No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
e-gov.uz
May 13, 2026, 08:20 PM
📷 Photo
🟡 Raqamli hukumat markazi xodimlari uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
Bugun, 12-may kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari uchun kiberxavfsizlik va kibergigiyena masalalariga bag‘ishlangan maxsus seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
«Kiberxavfsizlik markazi» DUKning yetakchi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat muassasalarida axborot xavfsizligini ta’minlash va xodimlarning raqamli savodxonligini oshirishdan iborat.
Trening davomida ishtirokchilarga quyidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumot berildi:
🗄 Tizimdagi ma’lumotlarni tashqi hujumlardan himoya qilishning zamonaviy usullari.
🗄 Raqamli muhitda shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini xavfsiz saqlash qoidalari.
🗄 Fishing hujumlari, ijtimoiy injeneriya va ulardan himoyalanish choralari va hokazolar.
Mutaxassis ta’kidlaganidek, raqamli dunyoda xavfsizlik faqat texnik cheklovlar bilan emas, balki har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati va kibergigiyena madaniyati bilan uzviy bog‘liqdir.
Tadbir yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
🌐 http://egov.uz/
| https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/ | https://www.linkedin.com/authwall?trk=bf&trkInfo=AQGU4cV-gxYCGQAAAY1oi8VY7i_mqbZIPz7OvruXtAOnlQLJCjSSCveImJG2f2_dcD9fgFxuChLh-XXjVh2na_tQ1Smw2_B8YpyFm2hkwRLPkgi3unztAM4W8pYIUikkjLn4oOQ=&original_referer=&sessionRedirect=https://www.linkedin.com/company/the-ministry-for-development-of-itc-of-the-republic-of-uzbekistan/
1,140
4
0
e-gov.uz
May 13, 2026, 08:20 PM
📷 Photo
🗣 O‘zbekiston va UNDESA: Raqamli hukumat sohasidagi hamkorlik uchrashuvi
AQSHning Nyu-York shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti qarorgohida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakillari hamda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UNDESA) mutasaddilari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda UNDESAning Davlat institutlari va raqamli hukumat bo‘limi vakillari — Vincenzo Aquaro, Arpine Korekyan hamda Deniz Susar ishtirok etib, O‘zbekiston delegatsiyasi bilan raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Muloqot davomida tomonlar fuqarolarning davlat boshqaruvidagi elektron ishtirokini rivojlantirish, raqamli inklyuziyani kuchaytirish hamda zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasida fikr almashdilar.
"O‘zbekiston raqamli transformatsiya va elektron hukumat yo‘nalishida qisqa vaqt ichida sezilarli yutuqlarga erishdi. Biz mamlakatning mintaqaviy yetakchiga aylanish salohiyatini yuqori baholaymiz va bu islohotlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz," — deb ta’kidladi Vincenzo Aquaro.
Shuningdek, UNDESA vakillari raqamli inklyuziya va elektron ishtirok yo‘nalishlarida ekspertlik ko‘magini ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuv doirasida O‘zbekistonda davlat xizmatchilari salohiyatini oshirishga qaratilgan tizimli o‘quv seminarlar va xalqaro vorkshoplar tashkil etish istiqbollari ham muhokama qilindi.
Mazkur tashrif O‘zbekistonning xalqaro raqamli reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlash va xalqaro hamjamiyat bilan integratsiyalashuvini chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
🌐 http://egov.uz/
| https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/ | https://www.linkedin.com/authwall?trk=bf&trkInfo=AQGU4cV-gxYCGQAAAY1oi8VY7i_mqbZIPz7OvruXtAOnlQLJCjSSCveImJG2f2_dcD9fgFxuChLh-XXjVh2na_tQ1Smw2_B8YpyFm2hkwRLPkgi3unztAM4W8pYIUikkjLn4oOQ=&original_referer=&sessionRedirect=https://www.linkedin.com/company/the-ministry-for-development-of-itc-of-the-republic-of-uzbekistan/
e-gov.uz
May 13, 2026, 08:20 PM
📷 Photo
❗️Soha rivojidagi hamkorlikning munosib e’tirofi
Raqamli texnologiyalarning hayotimizga chuqur kirib borishi barcha sohalar qatori madaniyat va san’at yo‘nalishida ham yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Bu borada davlat organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik va malakali mutaxassislarning xizmati alohida ahamiyatga ega.
