Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari
Sayt: www.namspi.uz
Facebook:https://www.facebook.com/share/1AbMP9zjhR/
Instagram:https://www.instagram.com/namdpi.uz
Youtube:https://www.youtube.com/@softart-bby
Murojaatlar uchun: @NamSPIbot
@namspii offers specialized information about wwwnamspiuz and namangan for subscribers interested in Viral Videos
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#hamkorlik
XALQARO HAMKORLIK: YAPONIYA TA’LIM TAJRIBASI VA TALABALAR IJODIGA YUQORI BAHO
Namangan davlat pedagogika institutiga yaponiyalik nufuzli mutaxassis Mikako xonimning tashrifi oliy ta’lim va xalqaro tajriba almashinuvi doirasida muhim voqelikka aylandi. Tashrifning asosiy manzillaridan biri Maktabgacha ta’lim kafedrasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Ijodkor qizlar” to‘garagi bo‘ldi.
Mikako xonim ijodkorlik va mahorat maskani bo’lgan to‘garak xonasiga qadam qo‘yar ekan, u yerdagi muhit va talaba-qizlarning o‘z qo‘llari bilan yaratgan san’at namunalari, bevosita ish jarayonida namoyish qilishlari uni hayratda qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan yasalgan turli xil qo‘g‘irchoqlar, qo‘g‘irchoq teatri uchun tayyorlangan o‘ziga xos personajlar va ertak qahramonlarini mohirlik bilan o‘ynatayotgan talaba qizlar yaponiyalik mutaxassisning e’tiborini tortdi. Har bir qo‘g‘irchoqning o‘ziga xos xarakteri, yasalish texnikasi va bolalar psixologiyasiga mos ravishda tanlangan ranglar jilosi talabalarning naqadar yuksak did va professional mahoratga ega ekanligidan dalolat berdi.
Mehmon tomonidan maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun mo‘ljallangan interaktiv didaktik vositalar va ko‘rgazmali qurollar alohida e’tirof etildi. Mikako xonim ushbu vositalarning nafaqat vizual ko‘rinishi, balki ta’limiy ahamiyati yuqori ekanligini ta’kidlab, o‘z hayratini yashira olmadi.
"Bu yerda ko‘rganlarim — haqiqiy mahorat mahsuli. Har bir detalda bolalarga bo‘lgan mehr va pedagogik mahorat sezilib turibdi," — deya ta’kidladi u.
Suhbat davomida Mikako xonim Yaponiya oliy ta’lim muassasalaridagi maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari ham xuddi shunday ijodiy jarayonlar bilan band bo‘lishlari haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, yapon talabalari ham bolalar uchun o‘yinchoqlar yasashda asosan tabiiy va ekologik toza materiallardan foydalanishga, bolalarning mantiqiy fikrlashini o‘stiruvchi "oddiy, lekin samarali" vositalar yaratishga intilishadi. U o‘zbek va yapon talabalarining ijodiy yondashuvlaridagi o‘xshashliklarni qayd etar ekan, bu kabi mahorat maktablari kelajak pedagoglari uchun eng muhim poydevor ekanligini e’tirof etdi.
Ushbu tashrif talabalarimiz uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi. Xalqaro mutaxassisning yuqori bahosi "Ijodkor qizlar" to‘garagi a’zolarini yangi marralar sari ruhlantirdi. Zero, xalqaro tajriba va milliy qadriyatlar uyg‘unligi kelajakdagi barkamol avlod tarbiyasi uchun xizmat qiladi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr 3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
623
0
0
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
🎙 "Debyut" vaynerlar maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabuli boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢“Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#amaliy_tashrif
#yapon_tajribasi
MAKTABDA YAPON TA’LIM TAJRIBASI: NAMDPI OLIMLARINING AMALIY TASHRIFI
Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan Kosonsoy tumanidagi 54-sonli umumta’lim maktabiga amaliy tashrif amalga oshirildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Yaponiya ta’lim tizimida samaradorligini ko‘rsatgan tarbiya va o‘qitish metodlarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga moslashtirish, ta’lim bosqichlari uzviyligini mustahkamlash hamda o‘quvchilarni oliy ta’limga ongli ravishda yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda Pedagogika fakulteti dekani Z. Abdullayev, Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi mudiri F. Xusanova hamda soha mutaxassislari M. Djakbarova va A. Xasanboyevlar ishtirok etdi.
