🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩🟩
“LEKTORIY KONSERT” — YOSHLARGA MA’NAVIY OZIQA
Andijon davlat pedagogika institutida “Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar uchun “Lektoriy konsert” dasturi namoyish etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi sozanda va xonandalari ishtirok etib, konsert dasturi doirasida milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etib, talabalarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
Ijro etilgan milliy kuy-qo‘shiqlar yoshlar qalbida estetik didni shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
Mazkur “Lektoriy konsert” dasturi yoshlarning ma’naviy-ruhiy dunyosini boyitish, ularni san’at va madaniyatga oshno etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
May 14, 2026, 10:16 PM
📷 Photo
🟩🟩🟩🟩🟩🟩
“Student Quiz” – bilim va tafakkur bellashuvi davom etmoqda
Andijon davlat pedagogika institutida talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida katta ommalashuvga erishgan “Student Quiz” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
“Student Quiz” tanlovi mantiqiy fikrlash, tasviriy tafakkur, kino san’ati hamda musiqa sohasiga oid bilimlarni qamrab olgan bo‘lib, interaktiv shaklda tashkil etiladi. Navbatdagi turda jami 25 jamoa ishtirok etib, o‘zlarining intellektual salohiyati va jamoaviy fikrlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlov nafaqat raqobat muhitini sog‘lom shakllantirish, balki talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bilimga qiziqishini oshirish hamda ularning madaniy va tafakkuriy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
🏛 Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun kanalimizni kuzatib boring!
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Yakubov Nazirjon Salijonovich dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi
Andijon davlat pedagogika instituti Tarix kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yakubov Nazirjon Salijonovich O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Nazirjon Salijonovich 1971-yil 1-yanvarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida ishchi oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. U Andijon davlat universitetini 1998-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan.
Yakubov Nazirjon Salijonovich 2024-yil 12-noyabrda professor Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich ilmiy rahbarligida 07.00.01 — O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda sovet saylov tizimi tarixi” mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
Nazirjon Salijonovichning ilmiy faoliyati davomida 2 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga mualliflik guvohnomasi, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma, shuningdek, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallar hamda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarida chop etilgan.
Hozirgi kunda Yakubov Nazirjon Salijonovich institutning Magistratura bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Yakubov Nazirjon Salijonovich ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan bir qatorda, oilaviy hayotda ham namuna bo‘lib, uch nafar farzandning mehribon otasidir.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Yakubov Nazirjon Salijonovichni ushbu yuksak yutuq bilan chin dildan tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Axunov Umidbek Ruzibayevich professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi
Andijon davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Axunov Umidbek Ruzibayevich jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtiruvchi va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi hamda metodikasi ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Umidbek Ruzibayevich 1979-yil 27-noyabrda Andijon viloyati Andijon shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. U Andijon davlat universitetini 2000-yilda bakalavriat, 2004-yilda magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Shuningdek, u 2023-yil 20-iyul kuni 13.00.08 — Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi ixtisosligi bo‘yicha Andijon davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori Artiqova Muhayyo Botiraliyevna ilmiy rahbarligida “Jismoniy harakatlar teatri vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarning motorik faoliyatini rivojlantirish metodikasi” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.
Umidbek Ruzibayevich ilmiy faoliyati davomida 5 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga mualliflik guvohnomasi, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 6 ta darslik, shuningdek, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallar hamda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarida chop etilgan.
Umidbek Ruzibayevich ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan bir qatorda, oilaviy hayotda ham namuna bo‘lib, uch nafar farzandning mehribon otasidir.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Axunov Umidbek Ruzibayevichni ushbu yuksak yutuq bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Azizova Dilobar Abdujalil qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi
Azizova Dilobar Abdujalil qiziga 10.00.07 — Adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.
