Official website: muimi.uz
Murojaatlar uchun: @Muimiuz_bot
Facebook: https://www.facebook.com/muimi.mirzoulugbek?mibextid=ZbWKwL
Instagram https://instagram.com/mirzo_ulugbek_maktabi?igshid=NGExMmI2YTkyZg==
You Tube https://youtube.com/@MirzoUlugbekMaktab
@muimiuz offers specialized information about httpswwwfacebookcommuimimirzoulugbekmibextidzbwkwl and official for subscribers interested in Viral Videos
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
#diqqat_eʼlon
#QABUL2026
🏫🏫🏫🏫MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI XALQARO IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB
2026/2027-O'QUV YILI UCHUN QABULNI E'LON QILADI!
📣 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi xalqaro ixtisoslashtirilgan maktabga 2026/2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
🗓 Qabul muddati:
📌 15-maydan 4-iyungacha
💻 Hujjatlar ONLAYN tarzda quyidagi platformalar orqali topshiriladi:
🌐 http://my.gov.uz/
🌐 http://ariza.piima.uz/
❓Ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?
🔺 So‘nggi 2 oy ichida tushirilgan fotosurat
🔺 Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (metrika)
🔺 Ota-ona yoki qonuniy vakilning pasport (ID-karta) ma’lumotlari
🔺 Bog‘lanish uchun telefon raqami
📞 Call-markaz: 1206
🌐
http://muss.uz/
[email protected]
2,180
11
0
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: TOPSHIRILGAN HUJJATLARDA KAMCHILIK ANIQLANGANDA (MASALAN, ADASHIB BOSHQA SHAXSNING MA’LUMOTLARI YUKLANGANDA) QANDAY CHORALAR KO‘RILADI?
✅ JAVOB: Hujjatlar topshirilgandan so‘ng:
➡️ ishchi guruh tomonidan 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi;
➡️ bu vaqtda hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.
Quyidagi kamchiliklar aniqlanganda hujjatlar tahrirlashga yuboriladi:
➡️ talab etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda;
➡️ taqdim etilgan hujjatlardagi yoki muhrdagi yozuvlar o‘qib bo‘lmaydigan darajada xira bo‘lsa.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga hujjatlarni qabul qilish muddati tugagunga qadar ruxsat beriladi.
Quyidagi hollarda o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish rad etiladi:
➡️ hujjatlar qabuli yakunlanganidan keyin kirish imtihonida ishtirok etish istagi bildirilganda;
➡️ taqdim etilgan hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda;
➡️ umumiy o‘rta ta’lim muassasasining tegishli sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar tomonidan Agentlik tizimidagi maktabning shu sinfida takroran o‘qish istagi bildirilganda;
➡️ Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchi matematika yoki tabiatshunoslik fanlaridan yillik “aʼlo” baholar olmaganda;
➡️ Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchi chet el fuqarosi bo‘lganda.
⚫️ Hujjatlarni belgilangan muddatlarda to‘g‘ri va sifatli taqdim etish bo‘yicha mas’uliyat o‘quvchilarning ota-onasi yoki qonuniy vakili zimmasida bo‘ladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA VA MILLIY DASTURGA HUJJATLAR MAKTABGA BORIB TOPSHIRILADIMI YOKI ONLAYN SHAKLDA TOPSHIRILADIMI?
✅ JAVOB: Talabgorning ota-onasi (yoki qonuniy vakili) uyda o‘tirgan holda hujjat topshirishlari mumkin.
Bunda hujjatlar onlayn shaklda:
➡️ http://ariza.piima.uz/ onlayn sahifasi;
➡️ http://my.gov.uz/ yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Agar talabgorlar hujjat topshirishda muammo yoki qiyinchiliklarga duch kelsalar, yaqin atrofdagi Agentlik tizimiga tegishli maktablardan biriga tashrif buyurib, u yerda tashkil etilgan Murojaatlar markazi xodimlari yordamida hujjat topshirishlari mumkin.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
🎥 Video
#IB
#International_Baccalaureate
#Xalqaro_hamkorlik
SCIENCE AND INNOVATIVE IDEAS EXHIBITION
At the Mirzo Ulugbek International Specialized School, 8th and 9th grade students successfully presented their Personal and Community Projects in a vibrant and inspiring atmosphere. The projects reflected students’ creativity, independent thinking, and social responsibility through the MYP “Service as Action” approach.