Muloqotlar davomida boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, xususan, Yaponiyaning “axloq va mehnat orqali ta’lim berish” modeliga asoslangan, milliy mentalitetimizga moslashtirilgan tamoyillar haqida fikr almashildi. Mazkur tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, ularga Namangan davlat pedagogika institutidagi mavjud ta’lim yo‘nalishlari, yaratilgan shart-sharoitlar va zamonaviy imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Tashrif maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni amaliyotga joriy etish hamda o‘quvchilarda ta’limga bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qildi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr 3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#tashrif
NAZARIYA VA AMALIYOT UYGʻUNLIGI
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Pedagogika” yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli 2-bosqich Ped AU-24 va Ped BU-24 guruh talabalari hamda Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta oʻqituvchisi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Dilshodbek Abdullayev boshchiligida “Xalq pedagogikasi” fani doirasida amaliy tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar Namangan viloyat tarixi va madaniyati muzeyi hamda Nodirabegim kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrifning asosiy maqsadi taʼlim jarayonida nazariya va amaliyot uygʻunligini taʼminlash, talabalarning tarixiy-madaniy meros haqidagi bilimlarini boyitish hamda xalq pedagogikasining shakllanish manbalari va tarixiy taraqqiyot bosqichlarini chuqur oʻrganishdan iborat boʻldi.
Shuningdek, tashrif davomida talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat, tarixiy merosga daxldorlik hissi va ilmiy-tahliliy fikrlash koʻnikmalarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr 3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#malakaviy_amaliyot
Pedagogika fakulteti Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi M. Voxobova rahbarligida Yangi Namangan tumani Mingchinor MFYdagi 2-maktab hamda Davlatobod tumani 57-sonli ko‘p tarmoqli maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-bosqich talabalari amaliyotni namunali tarzda o‘tamoqda.
Amaliyot jarayonida talabalar muassasadagi maxsus pedagoglarning korreksion mashg‘ulotlarini kuzatish bilan bir qatorda, mayda va umumiy motorikani rivojlantirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda faol ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatmoqda.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#Pedagogika_fakulteti
OTA-ONALAR YIG’ILISHI TASHKIL ETILDI
Pedagogika fakultetining Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi yo'nalishi talabalari ota-onalari ishtirokida ota-onalar yig`ilishi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning o‘qishdagi o‘zlashtirishi, semestr yakunlari, intizomi, ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq masalalarni atroflicha muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Majlis davomida talabalarning ta’lim jarayonidagi faolligi, darslarga qatnashishi, belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya etishi hamda mustaqil ta’limga bo‘lgan mas’uliyati yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ota-onalar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, talabalar tarbiyasi va bilim sifatini oshirishda oila va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi uzviy aloqalarni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#hamkorlik
OLIY TA'LIM VA MAKTAB HAMKORLIGI
Uychi tumanida joylashgan 40-maktabda “Mening maktabdagi bir kunim” mavzusida mazmunli va qiziqarli tadbir bo‘lib o‘tdi
Ushbu tadbir Namangan davlat pedagogika instituti Psixologiya yo‘nalishi 1-bosqich magistrantlari tomonidan tashkil etildi. Tadbirga dotsent D. Oribboyeva hamda B. Qayumov rahbarlik qildi. Tadbirda maktabning 9-sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdilar.
