KBE.uz | Rasmiy Kanali
Reklama / 👨💻 @KBEuzAdmin
Rasmiy saxifalarimiz
https://instagram.com/kbe_uz
https://youtube.com/@KBEuz
tiktok.com/@kbe.uz
🎵 Musiqa Bot: @Shazamizlabot
@kbeuz is a dedicated channel for rasmiy and httpsyoutubecomkbeuz with regular updates in Viral Videos
Goool 🗣️ 🇮🇹 Italiya 1:1 O'zbekiston 🇺🇿 ⚽️ Amirxon Murodov 56 Olg'a O'zbekiston 💪👍 Yaqinlarga ulashing!!! Telegram | LIVE | Instagram | YouTube | Donat Qilish 💸
2,400
8
0
KBE.uz | Rasmiy Kanal
May 26, 2026, 06:18 AM
📷 Photo
O‘zbekistonda avtomobilni sotishda haqiqiy “probeg”ini yashirganlar endi jarimaga tortilishi mumkin
Foydalanilgan transport vositalarini qimmat narxlarda sotish maqsadida odometr ko‘rsatkichini soxtalashtirganlik uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish taklif etildi.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan qonun loyihasida ko‘zda tutilgan. Unda qayd etilishicha, hozirgi kunda ijtimoiy xavfli qilmishlarning yangi shakllari, xususan, foydalanilgan transport vositalarini qimmat narxlarda sotish maqsadida odometr ko‘rsatkichini soxtalashtirish holatlari kuzatilmoqda.
Shu bois, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni 121−1-modda (transport vositasining odometr ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar kiritish yoki odometrni almashtirish to‘g‘risida xabardor qilmaslik) bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.
Unda avtotransport vositasining bosib o‘tgan masofasini ko‘rsatuvchi odometr uskunasi ko‘rsatkichlari o‘zgartirilgani yoki odometr uskunasi almashtirilgani haqida avtotransport vositasini realizatsiya qilishdan oldin xaridorni xabardor etmaslik BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (4,12 million so‘mdan 6,18 million so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.
Ushbu qonun loyihasi muhokamasi 20-noyabrga qadar davom etadi.
Telegram | https://t.me/kbeuzLive | https://instagram.com/kbe_uz?igshid=NGExMmI2YTkyZg==|https://youtube.com/@KBEuz
| Donat Qilish 💸
KBE.uz | Rasmiy Kanal
May 26, 2026, 06:18 AM
📷 Photo
“Jarayon 2026-yildan boshlanadi”— Oʻzbekistonda 12 ta yirik davlat korxonasini xususiylashtirishga hozirlik koʻrilayotgani aytildi
Birjaga chiqarilishi kutilayotgan korxonalar orasida Uzbekistan Airways, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “Hududgaztaʼminot” AJ ham bor. Hozircha qaysi korxona birinchi boʻlib IPO’ga chiqishi aniq emasligi bildirildi.
Toshkent shahrida kapital bozorni rivojlantirish va yirik korxonalarni xalqaro savdoga chiqarish boʻyicha seminar oʻtkazildi. Tadbirda hukumat, FTI Consulting, Citibank, Rothschild and Co, White and Case kabi yirik xalqaro kompaniyalar vakillari hamda investorlar qatnashdi. Muloqotda IPO’ga (birlamchi ommaviy taklif) tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida suhbatlashildi.
Seminar qatnashchisi Bobur Abdunazarovning bildirishicha, hozirda davlatga qarashli 12 ta yirik korxonani xususiylashtirishga tayyorgarlik ketmoqda.
“Biz 2026-yil I chorakdan korxonalarni IPO’ga chiqarishni boshlaymiz. Savdo jarayoni dual listing shaklida amalga oshiriladi. Aksiyalarning bir qismi Toshkent fond birjasida, ikkinchi qismi GDR (global depozitar tilxatlari) koʻrinishida xalqaro birjalarda joylashtiriladi”, dedi kompaniya rahbari.