Students showcased innovative ideas in areas such as community service, advocacy, research, and educational resource development. Their projects highlighted leadership, collaboration, and problem-solving skills while contributing to school life and social awareness.
These presentations demonstrated the growth of active, responsible, and forward-thinking young learners who are ready to make a positive impact on society.
722
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
⚽️ SPORT — DO‘STLIK VA HAMJIHATLIK RAMZI! ⚽️
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi
🏫🏫🏫🏫Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hamda Sergeli ixtisoslashtirilgan maktabi jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi yuqori kayfiyat va haqiqiy sport ruhi ostida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari kasaba uyushmasi Toshkent shahar boshlang‘ich tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Uchrashuv davomida jamoalar o‘zlarining chaqqonligi, jipsligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini namoyon etdilar.
🔥 Murosasiz va qiziqarli kechgan bahs yakunida Mirzo Ulug‘bek maktab jamoasi 3:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
🏆 G‘olib jamoa tashkilotchilar tomonidan tarixiy sayohatlarga yo‘llanma bilan munosib taqdirlandi.
Bunday sport tadbirlari yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
👏 Mirzo Ulug‘bek maktab jamoasini ushbu yorqin g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!🏅
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: “PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI” TASHABBUSINI QOʻLLAB-QUVVATLASH BOʻYICHA MILLIY DASTURNING VAZIFASI NIMA VA UNGA KIMLAR QABUL QILINADI?
✅ JAVOB: Davlatimiz rahbarining tegishli Farmoni bilan 2025-yilda “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dastur tashkil etildi.
Milliy dasturni tashkil etishdan maqsad:
➡️ iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash, ularni saralash va yetakchi xalqaro oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun tizimli tayyorlash;
➡️ tajribali xorijiy ustozlar jalb etgan holda intensiv taʼlim berish;
➡️ iqtidorli yoshlarni yagona platformaga birlashtirish orqali ularning oʻzaro hamkorligi, tajriba almashinuvi va intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun samarali muhit yaratish;
➡️ yoshlar bilan manzilli ishlash orqali global mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlgan mutaxassislar tayyorlash;
➡️ shuningdek, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi innovatsion imkoniyatlar yaratishdan iborat.
⚫️ Milliy dasturga har yili respublika boʻylab xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqishga salohiyati mavjud boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining joriy 9-sinf bitiruvchilari orasidan 1 500 nafargacha nomzod imtihonlar asosida saralab olinadi.
⚫️ Milliy dastur doirasida saralab olingan oʻquvchilar Agentlik tizimidagi maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10-11-sinflarda taʼlim olish davrida ular uchun xalqaro top darajadagi oliygohlarga kirish boʻyicha qoʻshimcha oʻqish tashkil etiladi.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz yoki savolingizni https://t.me/piftuzbot botiga yo'llashingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
📣 Maktabimizda quvonchli voqea!
Biz yoshlarning nafaqat bilim olishi, balki o‘z qobiliyatlarini namoyon etishidan doimo faxrlanamiz. Bugun maktabimizning 10-B sinf o‘quvchisi Qurbonova Fozila o‘zining "LILIYA" nomli ilk she’riy to‘plamini keng jamoatchilikka taqdim etdi.
Tasavvur qiling, hali maktab partasidayoq o‘z tuyg‘ularingizni, dunyoqarashingizni dunyoga kitob holida taqdim eta olsangiz... Bu shunchaki orzu emas, Fozila uchun bugun haqiqatga aylandi!
📚 "LILIYA" — bu shunchaki she’rlar to‘plami emas. Bu ikki tilda (ingliz va rus tillarida) jaranglagan, qalb tubidagi eng go‘zal va nafis tuyg‘ular aks etgan ijod mahsulidir. Kitob muqaddimasida aytilganidek:
"Agar aqalliy bittagina she’r qalbingizdan joy topsa — demak, bu liliya guli bekorga ochilmabdi."
Maktab ma’muriyati va ustozlar jamoasi nomidan Fozilani va uning ota-onasini ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!