Dastlab o‘quvchilar o‘zlarining maktabdagi bir kuni qanday o‘tishi haqida fikrlarini bayon etib, ertalabki darslar, tanaffuslar, do‘stlar bilan muloqot va o‘qituvchilar bilan munosabatlar haqida qiziqarli hikoyalar aytib berdilar. Bu orqali o‘quvchilarning nutq madaniyati, erkin fikrlash qobiliyati va ijodiy yondashuvlari rivojlantirildi. Tadbir davomida turli psixologik treninglar, interaktiv o‘yinlar va savol-javoblar tashkil etildi. Magistrantlar tomonidan o‘quvchilarga kunni to‘g‘ri rejalashtirish, vaqtdan samarali foydalanish va stressni boshqarish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi. Bu mashg‘ulotlar o‘quvchilarda o‘z-o‘zini anglash va shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. Shuningdek, tadbirda jamoaviy ishlash, o‘zaro hurmat va hamkorlik muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, turli vazifalarni bajardilar va o‘z fikrlarini himoya qildilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bu kabi mashg‘ulotlar ular uchun juda foydali va qiziqarli bo‘lganini ta’kidladilar. Ushbu tadbir o‘quvchilarning psixologik bilimlarini oshirish, ijtimoiy faolligini rivojlantirish hamda ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#malakaviy_amaliyot
Namangan davlat pedagogika instituti Intellektual fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi professor-o’qituvchilari M. Ibroximov, J. Muxitdinova, G. Xusayinova, Sh. Tursunovalar Texnologik ta’lim yo‘nalishi 1–2-bosqich talabalarini malakaviy amaliyot obyektlariga yetkazildi.
Talabalar o‘z mutaxassislik yo‘nalishlaridan kelib chiqib, bir qator yetakchi tashkilot va muassasalarga amaliyot o‘tash uchun yo‘naltirildi. Amaliyotning dastlabki kunida tashkilot rahbarlari hamda mutaxassislar ishtirokida talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlar davomida talabalarga amaliyot jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, ichki mehnat tartib-qoidalari, shuningdek, sohada olib borilayotgan zamonaviy islohotlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi hamda tushuntirish ishlari amalga oshirildi.
Shu bilan birga, talabalarga nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan integratsiyalash, kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, shuningdek, kelajakda malakali mutaxassis sifatida shakllanish jarayonida malakaviy amaliyotning tutgan o‘rni va ahamiyati keng qamrovda yoritib berildi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#malakaviy_amaliyot
Namangan davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasining geografiya, biologiya, kimyo hamda turizm va mehmondo’stlik yo‘nalishlari 1- 2-bosqich talabalari o‘quv rejasiga muvofiq malakaviy ishlab chiqarish amaliyotini boshlashdi.
Talabalar o‘z mutaxassisliklari yo‘nalishidan kelib chiqib, bir qator yetakchi tashkilotlarga amaliyot o‘tash uchun yo‘naltirildi. Amaliyotning ilk kunida tashkilot rahbarlari va malakali mutaxassislar ishtirokida talabalar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga amaliyot davomida bajariladigan vazifalar, ichki tartib-intizom qoidalari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar atroflicha tanishtirildi va tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, talabalarga nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda kelajakdagi mutaxassis sifatida shakllanishda malakaviy amaliyotning ahamiyati keng yoritib berildi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
📢📢📢📢📢
🔺 2026-yil 1-aprel kuni soat 10:00 da Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.01/2025.27.12. Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi o’tkaziladi.
KUN TARTIBI:
1. Namangan davlat pedagogika instituti tadqiqotchisi Dedaxanov Abdumalik Mutalliyevichning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kognitiv universal o‘quv faoliyatlarini fonetik o‘yinlar orqali shakllantirish metodikasi (rus tili darslarida)” mavzusida 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi.
➡️ Ilmiy rahbar: Maxmudov Nurilla Normirza o'g'li, pedаgоgikа fаnlаri bo'yicha falsafa dоktоri (PhD), dotsent.