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimi Umida Gulyamovaning Madaniyat vazirligi tomonidan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishi ana shunday tizimli ishlar natijasidir.
Mazkur mukofot Umida Gulyamovaga madaniyat sohasida raqamli loyihalarni samarali joriy etish, aholi uchun elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ushbu yo'nalishdagi tashabbuskor va fidokorona faoliyati uchun taqdim etildi.
Markazi jamoasi Umida Gulyamovani ushbu yutuq bilan qutlaydi. Ikki soha chorrahasida amalga oshirilayotgan bunday loyihalar kelgusida ham aholi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratishiga ishonamiz.
Hamkasbimizga mustahkam sog‘lik va yangi marralarni zabt etishda kuch-g‘ayrat tilaymiz!
🌐 http://egov.uz/
| https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/ | https://www.linkedin.com/authwall?trk=bf&trkInfo=AQGU4cV-gxYCGQAAAY1oi8VY7i_mqbZIPz7OvruXtAOnlQLJCjSSCveImJG2f2_dcD9fgFxuChLh-XXjVh2na_tQ1Smw2_B8YpyFm2hkwRLPkgi3unztAM4W8pYIUikkjLn4oOQ=&original_referer=&sessionRedirect=https://www.linkedin.com/company/the-ministry-for-development-of-itc-of-the-republic-of-uzbekistan/
🟡 Bilim va jamoaviy ruh: Markazda navbatdagi “QUIZ TIME” bo‘lib o‘tdi!
Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirish va jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida an’anaviy “QUIZ TIME” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Raqamlashtirish sohasining murakkab vazifalari bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarimiz bu gal o‘z bilimlarini mantiq, AKT, tarix va umumiy dunyoqarashga oid savollar orqali sinovdan o‘tkazdilar.
Qizg‘in bahslar davomida nafaqat tezkorlik, balki strategik fikrlash va jamoada ishlash qobiliyati ham hal qiluvchi rol o‘ynadi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, yuqori ball to‘plagan jamoalar munosib taqdirlandilar.
“Intellektual o‘yinlar nafaqat bilim almashish platformasi, balki kundalik ish jarayonidagi kreativlikni oshiruvchi muhim omildir”.
Markaz jamoasi nafaqat ishda, balki intellektual musobaqalarda ham har doim peshqadam!
🌐 http://egov.uz/
| https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/ | https://www.linkedin.com/authwall?trk=bf&trkInfo=AQGU4cV-gxYCGQAAAY1oi8VY7i_mqbZIPz7OvruXtAOnlQLJCjSSCveImJG2f2_dcD9fgFxuChLh-XXjVh2na_tQ1Smw2_B8YpyFm2hkwRLPkgi3unztAM4W8pYIUikkjLn4oOQ=&original_referer=&sessionRedirect=https://www.linkedin.com/company/the-ministry-for-development-of-itc-of-the-republic-of-uzbekistan/
e-gov.uz
Apr 3, 2026, 03:29 PM
📷 Photo
#Qonunchilik_yangiliklari
📱Mobil ilovalardan foydalanishda yangi tartib joriy etilmoqda!
📆 22-apreldan boshlab mobil ilovalar va bank xizmatlaridan foydalanishda https://lex.uz/docs/-8007760Endilikda telefon raqami foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga (JSHSHIR) mos kelishi shart.
📝 Yangi tartibga koʻra, agar ilovadagi telefon raqami sizning nomingizga rasmiylashtirilmagan boʻlsa:
⏺Yangi ilovalardan roʻyxatdan oʻtish;
⏺Bank kartalarini ilovaga biriktirish;
⏺Mavjud xizmatlardan toʻliq foydalanish imkoniyati cheklanishi mumkin.