Yosh shoiramizga ulkan zafarlar yor bo‘lsin! 🕊📜
702
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
#QABUL_2026
#Savol_va_javoblar
📚 2026-2027-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish bo‘yicha savol-javoblar
🔴 SAVOL: O‘QUVCHI BOSHQA VILOYATDAGI AGENTLIK TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
✅ JAVOB: O‘quvchilar:
➡️ o‘zlari o‘qigan maktabi joylashgan hududdagi Prezident yoki ixtisoslashtirilgan maktablarga;
➡️ Respublikaning istalgan hududidagi ijod maktablariga;
➡️ Toshkent shahridagi sport maktablariga hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga;
➡️ shuningdek, Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga yoki ushbu maktablarning hududdagi filialiga hujjat topshirishlari mumkin.
☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun - Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin
Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
1. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi telegram kanali
https://t.me/piimauz
2. Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab internati telegram kanali
https://t.me/alberuniyuzb
3. "Prezident iqtidorli farzandlari" tashabusini qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy dastur telegram kanali
https://t.me/piftuz
590
0
Mirzo Ulug'bek maktabi
May 17, 2026, 09:10 AM
📷 Photo
🏆 BIZNING FAXRIMIZ 🏆
Maktabimizning 10-“A” sinf o‘quvchilari
Tursunxo‘jayev Alisher Xusan o‘g‘li,
Sadulloyev Jahongir Abdulloyevich
📍“AKHU STEM” va “ROBO-CODING” Respublika olimpiadalarida munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar!
💻 “AKHU STEM” Respublika fan olimpiadasi - Al-Xorazmiy universiteti, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Fan Olimpiadalari markazi hamkorligida tashkil etildi.
🥈 Respublika bosqichida dasturlash va kiberxavfsizlik yo‘nalishida 2 ta Kumush(Silver) Medal — 2-o‘rin qo‘lga kiritildi!
🎯 Buning natijasida o‘quvchilarimiz erishgan imkoniyatlar:
✨ “Fibonacci” xalqaro olimpiadasining Yevrosiyo bosqichiga yo‘llanma
✨ Sun’iy intellekt (AI) kurslari uchun 25 000 000 so‘mlik MAAB Academy vaucher-chegirmasi
✨ Al-Xorazmiy universitetida tahsil olish uchun 10 500 000 so‘mlik maxsus universitet vaucheri
👏 Yoshlarimizning ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar yo‘lidagi ushbu yutuqlari barchamiz uchun katta faxrdir!
🚀 Kelajak — bilimli va izlanuvchan yoshlar qo‘lida!
732
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 28, 2026, 12:41 AM
📷 Photo
#Asosiy_olimpiada
#Taqdirlash_marosimi
Joriy yilning 23–29-mart kunlari belgilangan hududlarda o‘tkazilgan Asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichi Toshkent shahrida yuqori saviyada tashkil etilib, muvaffaqiyatli yakunlandi.
📢 Mazkur olimpiada yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarni tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi.
➖ Olimpiada jarayonlarida o‘quvchilar o‘zlarining chuqur bilimlari, mustahkam tayyorgarligi hamda yuqori intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar.
⭐ Natijalarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Aknazarov Javoxir fizika fanidan yuqori natija qayd etib,
🥉3-o‘rinni egalladi hamda BRONZA medal bilan taqdirlandi.
🏫🏫🏫🏫Mazkur yutuq ta’lim muassasasi jamoasining tizimli va samarali faoliyati natijasi ekanini alohida ta’kidlash joiz.
G‘olib o‘quvchimizni ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
#Olimpiada
#RespublikaBosqichi
#Fizika
#Yutuq
377
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 28, 2026, 12:41 AM
📷 Photo
#hamkorlik
#memorandum_ijrosi
Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab maslahatchisi Visola Djurayeva dunyo reytingida yetakchi o‘rinlardan birini egallagan Gongkong universiteti — The Hong Kong Pilytechnic University tomonidan tashkil etilgan “PolyU Counsellors Fly-in 2026 ” xalqaro tadbirida ishtirok etdi.
➖Mazkur dastur maktab maslahatchilari uchun tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi universitetning bakalavriat ta’lim dasturlari, qabul talablari hamda kampus hayoti bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek kelgusida ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilishdan iboratdir.
