Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy Telegram kanali
gov.uz/edu
instagram.com/eduuzofficial
facebook.com/eduuzofficial
youtube.com/eduuz
[email protected]
Manzil: Tosh. sh., Olmazor t Universitet k., 7-uy
Ishonch raqami: 1006
@eduuz is a dedicated channel for telegram and instagramcomeduuzofficial with regular updates in Viral Videos
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
Edu.uz
May 18, 2026, 03:02 AM
📷 Photo
#xizmat_safari #Buxoro
Vazir BuxDU yangi kampusi qurilishi jarayoni bilan tanishdi
17-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Buxoro davlat universitetining Sheyxon mahallasida barpo etilayotgan yangi, zamonaviy kampus qurilishi jarayoni bilan tanishdi.
Tashrif davomida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov yangi kampus hududida olib borilayotgan qurilish ishlari, loyihaning asosiy yo‘nalishlari va zamonaviy infratuzilma yechimlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Vazir kampus hududida qurilishi rejalashtirilgan zamonaviy o‘quv binolari, laboratoriya xonalari, talabalar turar joylari, sport majmualari, yashil hududlar hamda talabalar uchun yaratiladigan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
https://buxdu.uz/yangiliklar/8797/8797-oliy-talim-fan-va-innovatsiyalar-vaziri-qongirotboy-sharipov-buxdu-yangi-kampusi-qurilishi-jarayoni-bilan-tanishdi/
👉 https://buxdu.uz/ru/novosti/8797/8797-ministr-visshego-obrazovaniya-nauki-i-innovatsiy-kungratbay-sharipov-oznakomilsya-s-xodom-stroitelstva-novogo-kampusa-buxgu/
👉 https://buxdu.uz/en/news/8797/8797-minister-of-higher-education-science-and-innovation-kongratbay-sharipov-reviewed-the-construction-progress-of-bukhsus-new-campus/
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
3,970
14
0
Edu.uz
May 18, 2026, 03:02 AM
📷 Photo
https://t.me/URDU_PRESSA
UrDU talaba-yoshlari yurtimizning tarixiy maskanlari bo‘ylab sayohat qilishdi
Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda milliy tariximiz, boy madaniy merosimiz hamda ajdodlarimiz qoldirgan bebaho ma’naviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil" shiori ostida joriy yilning 12–15-may kunlari Toshkent shahri, Samarqand va Buxoro viloyatlari bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Batafsil: https://urdu.uz/uz/news/5912
👉 https://urdu.uz/ru/news/5912
👉 https://urdu.uz/en/news/5912
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
May 18, 2026, 03:02 AM
📷 Photo
Buxoroda oʻtkazilgan Osiyo xotin-qizlari II forumida innovatsion ishlanmalar namoyish etildi
Buxoro viloyatida 14–15-may kunlari boʻlib oʻtgan https://t.me/SShMirziyoyeva doirasida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva, UNFPA ijrochi direktori Diyene Keyta hamda xalqaro tashkilotlar vakillari yosh tadqiqotchi va olima xotin-qizlar tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar, startap tashabbuslar va zamonaviy texnologiyalar asosidagi mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Forumda Buxoro davlat texnika universiteti jamoasi IT va sunʼiy intellekt asosidagi startap loyihalari bilan jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi ishlanmalar forum ishtirokchilari hamda xalqaro ekspertlarda katta qiziqish uygʻotib, xotin-qizlarning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yuqori salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.
Nufuzli tadbirda respublika oliy taʼlim tashkilotlarining ayol rektorlari ham faol ishtirok etib, xotin-qizlarning ilm-fan, taʼlim va innovatsiyalar sohasidagi faolligini qoʻllab-quvvatlash borasidagi tashabbuslarni eʼtirof etdilar.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
#rezidentlik_dasturi
Yosh tadqiqotchilar diqqatiga: ISLAB va J-PAL hamkorligidagi 12 oylik Tadqiqot akseleratori dasturiga qabul ochildi
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi (ISLAB) va J-PAL O‘zbekistonda ijtimoiy himoya, rivojlanish iqtisodiyoti hamda davlat siyosati ta’sirini baholash yo‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish istagidagi tadqiqotchilarni rezidentlik dasturiga https://t.me/islab_uz.
