No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
DTPI rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:14 PM
📷 Photo
#Xushxabar
Til sertifikatiga ega bo'lishdi
⚡️ Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, "Turk tili" to'garagi rahbari Ozoda Yozdonqulovaning yana bir guruh to'garak a'zolari qisqa muddatda turk tilidan "B1" sertifikatlariga ega bo'lishdi.
📌Ushbu yutuq bilan yosh, jonkuyar ustozni tabriklab, kelgusidagi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
http://facebook.dtpi.uz/ http://facebook.dtpi.uz/ http://www.dtpi.uz/ http://www.dtpi.uz/ https://youtube.com/@dtpi.uz
392
5
0
DTPI rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:14 PM
📷 Photo
🎙 "Debyut" Vaynerlar Maktabining 5-mavsumi uchun arizalar qabul qilinishi boshlandi!
❗️ Siz kreativ kontent yaratish, vaynerlik san’ati va internet olamida o‘z o‘rningizni topishni orzu qilasizmi? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!
Darslar media olamining yulduzlari – Bobur Mansurov, Jaloliddin Mirzayev, Munavvara Abdullayeva, Komol Qahhorov, Sarvar Bohodirov, Mavluda Hikmatova, Nigora Abdullahonova, Mahliyo Asqaraliyeva, Gulruh Pirnazarova, Sardor Rustamboyaev hamda Sadulla Abdullayev kabi tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv tarzda olib boriladi.
📢 Hali kech emas! “Darslar boshlanib ketdi, men ulgurmadim” deb o‘ylayapsizmi? Aslo! Loyihamiz eshiklari yangi iqtidorlar uchun hali ham ochiq. Siz hozir ham ushbu ijodiy jamoaga qo‘shilib, professional bilimlar poydevorini yaratishingiz mumkin.
📌 Loyiha ishtirokchisi bo‘lish shartlari:
➡️ 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
➡️ Vaynerlik va media sohasiga kuchli qiziqish;
➡️ Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi yoki har kuni darslarga qatnash imkoniyati mavjud bo‘lgan yoshlar.
☕️ Ishtirokchilar uchun bepul tushlik tashkil etilgan.
🖋 Qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Bugunoq https://t.me/debyutuzbot
orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z kreativ salohiyatingizni dunyoga namoyon qiling.
“Debyut” — bu nafaqat boshlanish, bu sizning kashfiyotingiz!
✈️Bizni kuzating
🫥 https://t.me/oqburiIbeliyvolk
DTPI rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:14 PM
📷 Photo
Ishlab chiqarish amaliyoti – nazariya va tajriba uyg‘unligi
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Umumiy kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi B. Raxmonov boshchiligida Kimyoviy texnologiya ta’lim yo‘nalishi 12-KT 23 guruh talabalari OKMK Mis eritish zavodida amaliyot o‘tamoqdalar.
📌 Amaliyot davomida talabalar mis ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik uskunalar hamda ishlab chiqarish bosqichlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirib, texnologik jarayonlarni bevosita kuzatish va tahlil qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
🔸 Mazkur amaliyot talabalarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ishlab chiqarish muhiti bilan tanishish hamda kelajakdagi mutaxassis sifatida tajriba orttirishida muhim ahamiyat kasb etdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
http://facebook.dtpi.uz/ http://www.dtpi.uz/ https://youtube.com/@dtpi.uz
DTPI rasmiy kanali
May 14, 2026, 10:14 PM
📷 Photo
🕌 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori I. Boymurodov rahbarligida fakultet talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda Xo'jai Pok ziyoratgohiga sayohat tashkil etildi.
🌟 Sayohat davomida talabalar ziyoratgohning boy tarixi, ma’naviy merosi va milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar. Bunday tashriflar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat hamda ma’naviy dunyoqarashni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
✨ Mazmunli va taassurotlarga boy o‘tgan ushbu sayohat talabalarda unutilmas xotiralar qoldirdi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
http://facebook.dtpi.uz/ http://www.dtpi.uz/ https://youtube.com/@dtpi.uz
#Yoshlar_ittifoqi
#Amir_Temur_haftaligi
KORDINATORLAR FAOLIYATI
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakultetida Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan "Amir Temur haftaligi" boʻlib oʻtadi.
📆Hafta davomida qator tanlov va tadbirlar tashkil etiladi. Jumladan:
🖼 06.04.2026 – Rasmlar tanlovi
📝 07.04.2026 – Insholar tanlovi
🧠 09.04.2026 – “Zakovat” intellektual o'yini
❗️Barcha tanlovlar belgilangan kunlarda soat 13:00 da Fakultet faollar zalida bo'lib o'tadi.