✅Bunday tashriflar ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash hamda kelajakdagi ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
784
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 28, 2026, 12:41 AM
📷 Photo
🌷 Ko‘chada bahor. Biz Astronomiya bog‘idamiz — Yashil bog‘lar loyihasi doirasida yaratilgan zamonaviy, ekologik toza maydon bo‘lib, uni parvarish qilishda Eco-schools Uzbekistan loyihasi ishtirokchilari va eko-ko‘ngillilar ishtirok etib kelmoqda.
🌳 Bugungi vazifamiz bog‘dagi daraxtlarni parvarishlash bo‘ldi. Bu nafaqat yashil o‘simliklar salomatligi va tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi, balki ularning tashqi stresslarga chidamliligini ham oshiradi, natijada ularning umrini ham uzaytiradi.
✂️ Ekologiya va o‘zgarishlar milliy qo‘mitasi mutaxassislari daraxtlarni mohirona kesish va mulchalash bo‘yicha amaliy mahorat darslari o‘tkazishdi.
🍁 Daraxtning to‘g‘ri va sog‘lom butoqlarini shakllantirish uning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi, yorug‘lik va havo aylanishiniga yordam beradi, kasal va shikastlangan shoxlarni qirqib tashlash esa kasallik va zararkunandalar tarqalishining oldini oladi.
⛅️ Mulchalashning vazifasi tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, uning tuzilishini yaxshilaydi va tuproqdagi namlikni saqlashga yordam beradi, bu ayniqsa bizning iqlimimizda juda muhimdir.
🤝 Barcha ishtirokchilarga rahmat va hammangizga yaqinlashib kelayotgan bayramlar muborak bo‘lsin!
~~~
🌷 На улице весна, и мы в Парке Астрономии — современном, экологически чистом пространстве, созданным в рамках проекта Yashil bog'lar, в уходе за которым участники проекта Eco-schools Uzbekistan и эковолонтёры участвуют с начала его создания.
🌳 Задачей на сегодня стал уход за деревьями парка. Это не только улучшает здоровье и внешний вид зелёных насаждений, но и повышает устойчивость к внешним стрессам, что в итоге приводит к их более долгой жизни.
✂️ Специалисты Национального комитета по экологии и изменению провели практические мастер-классы по грамотной обрезке и муличированию деревьев.
🍁 Формирование правильной и здоровой кроны дерева улучшает его внешний вид и способствует лучшему освещению и циркуляции воздуха, а удаление больных и поврежденных ветвей предотвращает распространение заболеваний и вредителей.
⛅️ У мульчирования другие задачи. Мульча обогащает почву органическими веществами, улучшая её структуру, и помогает удерживать влагу в почве, что особенно важно в нашем климате.
🤝 Спасибо всем участникам и с наступающими праздниками!
#YashilBoglar #AstronomiyaParki #ПаркАстрономии #EcoSchoolsUzbekistan
😀 https://www.zaminfoundation.ngo/ 🌐 https://www.instagram.com/ecoschools_uzbekistan/ 🌐 https://www.zaminfoundation.ngo/ru https://www.facebook.com/ecoschoolsuzbekistan/
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 25, 2026, 07:34 PM
📷 Photo
#Eco-tashabbus..
Bugun 19.03.2026 kuni maktabimiz yaqinida joylashgan Astronomiya bogʻida "Eko-tashabbus" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbir "Zamin" Xalqaro jamoatchilik fondi vakillari, O'rmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot istituti professor-oʻqituvchilari va talaba yoshlari, ekologiya va iqlim oʻzgarishi vazirligi maʼsullari hamkorligida bo'lib o'tdi. Tadbirda Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari ham faol ishtirok etishdi. Tadbirda professor-oʻqituvchilar va soha vakillari oʻquvchilarga "Daraxtlarni qanday parvarish qilish" mavzusida master-klass oʻtib berdilar. O'quvchilar va talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
626
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 21, 2026, 06:53 PM
🎥 Video
547
26
0
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 21, 2026, 06:53 PM
📷 Photo
543
33
0
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 18, 2026, 05:34 PM
🌸 NAVRО'Z – BILIM VA QADRIYATLAR UYG'UNLIGI!
Yasharish va yangilanish fasli maktabimizda..