2026-yilgi guruh uchun 10 dan ortiq o‘rin ajratilgan. Arizalar kelib tushish tartibiga ko‘ra ko‘rib chiqiladi, shu sababli hujjatlarni tezroq topshirish tavsiya etiladi.
Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:
• ISLAB va J-PAL tadqiqotchilaridan bevosita mentorlik;
• MIT MicroMasters'ning “Ma’lumotlar, iqtisodiyot va rivojlanish siyosati (DEDP)” kurslarida o‘qish imkoniyati;
• Amaliy ijtimoiy siyosat tadqiqotlarida real tajriba;
• Mahalliy va xalqaro olimlar bilan professional netvorking;
• Kelajakdagi tadqiqotlar uchun moliyalashtirish imkoniyatlari;
• Tadqiqot akseleratori rezidenti sifatidagi rasmiy maqom.
👤 Kimlar topshirishi mumkin?
Iqtisodiyot, ijtimoiy siyosat, davlat boshqaruvi, statistika yoki tegishli miqdoriy (kvantitativ) fanlar bo‘yicha ma’lumotga, tadqiqot tajribasi va kuchli tahliliy ko‘nikmalarga ega nomzodlar.
🗓 Oxirgi muddat: 2026-yil 14-aprel.
🔗 Batafsil ma’lumot va ariza topshirish: https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/03/27/08485b43-271e-7296-1e96-541253c1575b_media_.pdf.
Dasturga mos keladigan hamkasb va do‘stlaringiz bilan ulashishni unutmang!
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 28, 2026, 06:57 AM
🎥 Video
Dunyo darajasidagi bilim va tajribaga ega pedagoglar tayyorlanmoqda
Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universitetida ta’lim jarayonlarini xalqaro darajada transformatsiya qilish belgilab berilgan edi.
Shu asosda, universitetda Aniq fanlar oliy maktabi tashkil etilib, bu yerda yoshlarimiz Sun’iy intellekt hamda Axborot tizimlari va texnologiyalari kabi zamonaviy yoʻnalishlarda malakali professor-oʻqituvchilardan https://t.me/NPU_UZ.
Ushbu islohotlar yurtimiz ta’lim tizimining tayanchi hisoblangan yangi avlod pedagoglarining shakllanishiga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 28, 2026, 06:57 AM
📷 Photo
“Yangi O‘zbekiston” universitetida Yoshlar akademiyasi startapchilari o‘z takliflari bilan qatnashdi
26-mart kuni “Yangi O‘zbekiston” universitetida startap ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezident Administratsiyasining moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishlari bo‘yicha departament rahbari Bobur Xodjaev hamda universitetning birinchi prorektori Bahodir Axmedov so‘zga chiqib, yoshlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va oliy ta’lim muassasalarining bu jarayondagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvda vazirlik va tashkilotlar vakillari, bank va sanoat sohasidagi yetakchi kompaniyalar hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi startapchilari ham faol qatnashib, startaplarni rivojlantirish, ularni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.
Batafsil: https://guldu.uz/uz/faoliyat/news/19482-guliston-davlat-universitetiga-ozbekiston-respubli.html
👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/146618 https://gspi.uz/news/gulistonda-yoshlar-kuni-munosabati-bilan-rahbarlar-va-yoshlar-uchrashuvi-bolib-otdi https://gov.uz/en/edu/news/view/146618
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 28, 2026, 06:57 AM
📷 Photo
Mamlakatimizda davlat tashrifi bilan boʻlib turgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Buxorodagi qator tarixiy obidalarni ziyorat qilmoqda.
Oliy martabali mehmon dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Bahouddin Naqshband maqbarasini https://president.uz/oz/lists/view/9059
#Oʻzbekiston_Tojikiston #tashrif #Buxoro #ziyorat
https://x.com/president_uzBizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 28, 2026, 06:57 AM
🎥 Video
Huquqlaringiz buzildimi? Jim qolmang!
Mamlakatimizda inson qadri ustuvor! Har bir fuqaroning insoniy huquq va manfaatlari, erkinligi kafolatli himoya qilinadi. Bu tamoyil oliy ta’lim tizimi uchun ham dasturulamal.
