🏢 Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzilining telegramdagi rasmiy sahifasi
Murojaat uchun:
👇👇👇👇👇👇
@namtitu_murojaatbot
📱+998978220051
📱+998888220051
📱+998888220053
📱+998888220054
Fikr almashish
@nam_titu_muhokama
Follow @nam_titu to stay updated with the latest sahifasi and iqtisodiyot trends and news
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
TITU - Namangan
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
Chust tumani 1-son texnikumida tuman maktablaridan kelgan bitiruvchi o’quvchi-yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi https://t.me/azizxon_axmedov
Uchrashuvda Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzili direktori Azizxon Axmedov ishtirok etib, ta’lim tizimidagi yangiliklar, zamonaviy kasb yo’nalishlari va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi. Chust tumani yoshlari bilan samimiy muloqotda bo’lindi.
Bizni kuzating:
| https://uztitu.uz/uz | https://www.instagram.com/titu_namangan?igsh=eW1rNDh0emthamdi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61572938352239
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzilida zakovat intellektual o’yinlarining final baxsi bo’lib o’tdi.
Final baxsini Yangi Namangan tumani IIB Yoshlar bilan ishlash, ma'naviy va marifiy ishlar masalalari bo'yicha boshliq o'rinbosari podpolkovnik Jo'rayev Sohibjon Sobirjonovich hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi bosh mutaxassisi Nafisa G’aybullayevalar kuzatib bordilar va ishtirokchilarga omad tiladilar.
Bizni kuzating:
| https://uztitu.uz/uz | https://www.instagram.com/titu_namangan?igsh=eW1rNDh0emthamdi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61572938352239
#Press_tur
Namangan viloyatida "Jangi jamoat transporti: zamonaviy avtobuslar harakatga chiqarilishi va aholiga yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida media tadbir o‘tkazildi.
Namangan viloyati hokimligi Axborot xizmati hamda Namangan viloyati transport boshqarmasi hamkorligida “Namangan viloyatida yangi jamoat transporti: zamonaviy avtobuslar harakatga chiqarilishi va aholiga yaratilayotgan qulayliklar” mavzusida press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir jarayonida jurnalistlar va axborot xizmatlari xodimlari yangi avtobuslar faoliyati, yo‘nalishlar, yo‘lovchilar uchun yaratilayotgan qulayliklar hamda kelgusidagi rejalar bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti axborot xizmati xodimi tomonidan berilgan savol mutasaddilar tomonidan ijobiy ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Bizni kuzatishda davom eting:
| https://uztitu.uz/uz | https://www.instagram.com/titu_namangan?igsh=eW1rNDh0emthamdi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61587998656491
TITU - Namangan
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#Iqtidorli_talabalar!
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzili talabalari — Turgʻunboyeva Feruza, Odilova Rayxona va Tursunboyev Xumoyunlar yuksak natijaga erishdilar!
Ular Jadidlar Xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan "Yil talabasi 2026" tanlovida oʻzlarining ilmiy maqolalari bilan faol ishtirok etib, munosib ravishda “Yil talabasi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. 🏅
✨ Ushbu yutuq talabalarning ilm-fanga boʻlgan intilishi, izlanishlari va salohiyatining yorqin ifodasidir.
🎓 Talabalarimizni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etamiz va ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni kuzatishda davom eting:
| https://uztitu.uz/uz | https://www.instagram.com/titu_namangan?igsh=eW1rNDh0emthamdi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61587998656491
TITU - Namangan
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
📢 TITU NAMANGAN TALABALARI UCHUN ESLATMA!
⏰ Darslarga kechikmasdan yetib keling!
Darslarga o‘z vaqtida kelish — mas’uliyat va tartib-intizomning asosiy ko‘rsatkichidir. Kechikish nafaqat dars jarayonini izdan chiqaradi, balki o‘qituvchi va kursdoshlaringizning ish samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
📚 Har bir darsda faol qatnashish — mustahkam bilim garovi. Dars qoldirish yoki kechikish akademik natijalaringizga bevosita ta’sir qiladi.
📊 Davomat va intizom reyting baholash tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir kechikish umumiy ballaringiz kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
TITU Namangan talabasidan kutiladigan fazilatlar — mas’uliyat, intizom va vaqtni qadrlashdir.
❗️Eslatma:
Dars boshlanishidan kamida 5–10 daqiqa oldin auditoriyada bo‘lish — talabalik madaniyatining muhim belgisidir.
Bizni kuzatishda davom eting:
| https://uztitu.uz/uz | https://www.instagram.com/titu_namangan?igsh=eW1rNDh0emthamdi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61587998656491
Ochiq eshiklar kuniga marhamat!!!
Barcha abituriyent va bitiruvchi yoshlar diqqatiga, siz Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti talabasi bo'lishni xohlaysizmi? Unday bo'lsa bu galgi "Ochiq eshiklar kuni" aynan siz uchun!
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzili sizlarni har kuni soat 9:00 dan 15:00 gacha Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi.