Azizova Dilobarxon Abdujalil qizi 1994-yil 28-yanvarda Andijon viloyati Marhamat tumanida ishchi oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. U Andijon davlat universitetini 2017-yilda bakalavriat, 2022-yilda “Adabiyotshunoslik” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Azizova Dilobarxon Abdujalil qizi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sheraliyeva Mashhura Ikromjonovna ilmiy rahbarligida 10.00.07 — Adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha “Zamonaviy o‘zbek nasrida manfaatli nikoh motivi: variantlashuv omillari va variantlari” mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
Azizova Dilobarxon ilmiy faoliyati davomida 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislarini OAK ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda, shuningdek, xalqaro, xorijiy va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida chop ettirgan.
2025-yil noyabr oyidan Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Azizova Dilobarxon oilali bo‘lib, ikki nafar farzandning mehribon onasidir.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Azizova Dilobar Abdujalil qizini ushbu yuksak yutuq bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Turg‘unova Dilnura Mamanazar qizi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi
Andijon davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi Turg‘unova Dilnura Mamanazar qiziga 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi hamda metodikasi (jismoniy tarbiya) ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi.
Dilnura Turg‘unova 1995-yil 29-sentyabrda Andijon viloyati Jalaquduq tumanida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. U 2013-yilda Andijon Olimpiya zahiralari sport kollejini, 2017-yilda Andijon davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakultetining xotin-qizlar sporti yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bosqichini, 2020-yilda esa Andijon davlat universitetining jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
2023-yil yanvar oyida Andijon davlat pedagogika instituti rahbarining tegishli buyrug‘i bilan institutning 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturasiga qabul qilingan.
Dilnura Turg‘unova professor Abdullayeva Barno Sayfutdinovna ilmiy rahbarligida 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (jismoniy tarbiya) ixtisosligi bo‘yicha “Talaba xotin-qizlarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini zamonaviy vositalar asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Dilnura Turg‘unovaning ilmiy faoliyati davomida 2 ta elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga mualliflik guvohnomasi, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta mobil ilova dasturi, ilmiy mavzusi yuzasidan Toshkent shahridagi Respublika akademiyasining “Dietolog-nutritsiolog” guvohnomasi, shuningdek, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallar hamda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarida chop etilgan.
Dilnura Turg‘unova ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan bir qatorda, oilaviy hayotda ham namuna bo‘lib, bir nafar farzandning mehribon onasidir.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Turg‘unova Dilnura Mamanazar qizini ushbu yuksak yutuq bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Zaynabiddinov Ibroximjon Sirojidin o‘g‘li fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi
Andijon davlat pedagogika instituti Matematika va informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi Zaynabiddinov Ibroximjon Sirojidin o‘g‘li fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
Zaynabiddinov Ibroximjon 1993-yil 27-dekabrda Andijon viloyati Andijon shahrida ishchilar oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. U Andijon davlat universitetini 2017-yilda bakalavriat, 2019-yilda “Matematik analiz” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Zaynabiddinov Ibroximjon ilmiy faoliyati davomida elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan 2 ta dasturga mualliflik guvohnomasini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, uning 20 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xorijiy hamda mahalliy ilmiy jurnallarda, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarida chop etilgan.
U tashabbuskor, yangilikka intiluvchan, oliy ta’lim tizimidagi islohotlardan xabardor hamda vazifalarga tezkor va puxta yondashadigan malakali mutaxassis sifatida e’tirof etiladi.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Zaynabiddinov Ibroximjon Sirojidin o‘g‘lini ushbu yuksak yutuq bilan chin dildan tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Usmonova Xurshida Aybekovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi
Andijon davlat pedagogika instituti “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi v.b. dotsenti Usmonova Xurshida Aybekovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi.
Usmonova Xurshida Aybekovna 1984-yilda tavallud topgan. Ma’lumoti oliy bo‘lib, 1998–2003-yillarda Andijon pedagogika bilim yurtini, 2020-yilda Andijon davlat universitetida bakalavriatni, 2023-yilda esa Andijon davlat pedagogika institutida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan.
U 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika) ixtisosligi bo‘yicha “Pedagogik ta’lim jarayoniga sun’iy intellekt integratsiyasining metodik tizimini takomillashtirish (pedagogika yo‘nalishi misolida)” mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2026-yil 5-martdagi qaroriga asosan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan.
