#TABIAT HODISALARIGA OID TOPISHMOQLAR.
1. Ko'zga ko'rinmas,
Qo'lga tutilmas.
(Havo)
2). Oyog'i yo'q, qochadi,
Qanoti yoq,uchadi.
(Havo)
3). Osmonda uchar,
Qanoti yo'q.
(Havo)
4). Shildir-shildir juganim,
Suluv qashqa dunonim,
Ayozli kun yurmagan,
Oyog'i yerga tegmagan.
(Muz)
5). Beshadan chiqqan besh biya,
Beshovi ham qulunli,
Qulunlari qul ola,
Quyruqlari gaz ola.
(Bulut)
6). Qora biyam qalt etdi,
Qovurgasi yalt etdi.
(Bulut, yashin)
7). Ship etdi,
Shivirron ketdi.
(Chaqmoq)
8). Uzun-uzun iz ketdi,
Uzun bo:yli qiz ketdi.
Toqqa borib taq etdi,
Sirg'alari yarq etdi.
(Yashin)
9). Yorugi bor,
Dovrugi bor,
O'zi yoq,
Ovozi bor.
(Yashin)
10). Guv-guv etib keladir,
Orqasidan qopa qush
Uchib suv yuboradir, nima?
(Yashin, momaqaldiroq)
11). Meni soraydilar,
Korinsam qochadilar.
(Momaqaldiroq, bulut, yomg'ir)
12). Shatir-shutir etadi,
Yerga cho'kib ketadi.
13). Uzun-uzun oz keldi,
Uzun bo'yli qiz keldi.
Qoshi qalchirab keldi,
Ko'zi yaltirab keldi.
(Yomg'ir)
14). Biri sepadi,
Biri ichadi,
Biri o'sadi.
(Yomg'ir, yer,o'simlik)
15). Ajab bir gumbazlik uy ko'rdim,
Na eshigi bor, na teshigi.
16). Ozi bitta,
Ko'zi mingta.
( Yomg'ir ko'pigi)
17). Saman otim soy yoqalab keladi.
(Sel)
18) Qora tuyam qochyapti,
Qumalogin sochyapti.
(Bulut, dol)
19) Qopqon yerda ko'zi o'ynaydi,
Toqron yerda tozi o'ynaydi.
(Do'l)
20) Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan
(Qor)