2025-yil 22-apreldagi prezident qarorida 12 ta yirik davlat korxonasi aksiyalarini xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini oʻtkazish belgilangan. Qarorga koʻra, quyidagi korxonalar aksiyalari 2026—2028-yillarda savdoga chiqarilishi kerak:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ;
“Oʻzbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamgʻarmasi” AJ;
“Navoiyuran” DK;
Uzbekistan Airways AJ;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ” AJ;
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ;
“Oʻzbektelekom” AJ;
“Oʻzbekgidroenergo” AJ;
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ;
“Oʻztransgaz” AJ;
Uzbekistan Airports AJ;
“Hududgaztaʼminot” AJ.
Foto: FTI Consulting
Mazkur korxonalar orasida faqatgina “Oʻzbektelekom” AJ ikkilamchi (SPO) birja savdolariga chiqariladi. Qolganlari dastlabki (IPO) savdoga olib chiqiladi.
Bobur Abdunazarovning aytishicha, hozircha qaysi korxona birinchi boʻlib IPO’ga chiqishi aniq emas. Chunki bu kompaniyaning tayyorligi va xalqaro bozor konyunkturasiga bogʻliq jarayon hisoblanadi.
Telegram | https://t.me/kbeuzLive | https://instagram.com/kbe_uz?igshid=NGExMmI2YTkyZg==|https://youtube.com/@KBEuz
| Donat Qilish 💸
Shavkat Mirziyoyev shifokorlar aholiga, ayniqsa, bolalarga antibiotiklarni haligacha pala-partish qo‘llab kelayotganini tanqid qildi
Tumanlarga tushib, shifoxona va poliklinikadagi vrachlarga qaysi dori mumkin, qaysi biri mumkin emasligini o‘rgatish ishlari sust ekanini https://t.me/Press_Secretary_Uz.
“Aholi daromadining katta qismini dori-darmonga sarflayapti” — Shavkat Mirziyoyev
Prezident qaysi mahallada, tumanda qanday kasallik ko‘paygan yoki kamayganini tahlil qilib, ularning oldini olish hamda samarali davolash bo‘yicha aniq reja bilan ishlash muhimligini aytdi.
Telegram | https://t.me/kbeuzLive | https://instagram.com/kbe_uz?igshid=NGExMmI2YTkyZg==|https://youtube.com/@KBEuz
| Donat Qilish 💸
KBE.uz | Rasmiy Kanal
May 26, 2026, 06:18 AM
📷 Photo
HAMAS G‘azo bo‘yicha sulhni qabul qildi
HAMAS Isroil bilan 60 kunlik sulh taklifini qabul qildi. Ushbu sulh - Isroilning harbiy harakatlarini 60 kunga to‘xtatish va urushni tugatishga oid kengroq kelishuv uchun asos yaratishni nazarda tutadi. Shu bilan birga HAMAS Isroilning «qurolsizlanish» talabini rad etgan.
HAMAS Isroil bilan 60 kunlik sulh taklifini qabul qildi. Unga ko‘ra, G‘azoda ushlab turilgan garovdagilarning yarmi ozod qilinadi va Isroil ayrim falastinlik mahbuslarni qo‘yib yuboradi. Bu haqda Misr rasmiy manbasiga tayanib Reuters nashri xabar bermoqda.
Hamasning yuqori lavozimli rasmiysi Basem Naim guruhning roziligini tasdiqladi. Hamas shuningdek, falastinlik boshqa guruhlar ham vositachilarga o‘z roziliklarini bildirganini ma’lum qildi.
Isroil taklifga rasmiy javob bermagan, biroq bir rasmiy uning qabul qilinganini tasdiqlagan. Misr va Qatar AQSh qo‘llovi bilan tomonlar o‘rtasida vositachilik qilmoqda.
Isroil bosh vazir idorasi tarqatgan videoda Benyamin Netanyahu «Men ham siz kabi ommaviy axborot vositalaridan xabarlarni eshityapman. Ulardan keladigan asosiy taassurot shuki, Hamas ulkan bosim ostida», degan.
Reutersʼning misrlik manbasiga ko‘ra, Hamas qabul qilgan taklif Isroilning harbiy harakatlarini 60 kunga to‘xtatish va deyarli ikki yil davom etayotgan urushni tugatishga oid kengroq kelishuv uchun asos yaratishni nazarda tutadi.
Ma’lum qilinishicha, vositalar yakshanba kuni Qohirada Hamas vakillari bilan uchrashdi. Dushanba kuni Qatar bosh vaziri Abdurahmon As-Soni ham muzokaralarga qo‘shilib, Misr prezidenti as-Sisi va Hamas vakillari bilan uchrashdi.
