Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rasmiy kanali
Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
veb-sayt: https://buxedu.uz
Facebook: https://www.facebook.com/buxorovxtb
Murojaat uchun: @BVMMTB_Press
Join @bvmmtb for exclusive rasmiy and boshligining content and discussions in 1
No reviews yet. Be the first to share your experience!
Latest Posts
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
May 18, 2026, 06:05 AM
📷 Photo
🟢HAFTA DAYJESTI
11-16-may kunlari boshqarma telegram kanalida e'lon qilingan eng muhim xabarlar dayjesti
🟢
#Xalqaro_hamkorlik
🟢
#Xalqaro_hamkorlik
#Xitoy_safari
🟢
🟢
🟢!
🟢
🟢
🟢
🟢
🟢
🟢
#Maktabgacha_taʼlim
🟢
✅✅✅✅✅ Fakt 24
🟢!
🟢
#Maktabgacha_taʼlim
🟢!
🟢
#Xalqaro_aloqalar
#Xitoy_safari
🟢
✅Buxoro viloyati maktabgacha va smaktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb
403
0
0
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
May 18, 2026, 06:05 AM
📷 Photo
#xalqaro_aloqalar
#investitsiya_eksport
#Buxoro_Xitoy
🇺🇿🇨🇳Chansha shahriga tashrifning so‘ngida Buxoro delegatsiyasi “Sansure Biotech Inc.” korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🔖Ma’lumot uchun: “Sansure Biotech Inc.” molekulyar diagnostika, genetik texnologiyalar va tibbiy tashxis uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuqori texnologiyali biotexnologik kompaniya hisoblanadi.
➡️Kompaniya 2008-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh qarorgohi Chansha shahrida joylashgan. Kompaniya PSR diagnostika tizimlari, laboratoriya uskunalari, genetik testlar va invitro diagnostika mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bugungi kunda kompaniya 40 dan ortiq filial va shoʻba korxonalariga ega bo‘lib, 160 dan ziyod mamlakat va hududlarda faoliyat yuritadi. Kompaniya mahsulotlari dunyo bo‘ylab 10 mingdan ortiq tibbiyot muassasalari va laboratoriyalarda qo‘llanilmoqda.
✔️Muzokaralar natijasida kompaniya bilan hamkorlikda Buxoro viloyatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi.
https://t.me/buxorouz_official | https://www.facebook.com/buxorouzofficial | https://instagram.com/buxorouz_official | https://www.youtube.com/@bvhrasmiy
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
May 18, 2026, 06:05 AM
pinned a photo
0
0
0
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
May 18, 2026, 06:05 AM
📷 Photo
#xalqaro_aloqalar
#investitsiya_eksport
#Buxoro_Xitoy
🇺🇿🇨🇳Viloyat hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Chansha Lushan xalqaro eksperimental maktabiga ham bordi.
ℹ️Mazkur maktab Xunan provinsiyasidagi eng nufuzli asosiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Maktab 1993-yilda tashkil etilgan bo‘lib, davlat va xususiy hamkorlik modeli asosida faoliyat boshlagan. Bugungi kunda muassasa 120 dan ortiq sinf, 6 000 dan ziyod o‘quvchi va 1 000 dan ortiq xodimga ega.
💬Tashrif davomida zamonaviy ta’lim metodikalari, innovasion boshqaruv tizimi hamda raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish borasidagi ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini raqamlashtirish va innovasion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
✔️Muloqotlar davomida sun’iy intellekt texnologiyalaridan ta’limda foydalanish, pedagog kadrlar malakasini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi ta’lim loyihalarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashilib, istiqbolli kelishuvlarga erishildi.
🖥Shuningdek, maktablarda sun’iy intellektni o‘qitishni joriy etish, o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularga zamonaviy va mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni o‘rgatish masalalari yuzasidan ham o‘zaro tajriba almashildi.
🔖Mazkur xalqaro hamkorlik Buxoro viloyati ta’lim tizimida ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy etish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
https://t.me/buxorouz_official | https://www.facebook.com/buxorouzofficial | https://instagram.com/buxorouz_official | https://www.youtube.com/@bvhrasmiy
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
May 18, 2026, 06:05 AM
📷 Photo
475
0
0
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 08:12 AM
📷 Photo
📰📰📰📰📰📰📰
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova Parij shahrida YUNESKO tashkiloti Bosh direktori Hoshim Al-Anani bilan uchrashdi.
