Namangan davlat texnika universitetining rasmiy telegram kanali
Official Telegram channel of Namangan State Technical University
Официальный Telegram-канал Наманганского государственного технического университета
Follow @namdtuuz to stay updated with the latest telegram and davlat trends and news
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
NamDTU • NamSTU • НамГТУ
May 19, 2026, 06:37 AM
📷 Photo
Shavkat Mirziyoev Bokuda barqaror shaharlar boʻyicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Butunjahon urbanizatsiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitidagi https://president.uz/oz/lists/view/9224 barqaror shaharlar borasidagi yondashuvlarini taqdim etdi.
Prezident nutqida urbanizatsiya nafaqat qurilish yoki aholi soni ortishi, balki global barqarorlik, ijtimoiy adolat va inson qadri bilan bogʻliq masala ekani alohida taʼkidlandi.
Nutqning eng muhim jihatlari:
— Yaqin 15 yilda Oʻzbekiston aholisi 50 million nafarga, urbanizatsiya darajasi esa 65 foizga yetishi kutilmoqda;
— Soʻnggi 10 yilda mamlakatda qurilayotgan uy-joylar hajmi 10 barobar oshib, 2025-yilda 238 ming xonadonga yetdi;
— Aholini arzon uy-joy bilan taʼminlash dasturlariga har yili qariyb 2 milliard dollar yoʻnaltirilmoqda;
— “Yashil makon” va “Toza havo” dasturlari doirasida shaharlardagi yashil hududlar ulushini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsad qilingan;
— 2 million aholiga moʻljallangan “Yangi Toshkent” megaloyihasi “yashil”, “aqlli”, “xavfsiz” va “15 daqiqali shahar” tamoyillari asosida barpo etilmoqda;
— Loyihaning birinchi bosqichidayoq 25 milliard dollarlik investitsiya dasturlari boshlangan.
Prezident xalqaro hamjamiyatga bir qator muhim tashabbuslarni ham ilgari surdi:
▪️ “Mutanosib urbanizatsiya” tamoyilini keng joriy etish;
▪️ “Aqlli va xavfsiz shaharlar alyansi”ni tashkil etish;
▪️ Samarqandda uy-joy moliyasi va investitsiyalariga bagʻishlangan xalqaro forum oʻtkazish;
▪️ BMT-Habitatning “Yashil shahar” xalqaro mukofotini taʼsis etish;
▪️ World Urban Forum 15ni 2030-yilda Yangi Toshkent shahrida oʻtkazish taklifi.
Nutqda eng asosiy gʻoyalardan biri shu boʻldiki, kelajak shahri — bu faqat zamonaviy binolar emas, balki inson uchun qulay, xavfsiz, ekologik barqaror va texnologiyalar bilan uygʻun hayot muhitidir.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
MAGISTRATURA, AKADEMIK MOBILLIK, ILMIY LOYIHALAR — NAMDTU QOZONDA MUHIM XALQARO KELISHUVLARGA ERISHDI
Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasining Qozon Federal universitetidagi xizmat safari doirasidagi rasmiy uchrashuvlar davom etmoqda.
Transport muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Zokirxon Munavvarxonov boshchiligida professor Irina Viktorovna Makarova hamda dotsent E. M. Muxammedinov bilan muzokaralar olib bordi.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida:
⚫professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka va malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
⚫ talabalar akademik mobilligini kengaytirish;
⚫ magistratura bosqichida 1+1 qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish;
⚫ qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro grant loyihalarini amalga oshirish;
⚫ ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni integratsiya qilish;
⚫ yangi akademik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Ayni paytda NamDTU delegatsiyasining Qozondagi rasmiy uchrashuv va amaliy tashriflari davom etmoqda.
https://t.me/NamDTU_Rasmiy_sharhlar
🔗 https://t.me/NamDTU_Rasmiy_sharhlar
🔗 https://t.me/NamDTU_Rasmiy_sharhlar
📲NamDTU rasmiy axborot kanallari:
http://namdtu.uz/?utm_source=chatgpt.com | | http://sevara.rustam0va/https://www.instagram.com/namangantel | https://x.com/NamanganU63395?s=20&utm_source=chatgpt.comhttps://www.facebook.com/share/1ceVKqk7x7/?utm_source=chatgpt.com | https://www.youtube.com/channel/UCSZXFN85VpGeOcynxu2kFog?utm_source=chatgpt.com | https://www.linkedin.com/company/namstu-official?utm_source=chatgpt.com |
YANGI HAFTA — YOSHLAR BILAN ISHLASHDA USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
Namangan davlat texnika universitetida talaba-yoshlar bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-psixologik va tarbiyaviy faoliyat samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning birinchi prorektori M. Qayumov hamda rektor maslahatchisi G‘. Xusanov raisligida tashkil etildi. Unda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, psixologlar, tegishli bo‘limlar mas’ullari, universitet xotin-qizlar maslahat kengashi raisi O. Nazirova hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida talabalarni turli zararli ta’sirlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar turar joylarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, profilaktik faoliyat samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida talabalar orasida ijtimoiy faollikni kuchaytirish, salbiy holatlarning oldini olish hamda tarbiyaviy ishlar natijadorligini yuksaltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
https://t.me/NamDTU_Rasmiy_sharhlar
🔗 https://t.me/NamDTU_Rasmiy_sharhlar
🔗 https://t.me/NamDTU_Rasmiy_sharhlar
📲NamDTU rasmiy axborot kanallari:
http://namdtu.uz/?utm_source=chatgpt.com | | http://sevara.rustam0va/https://www.instagram.com/namangantel | https://x.com/NamanganU63395?s=20&utm_source=chatgpt.comhttps://www.facebook.com/share/1ceVKqk7x7/?utm_source=chatgpt.com | https://www.youtube.com/channel/UCSZXFN85VpGeOcynxu2kFog?utm_source=chatgpt.com | https://www.linkedin.com/company/namstu-official?utm_source=chatgpt.com |