Isroil bosqinining yangi to‘lqini
Isroil bu oy boshida G‘azo shahrini nazoratga olish rejasini ma’qullagan edi. Rasmiylar bu jarayonni boshlash haftalar talab etishi mumkinligini aytib, sulhga imkon qoldirishgan. Biroq Netanyahu uning «juda tez» boshlanishini va Hamasning mag‘lubiyati bilan yakunlanishini ta’kidlagan.
Isroilning G‘azo shahrini to‘liq nazoratga olish rejasi chet elda ham, mamlakat ichkarisida ham xavotir uyg‘otdi. Xususan, 17 avgust kuni yuz minglab isroilliklar urush boshlangandan beri eng katta norozilik namoyishlaridan birini o‘tkazib, janglarni tugatish va garovda saqlanayotgan 50 kishini ozod qilish bo‘yicha kelishuv talab qildi. Isroil rasmiylariga ko‘ra, ulardan 20 nafari tirik.
Isroilning kutilayotgan yer usti hujumi sababli minglab falastinliklar sharqiy G‘azo shahridagi uylarini tashlab, doimiy bombardimon ostidagi hududlardan g‘arb va janub tomon ketmoqda.
Guvohlarning aytishicha, dushanba kuni o‘z kuchining namoyishi sifatida Isroil tanklari G‘azo shahrining Sabra mahallasiga kirib bordi. Hududda kamida 9 ta tank va buldozer ko‘zga tashlangan. Isroil armiyasi bosh shtabi rahbari general-leytenant Eyal Zamir mamlakat G‘azo urushida «burilish nuqtasida» turganini, asosiy e’tibor – Hamasga qarshi zarbalarni kuchaytirishga qaratilganini aytdi.
Isroilning G‘azo shahriga tanklar bilan kirishi, shundoq ham noinsoniy sharoitlarda yashayotgan yuz minglab odamlarni ko‘chishga majbur qilishi mumkin. Ularning ko‘pi urush davomida bir necha bor uyidan quvilgan.
G‘azo shahrida ham ko‘plab falastinliklar urushni tugatish, Isroilning hujumini to‘xtatish va Hamasni muzokaralarni kuchaytirishga majbur qilishga chaqirishmoqda.
Isroil va Hamas o‘rtasida sulh bo‘yicha bilvosita muzokaralar oxirgi marta joriy iyul oxirida o‘tkazilgan va o‘zaro ayblashlar bilan yakunlangan edi.
Isroil barcha garovdagilar ozod qilinsa va Hamas qurolini tashlasa, janglarni to‘xtatishga rozi bo‘lishini aytgan. Ammo Hamas bu talabni Falastin davlati tuzilmaguncha rad etib kelmoqda.
Hamas rasmiysi Reutersʼga dushanba kuni guruh Isroilning «qurolsizlanish yoki rahbarlarni G‘azodan chiqarish» talablarini rad etganini aytdi.
Isroilning G‘azodan qanchalik chiqib ketishi va gumanitar yordamning qanday yetkazilishi masalasida ham keskin tafovutlar mavjud. Yordam tashkilotlari ocharchilik xavfi ortayotganidan ogohlantirmoqda.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram | https://t.me/kbeuzLive | https://instagram.com/kbe_uz?igshid=NGExMmI2YTkyZg==|https://youtube.com/@KBEuz
| Donat Qilish 💸
KBE.uz | Rasmiy Kanal
May 26, 2026, 06:18 AM
🎥 Video
Parkentda Cobalt 9 yoshli bolani bosib, sudrab ketdi
Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda bola halok bo‘lgani haqida ma’lumotlar tarqatildi. Viloyat YHXBning https://t.me/yhxx_ypx, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va asossiz hisoblanadi.
Hozirda uning ahvoli yaxshi, davolanish jarayonida.
Bolalarimizga xushyorroq bo'laylik va yo'l qoidalari yo'lda yurish tarbiyasini ham beraylik shu bilan birga avtomabil boshqarganda ham masofa saqlagan holda ehtiyotkorlik bilan foydalanishimiz lozim!!!