📍 Manzil: Namangan shahar, Uychi ko‘chasi 316-uy. Namangan davlat pedagogika instituti "Renessans zal".
✅Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
✅ https://t.me/Namdpi_Ilmiy
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#magistratura
#kasbiy_rivojlanish_darsi
Namangan viloyati Davlatabod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga qarashli 78-sonli maktabda Namangan davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs magistranti Muydinova Muattar tomonidan maktab jamoasi uchun "O‘qituvchilarda hissiy va kasbiy so‘nish (burnout)ning oldini olish" mavzusida maxsus trening tashkil etildi.
Mashg'ulot davomida ta'lim sohasidagi dolzarb masalalardan biri — "burnout" (hissiy va kasbiy so'nish) holati, uning turlari va oldini olish usullari haqida kerakli ma'lumotlar berildi. Shuningdek, "Qumsoat", "Men tug'ilganman", "Vaqtni o'lchayman" kabi metodlar orqali o‘qituvchilarda so‘nishlarning oldini olish va bartaraf etish metodlari o‘rganildi.
Dars qizg'in fikr almashinuvlar va ko'tarinki kayfiyatda boy bo'ldi. Zero, ustozlarning ruhiy va hissiy salomatligi — farzandlarimizga berilayotgan sifatli ta'limning asosiy poydevoridir!
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
Namangan davlat pedagogika instituti Tarixiy va falsafiy fanlar kafedrasi “Ijtimoiy ish” yo‘nalishi 2-kurs sirtqi ta’lim talabalari tomonidan “Ijtimoiy ish oyligi” doirasida “Ijtimoiy himoya – inson huquqlari kafolatlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirni kafedra mudiri Sevara Botirovna ochib berib, unda ijtimoiy himoya tizimining jamiyatdagi o‘rni, inson huquqlarini ta’minlashdagi ahamiyati hamda yoshlarning ushbu yo‘nalishdagi faolligini oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan inson qadri, ijtimoiy adolat va huquqiy madaniyat tushunchalari keng yoritildi. Shuningdek, sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda taronalar orqali mavzu yanada ta’sirchan tarzda namoyon etildi. Ishtirokchilarning ijodiy yondashuvi va faolligi tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#osh_chempionati
Navro‘z – bu yangilanish, ezgulik va qadriyatlarimizning yorqin ifodasi
Yangi O‘zbekiston talaba-yoshlarini milliy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarimizni asrash hamda targ‘ib qilish maqsadida Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida tashkil etilgan “QADRIYATLAR QADRISAN-NAVRO‘Z!” deb nomlanga ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbir tashkil etildi.
Bayram dasturi davomida quyidagilar namoyish etildi:
➡️Milliy mentalitet asosida bezatilgan bayramona dasturxon namoyishi;
➡️"Osh tayyorlash san’ati" tanlovi;
➡️Xalq og‘aki ijodi bo‘yicha bayramona chiqishlar (sahna ko‘rinishlari, milliy o‘yinlar, she’r va qo‘shiqlar);
➡️Milliy ertaklar asosida sahnalashtirilgan qo‘g‘irchoq teatri namoyishi.
Tadbirga ko‘p yillar oliy ta’limda faoliyat yuritgan faxriy ustozlar ham taklif etilib, turli chiqishlar taqdim etildi. Ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan tadbir ustozlar va talabalarda iliq tassurot qoldirdi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
#hisobot_yigʻilishi
Namangan davlat pedagogika instituti Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yigʻilishi tashkil etildi
Yig’ilishda professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini muhofaza etish yuzasidan ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi bo‘yicha va 2026-2028-yillar uchun yangi jamoa shartnomasini tasdiqlash bo‘yicha umumiy masalalar muhokama qilindi.