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabimiz hovlisi haqiqiy bayramona qiyofa kasb etdi. "Navro‘z – ta’lim va qadriyatlar uyg‘unligi" shiori ostida o‘tkazilgan festivalimiz shunchaki bayram emas, balki milliy meros va zamonaviy ilm-fanning go‘zal uchrashuviga aylandi. 🌿✨
Tadbirimizning yorqin lahzalari:
🔹 Martabali mehmonlar: Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi vakillari hamda ixtisoslashtirilgan maktablardan tashrif buyurgan mehmonlarimiz bayramimizga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar.
🔹 San’at sehri: Yunusobod tuman madaniyat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan dildosh taronalar va xushovoz san’atkorlarning chiqishlari barchani raqsga chorladi! 🎶💃
🔹 9-11 sinf o‘quvchilarimiz o‘rtasidagi "Osh battle"da mahoratlar sinovdan o‘tgan bo‘lsa, sumalak atrofidagi duolar ko‘ngillarni birlashtirdi. 🍲🔥
🔹 "Ko‘rgazmalar burchagi"da yosh ixtirochilarimiz o‘z loyihalari bilan kelajak texnologiyalarini namoyish etishdi.
Ota-onalarimizning quvonchi va o‘quvchilarimizning shijoati bu yilgi Navro‘zni unutilmas qildi. Biz nafaqat an’analarni asraymiz, balki ularni bilim bilan boyitamiz! 📚💎
Navro‘zi olam barchaga muborak bo‘lsin!
17.03.2026
🌿 Kelajak soati
📚 Mavzu: “Yil boshi — Navro‘z”
Maktabimizda “Kelajak soati” doirasida o‘quvchilar bilan Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va ezgulik bayrami haqida mazmunli suhbat tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilar Navro‘zning tarixi, milliy qadriyatlarimizdagi o‘rni, urf-odatlari va an’analari haqida fikr almashdilar. Bahorning kirib kelishi bilan inson qalbida ham yangi orzular, yangi rejalar va yangi umidlar uyg‘onishi ta’kidlandi.
Bu kabi mashg‘ulotlar o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va an’analarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlaydi. 🌱
✨ Navro‘z — yangilanish va ezgulik bayrami!
472
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 18, 2026, 05:34 PM
📷 Photo
#tayyorgarlik..
⏳ Sanoqli kunlar qoldi...
🔥Maktabimizda bo‘ladigan katta tadbir arafasidagi jarayonlar.
Barchasi tez orada!
575
30
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 16, 2026, 05:12 PM
📷 Photo
⏳ Tez orada...
Maktabimizda katta va muhim tadbir bo‘lib o‘tadi...
Eng qiziqarli lahzalar hali oldinda! ✨
421
9
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 16, 2026, 05:12 PM
📷 Photo
🌿 Bahor nafasi – obodonlikdan boshlanadi! 🌸
14-mart kuni maktabimizda umumxalq an’anasi bo‘lgan xashar tadbiri tashkil etildi. Ushbu xayrli ishda pedagoglar va xodimlar faol ishtirok etib, maktab hududini yanada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
Xashar davomida maktab hovlisi tartibga keltirilib, atrof-muhit tozalandi hamda bahorning go‘zal ramzi bo‘lgan rang-barang gullar ekildi. O‘quvchilarimizning faolligi ayniqsa, ularning tabiatga mehr, jamoaviylik va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu nafaqat hududimizga fayz bag‘ishladi, balki jamoada hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamladi.
Yashnab borayotgan maktab hovlisi – bu kelajak avlod uchun yaratilayotgan go‘zal muhitdir. 🌱
377
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 16, 2026, 05:12 PM
📷 Photo
#KRK..
📚 Kasbiy rivojlanish – ta’lim sifati garovi!
Maktabimizda haftaning har shanba kuni tashkil etilayotgan kasbiy rivojlanish tadbirlari (KRK) izchil davom etmoqda. Mazkur uchrashuvlarda pedagoglar o‘zaro tajriba almashib, zamonaviy ta’lim metodlari, innovatsion yondashuvlar hamda dars samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim masalalarni muhokama qilmoqdalar.
Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, dars jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Bunday samarali uchrashuvlar pedagoglarning doimiy o‘sishi va ta’lim jarayonining takomillashuviga xizmat qiladi.
