#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLAR ODDIY MAKTABLARDAN NIMASI BILAN FARQ QILADI?
✅ JAVOB: Agentlik tizimidagi maktablar, avvalo, ta’lim dasturlari bilan farq qiladi. Bu maktablarda o‘quvchilar dunyo miqyosida tan olingan Xalqaro Kembridj ta’lim dasturlari asosida o‘qitiladi.
⏺ Dasturning afzalliklari:
➡️ kompetensiyaga asoslanganligi;
➡️ xalqaro standartlarga mos ta’lim modeli;
➡️ o‘quvchida tanqidiy fikrlashni shakllantirishi;
➡️ muammoni yechish va mulohaza yuritish ko‘nikmalari;
➡️ tahlil qilish va g‘oyalarni shakllantirish qobiliyati;
➡️ muloqot va taqdimot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
⏺Yaratilgan sharoitlar:
➡️ zamonaviy moddiy-texnik baza bilan ta’minlanganligi;
➡️ darslar yuqori bilim va tajribaga ega saralangan o‘qituvchilar tomonidan olib borilishi;
➡️ chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlar va to‘garaklar mavjudligi;
➡️ mutlaqo bepul ovqatlanish va yotoqxona xizmatlari mavjudligi;
➡️ oliy ta’limga qamrov yuqoriligi;
➡️ shuningdek, olimpiada, musobaqa hamda turli tanlovlardagi yutuqlar soni bilan boshqa maktablardan ajralib turishi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Namangan shahridagi Prezident maktabi
May 14, 2026, 09:46 PM
📷 Photo
#IOAI_2026
#Team
IOAI 2026: TERMA JAMOA A'ZOLARI ANIQLANDI
⚡️ Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasi (IOAI)da
qatnashuvchi O‘zbekiston Terma jamoasi tarkibiga kiritilgan ishtirokchilar aniqlandi.
✅Jarayonda Terma jamoaga 8 nafar ishtirokchi https://sites.google.com/view/ioailast/главная-страница.
https://sites.google.com/view/ioailast/главная-страница ⬅️
❗️Ishtirokchilar 2-8-avgust kunlarida Qozog‘istonda 🇰🇿bo‘lib o‘tadigan Xalqaro sun’iy intellekt olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Bizni kuzatib boring:
✈️ https://t.me/Fan_olimpiadalari_M 📷 https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi?igsh=aTl1emd5Z3ludzUw&utm_source=qr
🔵 https://www.facebook.com/share/14NAmhu2D5/?mibextid=wwXIfr ▶️ http://bit.ly/olimpdep 🌐 https://linkedin.com/company/106571536/
Namangan shahridagi Prezident maktabi
May 14, 2026, 09:46 PM
📷 Photo
#Hafta_dayjesti
✅ Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasiga Prezident https://t.me/piimauz muborak bo‘lsin!
✅ Toshkent shahridagi Prezident maktabida Kembrij xalqaro AS/A daraja imtihonlari https://t.me/piimauzo'tdi
✅ Toshkent shahridagi Prezident maktabida navbatdagi xalqaro Digital SAT https://t.me/piimauzbo‘lib o‘tdi
✅ “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturining 6-mavsumi https://t.me/piimauz
✅ O‘zbekistonda muhandislik maktablari yo‘lga https://t.me/piimauz
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul-2026: Imtihon materiallari https://gov.uz/oz/ima/news/view/159907
✅ Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi Navoiy viloyatida o‘tkazilgan chempionatidan https://t.me/piimauz
✅ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABULNI EʼLON QILADI!
✅ IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABULNI https://t.me/piimauzQILADI!
✅ IJOD MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL https://t.me/piimauz QILADI!
✅ SPORT MAKTABLARI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL https://t.me/piimauz QILADI!
✅ AL-BERUNIY NOMIDAGI XALQARO MAKTAB-INTERNATI 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL https://t.me/piimauzQILADI!
✅ “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” MILLIY DASTURIGA 2026/2027-OʻQUV YILI UCHUN QABUL https://t.me/piimauz QILINADI!
