Hayot juda qiziqda.
Yo‘qchilikda qo‘l-oyog‘ing boylanadi.
Davring kelganda esa vaqt topolmaysan!
Kechiring dada sizga vaqt ajrata olmayabman.
Ish, ro‘zg‘or, tashvish ortidan yuguryabman,
Mol-dunyo ortidan quvyabman,
Atrofda nelar bo‘lyapti bilmayabman,
Sizni o‘z holingizga tashlab qo‘ydim ota!
Bir lahza to‘xtab ortimga boqsam.
Onam ikkingiz qaribsizu, sezmabman,
Sochlaringizga oq oralabdi ko‘rmabman,
Kuchdan qolganingiz bilmabman,
Qancha dardlarni ko‘tarib oldiz g‘aflatdaman ota...
Oilasiga butun umrini bag‘shida qilgan,
Dard kelsa yelkalab, og‘rig‘in ichga yutgan,
Yo‘qchilik toshiga sabrini qalqon qilgan,
Sitamlarni o‘ziga olib, bizga quvonch ulashgan,
Iymoni toza, halolim, davlatim otam,
Duogo‘yim beminnatim otam!
Sizga dardlar yaqin kelibdi!
Tanangizdan kuchingiz olibdi?
Biroz horg‘insiz, rangiz olibdi?
Nega, bugun sizga yaqin kelibdi?
Shunga hayronmanda ota,
Nogoh yuragimni g‘am bosdi ota!
Sizga aytmoqchi gaplarim bisyor,
Hech aytolmadimda negadur!
Mehrim ham berolmadim negadur,
Siz mening qahramonim tan olmadim negadur!
Siz kasal bo‘lmang iltimos, ota.
Mana men olay dardingiz ota... 😔
Bilaman, qadringizga hech yetmadim,
Siz fahrlanadigan farzand bo‘lmadim.
"Sizni yaxshi ko‘raman" deb aytmadim,
O‘g‘lingiz bo‘lish yuksak sharaf,
Bunga munosib bo‘lolmadim ota.
Baxtimizga omon bo‘lsangiz bo‘ldi ota!
Dada sizni yaxshi ko‘raman!
Borligingiz bizlar uchun baxt!
Uyimiz to‘rida o‘tirib duo qiling,
Ilohim baxtimizga omon bo‘ling!
Birgina o‘tinchim siz kasal bo‘lmang ota!!!
Otam mening yagona qahramonim. Endi yelkasiga quyosh tegay deganda dardlar o‘ralashib qoldi atrofida... Orzularini amalga oshirish uchun pul topayotganimizda vaqtimiz yo‘q! Vaqtimiz borligida esa pulimiz yo‘q edi... Hayot sen buncha g‘alatisan a?
Shoirlikka davoyim yo‘q. Ilhom kelib qoldi dard kelganda.
Makhmudov Azimbek