Agar siz foydalanayotgan raqam boshqa shaxsning nomida boʻlsa, quyidagi choralarni koʻrishingiz tavsiya etiladi:
🔅Raqamni oʻz nomingizga rasmiylashtiring: Buning uchun mobil aloqa operatorining mijozlarga xizmat koʻrsatish markazlariga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan murojaat qiling.
🔅Bank kartalarini shaxsiy raqamga qayta biriktiring: Agar raqamingiz oʻzgargan boʻlsa, bank kartasiga biriktirilgan SMS-xabarnoma xizmatini shaxsiy raqamingizga oʻtkazing (bank yoki infokiosklar orqali).
🔐 Bu chora-tadbirlar birinchi navbatda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, firibgarlik holatlarining oldini olish va raqamli xizmatlardan foydalanishda shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligini himoya qilish maqsadida amalga oshirilmoqda.
ℹ️Muhim: Agar maʼlumotlaringizda mos kelmaslik aniqlansa, sizga bu haqda maxsus SMS-xabarnoma yuboriladi.
⏱ Vaqtingizni tejash va noqulayliklarning oldini olish uchun raqamingiz holatini oldindan tekshirib oling!
📲 https://egov.uz/ | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Apr 3, 2026, 03:29 PM
📷 Photo
💐 IT Park Uzbekistan hududida Navro‘z sayli: milliy an’analar va zamonaviylik uyg‘unlashdi
IT Park Uzbekistan majmuasi hududida milliy qadriyat va an’analarni ulug‘lovchi, ko‘tarinki ruhdagi Navro‘z sayli keng nishonlandi. Bahorning ilk nafasi, yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan Navro‘z munosabati bilan tashkil etilgan tadbir vazirlik jamoasini birlashtirgan, samimiy va bayramona muhitda o‘tdi.
🌸 Sayilda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida vazirlik rahbariyati va xodimlari, shuningdek, vazirlik korxona va tashkilotlari rahbar-xodimlari ham faol ishtirok etdi. Bu esa tadbirning qamrovini yanada kengaytirib, butun tizimdagi jamoaviy birlik va hamjihatlikni yanada mustahkamladi.
Tadbir davomida milliy taomlar ko‘rgazmasi, ayniqsa, Navro‘zning ajralmas ramzi bo‘lgan sumalak tayyorlash jarayoni katta qiziqish uyg‘otdi.
🌷 Shuningdek, bayram dasturi doirasida milliy qo‘shiq va raqslar, xalq o‘yinlari hamda an’anaviy urf-odatlar namoyish etildi. Milliy liboslardagi chiqishlar va madaniy sahna ko‘rinishlari tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/148851
https://t.me/mitcuz | https://www.facebook.com/mininfocom/ | https://www.instagram.com/digital_uz_/ | https://www.youtube.com/@digitaluz | https://www.linkedin.com/authwall?trk=bf&trkInfo=AQGU4cV-gxYCGQAAAY1oi8VY7i_mqbZIPz7OvruXtAOnlQLJCjSSCveImJG2f2_dcD9fgFxuChLh-XXjVh2na_tQ1Smw2_B8YpyFm2hkwRLPkgi3unztAM4W8pYIUikkjLn4oOQ=&original_referer=&sessionRedirect=https://www.linkedin.com/company/the-ministry-for-development-of-itc-of-the-republic-of-uzbekistan/ | https://twitter.com/digital_uz_/
e-gov.uz
Apr 3, 2026, 03:29 PM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Sud ijrosi tizimi raqamlashtiriladi
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini raqamlashtirish va samaradorligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–50-son, 30.03.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2027-yil 1-yanvardan:
🔺 sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va axborot tizimlarini takomillashtirish orqali davlat ijrochilari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning kamida 70 foizi avtomatlashtiriladi;
🔺 sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosini ta’minlashdagi ish yurituv jarayonlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida elektron shaklda yuritiladi;
🔺 ijro harakatlari davomida undirilgan pul mablag‘larini taqsimlash jarayonlari raqamlashtiriladi.