Xurshida Aybekovnaning ilmiy faoliyati davomida 18 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 15 ta ilmiy maqola hamda 3 dan ortiq tezislar muallifi sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, 2 ta dasturiy ta’minot guvohnomasini (DGU) qo‘lga kiritgan.
Usmonova Xurshida Aybekovna nafaqat ilmiy sohada, balki oilaviy hayotda ham namuna bo‘lib, besh nafar farzandning mehribon onasidir.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Usmonova Xurshida Aybekovnani ushbu yuksak yutuq bilan chin dildan tabriklaydi hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Karimova Diloromxon Shavkat qizi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga sazovor bo‘ldi
Andijon davlat pedagogika instituti Amaliy xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Karimova Diloromxon Shavkat qiziga filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi.
Diloromxon Karimova 1991-yil 24-sentyabrda Andijon shahrida ziyolilar oilasida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. U Andijon davlat universitetini 2011-yilda bakalavriat, 2016-yilda “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Diloromxon Karimova 2024-yil 31-yanvarda 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Turli tizimli tillarda ‘o‘lim’ konseptining lingvokulturologik jihatlari va gender tadqiqi” mavzusida dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilib, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. 2025-yil 7-iyulda esa dotsent ilmiy unvonini qo‘lga kiritgan.
Diloromxon Karimovaning ilmiy faoliyati davomida 3 ta darslik uchun mualliflik guvohnomasi, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya, 2 ta ingliz-o‘zbek tillaridagi izohli lug‘atlar, shuningdek, 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallar hamda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanlar materiallarida chop etilgan.
Diloromxon Karimova ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan bir qatorda, oilaviy hayotda ham namuna bo‘lib, ikki nafar farzandning mehribon onasidir.
Andijon davlat pedagogika instituti jamoasi Karimova Diloromxon Shavkat qizini ushbu yuksak yutuq bilan chin dildan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar tilaydi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Bugun 4-aprel 2026-yil, shanba.
📆 Bugun:
🇺🇳 BMT - Xalqaro minalar xavfidan ogoh etish va minalarni yo‘q qilish ishlariga ko‘maklashish kuni.
🌐 Xalqaro internet kuni.
🌐 Vebmasterlar kuni.
💊 “C” vitamini kuni.
🇦🇴 Angola - Tinchlik va totuvlik kuni.
🇺🇸 AQSh - Maktab kutubxonachilari kuni.
🇦🇲 Armaniston - Tumanyan kunlari.
🇳🇱 Niderlandiya - Muzeylar kuni.
🇸🇳 Senegal - Mustaqillik kuni.
🇹🇼 Tayvan - Bolalar kuni.
🇳🇱 Xitoy - Sof nur festivali (Ching Ming Festival).
⏳ Tarixiy voqealar
🏞 1500 - P. Kabral Braziliyani kashf etdi.
🧵 1785 - Ingliz kashfiyotchisi Edmund Kartrayt oyoq bilan ishlaydigan to‘quv mashinasiga patent oldi.
🏙 1850 - Los-Anjeles shaharga aylandi.
📰 1914 - “Sadoi Turkiston” gazetasining ilk soni nashr etildi.
💊 1932 - Amerikalik olim King birinchi bo'lib “C” vitamini (askorbin kislotasi) ajratdi.
🏢 1973 - Nyu-Yorkda (Manxetten) Butunjahon savdo markazi ochildi.
🛰 1983 - Amerikaning “Chellenjer” kosmik kemasi ilk bor parvoz qildi.
🎉 Bugun tug'ilganlar:
🛠 1823 - Karl Siemens (1883) - nemis va ingliz muhandisi, sanoatchi va ixtirochi.
💼 1928 - Malik Abdusamatov (2008) - sovet va oʻzbek sharqshunos-eronshunosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
🧬 1947 - Rustamxon Solihov - biokimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2003).
🎤 1947 - Maxset Xoʻjaniyozov - opera xonandasi (bas), Oʻzbekiston (1993), Qoraqalpogʻiston (1980), Tatariston (1981) xalq artisti.
🧮 1949 - Shing-Tung Yau - xitoy va amerikalik matematik.
