Jizzax davlat pedagogika universiteti rasmiy sahifasi
🌐 Rasmiy sayt: jdpu.uz
📞 Ishonch telefoni: 72-226-68-10
📞 Call-center: 72-221-55-16
👩🏻💻 Aloqa: @jdpu_axborot_bot
🔹facebook.com/jdpuuz
🔹instagram.com/jdpuuz
🔹youtube.com/jdpuuz
🔹x.com/jdpuuz
Join @jdpuuz for exclusive rasmiy and ishonch content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
JDPU | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#hamkorlik_
JDPUning 22 nafar professor-o‘qituvchisi Malayziyada malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Dastur doirasida “Vaziyatga asoslangan ta’lim modullari” mavzusida ikkinchi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar o‘qituvchilarda real hayotiy holatlarni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish hamda talabalarni tanqidiy fikrlashga yo‘naltirish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
🔹JDPU axborot xizmati.
1,050
11
0
JDPU | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#xalqaro_hamkorlik_
Turkiyaning Ordu universitet bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida Ordu University rektori professor Orhan BAŞ boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy loyihalar hamda Erasmus+ va xalqaro grantlar doirasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
🔹JDPU axborot xizmati.
998
6
JDPU | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#Payshanba_Yoshlar_kuni_
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari uchun “Ilk startap g‘oyani tasdiqlash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi
Tadbirda talabalar startap g‘oyani shakllantirish, uni bozor talabi asosida tahlil qilish, rivojlantirish bosqichlari hamda investorlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, “Startup Garage” loyihasi haqida ma’lumot berildi va ishtirokchilar o‘z savollariga javob olishdi.
🔹JDPU axborot xizmati.
1,160
3
JDPU | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 11:51 PM
📷 Photo
#basketbol_natija_
O‘zbekiston kubogi: basketbolchi qizlar jamoasi navbatdagi o‘yinda
Nukus shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining basketbol maydonida oliy liga ayollar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi kubogining ikkinchi o‘yin kuni bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda JDPU basketbol qizlar jamoasi Navoiy (So‘g‘diyona) jamoasiga qarshi maydonga tushib, 67:74 hisobida g‘alaba qozondi.
🔹JDPU axborot xizmati.
957
2
JDPU | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
🏀 “STEPAN CUP 2026”: Ziyokor jamoasi yana bir g‘alabani qo‘lga kirtdi.
“Yangi O‘zbekiston Olimpia shaharchasi”da basketbol 3x3 bo‘yicha U-17 va U-23 yoshlar hamda qizlar o‘rtasida “STEPAN CUP 2026” musobaqalari davom etmoqda. Mazkur turnirda Jizzax davlat pedagogika universitetining “Ziyokor” basketbolchi qizlar jamoasi 12 karra O‘zbekiston chempioni AGMK jamoasini 09:10 hisobida mag‘lub etdi.
G‘alaba Ziyokor jamoasi uchun muhim start bo‘lib, ularni keyingi o‘yinlarda ham muvaffaqiyatli bo‘lishga undaydi. Jamoa guruh bosqichini 1-o‘rin bilan yakunlab, 1/8 finalga chiqdi. “Ziyokor” basketbolchi qizlariga kelgusidagi musobaqalarda ham omad va kuchli natijalar tilaymiz.
1,220
JDPU | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#Shanba_ijtimoiy_faollik_kuni_
“Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” hamda shanba — ijtimoiy faollik kuni doirasida Magistratura talabalari örtasida sport öyinlari tashkil etildi.
Talabalar ushbu öyinlarda faol ishtirok etib, jismoniy chiniqish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etmoqda.
🔹JDPU axborot xizmati.
1,010
4
JDPU | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 08:42 PM
📷 Photo
#Shanba_ijtimoiy_faollik_kuni_
Shanba – ijtimoiy faollik kuni: Universitetda sport musobaqalari davom etmoqda
Universitet hududida “Shanba – ijtimoiy faollik kuni” doirasida tosh ko‘tarish, basketbol, mini-futbol, voleybol hamda stol tennisi musobaqalari qizg‘in davom etmoqda.
Talaba-yoshlar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilmoqda.
🔹JDPU axborot xizmati.
1,020
4
JDPU | Rasmiy kanal
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#kengash_tayinlov_
Kengashda tayinlov e’lon qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorining tegishli buyrug‘i asosida Uzoqova Shahnoza Soibnazarovnaning Filologiya fakulteti dekani v.b lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.
Universitet jamoasi Shahnoza Soibnazarovnani ushbu mas’uliyatli lavozim bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan yutuqlar va samarali mehnat tilaydi.
🔹JDPU axborot xizmati
1,960
18
JDPU | Rasmiy kanal
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#kengah_muhokama_qaror_
JDPU Kengashining 8-sonli majlisida muhim masalalar muhokama qilindi.
Majlisda Qo‘qon universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish hamda ta’lim jarayonini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanish, o‘quv-me’yoriy hujjatlarni yuritish, ilmiy unvonlar va nashrlar bo‘yicha takliflar hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
🔹JDPU axborot xizmati
1,240
2
JDPU | Rasmiy kanal
Apr 1, 2026, 02:23 AM
📷 Photo
#kengash_taqdirlash_
Tanishing: ilmiy yutuqlarga erishgan ustozlar taqdirlandi.
