Ba’zida o’z harakatlarimizni qiymatini yodimizdan chiqaramiz. Bosib o’tgan yo’limiz qanchalar og’ir bo’lganini unutib qo’yamiz. Keling oxirgi 10 yildagi hayotimizni ko’z oldimizdan o’tkazamiz. O’zim boshlab beraman…
Roppa-rosa 10 yil oldin oilamiz yana to’la holda yangi yilni kutib olganmiz. Buni 3 yil kutganman. Endi bari yaxshi bo’lishiga qattiq ishonganman. Aynan o’sha yil magistraturaga topshirdim, gullab yashnagan korrupsiya sabab imtihonga kelmaganlar kirgan va natijada qizil chiziq tagida qolganman. Ishoning ba’zi ro’y bermagan narsalar haqiqatda yaxshilikka sodir bo’ladi. Ayni o’sha yili uzoq vaqt tarki dunyo qilganman, uyimdagi bor kitoblarim (u payt kitoblarim ko’p emasdi)ni o’qiganman, mahalla bolalariga ingliz tilidan dars o’tganman, o’quv markazidan bo’shaganman (ingliz tilidan dars berardim, receptionda ham o’tirardim).
Shu voqealardan keyin hayotimni o’zgartirish o’z qo’limda ekanini anglaganman va yana qayta magistrga tayyorlaganman, fransuz tilidan repetitor qatnaganman (2-til imtihoni yiqitardi u paytlar), adabiyotni qayta o’qib chiqqanman va ming janjallar, vazir qabuliga kirib o’qishga qabul qilinganman.
Bari o’zgarishni boshlagan ekan. Rosti o’z mehnatini qadrsizlantiradiganlar ro’yxatiga kiraman. Qancha mehnat qilishim, o’sganimni hisobga olmayman, o’zimga past baxo beraman. Tashqaridan o’ta “krutoy” bir manman ko’ringanim bilan hayotda “go’l”man (i mean it do’stlar). Xullas, U doimo menga qaytaradi “siz o’zingizni kim ekaningizni bilmaysiz haliyam. Mahinsiz. Darajangiz yuqori”, deb. Bu sevgilisiga aytilgan balandparvoz gapdek ko’rinishi mumkin. Ammo
O’z sohamda qariyb 7-8 yildan beri izlanar ekanman (ha, bilganingizdek Ikkinchi jahon urushi partizanlari). Tinimsiz arxiv qatnash (mavjud muhim arxivlarning ko’pida izlanib ko’rdim, izlanyapman), katta loyihalarda ishtirok etish, o’z yo’nalishimda hamkasblar bilan hamkorlik qilish, ustozlar bilimini olish va hokazolar. Mana hozir yozyapmanu katta yo’ldan yurganim va bosib o’tayotganimni anglayapman. Bundan 10 yil oldin kimdir kelib ayni shu inson sensan desa ishonmasdim. Sababi mutlaq boshqa dunyo qarashdagi (balki o’ta tor dunyoqarashdir) inson edim.
Hozir ko’p yutuqlarga erishayotgan ekanman. Yutuqlarimning eng kattasi “yo’q”, deyishni o’rganganim va menga yoqmaydigan joydan ikkilanishlarsiz keta boshlaganim deb o’ylab qolaman. Ha, mayli sevgimni topganim ham deylik. Ha, mayli sizlar ham. Ha, mayli yaqin do’stlarim. Ha, mayli Yusufim🤍. Ha, mayli sayohatlar qila boshlaganim. Ha, mayli yana yuzlab yutuqlarim.
Siz ham hozir o’ylab ko’ring. Ortga nazar tashlang. Oxirgi 10 yil nimalarga erishdingiz (16 yoshli bo’lib hozir menga maktabni bitirdim demang, qariligimni his qildirasiz😂. Hazil, mayli deyavering…
Mahin