⛷ 1986 - Moris Manifika - fransuz chang'isi, bir necha marotaba Olimpiya va jahon medali sovrindori.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
📷 Photo
REKTOR OLIMPIADASI: 3-TUR YAKUNLANDI, HAL QILUVCHI BOSQICH OLDINDA!
Andijon davlat pedagogika institutida tashkil etilayotgan “Rektor olimpiadasi” futbol musobaqalari tobora keskin va murosasiz bahslar bilan davom etmoqda. Musobaqaning guruh bosqichidagi 3-tur o‘yinlari yakuniga yetib, jamoalar o‘rtasidagi raqobat yanada kuchayganini namoyon etdi.
Uchinchi tur uchrashuvlari davomida jamoalar yuqori temp, taktik yondashuv va jamoaviy o‘yin orqali muxlislarga haqiqiy futbol shukuhini taqdim etdilar. Ayrim jamoalar yirik hisobdagi g‘alabalar bilan ustunligini ko‘rsatgan bo‘lsa, ba’zi bahslarda keskin va muvozanatli o‘yinlar qayd etildi.
Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, har bir guruhda 1–2-o‘rinlarni egallagan jamoalar bilan bir qatorda, eng yuqori ochko to‘plagan 4 ta uchinchi o‘rin sohiblari ham keyingi bosqichga yo‘l oldi. Bu esa musobaqaning hal qiluvchi — pley-off bosqichida yanada kuchli va murosasiz qarama-qarshiliklarni kutish mumkinligini anglatadi.
Endi oldinda javob o‘yinlari turibdi. Har bir jamoa uchun xatoga yo‘l qo‘yish imkoniyati kamaygan, har bir uchrashuv finalga teng ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, “Rektor olimpiadasi” doirasidagi futbol musobaqalari talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 4, 2026, 06:28 PM
🎥 Video
"Pavloniya fest—2026"ga marhamat!
Yakshanba 5-aprel kuni Andijon shahar Mashrab ko'chasida kutib qolamiz!
Sizlar uchun Mashrab ko'chasi bo'ylab ekslyuziv sayohat hamda "24/7" ko'chasi markazida unutilmas konset dasturi tashkil etilmoqda.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
2,120
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Apr 1, 2026, 01:51 AM
📷 Photo
Filologiya fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazildi
Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda qizlarning jismoniy faolligini oshirish maqsadida Filologiya fakulteti talaba-qizlari o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqada fakultetning iqtidorli va faol talaba-qizlari ishtirok etib, o‘zaro qizg‘in va murosasiz bahslarda kuch sinashdilar. Uchrashuvlar davomida ishtirokchilar chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviy hamkorlik borasida yuqori mahorat namoyon etdilar.
Musobaqa jarayoni ko‘tarinki ruhda o‘tib, har bir jamoa g‘alaba uchun bor imkoniyatini ishga soldi. Qizlar tomonidan namoyish etilgan faol o‘yinlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
🟦🟦🟦🟦
Bugun 30-mart 2026-yil, dushanba
📅 Bugun:
🌙 Ramazon hayiti bayrami
🌏 Parklarda sayr qilish kuni.
🌏 Psixoanalizning tug'ilgan kuni.
🌏 Xalqaro qalam kuni.
🌐 Virtual mehnat ta’tili kuni.
🇺🇸 AQSh - Doktorlar kuni.
🇪🇸 Ispaniya, Barselona – Gullar kuni.
🇰🇷 Koreya - Muhandislar kuni.
🇵🇸 Falastin davlati – Yerni himoya qilish kuni.
🇲🇾 Malayziya - Sulton Kelantan kuni.
🇷🇺 Rossiya - Uysiz odamlar kuni.
⏳ Tarixiy voqealar:
✅1775 - Britaniya parlamenti Shimoliy Amerika koloniyalariga Britaniyadan boshqa har kim bilan savdo qilishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
🏕 1820 - Birinchi amerikalik missionerlar Gavayi orollariga yetib kelishdi.
✏️1858 - Xaymen Lipmen (Filadelfiya) bir tomonida o‘chirg‘ichi bor qalamga patent oldi.