✅ Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining geografiya fani o‘qituvchisi Bobur Jo‘rayev yuqori natija — 96 ball https://t.me/piimauz
✅ “Buyuk sharq renessansi” xalqaro olimpiadasining tantanali yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
✅ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi yoshlarining hayotida https://t.me/piimauz sahifa ochildi
✅ Bayram arafasida mehr va e’tibor: kasalxona yoshlariga sovg‘a https://t.me/piimauz
✅ "IJOD YOSHLARI" RESPUBLIKA TANLOVIGA HUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLAR https://t.me/piimauz
✅ “Moliyaviy savodxonlik” olimpiadasining Respublika bosqichi muvaffaqiyatli https://t.me/piimauz
✅ Agentlikda fuqarolar https://t.me/piimauz tasdiqlangan reja-jadval asosida davom etmoqda
✅ Al-Xorazmiy universitetida STEM va Robo-coding olimpiadalari respublika bosqichi https://t.me/piimauz aniqlandi
✅ Bitiruvchilar forumi - ilmdan yashil https://t.me/piimauzsari
✅ “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz” – bitiruvchi stipendiatlar https://t.me/piimauzRenessans oromgohida bo‘lib o‘tdi
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Namangan shahridagi Prezident maktabi
May 14, 2026, 09:46 PM
🎥 Video
#EYUFnews
🇺🇿 “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz” – bitiruvchi stipendiatlar forumi Renessans oromgohida bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 “El-yurt umidi” jamg‘armasi bitiruvchi stipendiatlari forumi “Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz” shiori ostida Renessans bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida tashkil etildi. Tadbir Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, xorijda tahsil olgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tajribalarini mamlakat rivojiga yo‘naltirishga xizmat qildi.
Forumning ochilish marosimida jamg‘arma rahbariyati so‘zga chiqib, stipendiatlarning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda xorijda tahsil olgan mutaxassislarning Yangi O‘zbekistonni barpo etishdagi hissasini alohida ta’kidladi. Bitiruvchi stipendiatlar o‘z tajribalari, ta’lim yo‘llari va kelgusida amalga oshirishni rejalashtirayotgan loyihalari haqida fikr almashdilar.
🇺🇿 Shuningdek, forum doirasida “El-yurt umidi” https://t.me/elyurtumidifoundation ijrochi direktori Gulnoza Ismailova, maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Temurjon Komilov hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari Xasan Shakirov ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda stipendiatlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro ta’lim tajribasini mamlakat rivoji uchun samarali yo‘naltirish va yosh mutaxassislarning tashabbuslarini amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Namangan shahridagi Prezident maktabi
May 14, 2026, 09:46 PM
📷 Photo
📰📰📰📰📰📰📰
🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E’zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasining Xanchjou shahrida bo‘lib turibdi.
➖ Tadbirlar doirasida vazir E’zoza Karimova Xitoy Xalq Respublikasi Taʼlim vaziri Huay Jinpeng bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.
Unda sunʼiy intellektni maktablarda taʼlimiga joriy etilishida Xitoy tajribasidan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔰Vazir Huay Jinpeng O‘zbekistondagi taʼlim islohotlarini yuqori baholadi va ilgari surilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
📍 Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida “Taʼlim sohasida sunʼiy intellekt bo‘yicha hamkorlik” to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
⏰ Ma’lumot o‘rnida: mazkur uchrashuvlar “Raqamli taʼlim bo‘yicha Jahon konferensiyasi—2026” doirasida amalga oshirilmoqda.
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
#IChO_2026
NUFUZLI XALQARO https://t.me/Fan_olimpiadalari_M— MARKAZIY OSIYODA ILK BOR O‘ZBEKISTONDA!
⭐Markaziy Osiyo tarixida ilk bor nufuzli https://www.icho2026.uz/ 2026-yil 10-19-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Bu nafaqat yosh iqtidorlar uchun katta imkoniyat, balki O‘zbekistonning global ilmiy maydondagi nufuzini yana bir bor namoyon etuvchi muhim voqeadir.
⭐Mazkur olimpiada dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan eng iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamlaydi.
Ishtirokchilar o‘z bilimlari, mantiqiy tafakkuri va zamonaviy ilmiy yondashuvlari bilan bellashib, ilmiy salohiyatlarini namoyish etadilar.
🇺🇿 O‘zbekiston esa ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilish orqali nafaqat iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, balki ilm-fan rivoji yo‘lida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
#Yoshlar_bilan_uchrashuv
#Xorazmga_amaliy_tashrif
📢 Agentlik direktori Xorazimlik yoshlar bilan uchrashdi
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirovani Al-Xorazmiy universitetiga bugungi tashrifining eng muhim qismi - yoshlar bilan ochiq muloqot bo’ldi.