Kengash yig‘ilishining taqdirlash marosimida universitet jamoasining 10 nafar ustozi ilmiy unvon va darajalarga sazovor bo‘lgani alohida e’tirof etildi. Universitet jamoasi ushbu ustozlarimizni chin dildan tabriklab, kelgusi ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
🔹JDPU axborot xizmati
1,690
38
JDPU | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
JDPUda doktorantlar uchun innovatsion imkoniyatlar taqdimoti o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Innovatsion rivojlanish hududiy bo‘linmasi rahbari Sur’at Isomiddinov tomonidan doktorantlar uchun muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinadigan “Akademik harakatchanlik” dasturi, xorijiy ilmiy stajirovkalar, “Olima ayol” tanlovi, ilmiy va startap loyihalar tanlovlari, “Innovatsion g‘oyalar ko‘krak nishoni” hamda “INNOX” biznes inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
🔹JDPU axborot xizmati
1,520
JDPU | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#tabriklaymiz_
#tanishing_
“Mentorlarning pedagogik mahorati” mavzusida o‘tkazilgan tanlov ishtirokchilari bilan tanishing.
Julboyev To‘lqin Abduvaliyevich – Kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fani, katta o‘qituvchi
G‘aniyeva Xayriniso Baxtiyorovna – PhD, dotsent Ingliz tili fani o‘qituvchisi
Ravshanova Adolat Ravshan qizi – Biologiya fani, v.v.b. dotsent (PhD)
Abilov Muslim Normuhammadovich – Musiqiy ta’lim yo‘nalishi, katta o‘qituvchi
Ahmedova Shohista Saydiyevna – O‘zbek tili fani, (PhD),
Turg‘unov Ulug‘bek Bahodir o‘g‘li – Ona tili va adabiyoti (rus tili), o‘qituvchi
Kenjayeva Sanobar Ibragimovna- Matematika fani o‘qituvchisi, katta o‘qituvchi.
🔹JDPU axborot xizmati
3,710
JDPU | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 08:00 AM
📷 Photo
#tanlov_mentor_
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mentorlarning pedagogik mahorati” mavzusida mentorlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.
Tanlov dasturiga muvofiq, ishtirokchilar o‘zini tanishtirish, inklyuziv yondashuv asosida intervyu, savollarga javob berish hamda sevimli mashg‘ulotlarini namoyish etish kabi shartlar asosida bellashdilar.
Ushbu jarayon orqali mentorlarning bilim, tajriba va kasbiy salohiyati har tomonlama baholandi.
👉 https://jdpu.uz/jizzax-davlat-pedagogika-universitetida-mentorlarning-pedagogik-mahorati-mavzusida-mentorlar-ortasida-tanlov-tashkil-etildi/
1,970
7
JDPU | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#Payshanba_Yoshlar_kuni_
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida tadbir o‘tkazildi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilishga qaratilgan tadbir tashkil etildi. Tadbir viloyat OITS markazi rahbari M. Sodiqov tomonidan olib borildi.
🔹 JDPU axborot xizmati.
1,360
3
JDPU | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
📣 E’LON
Jizzax davlat pedagogika universiteti jamoasi barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarni Navro‘z bayrami munosabati bilan o‘tkaziladigan “Sumalak sayli” ga taklif etadi.
📅 Sana: 2026-yil 27-mart
🕔 Vaqt: soat 17:00
📍 Manzil: universitet professorlar bog‘i
Mazkur tadbirda milliy an’analarimizni aks ettiruvchi sumalak tayyorlash jarayoni, madaniy chiqishlar hamda bayramona dasturlar tashkil etiladi.
Barchangizni ushbu ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbirida kutib qolamiz!
2,280
12
JDPU | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#xalqaro_anjuman_
JDPUda rus tilini o‘qitish metodikasiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi tomonidan “Umumta’lim va inklyuziv muhitda rus tilini o‘qitish metodikasi: zamonaviy yondashuvlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
✈️ https://jdpu.uz/jdpuda-rus-tilini-oqitish-metodikasiga-bagishlangan-xalqaro-anjuman-otkazildi/
1,330
3
JDPU | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#Payshanba_Yoshlar_kuni_kuni_
“Vatanparvar yoshlar” shiori ostida rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti 2-bo‘lim mutaxassislari, Jismoniy trbiya va sport fakulteti talabalari ishtirokida “Vatanparvar yoshlar” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi hamda soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni harbiy-texnik kasblarga yo‘naltirish, harbiy xizmatga qiziqishini oshirish, haydovchilik va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kurslar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔹 JDPU axborot xizmati.
1,150
JDPU | Rasmiy kanal
Mar 27, 2026, 03:23 AM
📷 Photo
#Payshanba_Yoshlar_kuni_kuni_
Filologiya fakultetida Xorijiy tillar kafedrasi tashabbusi bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda tajribali IELTS instruktori Dilmiurod Isakulov ishtirok etib, talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarga xorijiy til o‘rganish, xalqaro imtihonlarga tayyorgarlik va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
🔹 JDPU axborot xizmati.