💵 1867 - Vashingtonda ruslar va amerikaliklar o‘rtasida bitim imzolandi. AQSh Rossiyadan Alyaska va Aleutsk orollarini 7,2 million dollarga sotib oldi.
📻 1946 - “Oskar”ning marosimi ilk bor radio orqali efirga uzatildi.
🚇 1954 - Toronto (Kanada) da birinchi metro ochildi.
🎬 1992 - “Qo‘zilarning sukunati” filmi beshta “Oskar” mukofotiga loyiq topildi.
🎉 Bugun tug'ilganlar:
🎨 1746 - Fransisko Xose de Goya (1828) - ispan rassomi.
👨💼 1894 - Sergey Ilyushin (1977) - sovet aviakonstruktori, uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
🧑🏻💼 1926 - Ingvar Kamprad (2018) - shved tadbirkori, “IKEA” kompaniyasi asoschisi.
🎖 1954 - Tohiriy Muidjon - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi (2016-2018), General-mayor, Jaloliddin Manguberdi ordeni sohibi.
🤵♀️ 1968 - Selin Dion - Kanada pop qoʻshiqchisi va aktrisa.
🤾♂️ 1980 - Katrin Lunde - norvegiyalik gandbolchi (darvozabon), ikki karra Olimpiya chempioni, jahon chempioni, 5 karra Yevropa chempioni.
🏒 1981 - Sergey Mozyakin - rossiyalik xokkeychi, ikki karra jahon chempioni (2008, 2009), Olimpiya chempioni (2018).
⚽️ 1986 - Serxio Ramos - ispaniyalik futbolchi, jahon (2010) va ikki karra Yevropa chempioni (2008, 2012).
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:27 AM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦🟦
“Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun”: talabalar uchun ochiq osmon ostida madaniy hordiq tashkil etildi
Andijon davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida talabalar tomonidan bildirilgan takliflar asosida talabalar turar joyida yashovchi talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida Bobur shaharchasida madaniy hordiq tashkil etildi.
Tabiat qo‘ynida, ochiq osmon ostida o‘tkazilgan ushbu tadbir davomida ishtirokchilar turli milliy va xalq o‘yinlarida faol qatnashib, sho‘x kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida maroqli dam oldilar. Tadbir yoshlarga nafaqat jismoniy va ruhiy hordiq bag‘ishladi, balki ular o‘rtasida jamoaviylik, do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, bunday tashabbuslar talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:27 AM
📷 Photo
Rektor olimpiadasi: 2-tur ramziy jamoasi e’lon qilindi
Andijon davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan “Rektor olimpiadasi” doirasidagi futbol musobaqasining 2-tur o‘yinlari yakuniga ko‘ra haftaning ramziy jamoasi e’lon qilindi. Maydondagi ishonchli harakatlari, yuqori mahorati hamda jamoasiga qo‘shgan hissasi bilan ajralib turgan futbolchilar quyidagi tarkibda qayd etildi:
Ergashev Mo'minjon – “Universal” jamoasi darvozaboni
Tursinboyev Muhammadxumoyun – “Koordinator” jamoasi himoyachisi
Isroiljonov Javohir – “Tanishlar” jamoasi himoyachisi
Jurayev Asomiddin – “Pedagogika” jamoasi hujumchisi
Uskenov Mirbek – “Legenda” jamoasi hujumchisi
Mazkur futbolchilar o‘zlarining samarali va mazmunli o‘yini orqali 2-tur ramziy jamoasidan munosib joy oldi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:27 AM
📷 Photo
“Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun”: sport orqali yaqin muloqot
Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” loyihasi izchil davom etmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida institut rektori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Rasulov talabalar turar joyida bo‘lib, mavjud sharoitlar va dolzarb muammolarni bevosita o‘rganib chiqdi. Talabalar bilan yuzma-yuz muloqot davomida yashash sharoitlari, ta’lim sifati hamda ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Shuningdek, loyiha doirasida rektor talabalarning sport mashg‘ulotlarida ham faol ishtirok etib, ular bilan birgalikda stol tennisi va voleybol o‘yinlarida qatnashdi. Ushbu jarayon yoshlar bilan norasmiy va samimiy muhitda muloqot o‘rnatish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:27 AM
📷 Photo
“Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun”: zamonaviy bilimlar — yoshlar e’tiborida
Andijon davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar ham izchil qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Mazkur loyiha doirasida talabalar turar joyida yashovchi yoshlarning taklif va tashabbuslari asosida yo‘lga qo‘yilgan kompyuter savodxonligi, grafik dizayn hamda sun’iy intellekt yo‘nalishidagi to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Institut rektori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Rasulov ushbu mashg‘ulotlarda ishtirok etib, talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan amaliy ishlanmalar, kreativ loyihalar hamda innovatsion g‘oyalarni ko‘zdan kechirdi.