2026-yil 1-iyuldan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlariga asosan davlat daromadiga o‘tkazilishi nazarda tutilgan avtomototransportlar va ko‘chmas mulklar davlat ijrochisining qarori asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
📲 https://egov.uz/ | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Apr 3, 2026, 03:29 PM
📷 Photo
🟡 Tez orada http://my.gov.uz/’da!
👮♂️ Yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq jarimalarni qoidabuzar shaxs nomiga rasmiylashtirish imkoniyati joriy etilmoqda.
⏺Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-son qaroriga muvofiq:
🔄 Transport vositasini ishonchnoma yoki ijara asosida boshqa shaxsga bergan mulkdorlar qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda jarimani transport vositasini boshqargan shaxs nomiga o‘tkazish haqida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini masofadan turib xabardor qilishi mumkin.
🔄Ushbu jarayon orqali jarima mulkdorga emas, balki qoidabuzarlikni sodir etgan shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
📱Mazkur xizmat tez orada http://my.gov.uz/ portalida faollashadi.
🔔 Yangiliklarni kuzatib boring — eng muhim o‘zgarishlar haqida birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
🌐 http://my.gov.uz/ | http://egov.uz/
🚀 https://t.me/MyGovUz 🔵 https://www.facebook.com/egovernmentuz ▶️ https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A 📷 https://www.instagram.com/my.gov.uz/ 🚀 https://t.me/MyGovRasmiyBot
e-gov.uz
Apr 3, 2026, 03:29 PM
📷 Photo
🟡 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: yangi talqindagi ustuvor yo‘nalishlar tahlil qilindi
🔵 31-mart kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida xodimlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-21-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan, yangilangan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uning mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan ochiq suhbat tashkil etildi.
🗣Suhbat davomida bevosita Markaz faoliyatiga daxldor bo‘lgan raqamlashtirish sohasi va raqamli hukumat arxitekturasini takomillashtirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
👉 https://egov.uz/news/ozbekiston-2030-strategiyasi-yangozbekiston-2030-strategiyasi-yangi-talqindagi-ustuvor-yonalishlar-tahlil-qilindii-talqindagi-ustuvor-yonalishlar-tahlil-qilindi-2139
📲 https://egov.uz/ | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Apr 3, 2026, 03:29 PM
📷 Photo
🚦Yo‘l harakati xavfsizligi – barchamizning mas’uliyatimiz
🏢 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
🗣Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi, podpolkovnik Dilnoza Redjabova ishtirok etib, xodimlarga sohadagi so‘nggi yangiliklar va dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruza qildi.
⚠️ Tadbirda yo‘llarda harakatlanish madaniyatiga rioya qilish, tezlikni me’yordan oshirmaslik va hushyorlikni yo‘qotmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda hayotiy misollar keltirildi. Shu bilan birga so‘nggi vaqtlarda yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan o‘zgartirishlar, ma’muriy javobgarlik turlari va haydovchilar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Har bir xodim nafaqat haydovchi, balki piyoda sifatida ham yo‘l qoidalariga amal qilishi nafaqat o‘zi, balki atrofdagilar xavfsizligi uchun ham muhim ekanligi ta’kidlandi.
💬 Tadbir yakunida Markaz xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan batafsil javob oldilar. Bu kabi targ‘ibot tadbirlari xodimlarning xavfsiz ish va turmush tarzini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📲 https://egov.uz/ | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Mar 31, 2026, 01:38 PM
📷 Photo
🚀 O'zbekistonni mintaqaviy AT markaziga aylantirish yo‘lida xotin-qizlar uchun muhim loyiha ishga tushirildi
🔖 “STEM va tadbirkorlik sohalarida ayollar imkoniyatlarini kengaytirish: Oʻzbekistonda taraqqiyot sari yoʻl” loyihasining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Ushbu muhim tashabbus Islom taraqqiyot banki moliyaviy ko'magida hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi va xalqaro hamkorlar, jumladan, BMT Taraqqiyot Dasturi ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Asosiy maqsad — mamlakatimizni yirik AT xabga aylantirish strategiyasi doirasida chekka hududlardagi xotin-qizlarning intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish va ularning raqamli iqtisodiyotdagi o'rnini mustahkamlashdir.