Tadbir doirasida Toshkentda YUNESKO shafeligidagi II-toifali “Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi”ni tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
➖ Ushbu tashabbus 2025-yil noyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilgan edi.
🔰 Osiyo va Tinch okeani mintaqasida ilk bora tashkil etilayotgan ushbu markaz:
➖ maktabgacha ta’lim sohasidagi islohotlarni xalqaro tajriba va ekspertiza bilan qo‘llab-quvvatlaydi;
➖O‘zbekistonni erta yoshdagi ta’lim sohasida mintaqaviy “xab” sifatida shakllantiradi;
➖BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 4.2-maqsadi (barcha bolalar uchun sifatli erta rivojlanish va tayyorlov ta’limi) ijrosini jadallashtiradi.
🌐 Uchrashuv davomida Bosh direktor Hoshim Al-Anani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YUNESKO bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidlab, davlat rahbarining xalqaro ta’lim, madaniyat va fan sohasidagi tashabbuskorligini yuksak baholadi.
🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://gov.uz/oz/uzedu 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 08:12 AM
📷 Photo
📣📣📣📣📣
10-11-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN NAVBATDAGI OLIMPIADA!
📢 Agar siz matematika, fizika va rus tili fanlaridan bilimingizni sinab ko‘rishni istasangiz, Xalqaro muhandislik-fizika olimpiadasida ishtirok eting va bu orqali Toshkent shahridagi "Moskva muhandislik fizikasi instituti" Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali talabasi bo'lish imkoniyatini qo‘lga kiriting!
Olimpiadada 10–11-sinf maktab o‘quvchilari hamda litsey va texnikum o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.
➡️ Olimpiadada qatnashish uchun https://forms.gle/jd2VA4oHWM29Lgy39 orqali ro‘yxatdan o‘ting!
Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha topshiriqlardan iborat bo‘ladi:
➖matematika
➖fizika
➖rus tili.
❗️ "G‘olib" yoki "Sovrindor" maqomlarini qo‘lga kiritish uchun quyidagi ikki strategiyadan birini tanlashingiz lozim:
✅ Faqat bitta fan bo‘yicha topshiriqlarni yechish.
✅ Barcha fanlar bo‘yicha topshiriqlarni yechish va umumiy ball summasi bo‘yicha maqomga erishish.
⏰ Olimpiada davomiyligi: 4 soat.
🗓 Olimpiada 2026-yil 4-aprel kuni o‘tkaziladi.
📍 Olimpiada Respublikamiz bo‘ylab https://t.me/mephi_life o‘tkaziladi.
https://t.me/mephi_life 👈
Olimpiadada ishtirok etish ixtiyoriy va bepul.
💬 https://t.me/mephi_life📹https://instagram.com/mephi_uz?igshid=YmMyMTA2M2Y=
📹 https://www.youtube.com/channel/UC-1jPylM6rYh_AnbpfbDY5w 🕸 http://mephi.uz/
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 08:12 AM
📷 Photo
#Shaxmat_festivali
#Maktabgacha_taʼlim
✅Bugun Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida “Shaxmat festivali” musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
📆Joriy yil fevral–mart oylarida musobaqaning MTT, tuman (shahar) va viloyat bosqichlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
✍️Musobaqada 5–7 yoshli tarbiyalanuvchilar yakka tartibda qatnashib, jami 28 nafar (14 nafar o‘g‘il va 14 nafar qiz) ishtirok etdi.
🏆 Yakunlarga ko‘ra, g‘oliblar vazirlik diplomlari bilan, qolgan ishtirokchilar esa faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun: Musobaqaning barcha bosqichlarida jami 31 398 nafar tarbiyalanuvchi ishtirok etdi.
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 28, 2026, 08:12 AM
📷 Photo
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning Oʻzbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi. Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev https://president.uz/oz/lists/view/9062
Shu bilan davlatimiz rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
—
Государственный визит Президента Таджикистана Эмомали Рахмона в Узбекистан завершился. В международном аэропорту Бухары высокого гостя https://president.uz/ru/lists/view/9062 Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев.