Mashg‘ulotlar davomida yoshlarning zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy yondashuvi va amaliy ko‘nikmalari alohida e’tirof etildi. Ayniqsa, grafik dizayn va sun’iy intellekt yo‘nalishida yaratilayotgan ishlar talabalarning innovatsion fikrlash qobiliyatini namoyon etib, ularning kelajak kasbiy faoliyati uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:27 AM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦
Bugun 29-mart 2026-yil, yakshanba.
📆 Bugun:
🇺🇸 AQSh - Vyetnam urushi faxriylari kuni.
🇨🇱 Chili - Yosh jangchi kuni.
🇮🇷 Eron - Imom Mahdiy tug‘ilgan kun.
🇲🇬 Madagaskar – Qahramonlar xotirasi kuni.
🇨🇫 MAR - Boganda kuni.
🇷🇺 Rossiya – Yuridik xizmat xodimlari kuni.
🇹🇼 Tayvan - Yoshlar kuni.
🇨🇳 Xitoy – Yoshlar kuni.
⏳ Tarixiy voqealar:
🥤 1886 - Coca-Cola tug'ilgan kun - dunyoda ushbu mashhur ichimlik uchun retsept yaratildi.
🛤 1891 - Aleksandr III Sibir temiryoʻl magistralini qurish haqida qaror chiqardi.
🏤 1911 - Sankt-Peterburgda Rossiya olimpiya qo‘mitasi ta’sis qilindi.
💶 1940 - Angliya bankida qalbakisidan himoyalangan – yupqa metall ip bilan o‘ralgan , yuqori sifatli birinchi qog‘oz pul ishlab chiqildi.
🛰 1974 - Mariner 10 nomli Amerika kosmik apparati Merkuriy sayyorasini suratga oldi.
🏺 1974 - Sin Shixuandi maqbarasida sopol haykallar topildi.
🔰 2018 - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan MXX nomi Davlat xavfsizlik xizmati deb oʻzgartirildi.
🎉 Bugun tug'ilganlar:
🖋 1735 - Iogann Karl Avgust Muzeus (1787) - nemis yozuvchisi, adabiy tanqidchi, filolog va pedagog.
🧑🏼🌾 1849 - Vladimir Vagner (1934) - rus biologi va psixologi. Qiyosiy psixologiya namoyandalaridan biri.
🛕 1879 - Alan Xenderson Gardiner (1963) - ingliz misrshunosi, “Leyden papirusi” ni topgan.
💃🏻 1906 - Tamara Xonim (1991) - raqqosa, qo‘shiqchi, aktrisa va xoreograf.
🧑🏻🔬 1927 - Jon Veyn (2004) - ingliz kimyogari va farmakologi, Nobel mukofoti sohibi (1982).
✏️ 1936 - Miraziz A’zam - o‘zbek shoiri, tarjimon.
🤵🏻♀️ 1989 - Zarina Nizomiddinova - o‘zbek aktrisasi va qoʻshiqchisi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:27 AM
🎥 Video
🕗 “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanloviga arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 3 kun qoldi!
📌 Vaqt kam — imkoniyat esa katta!
O‘z g‘oyangiz, loyihangiz yoki ixtiroyingizni namoyish etish imkonini qo‘ldan boy bermang!
