#xalqaro_aloqalar
#investitsiya_eksport
#Buxoro_Xitoy
🇺🇿🇨🇳Buxoro viloyati hokimligi va Hunan provinsiyasining Xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi (CCPIT) bilan hamkorlikda “Buxoro – Hunan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik” forumi tashkillashtirildi.
✔️Ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yangi loyihalarni ishlab chiqish, umuman, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi katta qadam bo‘lgan ushbu tadbirda Hunan provinsiyasining Xalqaro savdoni rivojlantirish qo‘mitasi (CCPIT) rahbari Yang Ayun, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, tegishli idoralar rahbarlari, o‘zbek va xitoy biznesining 300 ga yaqin vakillari ishtirok etdi.
🔈So‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Xitoy hamkorligi ko‘lami izchil kengayib borayotganini ta’kidladilar. Bugungi kunda Xitoy O‘zbekistonning eng yirik savdo va sarmoyaviy sherigi hisoblanadi.
➡️Forumda viloyat hokimi Botir Zaripov mamlakatimizda, jumladan, Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda viloyatning imkoniyatlari, shuningdek, hududning investisiyaviy jozibadorligi to‘g‘risida taqdimot qildi.
✏️Forumda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investisiyalarni ko‘paytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
💬B2B va G2B uchrashuvlar doirasida bir qator yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan muzokaralar olib borildi hamda dastlabki kelishuvlarga erishdi.
🗣️Jumladan, to‘qimachilik sanoatiga ixtisoslashgan “Hunan Huasheng Industrial” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
ℹ️Ma’lumot uchun: “Hunan Huasheng Industrial” kompaniyasi paxta, kanop va boshqa tabiiy tolalarni qayta ishlash, ip-kalava, gazlama hamda tayyor tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish bilan shug‘ullanadi. Korxona 1988 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Xitoyning to‘qimachilik sohasidagi yetakchi korxonalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya tarkibida bir nechta ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda xalqaro savdo platformalari faoliyat yuritadi. Mahsulotlari Yevropa, Amerika va Osiyo mamlakatlariga eksport qilinadi hamda ZARA kabi xalqaro brendlar uchun mahsulot ishlab chiqaradi.
🚩Kompaniya rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokara davomida Buxoro viloyati bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
⬇️“G-Tech Group” kompaniyasi vakillari bilan ham o‘tkazilgan muloqotlar ham samarali kechdi.
💡Ma’lumot uchun: “G-Tech Group” kompaniyasi 2006-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoyning ko‘p tarmoqli yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Kompaniya yengil va yirik turdagi sanoat metal konstruksiyalarini ishlab chiqaradi. Kompaniya, shuningdek, Hunan fond birjasi a’zosi. Hozirgi kunda kompaniya tomonidan ishlab chiqarayotgan 70 dan ortiq mahsulotlar patentlashtirilgan.
📈Muzokara davomida Buxoro viloyati bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
🔗Innovatsion energiya tejamkor texnikalar ishlab chiqarishgan ixtisoslashgan “Broad Group” kompaniyasi rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar ham ijobiy yechim topdi.
⚙️Ma’lumot uchun: “Broad Group” xususiy ishlab chiqarish kompaniyasi “Broad Air Conditioning” tarkibiga kirgan bo‘lib, birinchi marta o‘z faoliyatini 1988-yilda boshlagan. Kompaniyaning mahsulotlari 80 dan ortiq davlatlarga yetkazib beradi.
🔖Bundan tashqari, forum doirasida qishloq xo‘jaligi, agrotexnika, tekstil-to‘qimachilik, farmasevtika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, mashinasozlik va sanoat uskunalari yo‘nalishlari bo‘yicha bir qator kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
|
https://www.facebook.com/buxorouzofficial |
https://instagram.com/buxorouz_official |
https://www.youtube.com/@bvhrasmiy