На этом глава нашего государства завершил поездку в Бухару и вернулся в Ташкент.
#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston
https://x.com/president_uz https://president.uz/ https://www.facebook.com/Mirziyoyev/https://www.instagram.com/mirziyoyev_sh/https://www.youtube.com/channel/UC61Jnumjuz8NXhSuLoZD2xghttps://x.com/president_uz
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 10:12 AM
📷 Photo
#Ayni_paytda
#Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда
🟢Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev Kogon tumanidagi 20- hamda 7-son umumta’lim maktablarida ham bo‘lib, mazkur ta’lim muassasalarida elektron davomat tizimini amaliyotga joriy etish holati bilan yaqindan tanishdi.
💠O‘rganishlar davomida tizimning ishlash jarayoni, texnik ta’minoti, foydalanish qulayligi hamda uni ta’lim muassasalarida samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb
842
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 10:12 AM
📷 Photo
🟢Buxoroda Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi g‘oliblari munosib taqdirlandi
🔆Xabaringiz bor,Buxoro shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filialida aniq fanlar, shuningdek qozoq tili hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi — Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
➡️Mazkur nufuzli intellektual bellashuv davomida ishtirokchilar ikki kun mobaynida o‘z bilim, tafakkur va salohiyatlarini namoyon etdilar.
💠24-mart kuni ishtirokchilar tomonidan yozma ishlar bajarildi.
💠25-mart kuni esa ular test sinovlarida qatnashdilar.
🔗Jarayonlarning barchasi belgilangan tartib va talablar asosida adolatli, shaffof hamda yuqori darajadagi tashkiliy yondashuv asosida o‘tkazildi.
⚡️Ishtirokchilarning ishlari tajribali va malakali hakamlar tomonidan xolisona baholandi.
⬇️Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida ushbu olimpiadada munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
✅Tantanali marosimda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev so‘zga chiqib, olimpiada ishtirokchilari va g‘oliblarni samimiy muborakbod etdi.
🎓Eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar oltin, kumush va bronza medallar, diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
✨Shuningdek, mazkur olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish va muvaffaqiyatli o‘tkazishda munosib hissa qo‘shgan mas’ullar ham alohida rag‘batlantirildi.
💫Barcha g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va ularga kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 26, 2026, 10:12 AM
📷 Photo
#Ayni_paytda #Бошқарма_бошлиғи_ҳудудларда
🟢Buxorodagi barcha maktablarda elektron davomat tizimi joriy etilmoqda!
🔆Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdagi umumta’lim maktablarida zamonaviy elektron davomat tizimi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda.
➡️Bu tashabbus ta’lim sifatini oshirish, shaffoflikni ta’minlash va o‘quvchilarning darslardagi ishtirokini samarali nazorat qilishga qaratilgan.
💠Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hamza Elliyev Kogon tumanidagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, elektron tizimni joriy etish holatini o’rganmoqda.
📍Dastlabki manzil tumandagi 27- hamda 1-umumta’lim maktablari bo’ldi.
🔗Jarayonlarni sifatli va samarali tashkil etish bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.
📌Elektron davomat tizimi orqali har bir o‘quvchining darsdagi ishtiroki real vaqtda qayd etilib, ota-onalarga mobil ilovalar yoki SMS orqali tezkor ma’lumot yuboriladi. Bu nafaqat darslarga qatnashuvni oshirish, balki ota-onalar bilan hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim qadam bo‘ladi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb
#Tabrik
⚡️Qadrli yurtdoshlat,aziz hamkasblar!
Siz azizlarni yangilanish, yasharish va ezgulik timsoli bo‘lgan ulug‘ ayyom — Navro‘zi olam bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Navro‘z — bu nafaqat fasllar almashinuvi, balki qalblar poklanadigan, mehr-muhabbat, saxovat va insoniylik qadriyatlari yanada yuksaladigan muborak ayyomdir. Asrlar davomida ajdodlarimiz tomonidan e’zozlab kelingan ushbu bayram bugun ham xalqimizni birlik, hamjihatlik va ezgulikka chorlab kelmoqda.