📝 Eslatib o‘tamiz, tanlov 3 ta
yo‘nalishda o‘tkaziladi:
🔠 Eng yaxshi g‘oya
🔠Eng yaxshi loyiha
🔠 Eng yaxshi ixtiro
🚗 Har bir yo‘nalish g‘olibi — elektromobil sohibiga aylanadi!
Agar ariza topshirishga hali ulgurmagan bo‘lsangiz — bu sizning imkoniyatingiz!
📲 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: http://muhandis.edu.uz/
⏰ Eslatma: arizalar qabuli 31-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi!
Balki navbatdagi g‘olib aynan siz bo‘larsiz!
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
1,350
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:27 AM
📷 Photo
🟦🟦🟦🟦🟦
“Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun”: talabalar uchun ochiq osmon ostida madaniy hordiq tashkil etildi
Andijon davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” loyihasi doirasida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish borasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida talabalar tomonidan bildirilgan takliflar asosida talabalar turar joyida yashovchi talabalar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirokida Bobur shaharchasida madaniy hordiq tashkil etildi.
Tabiat qo‘ynida, ochiq osmon ostida o‘tkazilgan ushbu tadbir davomida ishtirokchilar turli milliy va xalq o‘yinlarida faol qatnashib, sho‘x kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida maroqli dam oldilar. Tadbir yoshlarga nafaqat jismoniy va ruhiy hordiq bag‘ishladi, balki ular o‘rtasida jamoaviylik, do‘stlik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Shuningdek, bunday tashabbuslar talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
Adpi.uz | Rasmiy kanal
Mar 30, 2026, 06:27 AM
📷 Photo
“Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” loyihasi: yoshlar tashabbuslari markazida
Andijon davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan “Rektor yotoqxonada — bir kun, bir tun” loyihasi izchil davom etmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida institut rektori, tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Rasulov talabalar turar joyida bo‘lib, mavjud sharoitlar va dolzarb muammolarni bevosita o‘rganib chiqdi. Talabalar bilan yuzma-yuz muloqot davomida yashash sharoitlari, ta’lim sifati, ma’naviy muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Shuningdek, loyiha doirasida talabalar ishtirokidagi turli to‘garaklar faoliyati ham atroflicha o‘rganildi. Xususan, pazandachilik hamda “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida tashkil etilgan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishilib, talaba-yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash borasidagi ishlar yuqori baholandi.
Mazkur yo‘nalishlar nafaqat talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularning mustaqil hayotga tayyorgarligini kuchaytirish, ijodiy va kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, ushbu to‘garaklarni yanada rivojlantirish, zamonaviy yondashuvlar asosida boyitish va qamrovini kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqildi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz
“NAVRO‘Z MALIKALARI” TANLOVI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZILDI
Andijon davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Navro‘z malikalari” nomli ko‘rik-tanlov yuqori saviyada va bayramona kayfiyatda tashkil etildi.
Mazkur tanlov talaba-qizlarning ijodiy salohiyatini namoyon etish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda Navro‘z an’analarini keng targ‘ib qilishga qaratildi.
Bellashuv davomida ishtirokchilar 5 ta shart asosida o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Jumladan, “Tanishtiruv” bosqichida o‘zlarini tanishtirdilar, “Ijodiy chiqish” orqali san’at va iste’dodlarini ko‘rsatdilar. “Navro‘z tarixi, bahor fasli va milliy an’analar” bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Shuningdek, ishtirokchilar Navro‘z taomlari hamda vitaminga boy salatlar tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyon etdilar. Yakuniy bosqichda esa “Zamonaviy va milliy imidj yaratish” sharti asosida sahnada chiqish qildilar.
Tanlov yakunida g‘olib ishtirokchilar I–II darajali diplomlar bilan taqdirlandi, barcha ishtirokchi talaba-qizlar esa turli nominatsiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, estetik didni shakllantirish hamda ma’naviy muhitni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🟦Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
🟦 🟦 http://www.fb.com/adpiuz 🟦 http://www.instagram.com/adpiuz 🟦 http://www.youtube.com/adpiuz