Poytaxtimizda “Korrupsiyaga qarshi boshqaruvning yangi arxitekturasi: samarali preventiv choralar sari” shiori ostida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi yuqori darajadagi nufuzli xalqaro tadbir — VI Toshkent aksilkorrupsiya forumi o‘z ishini boshladi.
Bu yilgi Forum dasturidan yuqori darajadagi plenar sessiya, shuningdek, institutsional ochiqlik va hisobdorlik, hududiy va mahalliy darajada korrupsiyaning oldini olish mexanizmlari, korrupsiyaga qarshi taʼlim va jamoatchilik ishtirokini kuchaytirishga bag‘ishlangan uchta tematik muhokama o‘rin olgan.
Forum haftasi doirasida bugun O‘zbekiston ilk bor Osiyo va Tinch okeani davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbusining navbatdagi yig‘ilishiga mezbonlik qilmoqda.
Mazkur tadbirda xalqaro ekspertlar va xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari vakillari tomonidan mintaqada halollik tamoyillarini mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Bu yilgi aksilkorrupsiya forumi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (ADB), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) GmbH, Yevropa Ittifoqi (EU) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) yirik xalqaro hamkorlar ko‘magida tashkil etildi.
Unda Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Moldova, Butan, Estoniya, Litva, Latviya, Qozog'iston, Ozarbayjon va Tojikiston kabi 10 dan ortiq davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda BMT tuzilmalarining yetakchi ekspertlari, shuningdek, davlat organlari hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etmoqda.
Forumning axborot hamkori —
https://www.youtube.com/live/Y1-fks_TldA?si=OEpVGWNTW-IrxfAi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.
https://www.facebook.com/anticorruptionUzb/| |
https://www.youtube.com/channel/UCFLAcJYyHcpcPhHXnKddfKA| https://www.instagram.com/anticorruption.uz| https://twitter.com/AntikorUz?t=_gBkNR6n07F2zNjCidGHJA&s=09| http://anticorruption.uz/