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tomonidan tayyorlangan videorolikda talabalar yoki o‘qituvchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlar va bunda to‘g‘ri harakat qilish tartibi aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, bunday holatlarda oliygohlarda tashkil etilgan registrator ofislari yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1006 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 26, 2026, 09:02 AM
📷 Photo
#Prezident_stipendiyasi #doktorant
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga munosib ko‘rilgan tayanch doktorantlar rasman tasdiqlandi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarori bilan 2026-yil uchun tayanch doktorantura 2-bosqich doktorantlarining 10 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi gʻoliblari sifatida tasdiqlandi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, gʻolib boʻlmagan tayanch doktorantlar tanlovning yakuniy bosqichigacha muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishga tavsiya etildi.
Maʼlumot oʻrnida, tanlovga nomzod sifatida 41 ta oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlardan 72 nafar tayanch doktorant hujjat topshirib, texnik ekspertiza xulosasiga koʻra, 68 nafar nomzod Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan maxsus test sinovlaridan oʻtishga tavsiya etildi.
Test sinovlarida 65 nafar nomzod ishtirok etib, yakuniy bosqichda Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra nomzodlardan 10 nafari yashirin ovoz berish yoʻli bilan gʻoliblikka tavsiya etildi.
👉🏻 https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/03/25/b5b11a64-eca8-9c23-17a5-2833d19d466a_media_.pdf
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 26, 2026, 09:02 AM
📷 Photo
O‘zbekiston universitetlari xalqaro reytinglarda o‘z o‘rnini mustahkamlamoqda
2026-yil 25-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi – “QS World University Rankings by Subject - 2026” natijalari https://www.topuniversities.com/subject-rankings
Mazkur reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning 7 ta oliy ta’lim muassasasi 12 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning top-1000 universitetlari ro‘yxatidan joy oldi. Ushbu natija mamlakatimiz oliy ta’lim tizimi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan reytingga kirgan universitetlar soni 2 taga, fan yo‘nalishlari esa 4 taga oshgani bilan ajralib turadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/145975
👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/145975
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/145975
#xalqaro_reyting #QS_2026
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 26, 2026, 09:02 AM
📷 Photo
🟥🟥🟥 Kitob o‘qib qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2026-yilgi 1-mavsumini e’lon qiladi.
☑️Tanlovda barcha oliy ta’lim tashkilotlarining talaba-yoshlari (bakalavr va magistrlar), akademik litsey, kollej va texnikum o‘quvchilari qatnashishi mumkin.
📚Tanlovda ishtirok etish uchun https://t.me/kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, rasmda ko‘rsatilgan kitoblarni o‘qish va ular asosida tuzilgan testlarni ishlash kerak bo‘ladi.
✅Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5)"
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet (6/128)
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Planshet (4/64)
🔵5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32"
✅“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Planshet (6/128)
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Planshet (4/64)
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32"
🔖 Tanlovda faol qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️ https://docs.google.com/document/d/1cohEs8fG4tPmJc7zgHX--l15oPCP8udu/edit?usp=sharing&ouid=116626773679525368685&rtpof=true&sd=true https://drive.google.com/file/d/1hGNQpsYeYWKXWKwJIXyGQmdXhnZz9f1_/view?usp=sharingKitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang. Barchaga omad!
Edu.uz
Mar 26, 2026, 09:02 AM
📷 Photo
#AQSh_talabalar_Oʻzbekiston
Nordik universitetida Garvard talabalari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi
Xalqaro Nordik universitetida jahonning eng nufuzli taʼlim muassasalaridan biri sanalgan AQShning Garvard universiteti huzurida faoliyat yurituvchi Markaziy Osiyo va turkiy davlatlar kokusiga aʼzo 50 nafarga yaqin talabalar bilan ilm-fan, madaniyat va o‘zaro hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida mehmonlarga Xalqaro Nordik universitetining ta'limdagi innovatsion yondashuvlari, xalqaro aloqalari va akademik salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Maxsus taqdimot doirasida oliygohning global ta’lim makonidagi o‘rni, ochiqlik siyosati hamda yoshlar uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoit va imkoniyatlar namoyish etildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/145382
👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/145382
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/145382
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 26, 2026, 09:02 AM
📷 Photo
#Prezident_stipendiyasi #rasman
⚡️Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari rasman tasdiqlandi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi.
Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, sovrindor bo‘lmagan talabalar ham tegishli OTM rahbari (rektor/direktor) tomonidan rag‘batlantiriladi.
Jumladan:
➡️ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari;
➡️ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy o‘quv yilida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha jami 195 nafar talabgor nomzodlarning hujjatlari taqdim etilib, 22 ta yo‘nalishda tanlovning so‘nggi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan 61 nafar talabgor bilan alohida suhbatlar o‘tkazildi. Suhbat natijasi Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan g‘oliblar tavsiya etildi.
https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2026/03/24/cff7a0fd-0ce7-80aa-fd0f-9b036475667a_media_40207.pdf
💐Barcha stipendiat talabalarimizni chin dildan muborakbod etamiz!
Bizni kuzating https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/|http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 26, 2026, 09:02 AM
📷 Photo
#ochilish #ilmiy_laboratoriya
TDTUda zamonaviy ilmiy laboratoriya ishga tushirildi
Toshkent davlat texnika universitetida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “ElMetro” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektori, akademik Sadriddin Turobjonov, akademik Nodibek Yusupbekov, “ElMetro” kompaniyasi vakillari, shuningdek, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zbekneftgaz” AJ, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Mazkur laboratoriya nafaqat zamonaviy texnik jihozlar majmuasi, balki talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiluvchi muhim ilmiy platforma hisoblanadi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/145351
👉 https://gov.uz/ru/edu/news/view/145351
👉 https://gov.uz/en/edu/news/view/145351
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Sanoat korxonalarining ekologik muhofazasi va mehnat xavfsizligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilmoqda
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Barqaror rivojlanish sharoitida sanoat korxonalarining ekologik muhofazasi va mehnat xavfsizligini ta’minlash: tajriba, muammolar va istiqbollar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur anjuman, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Innovative Academy ilmiy tadqiqotlar markazi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida tashkil etilgan.
Anjuman doirasida sanoat korxonalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, mehnat muhofazasi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mavjud muammolar va ularning samarali yechimlari yuzasidan dolzarb masalalar keng muhokama qilinmoqda.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 24, 2026, 08:53 AM
📷 Photo
Navoiyda xorijlik talabalar Navro‘z bayram saylida faol qatnashdilar
21-mart kuni Navoiy shahridagi markaziy saylgohda Navro‘z umumxalq bayrami ko‘tarinki ruhda, keng qamrovli va fayzli tarzda nishonlandi. Erta tongdan boshlangan tantanalarda barcha tashkilot va muassasalar qatorida Navoiy davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Universitet jamoasi bayramga puxta tayyorgarlik ko‘rib, maxsus ajratilgan hududni milliy ruh va zamonaviy bezaklar uyg‘unligida jihozladi. Har bir fakultet tomonidan tashkil etilgan pavilonlar milliy an’analarni o‘zida aks ettirgan holda bezatilib, hunarmandchilik namunalari, xalq amaliy san’ati yutuqlari hamda milliy taomlar keng namoyish etildi.
Ayniqsa, Hindiston, Nepal, Bangladesh kabi davlatlaridan kelib tahsil olayotgan xorijlik talabalar bayram tadbirlarida faol ishtirok etdilar. Ular milliy liboslarda qatnashib, o‘z mamlakatlariga xos madaniy chiqishlar va an’analarni namoyish etdilar.
Xorijlik talabalar bunday keng qamrovli va fayzli bayram sayli ularda katta taassurot qoldirganini, Navro‘zning insonparvarlik, do‘stlik va hamjihatlik g‘oyalari ular uchun mushtarak ekanligini alohida ta’kidladilar.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 24, 2026, 08:53 AM
🎥 Video
#Kelajak_muhandislari #3D_Modellashtirish #innovatsiya
AutoCAD muhandislar diqqatiga!
Chizmalarning 3D modelini mukammal tarzda yarata olasizmi? Unda o‘z mahoratingizni sinovdan o‘tkazish vaqti keldi!