Barcha iqtidorli va faol yoshlarni ushbu tanlovlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📨Murojat uchun: https://t.me/Fayziyev_A_R1 | https://t.me/sunnatvch_18
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
🌿 Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
“Biologiya va qishloq xo‘jalik mahsulotlari texnologiyalari” kafedrasi Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich (kunduzgi) 14 QX 2022-guruh talabalari “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qadoqlash” fanidan olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida mustahkamlash maqsadida, dotsent I. I. Mamatkulov rahbarligida Denov yoshlar sanoat zonasi, 22-lotda joylashgan “STARMAX BRND” MCHJda mahsulotlarni qadoqlash ishlarida faol ishtirok etmoqdalar.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:27 PM
📷 Photo
#Yoshlar_Ittifoqi
📣DIQQAT EʼLON!
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi tomonidan buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini boʻlib oʻtadi.
📆Sana: 08.04.2026
⏰Vaqt: 10:00 da
📍Manzil: Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti faollar zali
Barcha bilimga chanqoq, zukko va faol talabalarni ushbu intellektual bellashuvda ishtirok etishga chorlaymiz!
Rasmiy sahifalarimiz: https://t.me/dtpi_manaviyat | https://t.me/Dtpi_yoshlari
929
DTPI rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:27 PM
📷 Photo
⚽️ Futbol jamoamiz mashg‘ulotlari davom etmoqda
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti futbol jamoasining mashg‘ulot jarayonlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
🏛 Jamoamiz joriy yilda “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” hamda “Talabalar ligasi” doirasida o‘tkaziladigan viloyat birinchiliklarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Respublika final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
👏 Mashg‘ulotlardan olingan lavhalar jamoamizning yuqori jismoniy tayyorgarligi, jipsligi va g‘alabaga bo‘lgan kuchli intilishini yaqqol namoyon etadi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:27 PM
📷 Photo
Pedagogika fakultetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan dekan va talaba-yoshlar uchrashuvi bo’lib o’tdi
🏛 Uchrashuvda asosiy ishtirokchi sifatida bitiruvchi kurs talabalari qatnashib, ularning kelgusida ishga joylashish, kasbiy yo’nalishini belgilash hamda mehnat bozorida o’z o’rnini topishlariga doir muhim masalalar muhokama etildi.
🌟 Shuningdek, talabalarga o’z mutaxassisligi bo’yicha ish topishda faollik, raqobatbardoshlik va zamonaviy ko’nikmalarni rivojlantirish muhim ekanligi alohida ta’kidlandi. Uchrashuv davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Muloqot samarali va ochiq ruhda o’tdi.
📍Mazkur jarayon talabalarning bandligini ta’minlash,ularni qo’llab-quvvatlash va kelajakka ishonch bilan qadam qo’yishiga xizmat qiladi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:27 PM
📷 Photo
"PedMath-2026" tanlovi tashkil etildi
⚡️ Pedagogika fakultetida Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan fakultet dekani tomonidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash maqsadida matematika fanidan 1-3-kurs talabalari o'rtasida tanlov tashkil etildi.
📌 Mazkur tanlovda talabalar katta qiziqish bilan ishtirok etdilar va salohiyati, zukkoligi, topqirligini bilimlari orqali namoyon qilishdi.
🏆 Natijada talabalar quyidagicha o'rin egallashdi:
3-kurslar o'rtasida 🥇1-o'rin Adashaliyeva Ruxsoraga,
2-kurslar o'rtasida -🥇1-o'rin Panjiyeva Qizlarbasga,
1-kurslar o'rtasida 🥇-o'rin Eshboltayeva O'g'iloyga nasib etdi.
Qolgan barcha ishtirokchilar o'rinlari aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan rag'batlantirildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Apr 4, 2026, 06:27 PM
📷 Photo
Bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida olimpiada imtihonlari bo‘lib o‘tdi
🏛 Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari bo‘yicha Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 23-fevraldagi 72-son buyrug‘i asosida Respublika fan olimpiadasi o’tkazilishi rejalashtirilgan.
🖋 Shu munosabat bilan 2-3-aprel kunlari fizika va biologiya ta‘lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida olimpiada imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
📌 Olimpiada imtihonlarini institutimiz O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani, Ta'lim sifati nazorati bo'limlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakillari nazorat qilib borishdi.