🔺 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova hamda BMT va ITB vakillari so'zga chiqib, bu kabi inklyuziv loyihalar innovatsiyalarni rivojlantirish va barqaror iqtisodiy o'sishning muhim drayveri ekanligini ta'kidladilar.
📈 Ta’lim, innovatsiya va tadbirkorlikni o'zida jamlagan ushbu loyiha ko‘proq xotin-qizlarning STEM sohasiga kirib kelishiga, muvaffaqiyatli bizneslar qurishiga hamda mamlakatning raqamli va iqtisodiy rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shadi.
https://t.me/mitcuz | https://www.facebook.com/mininfocom/ | https://www.instagram.com/digital_uz_/ | https://www.youtube.com/@digitaluz | https://www.linkedin.com/authwall?trk=bf&trkInfo=AQGU4cV-gxYCGQAAAY1oi8VY7i_mqbZIPz7OvruXtAOnlQLJCjSSCveImJG2f2_dcD9fgFxuChLh-XXjVh2na_tQ1Smw2_B8YpyFm2hkwRLPkgi3unztAM4W8pYIUikkjLn4oOQ=&original_referer=&sessionRedirect=https://www.linkedin.com/company/the-ministry-for-development-of-itc-of-the-republic-of-uzbekistan/ | https://twitter.com/digital_uz_/
e-gov.uz
Mar 31, 2026, 01:38 PM
❗️“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi
🌤️ “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–46-son, 25.03.2026-y.)ga ko‘ra, 2026-yil -maydan har oyning 10 va 25 sanalarida “Avtomobilsiz kun”, “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib boriladi. Bunda:
⛔️ mazkur aksiyalar doirasida davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi;
💰 ushbu sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.
✅ 2026-yil 1-avgustdan “trade-in” dasturi doirasida eskirgan avtotransportlarni topshirgan jismoniy va yuridik shaxslarga yangi transport vositalarini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi.
✅ 2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonalariga ajratib chiqilishi ta’minlanadi.
🌿 2026-yil 1-apreldan chang bo‘ronlarining oldini olish uchun Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida “yashil devor”lar barpo etish boshlanadi.
https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Mar 31, 2026, 01:38 PM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️ Shaxsga doir ma'lumotlarning samarali himoya qilinishi ta'minlanadi
Qonun (O'RQ–1125-son, 26.03.2026-y.) bilan “Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida”gi Qonunga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
🔎 Kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, quyidagi shaxsga doir ma'lumotlar O'zbekiston hududida saqlanishi shart:
🔹 shaxslarning biometrik ma'lumotlari;
🔹 shaxslarning genetik ma'lumotlari;
🔹 O'zbekiston hududida faoliyat olib borayotgan telekommunikatsiyalar operatorlaridagi ularning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy shaxslarning ma'lumotlari.
✅ Yuqorida ko'rsatilmagan shaxsga doir ma'lumotlar quyidagi shartlardan biri bajarilganda, O'zbekistondan tashqarida saqlanishi va ishlov berilishi mumkin:
🔸 chet davlatni shaxsga doir ma'lumotlarning bir xil himoya qilinishini ta'minlovchi davlat sifatida tan olish;
🔸 operator tomonidan vakolatli davlat organi tasdiqlaydigan talablarga javob beruvchi standart shartnomaviy shartlar yoki majburiy korporativ qoidalar qabul qilinishi va ularga rioya etilishi;
🔸 ro'yxati vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan shaxsga doir ma'lumotlarni boshqarish va saqlash sohasidagi xalqaro standartlarga operator tomonidan rioya etilishi.
📌 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Mar 31, 2026, 01:38 PM
🗣“Gapirmasak bo‘lmaydi” — dolzarb mavzuda yangi suhbat!
▶️ "Milliy TV" telekanalidagi “Gapirmasak bo‘lmaydi” tok-shousining navbatdagi sonida raqamli o‘zgarishlar mavzusi muhokama qilindi.
🎙Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassisi Elshod Omonqulov dastur mehmoni bo‘ldi.