Tanlovda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan bakalavr va magistratura talabalari yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin.
Agar siz AutoCAD’da professional darajada ishlay olsangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun!
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va o‘z iste’dodingizni ko‘rsating!
🌐 https://km.edu.uz/uz
https://km.edu.uz/uzBizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Andijonda Navro‘z saylida Turkiyaning Hatay viloyatidan kelgan mehmonlar ishtirok etdi
Andijon viloyatining Yangi Andijon massivida joylashgan Bobur shahridagi “Ziyolilar bog‘i”da “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash” shiori ostida keng ko‘lamli bayram sayli bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiriga Prezidentimizning qardosh Turkiya davlatiga tashrifi chog‘ida bildirgan taklifiga binoan Turkiyaning Hatay viloyatidan hokim o‘rinbosari Mehmet Tural boshchiligida 200 ga yaqin delegatsiya a'zolari tashrif buyurdilar.
Mehmonlar viloyatdagi turli tashkilotlar, jumladan oliy ta’lim muassasalari pavilyonlari qatorida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti pavilyonida milliy taomlarimiz, milliy o‘yinlarimiz, milliy liboslarimiz hamda kuy-qo‘shiqlarimizdan bahramand bo‘ldilar.
Navroʻz bayrami dunyoning qator mamlakatlarida nishonlanadi va u turli xalqlarni umumiy qadriyatlar atrofida birlashtiruvchi qadimiy anʼana hisoblanadi.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 23, 2026, 01:24 AM
🎥 Video
https://t.me/URDU_PRESSA
🌱🌱Navro‘zni ulug‘lash — insonni ulug‘lashdir!
Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari viloyatda o‘tkazilgan Navro‘z shodiyonalarida faol ishtirok etib, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an’analarimizni keng targ‘ib etdi.
Har bir oliygoh tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar, badiiy chiqishlar hamda ijodiy namoyishlar viloyat ahli e’tiboriga sazovor bo‘ldi.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
#tanlov #Olima_ayollar
“Olima ayollar” ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar tanlovida qatnashing!
Tanlov xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohadagi real muammolarga innovatsion yechimlar topishni maqsad qilgan.
Saralash natijasida 18 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan loyihalar moliyalashtiriladi.
Taqdim etiladigan loyihalarning ijro muddati 1 yilgacha, umumiy qiymati esa 2000 BHMdan oshmasligi lozim.
Shuningdek, ilmiy jamoaning o‘rtacha yoshi, qoida tariqasida 45 yoshdan oshmasligi lozim.
Loyiha talabnomalari 2026-yil 17-aprel soat 23:55 ga qadar davlat ilmiy dasturlarining yagona intellektual elektron platformasi — http://loyiha.ilmiy.uz/ orqali faqat elektron shaklda qabul qilinadi.
Arizalar ScienceID identifikatsiyasiga ega loyiha rahbarlari tomonidan yuborilishi va ijrochi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun +99871 203-32-23 (ichki: 211, 219, 413, 425, 246) raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
🌐 https://gov.uz/oz/innovation/contest/view/143651
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/ | http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 20, 2026, 11:58 PM
📷 Photo
Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
Toshkent viloyatidagi “Do‘rmon” ijod uyida Abdulla Oripov uy-muzeyining ochilish marosimi https://xs.uz/uzkr/143459
Ushbu hovlida Abdulla Oripov 1996-2016-yillarda yashab, ijod qilgan. Joriy yil shoir tavalludiga 85-yil to‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 20, 2026, 11:58 PM
📷 Photo
#Xushxabar #Raqamlashtirish #Reyting
⚡️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi raqamli transformatsiya bo‘yicha vazirliklar o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi!
Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reytingining 2025-yil yakuni bo‘yicha natijalari ma’lum qilindi. Respublika bo‘yicha jami 108 ta (60 ta davlat organi, 34 ta xo‘jalik organi va 14 ta hokimlik) tashkilot faoliyati maxsus metodika asosida baholandi.
Quvonarlisi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yilning II yarim yilligi yakunlariga ko‘ra 97,2% ball bilan “yashil” ro‘yxatdan o‘rin oldi. Avvalgi ko‘rsatkichlarga nisbatan +3,4 ball qo‘shib, davlat organlari o‘rtasida 2-o‘ringa ko‘tarildi, vazirliklar ichida esa 1-o‘ringa munosib ko‘rildi!
