusi ishlarida omad tilaymiz!