🎙 Suhbat davomida:
🗄 raqamlashtirish nima ekani va uning ahamiyati;
🗄 http://my.gov.uz/ portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari;
🗄 O‘zbekistonda raqamli xizmatlarning jadal rivojlanishi sabablari;
🗄 aholining yangi texnologiyalarga moslashuvi;
🗄 kiberxavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish;
🗄 sun’iy intellekt va kelajakdagi raqamli platformalar haqida fikrlar bildirildi.
▶️ To‘liq intervyuni tomosha qiling va o‘zingiz uchun foydali ma’lumotlarni oling.
🎬 https://www.youtube.com/watch?v=3lemo5Ym8jEhttps://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A https://egov.uz/ | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Mar 31, 2026, 01:38 PM
📷 Photo
🔘 “Oracle” kompaniyasi bilan raqamli transformatsiya va bulutli texnologiyalar bo'yicha fikr almashildi
➡️ Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQSHga xizmat safari doirasida "Oracle" kompaniyasining hukumat ishlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Ellison O‘Brayen bilan uchrashdi.
Uchrashuvda "O‘zbekiston-2030" raqamli transformatsiya strategiyasi, mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish va bulutli texnologiyalar bozori masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/146530
____
🔘 Digital Transformation and Cloud Technology Opportunities Explored with Oracle
➡️ During his working visit to the USA, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov met with Allison O'Brien, Managing Director of Government Affairs at Oracle.
The meeting included a detailed discussion on the Uzbekistan 2030 Strategy for digital transformation, attracting direct investment to the country, and the cloud technology market.
In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/146530
https://t.me/mitcuz | https://www.facebook.com/mininfocom/ | https://www.instagram.com/digital_uz_/ | https://www.youtube.com/@digitaluz | https://www.linkedin.com/authwall?trk=bf&trkInfo=AQGU4cV-gxYCGQAAAY1oi8VY7i_mqbZIPz7OvruXtAOnlQLJCjSSCveImJG2f2_dcD9fgFxuChLh-XXjVh2na_tQ1Smw2_B8YpyFm2hkwRLPkgi3unztAM4W8pYIUikkjLn4oOQ=&original_referer=&sessionRedirect=https://www.linkedin.com/company/the-ministry-for-development-of-itc-of-the-republic-of-uzbekistan/ | https://twitter.com/digital_uz_/
e-gov.uz
Mar 31, 2026, 01:38 PM
📷 Photo
🟡 OASIS: Raqamli hukumatning yangi avlodi sari strategik qadam
🗓 Toshkent shahrida 24–27-mart kunlari Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi, "Uzinfocom" yagona integratori, Ichki ishlar vazirligi, Kadastr agentligi mutaxassislari, Jahon banki (The World Bank) ekspertlari hamkorligida "OASIS" platformasini loyihalash bo‘yicha to‘rt kunlik strategik vorkshop bo‘lib o‘tmoqda.
📇 Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2026-yilgacha ishga tushirilishi belgilangan OASIS platformasi – davlat axborot tizimlarini yaratishda yagona texnologik yondashuv va tartibni ta’minlash, axborot tizimlarini tayyor modullar asosida tez va sifatli yaratish, davlat xizmatlarining ishlash tezligi va tizimlarning o‘zaro moslashuvchanligini oshirish, barcha davlat elektron tizimlarining kiberxavfsizligi va ma’lumotlar himoyasini kuchaytirish hamda tizimlarni ishlab chiqish jarayonlarini soddalashtirish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish kabi muhim vazifalarni qamrab oladi.
🗣 Seminar yakunida OASIS platformasining 2026-yilgacha bo‘lgan ilk integratsiyalashgan "yo‘l xaritasi" va boshqaruv mexanizmi qabul qilinadi. Bu O‘zbekistonda raqamli hukumat tizimini yangi, sifatli bosqichga olib chiqishda muhim poydevor bo‘ladi.
https://www.instagram.com/egov.uz/👩💻 https://egov.uz/news/oasis-raqamli-hukumatning-yangi-avlodi-sari-strategik-qadam-2137
https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A https://egov.uz/ | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Mar 29, 2026, 05:27 PM
📷 Photo
📇 Raqamli transformatsiya va kiberxavfsizlik: Global saboqlar va himoya choralari
Bugun raqamli xizmatlar hayotimizni osonlashtirdi. Lekin... bu bilan birga kiberxavflar ham keskin oshdi.