Yigʻilish Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A. Isoqboyev tomonidan olib borildi. Jarayonda 2025-yilda Kasaba uyushmasi tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan E. Tajiboyev hisoboti tinglandi. Yig‘ilish davomida institut yuristi J Umarov, fakultet dekanlari Z. Abdullayev va S. Mutalovlar so‘zga chiqib, hisobot yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib oʻtdilar.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Toxirova Sevinch Otabek qizi
Xodimlar boʻlimi muhandisi
2026-yil O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilindi. Bu yil davomida asosiy e’tibor mahallalarni rivojlantirish, aholi muammolarini joyida hal qilish va jamiyatni yanada yaxshilashga qaratilgan.
Prezident tomonidan yangi yil uchun katta davlat dasturi tasdiqlandi. Bu dastur “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalarda aniq reja va vazifalar belgilangan. Shuningdek, prezident yaqinda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi imkoniyatlarni e’lon qildi. Bu uchrashuvda yoshlarning tashabbuslari, biznes boshlashi va zamonaviy kasblarni o‘rganishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mart oyida yana bir muhim yo‘nalish – ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi. Prezident nutqida ayollar uchun yaxshi sharoit yaratish davlatning eng muhim vazifalaridan biri ekanligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, transport va infratuzilma loyihalari ham prezident nazoratida. Yangi yo‘llar, transport tizimlari va logistika rivoji bo‘yicha loyihalar muhokama qilinib, ularni tezroq amalga oshirish topshirildi. Yana bir muhim yangilik — bolalarni himoya qilish tizimi kuchaytirildi. 2026-yildan boshlab bolalar uchun yangi ijtimoiy himoya mexanizmlari joriy qilinmoqda, maxsus markazlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mahallalarni rivojlantirish uchun esa katta mablag‘lar ajratildi. Har yili mahallalarga qo‘shimcha mablag‘ berilib, infratuzilma va aholi sharoitini yaxshilash rejalashtirilgan.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#Yoshlar_kuni
#Sport_oʻyinlari
“Yoshlar kuni” doirasida sport musobaqasi o‘tkazildi!
Talaba-yoshlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida “Yoshlar kuni” doirasida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari oʻrtasida mini futbol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy hamjihatligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar. Bellashuvlar ko‘tarinki ruhda, do‘stona va sportga xos halollik tamoyillari asosida o‘tdi.
🏆 G‘olib va sovrindor jamoalar Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat boʻlimi tomonidan munosib taqdirlandi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85
Namangan davlat pedagogika instituti 🏛
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#Yoshlar_kuni
#Rahbar_uchrashuvi
"Yoshlar kuni" doirasida "Bitiruvchi talabalar va rahbar uchrashuvi" tashkil etildi
Uchrashuvda Namangan davlat pedagogika instituti rektori B. Xusanov hamda Namangan shahar Prezident maktabi direktori Sh. Aziboyev ishtirok etdi. Dastlab Sh. Aziboyev tomonidan Prezident maktabida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, innovatsion o‘quv dasturlari, yuqori malakali o‘qituvchilar tarkibi hamda o‘quvchilar bilan ishlashning samarali tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ushbu ta’lim muassasasida o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar, ularning kasbiy rivojlanishiga yaratilgan imkoniyatlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda Ijtimoiy fanlar fakultetining Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi bitiruvchi talabalari faol ishtirok etdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ta’lim tizimi, ishga joylashish imkoniyatlari, zamonaviy pedagogdan talab etiladigan ko‘nikmalar borasida batafsil javoblar oldi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi, ularning kelajakdagi maqsadlari va rejalari muhokama qilindi. Tadbir samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
🏛 Namangan davlat pedagogika instituti rasmiy sahifalari:
📱 2️⃣ https://www.instagram.com/namspi_uz?igsh=NWI1ZWdxN296NmNr
3️⃣ https://www.facebook.com/profile.php?id=61569554429747 📺 http://www.bit.ly/3wIdW85