🔵 O‘tkazilgan olimpiada imtihoni Nizom talablari asosida ochiqlik, shaffoflik va yuqori tashkiliy saviya asosida olib borildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:51 AM
📷 Photo
DTPIda “Karyera markazi” 2025 yil 29 yanvarda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ushbu markaz institutda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlaydigan zamonaviy maskan sifatida faoliyat yuritmoqda. “Karyera markazi”da rus, koreys, hind, tojik va turk o‘quv-madaniyat ta’lim markazlari samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu markazlar orqali talabalar va yoshlar nafaqat til o‘rganish, balki tegishli mamlakatlarning tarixi, madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Shuningdek, “Karyera markazi” da 8 ta xorijiy til bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishga mo‘ljallangan maxsus o‘quv-tayyorgarlik to‘garaklari tashkil etilgan. Shuningdek, markaz faoliyati faqat til o‘rgatish bilan cheklanib qolmaydi. Bunda pishiriq, tikuvchilik, sartaroshlik va boshqa amaliy kasb-hunar yo‘nalishlari bo‘yicha ham kurslar tashkil etilgan.
Bugungi tadbirda ishtirok etgan Qumqo‘rg‘on, Uzun, Sariosiyo, Denov, Oltinsoy va boshqa tumanlar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari mutaxassislari suhbatimiz davomida DTPIni bitirib chiqayotgan talabalar uchun tadbirga ko‘plab bo‘sh ish o‘rinlari bilan kelishganini ta’kidlashdi va bitiruvchilar bilan muloqotlar olib borishdi.
Bayramona ruhda bezatilgan institut hovlisida tizilib turgan bitiruvchilar «Karyera kuni»ga tashrif buyurgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi mutaxassislari ishtirokida taklif etilayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘z navbatida ish beruvchi muassasa, tashkilot va korxonalarga joriy o‘quv yilida DTPIni tamomlayotgan bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir taassurotlarga boy bo‘ldi.
Husniddin TEMIROV,
Odiljon SODIQOV,
“Tashrif” gazetasining maxsus muxbirlari.
DTPI rasmiy kanali
Apr 1, 2026, 01:51 AM
📷 Photo
Mehnat yarmarkalari “Karyera kuni” tashkil etildi
🏻 Bugungi kunda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 4 ta fakultet, 16 ta kafedra, 33 ta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 7712 nafar talaba, 17 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 333 nafar talaba ta’lim olmoqda. 2025–2026 o‘quv yilida institutni jami 2024 nafar talaba bitirishi kutilmoqda.
🌟 Bitiruvchi talabalarni ish bilan band qilish hamda ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida vazirlikning 2026-yil 5-martdagi 84-son buyrug‘iga muvofiq institutda “Karyera markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur markaz talabalarning bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishga ko‘maklashish hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.
🔷 Bugun bo‘lib o‘tgan tadbirda qatnashgan barcha talaba-yoshlar uchun 152 ta korxona va tashkilotlar o`zlaridagi mavjud 1500 dan ortiq bo`sh ish o`rinlarini taklif etdilar. Tadbir davomida 171 nafar talaba ishga joylashish bo‘yicha shartnomalar imzolashdi.
1,290
DTPI rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 06:25 AM
📷 Photo
Sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi
Bugun Denov tumanidagi “Qo‘zichoqli” yoshlar sanoat zonasida tashkil etilgan ko‘rgazma maydonida Afg‘oniston ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Afg‘onistondan salohiyatli tadbirkorlar tashrif buyurishib, sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.
Mehmonlarga hududda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, korxonalarning ishlab chiqarish quvvati, yaratilgan ish o‘rinlari hamda eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Delegatsiya a’zolari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.
Sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasining o‘tkazilishidan maqsad viloyatimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamda transport-logistika sohalarida hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishdan iborat.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
https://youtube.com/@dtpi.uz
DTPI rasmiy kanali
Mar 30, 2026, 06:25 AM
📷 Photo
#Voiceup
#Fotoreportaj
“Voice UP-2026” yoshlar oromgohining dastlabki kuni Surxondaryo yoshlari uchun energiyaga to’la o’tdi.
Sahifalarimizga qo’shiling!
https://t.me/dtpi _yoshlari
661
2
DTPI rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
608
19
0
DTPI rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
#Hamkorlik
⚡️ Maktablarda targ'ibot
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchilari institut rektorining 2026-yil 2-fevraldagi № 35-A-sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Jarqo'rg'on tumanidagi 39-, Qumqo'rg'on tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktablarida bo'lishdi.