Ushbu yuqori natijaga erishishda vazirlik huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazining ham beqiyos hissasi bor. Markazning innovatsion loyihalari ta’lim tizimini raqamlashtirishda o‘z samarasini bermoqda.
📊 Baholash 5 ta asosiy yo‘nalishda amalga oshirildi:
☑️ Ochiqlik va elektron ishtirok – 18,7 ball (93,7%);
☑️ Elektron davlat xizmatlari – 18,5 ball (92,4%);
☑️ Axborot xavfsizligi – 19,5 ball (97,3%);
☑️ Faoliyatning raqamlashtirilganligi – 27,4 ball (105,3% – qo‘shimcha ballar evaziga);
☑️ Tashkiliy masalalar – 13,1 ball (93,6%).
Kelgusi faoliyatda ham raqamli rivojlanish sari qadam tashlashda davom etamiz!
Bizni https://www.facebook.com/eduuzofficialhttps://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |
Edu.uz
Mar 20, 2026, 11:58 PM
📷 Photo
Mahalliy yo‘nalishlarda 24 ta qo‘shimcha avia reyslar tashkil etiladi
Ramazon hayiti hamda Navro‘z bayrami munosabati bilan e’lon qilingan qo‘shimcha dam olish kunlarida rezident aviakompaniyalar tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha qatnovlar amalga oshiriladi.
Xususan, 19 – 24 - mart kunlari davomida Uzbekistan airways, Silk avia hamda Centrum air aviakompaniyalari Toshkentdan Buxoro, Urganch, Nukus va Termizga jami 24 ta qo‘shimcha reyslarni bajaradi.
Qolaversa, aholining avia qatnovlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida Uzbekistan airways avia kompaniyasi 19 va 20-mart kungi Toshkent – Buxoro – Toshkent, Toshkent – Urganch –Toshkent yo‘nalishidagi qatnovlarni yo‘lovchi sig‘imi katta bo‘lgan Boeing -763 havo kemasida bajaradi (Airbus A 320 o‘rniga).
Eslatib o‘tamiz, qo‘shimcha dam olish kunlarini inobatga olgan holda, “Uzbekistan airways” AJ tomonidan 2026-yil 20-martdan 23-martgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriladigan respublika ichidagi aviaqatnovlarning ekonom va biznes-klass tariflariga 15% miqdorida chegirmalar e’lon qilindi.
Chegirmali aviachiptalar sotuvi 2026-yil 17-martdan 23-martgacha “Uzbekistan airways” AJning “Uzbekistan airways sales” filiali, uning agentlari hamda http://www.uzairways.com/ veb-saytida amalga oshiriladi.
Будет организовано 24 дополнительных авиарейса по местным направлениям
В связи с дополнительными выходными днями, объявленными по случаю праздников Рамазан хайит и Навруз, авиакомпании-резиденты будут выполнять дополнительные рейсы на внутренних маршрутах.
В частности, с 19 по 24 марта авиакомпании Uzbekistan Airways, Silk Avia и Centrum Air выполнят в общей сложности 24 дополнительных рейса из Ташкента в Бухару, Ургенч, Нукус и Термез.
Кроме того, в целях удовлетворения спроса населения на авиаперевозки, 19 и 20 марта авиакомпания Uzbekistan Airways выполнит рейсы по маршрутам Ташкент - Бухара - Ташкент и Ташкент - Ургенч - Ташкент на воздушном судне с большой пассажировместимостью Boeing-767 (вместо Airbus A320).
Напоминаем, что с учетом дополнительных выходных дней АО "Uzbekistan Airways" объявило о 15% -ной скидке на тарифы эконом- и бизнес-класса на внутриреспубликанские авиарейсы, выполняемые в период с 20 по 23 марта 2026 года.
Продажа авиабилетов со скидкой будет осуществляться с 17 по 23 марта 2026 года в филиале АО "Uzbekistan Airways" - "Uzbekistan Airways Sales," у его агентов, а также на веб-сайте http://www.uzairways.com/.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz |