LOEWE va ON birgalikda yangi kolleksiya chiqardi. Yaxshi-yu, lekin bunaqa kollaboratsiyadan maqsad nima?
Ikki kun avval LOEWE va ON kollaboratsiyasida yangi kolleksiya oyoq kiyimlar chiqarildi. Biz bu poyabzallarni olamizmi, yo‘qmi, lekin kollaboratsiya haqida insaytlarni olganimiz yaxshi.
Bu ikki brend va ora-orada kollaboratsiya qilib turadi. Umuman, kollab - yangi marketing quroli. Xo‘sh, nima qiladi kollaboratsiya qilib? Bir-biriga aloqasi bo‘lmasa, alohida yashab yuravermaydimi?
Kollaboratsiya qilish, bu ikki kompaniyaga yangi auditoriyalarni kashf qilishga yordam beradi.
ON - o‘rtadan yuqori, ammo lyuks bo‘lmagan, judayam tez o‘sayotgan sport poyabzallari brendi.
Daromadi o‘rtadan sal yuqoriroq bo‘lgan istalgan odam bu brend mahsulotlariga puli yetadi. Shu bilan birga, Nike va New Balance’lar kabi mass market emas. Ya’ni ko‘chada har kim kiyib yurmaydi.
ON kompaniyasining maqsadi - lyuksga aylanib qolmaslik va mass marketga tushib ketmaslik. Bunaqa kompaniya uchun, ommaviy bozorga kirib ketish oson. O‘ziyam sezmay qoladi.
Loewe - lyuks charm mahsulotlar, kiyim va atirlar moda uyi. Bu LYUKS. Eng kamida, Luis Vuitton yoki Gucci darajasida. Kerak bo‘lsa, ulardan ham ko‘proq qadrlanadigan brend. Chunki Loewe’ni "tushunadigan" odamlar xarid qilsa, LV va Gucci’ni tushunsa-tushunmasa puli bor odam olaveradi.
Bu brendga doim yangi auditoriya kerak. Yosh auditoriyani yoki daromadlari endi o‘sib borayotgan auditoriyani jalb qilishi kerak.
Yaaa’ni.... LOEWE uchun - ON brendining auditoriyasini tarbiyalab, o‘ziga tayyorlab borishi kerak. ON uchun esa - mass marketga tushmaslik, ulardan ajralib turishini yana bir bor ta'kidlash va o'z qadriyatlariga mos yangi odamlarni jalb qilish vazifasi bor. Chunki bu ikki brend xaridorlarini daromaddan tashqari birlashtirib turadigan qadriyat - did.
Mana shu, kollaboratsiyaning mohiyati. Ha, yana, boshqa kollablardan farqi ham bor: bu yerda ikki brend teng hamkorlikka ega. Biri mehmon, boshqasi mezbon emas. Hatto mahsulotlarda qarasangiz, logotiplarni ham birlashtirvorishgan, buni tenglik ramzi desa bo‘ladi.
Suratlar LOEWE https://www.loewe.com/usa/en/pd/stories-collection/loewe-on-running.html olindi.
Shaxsiy fikr S. I yordamisiz tayyorlandi va yozildi. (Ma’lumot yigʻish bundan istisno)
Marketing o‘zbek tilida —