❇️ Jarayonda o'qituvchilar:
A. A'zamqulov, A. Yusupov, I. Elmurodova, M. Panjiyevalar tomonidan maktablarda Boshlang'ich sinf o'qituvchilariga metodik ko'mak berish, malaka toifalarini oshirish yuzasidan amaliy ishlar amalga oshirildi.
📌Shuningdek, bitiruvchi sinf o'quvchilarini OTM ga jalb etish yuzasidan DTPI haqida ham keng ma'lumotlar berildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
“Kitobxonlik oiladan boshlanadi” shiori ostida ZAKOVAT intellektual bellashuvi o‘tkazildi
📚Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi, “Qizlarjon klubi” hamda “Lider qizlar klubi” tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi va “Ikki eshik orasi” romani asosida Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
🎯 Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish va talaba-qizlarda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, badiiy adabiyotning yoshlar hayotidagi o‘rni va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.
🏆 Natijalar: 🥇 1-o‘rin — “AyTI parilari” (Kompyuter injiniringi),
🥈 2-o‘rin — “To‘maris” (Tarix, 3-kurs),
🥈 2-o‘rin — “Iqtisodchilar” (Turizm),
🥉 3-o‘rin — “To‘maris” (Tarix, 2-kurs).
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
#Jarayon
📜 Pedagogika fakultetida navbatdagi kengash yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishni dekan p.f.f.d (PhD) R. V. Salomova kirish so’zi bilan boshlab, kun tartibidagi masalalar bilan qatnashuvchilarni tanishtirdi.
Kafedra mudirlari va dekan o‘rinbosarlari, professor-o’qituvchilar va tyutorlar ishtirokida bo’lib o’tgan mazkur yig’ilishda tegishli buyruq va qarorlar ijrosini ta’minlash, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar, bitiruvchilar bandligini ta’minlash, TTJ va ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish ishlari va turli xil masalalar kun tartibida ko’rib chiqildi.
📌 Mart oyi davomida kafedralarda olib borilgan ilmiy, ma’naviy sohalardagi faoliyatlar tahlili bo’yicha kafedra mudirlari axboroti tinglandi.
🔰 Yig‘ilish so’nggida mas’ullarga topshiriqlar berildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
Qo‘shma ta’lim istiqbollari muhokamasi
🏛 Oltoy davlat universiteti institutimizning eng ishonchli va yaqin hamkorlaridan biridir. Mazkur oliygoh bilan hamkorlik ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan ikkita qo‘shma ta’lim dasturlari amalda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
✅ Tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq bugun tashkil etilgan uchrashuvda Oltoy davlat universitetining xalqaro aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha prorektori R. I. Raykin, dastur rahbarlari V. V. Juravleva, V. V. Vorobyovalar, DTPI tomonidan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor R. Shukurov, o‘quv-uslubiy ishlar deportamenti boshlig‘i B. Sh. Primqulov, magistratura bo‘limi boshlig‘i Sh. K. Maxmudov, rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri J. G‘. Chorievlar qatnashdilar.
📌 Tomonlar yangi o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturiga o‘qishga qabul qilish masalalarini atroflicha kelishib oldilar.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
DTPI rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
"Tashrif" gazetasining navbatdagi 2026-yil 23-mart 5-6 (270)-sonida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Sunnatullo Rahmonning "Vaxshivor", "Jonim onam ko'zidan", "O'zbek" va "Jufti halolim" deb nomlangan she'rlari nazm ixlosmandlari e'tiboriga havola etildi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
592
DTPI rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
🎥 Video
Intervyu
🎤 Nasimjon Alimov, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Amaliy loyihalar va siyosiy ta’lim markazi rahbari.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
https://www.facebook.com/DTPI.UZ http://www.dtpi.uz/ https://www.youtube.com/@DTPI
650
5
DTPI rasmiy kanali
Mar 27, 2026, 02:39 AM
📷 Photo
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon tor doirada muzokara va Oliy davlatlararo kengashning birinchi https://president.uz/oz/lists/view/9052 oʻtkazdilar.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya yigʻilishi, sanoat koʻrgazmasi va hududlar, rektorlar, olimlar, yoshlar va tahlil markazlarining forumlari muvaffaqiyatli tashkil qilindi.
Yetakchilar hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, gumanitar, taʼlim va ilmiy almashinuvlarni ragʻbatlantirishga kelishib oldilar.
Bizni kuzating
https://www.facebook.com/eduuzofficial | https://www.instagram.com/eduuzofficial/http://youtube.com/c/eduuz | https://t.me/eduuz