Ayniqsa, ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan Navro‘z tantanalari orqali yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ulari yanada mustahkamlanayotgani quvonarlidir. Bu esa kelajagimiz poydevori yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi.
Muhtaram hamkasblar!
Sizlarning zahmatli va sharafli mehnatingiz tufayli yurtimiz ravnaqi, yoshlarimiz kamoloti ta’minlanmoqda. Shu bois, ushbu qutlug‘ kunlarda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, faoliyatingizda yuksak zafarlar va bardavom muvaffaqiyatlar tilayman.
Yangi kunlar, yangi orzular bilan kirib kelayotgan bu ko‘klam fasli har bir xonadonga fayz-u baraka, qalblarga quvonch va ilhom olib kelsin. Yurtimiz osmoni doimo tinch, xalqimiz hayoti farovon bo‘lsin!
Navro‘zi olam barchangizga muborak bo‘lsin!
✍️Hamza Elliyev,
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 23, 2026, 04:17 PM
🎥 Video
#Asosiy_olimpiada
📌BUXORO JARAYONLARGA TAYYOR!
🔆Joriy yilning 23–26-mart kunlari aniq fanlar, shuningdek qozoq tili hamda qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi — Respublika bosqichiga Buxoro viloyati mezbonlik qiladi.
➡️Mazkur nufuzli intellektual bellashuv mamlakatimizning barcha hududlaridan saralab olingan iqtidorli o‘quvchilarni bir maydonga jamlab, ularning bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazadi. Olimpiada yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, iste’dodlarni kashf etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔗Ayni paytda Buxoro viloyatida mazkur tadbirni yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha barcha zarur tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, ochiq va shaffof baholash tizimini ta’minlash hamda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
⚡️Shubhasiz, ushbu olimpiada bilimdon yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirib, yangi yutuqlar sari ilhom bag‘ishlaydi.
💫Barchaga omad tilaymiz!
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 23, 2026, 04:17 PM
📷 Photo
Aziz yurtdoshlar!
Sizlarni bahorning eng go‘zal, qalblarga iliqlik va yangilanish olib kiruvchi - Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Navro‘z – bu nafaqat tabiatning uyg‘onishi, balki inson qalbida ham ezgulik, mehr-oqibat va umidlarning yangidan unib chiqishidir. Ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlari, bilimga chanqoqligi va kelajakka bo‘lgan ishonchi aynan shu yangilanish ruhidan kuch oladi.
Bugun yurtimizda har bir yoshning bilim olishi, o‘z yo‘lini topishi va katta maqsadlar sari dadil qadam tashlashi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Hurmatli Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar bizni yanada katta marralar sari ruhlantirmoqda. Bu e’tibor, ishonch har bir ustoz va har bir o‘quvchi qalbida mas’uliyat hamda faxr tuyg‘usini yanada kuchaytirmoqda. Zero, bilimli, intiluvchan avlod – Yangi O‘zbekistonning eng mustahkam poydevoridir.
Navro‘z barchamizga yangilanish, ilhom va ulkan yutuqlar olib kelsin. Har bir xonadonda quvonch, har bir yurakda ishonch, har bir qadamda zafar bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ https://t.me/Ezozagafurjanovna📱https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 23, 2026, 04:17 PM
📷 Photo
Aziz yurtdoshlar!
Qadrli ustozlar, soha xodimlari va muhtaram ota-onalar!
Sizlarni hamda butun xalqimizni ma’naviy poklanish, sabr-qanoat va ezgulik ramzi bo‘lgan muqaddas Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etaman!
Ushbu qutlug‘ ayyomda qalblarimiz yanada nurli, niyatlarimiz esa pok bo‘lsin. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ta’lim tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda Sizlarga ulkan kuch-quvvat, matonat va zafarlar yor bo‘lsin. Zero, ilm-fan va ta’limga berilayotgan e’tibor — davlatimizning buyuk kelajagiga qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir.
Xonadonlaringizni tinchlik, totuvlik va fayz-u baraka aslo tark etmasin. Farzandlarimizning baxti, kamoli va ilmga bo‘lgan ishtiyoqi barchamizga g‘urur va quvonch bag‘ishlasin.
