❗️AQSh 75 davlatga viza cheklovini e'lon qildi. Ular orasida O'zbekiston ham bor...
FoxNews ommaviy axborot vositasi https://www.foxnews.com/politics/us-freezes-all-visa-processing-75-countries-including-somalia-russia-iran ko'ra, 2026-yil 21-yanvardan boshlab AQSh hukumati O'zbekiston fuqarolarini ham qo'shib hisoblaganda, 75 mamlakat fuqarolariga immigratsion vizalar (odatda biznesmenlar, sportchilar, iste'dodli shaxslar va IT mutaxassislariga beriladi, ammo sayyohlik va tashrif buyuruvchi vizalarga ta'sir qilmaydi) berishni noma'lum muddatga to'xtatib turishga qaror qildi. Taqiq AQSh prezident ma'muriyati tomonidan migrantlar va ijtimoiy yordam olayotgan barcha shaxslarga qarshi kurash doirasida joriy etilgan.
Mamlakatlarning to'liq ro'yxatiga Afg'oniston, Albaniya, Jazoir, Antigua va Barbuda, Armaniston, Ozarbayjon, Bagama orollari, Bangladesh, Barbados, Belarus, Beliz, Butan, Bosniya, Braziliya, Birma, Kambodja, Kamerun, Kabo-Verde, Kolumbiya, Kot-d'Ivuar, Kuba, Kongo Demokratik Respublikasi, Dominika, Misr, Eritreya, Efiopiya, Fiji, Gambiya, Gruziya, Gana, Grenada, Gvatemala, Gvineya, Gaiti, Eron, Iroq, Yamayka, Iordaniya, Qozog'iston, Kosovo, Quvayt, Qirg'iziston, Laos, Livan, Liberiya, Liviya, Makedoniya, Moldova, Mo'g'uliston, Chernogoriya, Marokash, Nepal, Nikaragua, Nigeriya, Pokiston, Kongo Respublikasi, Rossiya, Ruanda, Sent-Kits va Nevis, Sent-Lyusiya, Sent-Vinsent va Grenadinlar, Senegal, Syerra-Leone, Somali, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Tanzaniya, Tailand, Togo, Tunis, Uganda, Urugvay, O'zbekiston va Yaman kiradi.