14.03.2026
394
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 15, 2026, 05:19 AM
📷 Photo
#DAVOMIY_XUSHXABARLAR
🎉 YANA BIR TARIXIY NATIJA: MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB HAM XALQARO AKKREDITATSIYADAN O‘TDI
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi https://www.muss.uz/ faoliyatida muhim va quvonchli voqea yuz berdi.
⭐Maktabimiz Xalqaro Bakalavriatning - https://www.ibo.org/ O’rta yillik https://www.ibo.org/programmes/middle-years-programme/- dasturi bo‘yicha akkreditatsiya jarayoni muvaffaqiyatli yakunlangani haqida xushxabar olindi. Mazkur jarayon bir necha bosqichdan iborat bo‘lishiga qaramay, maktab jamoasi hamjihaltligi natijasini berdi.
🇺🇿 Bayram arafasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ushbu nufuzli xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekistondagi davlat maktablari qatoridan o'rin oldi!
Qayd qilsak mubolag'a bo'maydi - ustozlarimizning fidokorona mehnati, o‘quvchilarimizning bilimga bo‘lgan intilishi va maktab jamoasining bir maqsaddagi sa’y-harakatlari samarasi.
⭐Barcha ustozlarimizni, o‘quvchilarimizni va maktab jamoasini ushbu muhim yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz!
Ishonamizki, bu muvaffaqiyat maktabimiz tarixida yangi yutuqlar sari ochilgan navbatdagi eshik, ulkan marralar sari dadil qadam va kelajak avlodlar uchun yana-da keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
🦉 Oldinda bizni yanada yorqin natijalar, ulkan zafarlar va xalqaro miqyosdagi yangi yutuqlar kutmoqda!
➕ Bu boshlanishi...
https://portal.piima.uz/Bizni kuzating
💻 https://gov.uz/oz/ima 🌐 https://t.me/piimauz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UCZFpPmVyOdPpXUcazo0Cyyw 🌐 http://instagram.com/piima.uz 🌐 https://www.facebook.com/piima.uz ⚙️ https://portal.piima.uz/
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 15, 2026, 05:19 AM
📷 Photo
#XUSHXABAR
📣TARIXIY YUTUQ: MIRZO ULUG‘BEK MAKTABI XALQARO MAYDONDA YANGI MARRANI ZABT ETDI!
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab hayotida yana bir muhim va faxrli voqea yuz berdi.
✅ Maktabimiz Xalqaro Bakalavriat — International Baccalaureate (IB) tashkilotining Middle Years Programme (MYP) dasturi bo‘yicha akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Ushbu yutuq bir necha bosqichli, mas’uliyatli jarayon natijasida qo‘lga kiritildi va maktab jamoasining yuksak salohiyati hamda birdam mehnatini yana bir bor namoyon etdi.
🇺🇿 Bu muvaffaqiyat — nafaqat maktabimiz, balki mamlakatimiz ta’lim tizimi uchun ham muhim qadamlardan biridir. Mirzo Ulug‘bek maktabi bugun xalqaro maydonda yurtimiz nufuzini munosib himoya qilayotgan ilg‘or ta’lim maskanlaridan biri sifatida yana bir yuksak marrani zabt etdi.
Bu sharafli natija — ustozlarimizning fidokorona mehnati, o‘quvchilarimizning bilimga chanqoqligi va butun jamoamizning yurt ravnaqi yo‘lida birlashgan sa’y-harakatlari samarasidir.
✅ Ushbu tarixiy yutuq bilan barcha ustozlarimizni, o‘quvchilarimizni va maktab jamoasini samimiy muborakbod etamiz!
Ishonchimiz komilki, bu muvaffaqiyat maktabimiz uchun yanada ulkan marralar sari yo‘l ochadi, yangi g‘alabalar va xalqaro miqyosdagi yutuqlarga mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
🌟 Mirzo Ulug‘bek maktabi — ilm, tafakkur va yuksak maqsadlar maskani!
🌍 Bizning yutuqlarimiz — Yangi O‘zbekistonning kuchli kelajagi sari dadil qadamdir!
