O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 7 mln so‘mga https://stat.uz/img/news/ish-haqi--kr_p71688.pdf
2026-yil I choragida O‘zbekistonda o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 6,82 million so‘mni tashkil etdi. Statistika qo‘mitasi tahliliga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yil mos davriga nisbatan 1 million so‘mga yoki 17,4 foizga o‘sgan.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p o‘rtacha oylik Toshkent shahrida to‘langan — 11,7 million so‘m. Mazkur miqdor o‘tgan yil mos davriga nisbatan 18,8 foizga o‘sgan. Keyingi o‘rinni Navoiy viloyati egallagan — 8,45 million so‘m. Yillik o‘sish — 15,7 foizga yetgan.
Qolgan hududlarda oylik ish haqi respublikadagi o‘rtacha miqdordan (6,82 million so‘m) kam shakllangan.
Hududlar kesimida eng past maosh Qashqadaryo viloyatida to‘langan — 4,66 million so‘m.
Mamlakatda eng ko‘p o‘rtacha oylik bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik sohalarida to‘langan — 18,6 million so‘m. Bu miqdor o‘tgan yil mos davriga nisbatan 18,2 foizga oshgan. Keyingi yuqori maoshlar axborot va aloqa sohasida bo‘lib, o‘rtacha 16,52 million so‘mni tashkil etgan. Bu bir yil avvalgidan 11 foizga ko‘tarilgan.
Tashish va saqlash (10,7 million so‘m), sanoat (8 million so‘m) hamda savdo (7,21 million so‘m) sohalarida ham oylik ish haqlari respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan baland bo‘lgan.
Uch oy davomida O‘zbekistonda eng kam oylik ish haqi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasida to‘langan — 3,5 million so‘m. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar xodimlari 4,11 million so‘m (o‘sish 13 foiz), taʼlim vakillari 4,61 million so‘m oylik olgan (o‘sish 14,2 foiz).
https://youtube.com/@zominiy 🔨
https://instagram.com/zominiy.uz
https://www.facebook.com/share/1A4j7FF1TU/?mibextid=qi2Omg 🔨
https://youtube.com/@zominiy