Muloqot davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan bevosita murojaat qilishdi. Agentlik rahbari tomonidan bildirilgan har bir taklif ijobiy baholanib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
“Yoshlarning fikri biz uchun eng muhim yo‘l ko‘rsatuvchidir. Ularning tashabbuslari tayanib, biz kelajakni quramiz,” — dedi Sevara Shakirova.
📚 So’ngra universitet jamoasi va professor-o‘qituvchilar bilan ta’lim jarayoni, amalga oshirilgan ishlar va qisqa vaqt ichida erishilgan natijalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, universitetning kelgusi rejalari va strategik maqsadlari belgilandi.
Mazkur uchrashuv va muloqotlar - ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarning fikrini eshitish va amaliy natijalarga yo‘naltirilgan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Agentlik bundan keyin ham talabalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni muntazam davom ettiradi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
#Xorazmga_amaliy_tashrif
✅ Yangi maktab – yangi imkoniyatlar, yangi bilimlar sari intilayotgan yoshlar maskani
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xorazm viloyatida barpo etilgan Al-Xorazmiy maktabining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va islohotlar bugun o‘zining amaliy natijalarini ko‘rsatmoqda. Xorazmda bunyod etilgan ushbu zamonaviy maktab binosi – ana shu islohotlarning yorqin va jozibali ifodasidir.
Bu maskan o‘quvchilarga nafaqat zamonaviy sinfxonalar va laboratoriyalar, balki ilg‘or ta’lim muhiti, innovatsion yondashuvlar va yangicha fikrlash makonini taqdim etadi. Ayniqsa, aniq fanlar va IT yo‘nalishlarini rivojlantirishda bu maktabning o‘rni beqiyos.
"Har bir o‘quvchi bizning kelajagimiz" dedi S. Shakirova
Ochilish marosimi juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Mazkur maktabning ish boshlashi hududda ta’lim sifatini butunlay yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim voqea sifatida e’tirof etildi.
Ushbu loyiha yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va kelajakda munosib kadrlar bo‘lib yetishishida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
✅ “NEXT GEN_AI HACKATHON–2026” – KELAJAK TEXNOLOGIYALARI SARI BIRINCHI QADAM!
📍 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Yangi avlod” hakatonining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
🔔 Ikki kun davom etadigan ushbu hakaton Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, o‘quvchilarning IT-sohadagi faolligini oshirish hamda ularning startap va innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga o‘quvchilarda jamoaviy ishlash va “soft skills” ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
📢 Toshkent shahridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida tajriba almashish maydonini yaratib, eng yaxshi 3 ta innovatsion loyihani aniqlash va ularni amaliyotga joriy etish maqsadi qo’yilgan.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori S. Shakirova:
- Sizlar bugun nafaqat bellashuvda qatnashmoqdasiz, balki o‘z bilim va salohiyatingizni namoyon etish, yangi tajriba orttirish va kelajakdagi yirik loyihalarga zamin yaratish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdasiz. Bu jarayonda jamoaviy hamkorlik, kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va qat’iyat sizlarning eng katta kuchingiz bo‘ladi.
Ishonaman, ushbu hakaton davomida ilgari suriladigan g‘oyalar va yaratiladigan loyihalar kelajakda yurtimizning raqamli taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.
Bu shunchaki tanlov emas — bu texnologik kelajakka intilayotgan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi. Yangi g‘oyalar, yangi loyihalar va ulkan yutuqlar aynan shu yerda, aynan hozir shakllanmoqda.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Namangan shahridagi Prezident maktabi
Mar 30, 2026, 06:04 AM
📷 Photo
🎭 “TURON” TEATR TANLOVI: RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI!
Yangi O‘zbekistonning eng iste’dodli yoshlari — sahna san’ati, milliy qadriyatlar va ma’naviyat uyg‘unligini namoyish etish uchun yana bir bor birlashdi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Turon” teatr tanlovining Respublika bosqichi tantanali ravishda o‘z eshiklarini ochdi.
Bu yilgi tanlov ko‘lami bilan ajralib turadi:
- 14 ta teatr jamoasi turli viloyatlardan respublika bosqichida ishtirok etish uchun jamlangan.
- 5 ta “Zamin Creative” inklyuziv teatr studiyasi jamoalari ham o‘z mahoratini namoyish etadi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida san’at va adabiyotga bo‘lgan qiziqni yanada oshirish, sahna madaniyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdir.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari X. Shakirov:
- Hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan eng sara jamoalar endi respublika bosqichida o‘z iste’dodi, sahna madaniyati va ijodiy yondashuvi bilan bellashadilar. Barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar tilaymiz!
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/