#Onlayn_ochiq_muloqot
#4_kun
⚡️ Madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha ochiq muloqotlar
https://t.me/madaniyatvazirligi
Zamonaviy davrda globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan bir paytda, madaniyatni asrash yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Xuddi shu maqsadda, joriy yilning 20-25-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan, madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilish bo‘yicha soha vakillari, faol ijodkorlar, tadbirkorlar va izlanuvchan yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.
Bugun, 23-aprel kuni poytaxtdagi 1-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida xalq ijodiyoti va nomoddiy madaniy meros, askiya, qiziqchilik va stendap hamda madaniyat va san’at ta’limi yo‘nalishida, shuningdek, Madaniyat vazirligida blogerlar, inflyunserlar, vaynerlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotlar davomida Prezident Administratsiyasi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi direktori Qobuljon Ahmedov, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda soha vakillari, blogerlar, inflyunserlar va vaynerlar ishtirok etdi.
Ochiq muloqot davomida xalq ijodiyoti, nomoddiy madaniy meros, askiya, qiziqchilik, stendap hamda madaniyat va san’at ta’limi, blogerlar, inflyunserlar, vaynerlar yo‘nalishida bir qator amaliy takliflar bildirildi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda ishtirok etish imkoniyati mavjud bo‘lmaganlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalarida ZOOM platformasi orqali ochiq muloqotlarda onlayn ishtirok etish imkoni yaratildi.
Shuningdek, fuqarolarga yanada yengillik yaratish maqsadida,
https://t.me/mv_ochiqmuloqot_bot tashkil etilib, fuqarolar uyidan chiqmagan holda o‘z taklif va tashabbuslarini ma’lum qilishmoqda.
Ertaga, 24-aprel kuni soat 11:00da Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida moddiy madaniy meros, arxeologiya va muzeylar yo‘nalishida hamda soat 16:00da Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida tasviriy va amaliy san’at, hunarmandchilik yo‘nalishida ochiq muloqot bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
https://t.me/madaniyatvazirligi |
https://www.instagram.com/madaniyatvazirligi/ |
https://www.facebook.com/madaniyatvazirligiuz https://gov.uz/madaniyat/
https://www.youtube.com/@madaniyatvazirligirasmiy