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Eʼzoza Karimova
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
✉️ https://t.me/Ezozagafurjanovna📱https://www.instagram.com/ezozagafurjanovna?igsh=a2pxNGczZGN5dHJo&utm_source=qr 🗳 https://www.facebook.com/share/1AnB9MGyEU/
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 23, 2026, 04:17 PM
📷 Photo
1,870
10
0
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 23, 2026, 04:17 PM
📷 Photo
Aziz vatandoshlar,
qadrli pedagoglar!
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi barchangizni bugungi qutlugʻ ayyom — Muborak Ramazon hayiti bayrami
munosabati bilan samimiy muborakbod etadi.
Xalqimizga xos boʻlgan insonparvarlik, mehr-oqibat, xayru saxovat va shukronalik timsoli boʻlgan ushbu ulugʻ ayyomda barcha yurtdoshlarimizning ezgu niyat va orzulari amalga oshishiga tilakdoshmiz.
Yurtimizdagi tinchlik va xotirjamlik, xonadonlarimizdagi osuda hayot va faravonlik bardavom boʻlsin. Bayramlar bayramlarga ulanib ketayotgan bugungi farahbaxsh kunlarda barchani oʻylagan niyatlariga yetishini tilaymiz.
Ramazon hayiti ayyomi barchamizga muborak boʻlsin!
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 23, 2026, 04:17 PM
🎥 Video
🟢Iqtidor yosh tanlamaydi: jajji iste’doddan katta motivatsiya
🔆Viloyat hokimi Botir Zaripov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Buxoro tumanidagi 16-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi, iqtidorli yosh bilimdon Ulug‘bek Nabiyev ham faol ishtirok etdi.
➡️Yosh bo‘lishiga qaramay, u ingliz tilini chuqur o‘zlashtirib, B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritgani barchada katta taassurot qoldirdi.
🔵 Muloqot jarayonida Ulug‘bek Nabiyev o‘z yutuqlari bilan o‘rtoqlashib, kelajakdagi maqsadlarini ishonch bilan bayon etdi. U tengdoshlarini ilm olishdan qochmaslikka, doimiy izlanish va o‘z ustida ishlashga chaqirdi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb
3,060
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 23, 2026, 04:17 PM
📷 Photo
#Tabrik
⚡️Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
🫥Siz azizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
🟢Ushbu ulug‘ ayyom inson qalbini poklaydigan, mehr-oqibat va saxovat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydigan, ezgulik va bag‘rikenglikka chorlaydigan beqiyos bayramdir. Ramazon hayiti kunlarida jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr va e’tibor yanada yuksalib, insoniy qadriyatlar ulug‘lanadi.
🗣Ayniqsa, kelajagimiz poydevorini yaratayotgan, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda fidoyilik ko‘rsatib kelayotgan ustoz va pedagoglarimizning zahmatli mehnati har qanday e’tirofga munosibdir. Sizlarning sabr-toqatingiz, mehringiz va mas’uliyatingiz yurtimiz taraqqiyotining muhim omillaridan biridir.
⚡️Aziz ustozlar!
🫥Fursatdan foydalanib, barchangizni yana bir bor ushbu muborak ayyom bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik va baraka tilaymiz. Mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda doimo ulkan zafarlar, yutuq va muvaffaqiyatlar sizga hamroh bo‘lsin!
✍️Hamza Elliyev,
Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i.
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 22, 2026, 01:40 AM
📷 Photo
✨✨✨✨
XALQARO KAVKAZ MATEMATIKA OLIMPIADASI — 7 ta MEDAL!
📍 Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida Xalqaro Kavkaz matematika https://t.me/Fan_olimpiadalari_Mtantanali taqdirlash marosimi https://vkvideo.ru/live-133450_456240559?sh=4.
📢 Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 7 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan iborat o‘quvchilar katta muvaffaqiyatga erishdi:
🥇2 ta oltin, 🥈 2 ta kumush, 🥉 3 ta bronza — jami 7 ta medal!