* Videoni ko‘ngli bo‘shlar va homilador ayollar ko‘rishi tavsiya etilmaydi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram | https://t.me/kbeuzLive | https://instagram.com/kbe_uz?igshid=NGExMmI2YTkyZg==|https://youtube.com/@KBEuz
| Donat Qilish 💸
KBE.uz | Rasmiy Kanal
May 26, 2026, 06:18 AM
📷 Photo
Afg‘oniston va O‘zbekiston 243 mln dollarlik energetika shartnomasini imzoladi
Tomonlar 10 yilga elektr energiyasi xaridi bo‘yicha ham kelishuvga erishdi.
Afg‘oniston va O‘zbekiston elektr energiyasini uzatish va podstansiyalar qurish bo‘yicha 243 million dollarlik to‘rtta shartnoma imzoladi. Bu haqda Afg‘onistonning DABS energetika kompaniyasi xabar berdi.
Tegishli shartnomalar DABS va O‘zbekiston Energetika vazirligi o‘rtasida imzolangan. Ular quyidagi loyihalarni o‘z ichiga oladi:
500 kilovoltli Surxon-Dasht-Alvon elektr uzatish liniyasini 1000 megavatt quvvat bilan kengaytirish.
Arg‘andah podstansiyasini 800 megavolt-amper (MVA) quvvat bilan kengaytirish.
Nangarhor viloyatida Shayx Mesri podstansiyasini qurish.
220 kilovoltli Kobul-Nangarhor (Shayx Mesri) elektr uzatish liniyasini kengaytirish.
Ushbu yirik loyihalarni imzolash marosimida Afg‘oniston tomonidan bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar, Davlat korporatsiyalari bosh boshqarmasi rahbari Mavlaviy Ahmad Jan Bilol ishtirok etgan.
O‘zbekiston tomonidan esa energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatilla Ergashev qatnashgan. Marosim davomida DABS kompaniyasi direktori Abdul Bari Umar kelish Afg‘oniston elektr ta’minotini ta’minlashda muhim ekanini ta’kidlagan.
Ushbu loyihalar savdo, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirishga yordam beradi, natijada mamlakatning sezilarli taraqqiyotiga yo‘l ochadi, degan u.
O‘zbekiston energetika vaziri ham o‘z nutqida ushbu yirik loyihalar ikki davlatning mustahkam hamkorligi va doimiy sa’y-harakatlari natijasi ekanini bildirgan.
Mirzamahmudov ikki tomon yangi imzolangan loyihalarni amalga oshirishda birgalikda ishlashini aytgan.
Xuddi shu marosimda DABS va O‘zbekiston kompaniyalari o‘rtasida o‘n yil muddatga elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolangan.
Afg‘oniston hozirda elektr energiyasining qariyb 80 foizini import qiladi. O‘zbekiston uning eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi, undan keyin Tojikiston, Turkmaniston va Eron turadi. Biroq mintaqaviy tarmoqdagi uzilishlar, qarz nizolari va infratuzilma muammolari sabab ta’minot ko‘pincha barqaror emas.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram | https://t.me/kbeuzLive | https://instagram.com/kbe_uz?igshid=NGExMmI2YTkyZg==|https://youtube.com/@KBEuz
| Donat Qilish 💸
KBE.uz | Rasmiy Kanal
May 26, 2026, 06:18 AM
🎥 Video
Tramp, Zelenskiy va yevropaliklar Oq uyda uchrashdi. Asosiy ma’lumotlar
Uchrashuvdan oldin Tramp «barcha punktlar bo‘yicha kelishuvga erishish»ga va’da berdi. Keyin Putinga qo‘ng‘iroq qildi.
Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp Oq uyda muzokaralar o‘tkazdi. Bu Zelenskiyning Tramp qayta saylanganidan keyin Vashingtonga ikkinchi tashrifi bo‘ldi. Birinchisi, 2025 yil fevral oyida muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangandi. Tramp Zelenskiy bilan matbuot oldida bahslashib qolib, uni AQShga yetarlicha minnatdorchilik bildirmayotganlikda va «urushish, urushish va yana urushish»ni istayotganlikda ayblagandi. O‘shanda muzokaralar barbod bo‘lgan, Oq uy vaqtincha Ukrainaga yordamni to‘xtatib qo‘ygan, Zelenskiydan kechirim so‘rashni kutishgandi. Aprel oyiga kelib ikki prezident munosabatlarini tiklashga muvaffaq bo‘lindi: ular Vatikanda uchrashishdi.
Zelenskiyning Oq uyga bu galgi tashrifi ancha do‘stona ruhda o‘tdi. O‘tgan safar amerikalik konservatorlar tomonidan harbiy libosini kostyumga almashtirmagani uchun tanqidga uchragan Ukraina prezidenti bu safar qora pidjak va qora ko‘ylak kiydi – va Trampga kamida sakkiz marta minnatdorchilik bildirdi. Matbuot bilan muloqot paytida ikkala prezident ham xushmuomala edi; The Wall Street Journal ta’kidlaganidek, «ular fevral oyidagi kabi [muzokaralar] to‘xtab qolishining oldini olishni xohlashlari aniq edi».
Ukraina prezidenti xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilish uchun Tramp huzuriga yevropalik siyosatchilar bilan birga keldi. Tramp Ukraina AQSh va Yevropadan (birinchi navbatda Yevropadan) «ko‘p yordam» olishiga va’da berdi – ammo gap NATOga a’zolik haqida ketmayotganini bildirdi. Zelenskiy Tramp bilan suhbatini «konstruktiv» va «konkret» deb atadi. Trampning o‘zi esa bugun u, Ukraina va Yevropa yetakchilari «deyarli barcha masalalar bo‘yicha» kelishib olishiga umid bildirdi, bu esa Zelenskiy va Putin uchrashuviga yo‘l ochadi.
Financial Times gazetasi Ukraina delegatsiyasining AQSh tomonidan xavfsizlik kafolatlarini ta’minlash uchun Ukraina Amerikaning 100 milliard dollarlik qurollarini sotib olishga tayyorligi haqidagi hujjati bilan tanishdi. Katta ehtimol bilan, uchrashuv boshlanishidan oldin tayyorlangan hujjatda Ukraina Rossiyaga hududiy yon berishga rozi emasligi va tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi birinchi qadam sifatida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilayotgani ham ta’kidlangan.
Tramp endi Rossiyadan darhol o‘t ochishni to‘xtatish talab qilmayapti. U sulhdan oldin tinchlik o‘rnatilishi shart emasligini bir necha bor ta’kidladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, u odamlarning o‘limiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Ukrainada sulh tuzishga erishgan, biroq «strategik jihatdan» o‘t ochishni to‘xtatish rejimi «u yoki bu tomon uchun foydali bo‘lmasligi mumkin». Bu bayonot Ukrainaga hujumlarni to‘xtatmayotgan Vladimir Putinga yon berish deb baholandi. Yevropa yetakchilari, Trampdan farqli o‘laroq, yarashuv zarurligini ochiqchasiga ta’kidlashda davom etmoqda.
Tramp Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish uchun Oq uyda ukrainlar va yevropaliklar bilan muzokaralarda pauza qilgan (aslida u muzokaralardan keyin unga qo‘ng‘iroq qilishni rejalashtirgandi). Reuters manbasi aytishicha, Yevropa yetakchilari bu qo‘ng‘iroqni «ijobiy belgi» sifatida qabul qilgan. Ularning ta’kidlashicha, Tramp ko‘pincha oxirgi suhbatdoshining pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi – shuning uchun AQSh prezidentining kutilmagan qo‘ng‘irog‘idan so‘ng ular so‘nggi so‘zni o‘zlarida qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tramp Putinning Zelenskiy bilan uchrashuviga tayyorgarlikni boshlaganini aytdi. AQSh prezidenti Rossiya va Ukraina yetakchilari ikki hafta ichida uchrashishi bo‘yicha kelishib oldi, deb yozadi Reuters GFR kansleri Fridrix Mersga tayanib. Shu bilan birga, Mers Putinning Zelenskiy bilan uchrashishga «jur’ati yetishi»ga shubha bildirgan. Ukraina prezidentining o‘zi esa Putin bilan uchrashishga tayyorligi va u bilan hududiy masalalarni muhokama qilmoqchi ekanini aytdi.
Rasmiy saxifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram | https://t.me/kbeuzLive | https://instagram.com/kbe_uz?igshid=NGExMmI2YTkyZg==|https://youtube.com/@KBEuz
| Donat Qilish 💸