🌎 So‘nggi yillardagi yirik hodisalar:
🗄 AQSH (2015-yil): Xizmatchilarni boshqarish ofisi (OPM)ga hujum natijasida 21,5 million nafar fuqaroning shaxsiy ma’lumotlari, jumladan, barmoq izlari va maxfiy xavfsizlik anketalari oshkor bo‘lgan.
🗄 Xitoy (2022-yil): "ChinaDan" taxallusli xaker 1 milliard fuqaroning shaxsiy va jinoiy ishlariga oid ma’lumotlar bazasini 10 BTC evaziga sotuvga qo‘ygani haqida xabarlar tarqaldi.
🗄 Qozog‘iston (2025-yil): Yaqin o‘tmishdagi eng yirik hodisalardan biri — 16,3 million fuqaroning STIR, telefon raqami va manzillari kabi ma’lumotlari Darknet va Telegram kanallarida tarqalib ketdi. Bu kabi misollarni ko'plab davom ettirish mumkin.
Mazkur hodisalar jamiyat uchun qanday xavf tug‘diradi?
👩💻 https://egov.uz/news/raqamli-transformatsiya-va-kiberxavfsizlik-global-saboqlar-va-himoya-choralari-2135
https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/
e-gov.uz
Mar 29, 2026, 05:27 PM
📷 Photo
❗️Toshkent — mintaqaning yangi moliya va IT xabiga aylanmoqda!
🌎 Dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyatda yirik xalqaro kompaniyalar yangi, barqaror va xavfsiz bozorlarni qidirmoqda. Bu O‘zbekiston uchun tarixiy imkoniyatdir. Joriy yilda 50 milliard dollardan ziyod xorijiy investisiyalarni jalb qilish uchun poytaxtimizda ikkita yirik xalqaro loyiha https://president.uz/oz/lists/view/9048
📍 Toshkent xalqaro moliya markazi: Singapur, London va Dubay kabi jahonning yetakchi moliya markazlari qatoridan joy olish maqsad qilingan. Ushbu markazda xorijiy investorlar talab qilayotgan xalqaro standartlardagi huquqiy rejim, soliq imtiyozlari va to‘liq shaffof biznes muhiti yaratiladi.
📍 Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi: Zamonaviy ofis binolari tayyor holatga keltirilgan bo‘lib, endilikda bu yerga dunyoning yetakchi IT va texnologik kompaniyalari jamalanadi hamda ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi.
🫥 2030-yilgacha mazkur markaz orqali 1 mingtagacha kompaniyani jalb etish, 300 mingdan ziyod ish o‘rni yaratish va 5 mlrd dollarlik eksport salohiyatiga chiqish maqsadi belgilangan. Qator yirik xalqaro texnologik kompaniyalar ushbu tashabbusga qiziqish bildirgan.
🏦 Bundan tashqari, sarmoyalarni ko‘paytirish maqsadida halol xizmatlarni (omonat, nasiya, sherikchilik, ijara) qamrab oluvchi islomiy moliya tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Yangi tizimda nasiya tovar ustamasiga QQS hisoblanmaydi va omonat daromadlari soliqqa tortilmaydi. Ishonchli nazoratni ta’minlash maqsadida esa banklar qoshida maxsus Islomiy moliya kengashlari tashkil etiladi.
Mazkur markazlarning ishga tushirilishi yurtimiz iqtisodiyotiga yuzlab yirik xorijiy kompaniyalar va milliardlab dollar sarmoyalarni olib keladi. Bu esa minglab yangi ish o‘rinlari, yuqori maoshlar va mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi deganidir.
https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.facebook.com/egovernmentuz | https://www.youtube.com/channel/UC7NMuSYJQUKQSLQnE2L5L2A | https://www.instagram.com/egov.uz/