🌐 🌐 https://www.facebook.com/muimi.mirzoulugbek?mibextid=ZbWKwL
🌐 https://instagram.com/mirzo_ulugbek_maktabi?igshid=NGExMmI2YTkyZg== 📹 https://youtube.com/@MirzoUlugbekMaktab
🌐 https://muimi.uz/ 🎯 https://maps.google.com/maps?q=41.329207,69.294758&ll=41.329207,69.294758&z=16
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 15, 2026, 05:19 AM
🎥 Video
📺 #OAV_biz_haqimizda
⚡️#I_love_Physics_(Fizika)
Maktabimizning fizika fani o‘qituvchisi Saidxo‘ja Xolmurodov O‘zbekiston1 telekanalining “Oila vaqti” dasturida ishtirok etdi.
Dastur davomida ustozimiz fizika faniga oid qiziqarli amaliy tajribalarni namoyish etib, tomoshabinlarga ilm-fanning kundalik hayotimizdagi ahamiyati haqida tushunchalar berdi. Mazkur chiqish orqali fizika fanining qiziqarli va amaliy jihatlari keng yoritildi.
Bunday ishtiroklar o‘quvchilarda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, pedagoglarimizning tajribasi va salohiyatini keng jamoatchilikka namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👏 Ustozimizga keyingi faoliyatida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Oila vaqti 11-mart 2026-yil
🎥 https://t.me/oilavaqtii
574
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 15, 2026, 05:19 AM
📷 Photo
🎉 Xushxabar!
Maktabimizning 10-sinf o‘quvchisi Abdusamadov Baxromjon xalqaro ingliz tili imtihoni — IELTS dan 7.5 ball natijani qo‘lga kiritdi! 🌟
Bu natija Baxromjonning ingliz tilini puxta egallaganini, uning bilim va intilishlari yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu yutuq kelajakda dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Baxromjonni ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabriklaymiz! 👏
Kelgusidagi ta’lim va hayot yo‘lida yanada ulkan yutuqlarga erishishini tilaymiz. Biz o‘quvchilarimiz bilan faxrlanamiz.
613
41
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 15, 2026, 05:19 AM
📷 Photo
📢 XUSHXABAR
Maktabimizning 9-sinf o‘quvchisi Xotamov Sarvar xalqaro ingliz tili imtihoni — IELTSdan 7.0 ball natijani qo‘lga kiritdi.
Yosh bo‘lishiga qaramay, intiluvchan va bilimga chanqoq Sarvar nafaqat o‘qishda, balki jamoat ishlarida ham faol. U maktabimizning EcoNest jamoasi a’zosi sifatida turli ekologik tashabbuslarda muntazam ko‘ngilli sifatida qatnashib kelmoqda.
Sarvarning bu yutug‘i uning mehnatsevarligi va qat’iyatining yana bir yorqin natijasidir. O‘quvchimizga kelgusidagi ta’lim va hayot yo‘lida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! 🌟
588
38
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 15, 2026, 05:19 AM
📷 Photo
📚 Открытый урок
В 8-А классе учителем русского языка Лoла Пулатовой был проведён открытый урок на тему «Как мы можем улучшить мир?».
В ходе занятия учащиеся активно участвовали в обсуждениях, проявили креативное мышление, умение работать в команде и предлагать решения различных жизненных проблем. Интерактивные методы обучения сделали урок содержательным, интересным и познавательным.
Проведённый урок ещё раз показал, что развитие самостоятельного мышления и инициативности учащихся является важной частью современного образовательного процесса. 🌟
716
9
Mirzo Ulug'bek maktabi
Mar 15, 2026, 05:19 AM
📷 Photo
🌟 Kelajak soati
📚 Mavzu: “Mehnatning tagi – rohat”
Mazkur dars davomida o‘quvchilarga mehnat inson hayotining eng muhim omillaridan biri ekani, har qanday muvaffaqiyat va farovonlik ortida albatta mashaqqatli mehnat turishi haqida tushunchalar berildi.
Suhbat jarayonida o‘quvchilar bilan mehnatsevarlik, mas’uliyat va intilish insonni yuksak marralarga yetaklashi haqida fikr almashildi. Turli hayotiy misollar orqali halol mehnat insonni baxt va rohatga eltishi ta’kidlandi.
✨ Dars o‘quvchilarda mehnatga hurmat, kasbga qiziqish hamda kelajakda o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yish ruhini mustahkamladi.