G‘oliblarimiz bilan quyida tanishing:
🥇Abdulaziz Radjabov (senior) — Toshkent shahar IMA Al-Xorazmiy IMI o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Elshod Oʻralov (senior) — Termiz shahar 14-sonli maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥈 Ashrafjon Ravshanov (junior) — Kattaqo‘rg‘on tuman 1-IDUM o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Rasulbek G‘afforov (senior) — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM o‘quvchisi — kumush medal,
🥉 Dostonbek Rahmonqulov (junior)— Sirdaryo viloyati ITMA IM o‘quvchisi — bronza medal,
🥉 Fayzulloh Toxirov (junior) — Toshkent shahar IMA al-Xorazmiy IM o‘quvchisi — bronza medal,
🥉Muhammadfotih Murodov (junior) — Karakul international school o‘quvchisi — bronza medal.
✅Ma'lumot uchun:
https://lex.uz/docs/-5621189 muvofiq ushbu olimpiada mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, g’olib o’quvchilar va ularning ustozlari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
👏 Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzatib boring:
✈️ https://t.me/Fan_olimpiadalari_M 📷 https://www.instagram.com/fan_olimpiadalari_markazi?igsh=aTl1emd5Z3ludzUw&utm_source=qr
🔵 https://www.facebook.com/share/14NAmhu2D5/?mibextid=wwXIfr ▶️ http://bit.ly/olimpdep 🌐 https://linkedin.com/company/106571536/
#Bayram_shukuhi
🟢Qadimiy va navqiron bayram — Navro‘z xalqimizning asrlar osha sayqallanib kelayotgan milliy qadriyatlarini, mehr-oqibat, ahillik va birdamlik g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan.
🔆Vobkent tumanidagi 22-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Xush kelding, Navro‘z!” shiori ostida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb
1,540
4
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 22, 2026, 01:40 AM
📷 Photo
✅✅✅✅
#Samarqand
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Samarqanddagi uchrashuvlar doirasida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari bilan uchrashdi.
Unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, zamonaviy pedagogik usullarni joriy etish hamda o‘qituvchilar salohiyatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish va bolalarni sifatli ta’lim bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔰 Yig'ilish davomida ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish uchun hududlarda amaliy ishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlandi hamda mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
❤ https://t.me/uzedu 🌐 https://www.facebook.com/uzedu1/?locale=ru_RU
🌐 http://bit.ly/2PYbkOx 🌐 https://www.instagram.com/mmtv_uz/
🔎 https://uzedu.uz/uz 😄 https://www.linkedin.com/company/uzeduuz/
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 22, 2026, 01:40 AM
📷 Photo
#Inklyuziv_ta'lim
🟢“BOBURGA EHTIROM” CHELLENJI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI
🔆Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining inklyuziv sinflari hamda uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Boburga ehtirom” challenjida Buxoro viloyati o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.
⚡️Mazkur tanlov natijalariga ko‘ra:
✅1-o‘rin — Kogon tumanidagi 1-maktabning 2-sinf o‘quvchilari Firdavs Ramazonov, Aslbek Safarov, 3-sinf o‘quvchisi Parizoda Amonova, 4-sinf o‘quvchisi Karimjon Karimov;
✅2-o‘rin — Kogon tumanidagi 7-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Shahzodabonu Mahmudova;
✅3-o‘rin — Jondor tumanidagi 26-maktabning 3-sinf o‘quvchisi Shahnosa Sanoqulova;
✅Faxrli o‘rin — tumanidagi 21-maktabning 1-sinf o‘quvchisi Umrbek Murodulloev qo‘lga kiritildi.
💫Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda g‘oliblarga diplomlar va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb
BVMMTB.UZ | Rasmiy kanal
Mar 21, 2026, 01:05 AM
📷 Photo
#Maktabgacha_taʼlim
🟢“Poykent Buxara”da Navro'z shukuhi
🔵Shofirkon tumanida faoliyat yuritayotgan “Poykent Buxara” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan keng nishonlandi.
💫Bayram tadbiri davomida bolajonlar tomonidan milliy urf-odat va an’analarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar ijro etilib, yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar tashkil etilib, bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.
💡Tadbirda Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi vakillari ham ishtirok etib, ushbu maskanda amalga oshirilayotgan ishlar, bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.
✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling👇
| https://www.facebook.com/buxorovxtb