Siz bu yerda universitet hayoti, o'quv xonalari, IT park va kompyuter zallari, kutubxona va sport maydoni hamda viloyatda yagona bo'lgan shinam va ko'rkam zakovat arenasini ko'zdan kechirishingiz mumkin.
Manzil: oromgoh chorrahasidan kelganingizda chap tomonda va promzona ko'chasidan to'g'rida joylashgan.
📍 https://maps.app.goo.gl/XyuvgroY31A2zVse8 👈
Barchangizni TITU Namangan manzilida kutib qolamiz.
707
5
TITU - Namangan
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
Tabriklaymiz🥳🥳🥳
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzili Iqtisodiyot va texnologiyalari fakulteti yoshlar bilan ishlash ma'naviyat va marifat bo'limi boshlig'i Karimberdiyev Muxiddin Xusniddinovich tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz!
✨ Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz bardavom bo‘lsin!
🌟 Kelgusi faoliyatingizda yanada yuksak marralarni zabt etishingizni tilab qolamiz.
🎁 Yana bir bor tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan universitet jamoasi!
388
TITU - Namangan
Apr 1, 2026, 02:23 AM
🎥 Video
🔥 Bepul o‘qib, pul topishni boshlashni xohlaysizmi?
🎓 Bu kursning barchasi bepul
O‘z o‘rningizni hoziroq band qiling! 🚀
Bizning o‘quvchilar hali kursni tugatmasdan daromad qilishni boshlashdi 💸
Endi navbat — sizda!
📲 “Yosh mobilograflar maktabi” 2-mavsumga start bermoqda 🎬✨
Bu yerda siz:
📸 Mobilografiya
🎞 Montaj
🚁 Dron bilan ishlash
🤖 Sun’iy intellekt orqali kontent yaratishni o‘rganasiz
Darslar:
📚 Amaliy + nazariy
🎥 Tajribali mobilograf va videograflar tomonidan
Eng muhimi — siz faqat o‘rganib qolmaysiz!
O‘qish davomida daromad qilishni ham boshlaysiz
Agar siz ham oddiy telefon orqali daromadga chiqmoqchi bo‘lsangiz 📲💸
— ayni vaqti keldi! ⏰🔥
➡️ Hoziroq yoziling va joyingizni band qiling!
📌 Ro‘yxatdan o‘tish: https://t.me/yoshmobilografbot 🚀
Murojaat uchun: https://t.me/Oqiljon_Mamajonov
#Milliylik
Milliy ruh — yoshlar qalbida
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzili talabalaridan milliy trend.
361
11
0
TITU - Namangan
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#Milliylik
Milliy ruh — yoshlar qalbida
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalari universiteti Namangan manzili talabalari Afsonalar vodiysi tematik parkida Milliylik kuni doirasida talaba-yoshlar tomonidan milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslar faol davom etmoqda. Milliy liboslar va an’analarimiz orqali yoshlar o‘ziga xoslikni namoyon etib, boy madaniy merosimizni keng targ‘ib qilmoqda.
Mazkur jarayonlar yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ajdodlarimizdan meros bo‘lgan qadriyatlarni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.
335
6
TITU - Namangan
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
TITU Namangan manziliga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tashrif buyurdi
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Namangan manziliga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Odiljon Mamadaliyev boshchiligidagi bir guruh ziyolilar tashrif buyurdi.
Deputatlar, jurnalistlar, ijodkorlar va iqtidorli yoshlardan iborat jamoani direktor Azizxon Axmedov kutib oldi.
Mehmonlar muassasada boʻlib oʻtayotgan Navroʻz saylida ishtirok etib, milliy taomlar koʻrgazmasi, osh musobaqasi va turli yoʻnalishdagi sport bellashuvlarini bevosita kuzatib bordi.
Shundan soʻng, mehmonlar tashkilotda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, rahbariyat tomonidan bildirilgan bir qator tashabbuslarni qoʻllab-quvvatladi.
Deputat Odiljon Mamadaliyev esdalik sifatida direktor Azizxon Axmedovga kitob sovgʻa qildi. Bir necha yangiliklarga boy uchrashuv yakunida umumiy suratga tushildi.
Bizni kuzatishda davom eting:
| https://uztitu.uz/uz | https://www.instagram.com/titu_namangan?igsh=eW1rNDh0emthamdi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61587998656491
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Namangan manzilida Navroʻz sayli boʻlib oʻtdi
Toshkent iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti Namangan manzilida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali sayl boʻlib oʻtdi.
Bayramona tadbirda yoʻnalishlararo, talaba-qizlar tomonidan tayyorlangan milliy taomlar koʻrgazmasi, osh musobaqasi, arqon tortish va tosh koʻtarish bellashuvlari tashkil etildi.
Bayramning musiqiy chiqish qismida iste’dodli yosh ijodkorlar tomonidan diltortar, milliy va yevropa qoʻshiqlari kuylanib, yoshlar ommaviy raqsga tushdi.
Bizni kuzatishda davom eting:
| https://uztitu.uz/uz | https://www.instagram.com/titu_namangan?igsh=eW1rNDh0emthamdi | https://www.facebook.com/profile.php?id=61587998656491